Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Ahmad ibn Hanbal rivoyatlaridan.

(1/1)

mutaallimah:
Assalomu alaykum!
Savol: Men eng olim kishi bo'lishni istayman.
Javob: Allohdan qo'rq va eng olim kishi bo'lasan.
Savol: Men dunyoda eng boy odam bo'lishni istayman
Javob: Qanoat qil va dunyoda eng boy odam bo'lasan.
Savol: Men eng adolatli odam bo'lishni istayman.
Javob: O'zingga istagan narsani boshqalar uchun ham ista va eng adolatli odam bo'lasan.
Savol: Men eng yaxshi odam bo'lishni istayman.
Javob: Boshqalarga yaxshilik qil va eng yaxshi odam bo'lasan.
Savol: Men Allohning eng sevimli bandasi bo'lishni istayman.
Javob: Allohga ko'p hamd ayt va Allohning eng sevimli bandasi bo'lasan.
Savol: Men iymonimni mukammal etmoqni istayman.
Javob: Agar xush axloq bo'lsang, iymoningni mukammal etgan bo'lasan.
Savol: Men xayrli amal qiluvchilar orasida bo'lishni istayman.
Javob: Allohni xuddi Uni ko'rib turgandek sev. Agar sen Uni ko'rmasang, U seni ko'radi. Shu bilan xayrli amal qiluvchilar orasida bo'lasan.
Savol: Allohga itoatkor bo'lishni istayman.
Javob: Agar Allohning buyruqlariga amal qilsang, itoatkor bo'lasan
Savol: Barcha gunohlardan xoli bo'lishni istayman.
Javob: Nopokliklardan o'zingni tozala va barcha gunohlardan xoli bo'lasan.
Savol: Qiyomat kuni nur bilan tirilishni istayman.
Javob: O'zingga va boshqa har qanday jonzotga zulm qilma va Qiyomat kuni nur bilan tirilasan.
Savol: Menga Alloh rahm qilishini istayman.
Javob: Agar sen o'zingga va boshqalarga rahm qilsang, Alloh senga Qiyomat kuni rahm qiladi.
Savol: Gunohlarim juda oz bo'lishini istayman.
Javob: Allohdan qancha ko'p mag'firat so'rasang, gunohlaring shuncha oz bo'ladi.
Savol: Eng sharafli inson bo'lishni istayman
Javob: Bandasiga shikoyat qilmasang, eng sharafli inson bo'lasan.

mutaallimah:
Savol: Eng kuchli inson bo'lishni istayman.
Javob: Allohga tavakkul qilsang, eng kuchli inson bo'lasan.
Savol: Rizqimning ulug' bo'lishini istayman.
Javob: O'zingni pok tutsang, Alloh rizqingni ulug' qiladi.
Savol: Alloh va Rasuli tomonidan sevilishni istayman.
Javob: Alloh va Rasuli sevadigan narsani sevsang, Alloh va Rasuli sevadiganlar orasida bo'lasan.
Savol: Qiyomat kuni Allohning g'azabidan omon bo'lishni istayman.
Javob: Agar bandalariga g'azab qilmasang, Qiyomat kuni Allohning g'azabidan omon bo'lasan.
Savol: Duolarimning qabul bo'lishini istayman.
Javob: Harom amallardan saqlansang, duolaring qabul bo'ladi.
Savol: Qiyomat kuni Alloh meni sharmanda qilmasligini istayman.
Javob: Agar nomusingni saqlasang, Alloh Qiyomat kuni seni sharmanda qilmaydi.
Savol: Qiyomat kuni Alloh menga himoya to'sig'i berishini istayman.
Javob: Birodarlaringning xatolarini ochma va Alloh senga Qiyomat kuni himoya to'sig'i beradi.
Savol: Meni nima gunohlardan himoya qiladi?
Javob: Ko'z yoshlar, hokisorlik va kasallik.
Savol: Alloh nazdida eng yaxshi amallar qaysi?
Javob: Xush axloq, hayo va sabr.
Savol: Alloh nazdida eng yomon amallar qaysi?
Javob: Badjahllik va ziqnalik.
Savol: Bu dunyoda va oxiratda nima Allohning g'azabini yumshatadi?
Javob: Yashirin sadaqa va qarindoshlarga mehribonlik.
Savol: Qiyomat kuni nima jahannamning otashini so'ndiradi?
Javob: Baxtsizlik va ofatga sabr etish.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan


UzIslam.Com

Navigation

[0] Message Index

Go to full version