Islomiy she'riyat  ( 447607 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 89 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:28:49

IBODAT

Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.

Otang birla onang qalbi
O‘tar ka’ba tavofidin
Alar ko‘nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.

Umrni etmayin isrof
O‘zing ro‘za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.

Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.

Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so‘z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur

Agar juftihalol birla
Ko‘ngilxushlik qilar bo‘lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.

Tamal imoni ixlosdur
Bu qullik bandaga xosdur
Xudo deb qilganing har ish
Va niyat ham ibodatdur.

Sevib Mirzo aziz do‘stlar,
Ko‘nglini shod ayla
Agar Olloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur.

Mirzo Kenjabek

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:29:13

ALLOH GO`ZAL

Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦

Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦

Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦

Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦

Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦

Shoir tilak-ta’bim o`shal,
Ruhim o`shal, Rabbim o`shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal!..

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:29:35

QOLGANLARGA SALOM O`LSIN

Biz dunyodan ketar bo‘ldik,
Qolganlarga salom o‘lsin.
Bizning uchun ezgu duo
Qilganlarga salom o‘lsin.

Ajal bukar belimizni,
So‘ylatmayin tilimizni,
Bemor edik, holimizni
So‘rganlarga salom o‘lsin.

Tanim oshkor ochilgaydir,
Yoqasiz to‘n bichilgaydir,
Bizni o‘pgay bir vajh ila
Yuvganlarga salom o‘lsin.

Azroil olgaydir jonimiz,
Qurir tomirda qonimiz,
Yoyib, tanga kafanimiz
Urganlarga salom o‘lsin.

Ketar bo‘ldik Do‘stimizga,
Yetolmadik qasdimizga,
Namoz uchun ustimizda
Turganlarga salom o‘lsin.

Bunda har kim ketmay netar
Borsa kelmas yo‘lga ketar,
Bizning holimizdan xabar
Olganlarga salom o‘lsin.

Miskin Yunus so‘zlar so‘zi,
Qonli yoshga to‘lmnsh ko‘zi,
Bilmaslar ne bilsin bizi
Bilganlarga salom o‘lsin!

Yunus Emro

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:30:00

MUNOJOT

Xoliqo!
Qoyilman o'z nuqsonima,
Ko'b jafo qildim o'zumni jonima.
Zoti pokingdan inoyat bo'lmasa,
Hech ishonchim yo'q amal qilg'onima.

Xoliqo!
Qildim faoli kundani,
Qilmog'il rasvo mani - sharmandani.
Sen agar rahmat niqobin yopmasang
Aybi ko'b,nuqsoni ko'bdur bandani.

Xoliqo!
To'ktum ibodat tosini,
San tuzarsan bandani kam-ko'sini.
Qo'llaring bulg'onsa isyon loyig'a
Oqizursan mag'firat daryosini.

Xoliqo!
Qildim gunohi beadad,
Jon berar holatda san bergil madad.
Nafsi shayton ilkidin qutqormasang,
Bo'ldi mushkul holimizg'a,yo ahad!

Xoliqo!
Yo avvalo,yo oxiro,
Nafsi shayton jonima bo'ldi balo.
Garchi Olloyor O'tarchidur yomon,
Qo'ymog'il dushman qo'lida mubtalo.

Xoliqo!
Tutdim farog'at xobini,
Istadim doyim jahon asbobini.
Garchi Olloyor erur g'arqi gunoh,
Och ango o'lganda rahmat bobini.

Xoliqo!
Umr ayladim foniy bilan,
Endi bandang zor yilor joni bilan.
Garchi Olloyor erur zoru zabun,
Jonin ol niri imoni bilan.

Xoliqo!
Poishlarim bosh aylasang,
Xirmani rahmat mango chosh aylasang.
Munda tavfiqim,chirog'im qo'lga ber,
Onda imonimni yo'ldosh aylasang.

Xoliqo!
Afv ayla o'tgan yoshima,
Yaxshi qullarni ato qil qoshima.
Go'r ichinda kelsa ikki so'rg'uvchi
Onda sen rahm ayla yolg'uz boshima.

Xoliqo!
Diydamg'a ashki zori ber,
Ko'ngluma doim muhabbat yori ber,
Obi kavsardin mani serob etib,
Ham mang'a ko'pruk o'tarda yori* ber.

Xoliqo!
Lutf et gadoyi zoring'a,
Bandadurman,zorman har bir koring'a.
Mag'firat daryosig'a g'arqob etib,
Ko'zlarim shoyasta qil diydoring'a.

Xoliqo!
Tuz aylagaysan rohimiz,
Mustajob etgil duoi ohimiz.
Tongla hayron bo'lsa xalq o'z holig'a,
Mustafoni qil shifoatxohimiz.

So'fi Ollohyor

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:30:16

Alloh yodi oshiqlardin xoli bo'lmas,
Haqiqat er bu dunyog'a mayl qilmas.
Hayron bo'lub bu dunyoni ko'zga olmas,
Man taqi bu dunyoni qo'ygum kelur.

