Форумдошга бир гапим бор! (с)  ( 907307 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 ... 229 B


BelleQizcha  27 Noyabr 2010, 23:31:21

Hmmmm."¦ konglimm gashh,"¦

Qayd etilgan


Ansora  29 Noyabr 2010, 20:08:19

:as:

Aziz forumdoshlarim, Rabbimga shukrlar bo'lsin, mana bir muddat kasallikdan keyin biroz sog'ayib, forumga yozish nasib bo'ldi, alhamdulillah.
Rabbimdan tilaymanki, kasalligim gunohlarimga kaforat bo'lsin inshalloh...

Bu vaqt mobaynida meni telefon qo'ng'iroqlari, smslari, maillari bilan yolg'iz qoldirmagan aziz opalarim, sizngillarim va ukalarimga so'ngsiz minnatdorchiligimni izhor aylab, Rabbimdan haqlarida hayirlar tilab qolaman...

Abdulaziz Ensar-so'nggi paytlarning eng to'palonchisi-buyuklarini qo'llaridan o'padi : )

Qayd etilgan


Saliha  29 Noyabr 2010, 22:37:34

:as:

Aziz forumdoshlarim, Rabbimga shukrlar bo'lsin, mana bir muddat kasallikdan keyin biroz sog'ayib, forumga yozish nasib bo'ldi, alhamdulillah.
Rabbimdan tilaymanki, kasalligim gunohlarimga kaforat bo'lsin inshalloh...

Bu vaqt mobaynida meni telefon qo'ng'iroqlari, smslari, maillari bilan yolg'iz qoldirmagan aziz opalarim, sizngillarim va ukalarimga so'ngsiz minnatdorchiligimni izhor aylab, Rabbimdan haqlarida hayirlar tilab qolaman...

Abdulaziz Ensar-so'nggi paytlarning eng to'palonchisi-buyuklarini qo'llaridan o'padi : )

qaytganizdan hursandman, Allah bundan keyingi kunlaringizni hayirli qilsin.inshaAllah..
qo'llardi o'pgan, shirintoyni yuzidan o'pib qo'yin..rabbim nazardan saqlasin..

Qayd etilgan


BelleQizcha  30 Noyabr 2010, 03:36:44

Mannn porumda nim akam disam, kapale opani postlar-yuu... o'zimiz pishirgan ovqatlarda rasimlari yetishmovotgan akan... eyyyyy

yaxhsi qaytib qobsiz..o'ziz bilan bizani tarflaga bohoriyam opkeldiz..

p.s ikki kun oldin qor yog'gandi... issiqdan shlapa kiyvoganlayam bor bugun...

Qayd etilgan


azizbek_mx  30 Noyabr 2010, 09:38:50

Kapalak opa, daragiz keganidan bag`oyat xursandmiz...

Qayd etilgan


Ansora  01 Dekabr 2010, 14:08:16

Aziz forumdoshlar, uzboy 'dan alangalik salom sizlarga:)

U kishi darslari ko'p bo'lgani uchun forumga vaqt topa olmayotgan ekanlar...

Qayd etilgan


JaviK  01 Dekabr 2010, 16:28:11

Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «G‘azabdan saqlaninglar. Albatta, u inson yuragida o‘t yondiradi. Ko‘rmaysizmi, agar birontalaringizga g‘azab kelgan vaqtda ko‘zlari qanday qizarishini va bo‘yin tomirlarining bo‘rtib chiqishini. Agar sizlardan birontangiz g‘azabdan biron narsani sezsa, yotib yerga yopishib olsin». Va yana aytdilar: «Sizlardan g‘azabi tez kelib, tez ketadiganlaringiz bor. Bittasi ikkinchisi bilan. Sizlardan g‘azabi sekin kelib sekin qaytadiganlar bor. Biri boshqasi bilan. Sizlardan yaxshilaringiz g‘azabi sekin kelib, sekin ketadiganlaringizdir»

Umar ibn Abdulaziz g‘azabini keltirgan bir kishiga aytdi: «Agar sen mening g‘azabimni keltirmaganingda men seni jazolar edim».

Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Kimda uch xislat bo‘lmasa, imon mazasini topmaydi. Halimlik — u bilan johilning johilligini qaytaradi. Taqvodorlik — u harom narsalardan saqlaydi. Xulqlilik — u bilan odamlar bilan muomala qilinadi».

Allohning:
«Va g‘azablarini ichlariga yutadigan» (Oli Imron, 134) so‘zini iroda qilib aytgan edi.

Zikr qilindi: U kishi bir mastni ko‘rgan ekan. Unga ta’zir berishni xohladi. Haligi mast u kishini so‘kibdi. So‘kayotganida Umar qaytib ketdi. So‘ngra so‘rashdiki: «Ey mo‘minlarning amiri, sizni so‘kayotganda nima uchun uni tark qildingiz?» Umar: «Chunki u mening g‘azabimni keltirdi, shu paytda unga ta’zir berganimda, nafsimning g‘azabi uchun bo‘lar edi. O‘zimning hamiyatim uchun musulmon kishini urmoqni xohlamayman», dedi.

