Lev Brandt. Oq kaptar (qissa va hikoya)  ( 7172 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  04 Mart 2008, 08:34:40

Lev Brandt

OQ KAPTAR
(qissa)

Oz yashadim, tutqunda bo‘ldim,
Har ikki hayotni ko‘rdim bir yo‘la.
 Jon deb almashardim butun umrimni,
Sertashvish x,ayotga men bira to‘la.
M. Lermontov

I

Shahardan chekkaroqda, shundoqqina daryo qirg‘og‘idagi jar bo‘yida ikkita baland imorat qaqqayib turardi. Bu binolardan birining ko‘cha tomonda loaqal bironta derazasi yo‘q edi. Bo‘zarib turgan silliq devor o‘rlagan sayin ichiga og‘ib, xuddi shunday tusdagi sovuq tomga tutashib ketardi. Binoning chetlari jar tomonga turtib chiqqan, huv pastda shovullagan daryo qirg‘oqni yuvar, girdob hosil qilib, chirillab aylanardi. Hosil bo‘lgan chohga deyarli kun tushmas, shu bois undagi suv quyuq, qoramtir bo‘lib ko‘rinar edi. Bu yerdagi o‘ynoqlab yurgan katta-katta kallador baliqlarni tutish man etilgan.
Daryoning narigi qirg‘og‘idan yoy shaklidagi binoning bir-biriga yopishgan son-sanoqsiz derazalar chakichlab tashlagan ichki tomoni ko‘rinib turardi.

Onlineda o'qish


Lev Brandt. Oq kaptar (qissa va hikoya, кирилл алифбосида)



Saqlab olish (463 Kb, PDF)

Qayd etilgan