Ozoda:
Ingichka juda ajoyib!!!
Men shu shaharchada voyaga yetdim, butun bolaligim shu yerda o'tgan. hozir ham InshOlloh o'sha yerda istiqomat qilaman
Ingichkada Volfram,oltin qazilmalari topilgan. Ilgari, butun dunyoga mashhur qo’rg’on bo’lgan. Juda ko’p shahtalar bo’lgan, odam bilan gavjum bo’lgan bu kichik qo’rg’on bugungi kunda 2000 dan kamroq aholiga ega. Ingichkada hamma bir birini taniydi. BU huddi kichik bir qishloqdek go’yo, lekin qishloqdan farqlilaroq, Ingichka ko’proq shaharga qiyoslanadi: aholini ichida russlar, tatarlar ham bor; Qavatli uylar bor;2 ta o’rta talim maktabi, 2 fabrika, 1 shifohona;1 poliklinika, 5-6 apteka, magazinlar bor, 2 bog’cha. Har kuni bozor-uchar qilish uchun kichik bir bozor, shaharlarga tel qilish uchun telegraf bor. Afsus Internet tarmog’i yuq. Lekin maktablarga kompyuterlar joylashtirilgan. O’quvchilar Referat yozishda, yoki biron nima chizishda, o’yinlarda ishlatishadi, CD ko’ramiz ba’zida. Tel. tarmog’I ham hammada honadonlarda mavjud emas. Lekin shunga qaramasdan Ingichkada bir biridan mehribon insonlar yashaydi. Biz 2 qavatli uyning 1-qavatida turamiz. Yonimizda kichik hovlimiz bor. Qo’shnilarimiz bilan huddi qarindoshdek bo’lib ketganmiz. Meni maktabim 12-o’rta ta’lim maktabi, Maktabim juda ajoyib, Ustozlarim biz biridan mehribon. Biz doim o’zimizni Bitta Katta oiladek his qilamiz!!! Ingichkada Mehmon Bo’ling!!!