Abu Said Xudriy aytadi: «Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: «Ey Allohning elchisi, menga vasiyat qiling», dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Allohga taqvo qilgin. Chunki u barcha yaxshiliklarni jam qiluvchidir. Jiddu jahdni mahkam tutgin. Chunki u musulmonlarning (yoki «musulmonning», dedilar) rohibligidir». Va Allohning zikrini va Qur’on tilovatini qilgin. Chunki u senga yerda nur, osmonda zikrdir. Yaxshi-likdan boshqasidan tilingni saqlagin. Shu bilan shay-tonni yengasan».

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  02 Dekabr 2010, 03:38:17

Iltimos boshqalar, gap o'z egasini topadi. Bu yerda tushunarsiz gap yozilmagan!


Vaqtiki biz forumga kelganimizda, kichiklarimiz hurmat, kattalarimiz izzat qilsa, yozganlarimiz kimgadur ibrat bo'lsa, degan niyatda kelgan edik.

Men yozmoqchi bo'lganlarim bilan hech kimni shaxsiyatiga tegmoqchi emasman, shunchaki ayrim kattalarimizning bizga nisbatan izzatsizlik qilganliklarini aytib o'tmoqchiman.

Meni yozgan ikki postimni, boshqa mavzuga ko'chirgan, va ko'chirishni talab qilgan kattalar!

Agar postim yoqmagan bo'lsa, yuzimga aytib qo'ying! Yoki, yuqoridagi iqtiboslarni keltirganimdek, omma oldida oshkor qiling! Qanday yozgan bo'lsam shunday o'chirish qo'limdan kelardi!

Nima og'zi qiyshiq bo'lsa ham boyni bolasi gapirsin degandek, faqat eski userlar gapirsinu, yangi user yerdan chiqqan qo'ziqorinmi?! Yani orqavarotdan postlarni boshqa joyga ko'chirish bu nima degan gap?! Menimcha buni moder bilan kelishib qilgan bo'lsangiz kerak vallohua'lam.

Biz sizlarni katta dedik, bizlarga ibrat bo'ladi dedik. Bizdan qanday xurmatsizlik o'tdi-ki sizning mavzuingizga yozilgan postlarni boshqa mavzudan o'qisak?!

Mavzuni o'sha uchun ochganmisiz?! Yozishimizni xohlamasangiz, adminga aytib faqat o'zingizga dostup oling, hop?! Bo'lmasa falonchi yozmasin, pismadonchi kirmasin deb yozib qo'ying!

Zohiran qaraganda, aqlli, tafakkur bilan mulohaza qilib fikr yuritadigan insonga o'xshaysiz, lekin kamina sizni bunday tubanlikka boradi deb sira o'ylamangan edim!

O'chirilgan bo'lsa ham mayli edi-ya, boshqa mavzuga ko'chirilgani odamni dilini g'ashlantiradi, bu shunga o'xshaydiki, o'zga bir insonni uyiga biror narsa hadya qilib olib borsangiz, mensimagandek, boshqa birovga bervorsa, siz uni birovni uyida ko'rsangiz!

Nima u postni nimasi yomon edi?! Hadis, ibratli voqeliklarni o'zida mujassam qilgan post.

(Bu gaplarni pm qilib yozmiman, negaki men u kishiga bir marta pm orqali salom berganimda, alik olmadilar! Salomga alik olish vojib, vojibni tark qilgan odam gunohkor bo'lishini kim-kim lekin u kishiga aytish shartmas edi.)

Qadrdonlarim, ozmi ko'pmi shu forumda faoliyat olib borayotgandim, shu narsani forumdosh sifatida bilishga haqqim bormi?!

Qayd etilgan


Hadija  02 Dekabr 2010, 09:30:44

Shoxruh Mirzo kim b-n qanday maqsadda tortishuv ketayotganini bilmaymanku-ya, ammo manda ham sizday holatlar bo'lib turgan. Balki sizni postiz o'sha mavzuga to'g'ri kelmay, boshqa postingiz to'g'ri keladigan mavzuga joylangandir. Manimcha bu hadya haqingizdagi gap sizning postingizga hech aloqasi b-masa k-k Wallohu A'lam! Yana o'zingiz bilasiz...

Qayd etilgan


Hadija  03 Dekabr 2010, 12:48:10

muxlisaxon, a'zo bo'lganingizdan beri postlaringizni kuzataman. Alloh rozi bo'lsin, sizdek zakkiya muslimalarimizning soni ko'payaversin! Bu ko'ngil siz bilan bir tanishish ilinjida...

Qayd etilgan