Ma'rifat daryosinda g'avvos bo'lub,
Muhabbat gavharlarin olg'um kelur.
Tariqat maydoninda parvoz qilib,
Ul tubo daraxtiga qo'ng'im kelur.

Sulaymon Boqirg'oniy

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:30:49

Duo qiling,duo ayt demang,
Menda yo`qdir e`tiqot-iymon.
Duo qiling,duo ayt demang,
tangrim meni bilmog`i gumon.

Duo qiling,duo ayt demang,
kaftlarimdan gunoh to`kilar.
Shayton bo`lgan yo`lda hamrohom
ulfatlarim shaytonvachchalar.

Duo qiling,duo ayt demang,
Bismillohga aylanmas tilim.
Tangrim meni qanday eshitsin,
bir ibodat bilmagan umrim.

Duo qiling,duo ayt demang,
Joynomozga qadamim harom.
men bir osiy,men bir gunohkor
topmaganim bir hovuch iymon.

Duo qiling,duo ayt demang,
Duolarim asli kerakmas.
Duo qilsam,omin deguvchi,
Farishtam ham islomdan emas.

Duo qiling,duo ayt demang,
men bir osiy,men bir gunohkor...

Shamshir (26.11.05)

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:31:06

Men dunyoga dunyoman....
Men dunyoga ozorman,
Dunyosidan bezorman.
O`zim baqqol va xaridor,
to`zg`igan bir bozorman.

Men dunyoga tashvishman,
Dunyosidan sarxushman.
O`zim tuproq, o`zim mayit,
unitilgan mozorman.

Men dunyoga karvonman
Dunyosidan sarbonman.
O`zim matoh,o`zim kuloh,
uxlab qolgan bedorman.

Men dunyoga omonman,
Dunyosidan yomonman.
O`zim malham,o`zim tabib,
dardi yo`q bir bemorman.

Men dunyoga zamonman,
Dunyosidan tamomman.
O`zim shayton,o`zim Rahmon,
arosatda devorman.

men dunyoga dunyoman...
Shamshir (27.11.05)

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:31:24

Bir kosa mayidan mast bo`lib qolsam,
O`zimni bilmasam ,o`zimdan tonsam.
iymonim sustlashib seni unutsam,
Meni ziyofatdan saqla Ollohim.

Bandangning olqishi man uchun nadur,
tamagirlik yohud riyo turadur.
Kibr havosidan yurak uradur,
Meni shavkatlardan saqla Ollohim.

Bizlar kim aslida mo`min-mushriklar,
ozimizdan o`tganda namli kipriklar.
Biz o`tsak qulaydi temir ko`priklar
Meni jaholatdan saqla Ollohim.

,,Adashgan dili yoq dilsiz bandaman,
tilovat qilolmagan tilsiz bandaman.
Tangrisini unutgan ruhsiz tandaman,,
meni g`aflatlardan saqla Ollohim

Ish farzim,qoladi nomozlar qazo,
bilaman,kutajak eng og`ir jazo.
Bir kuni o`qishsa menga janozo,
Meni nafratlardan saqla Ollohim...

Shamshir

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:31:54

UYG‘ONISH

G‘aflatlarga berib qadr tonglarini,
Tinglamabman muazzinlar bonglarini.
Yig‘lolmadim, ko‘zim shuncha zangladimi?
Qanday yuvay osiy dilning changlarini?!

(Ko‘zlarimni yulib otsam, shart,
Kirlaridan og‘irlashar yer...
Osmon, menga yig‘lashni o‘rgat,
Osmon, menga ko‘z yoshingdan ber!...)

Vo, darig‘o, ko‘zim qiymay ishratlardan,
Kecholmabman shaytonnusxa ulfatlardan.
Yuz o‘girib ulamoi ummatlardan
Sazo bo‘ldim nurdan qochib zulmatlarda.

(Mador ketdi, ingradim faqat,
Vujudimni bosdi sovuq ter...
Chaqmoq, menga yonishni o‘rgat,
Chaqmoq, menga shiddatingdan ber!...)

Abdulaziz Muborak

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:32:09

Ey, do‘st, unut g‘amingni,
In’om bil har damingni.
O‘lchab bos qadamingni,
Guvohingni unutma!

Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan,
Yo hiylagar shaytondan,
Shart shuki, har zamonda
Panohingni unutma!

Ey, do‘st, andak ko‘kdan tush,
Kelmagay Tangrimga xush.
Savobingni qilmay pesh
Gunohingni unutma!

Ey, do‘st ber bir qultum may,
Ko‘ngling yig‘laydi tinmay.
Kimsam yo‘q deb xo‘rsinmay
Hamrohingni unutma!

Ey, do‘st, xushlaring qayda?
Izg‘ivermay har joyda,
Otangdan qolgan uyda
Chirog‘ingni unutma!...

Ey, do‘st, sezmaysan, esiz!
Ortingda yo‘q bitta iz...
Kim bo‘pti Abdulaziz,
Ollohingni unutma!...

Abdulaziz Muborak

Qayd etilgan