Durud.
Allohning sevgan quli,
Va tanlagan Rasuli,
Yo'li - haqiqat yo'li,
Haq payg'ambar Muhammad.
Zulmatda boqqan ziyo,
Hoki poyi to'tiyo,
Iftihori anbiyo,
Elga sarvar Muhammad.
Mo'jizasi,bil:Qur'on,
Ummatga dastur, burhon,
Olam,desak,gar irfon,
Shamsu qamar Muhammad.
Ruhul - amin birodar,
Eltdi unga vahiylar,
Yetib amru nahiylar,
Berdi habar Muhammad.
Me'rojga chorlab Alloh,
Qildi sirlardan ogoh,
Qariybi Oliy dargoh,
Sohib nazar Muhammad.
Hadislar - koni hikmat,
Azizlik yo'li sunnat,
Sardori, fahri ummat,
Elga sarvar Muhammad.
Hulqi Qur'oni Karim,
Nuqsonlardan pok, salim,
Karamli,kamtar,halim,
Insonparvar Muhammad.
Ey,Allohning qariybi,
Elchisi ham habibi,
Qil shafoat nasibi -
Ro'zi mahshar Muhammad.
Fozil Zohid.