Zahri qotil
Bo’ldi u sharabning asir-tutquni,
Olib aqlu hushin, buzdi xulqini.
Topgan-tutganidan ketdi baraka,
Qo’li qing’ir, haromlandi xalqumi.
Qiyshiq afti aks etar jomi alayda,
Yorga vafo, farzandga shavqat qayda,
Goh jirkanch hayvon yanglig’ yotib loyda,
Ko’rgan hazar qilar sovuq turqini.
"œsog’liq uchun" deya og’u ichdi u,
Dard ortttirib, zaharladi ichni u,
Xonumondan, yor-do’stlardan kechdi u,
Qoldi na xesh-aqrabo, na yaqini.
Dining poklikda bunyod, bo’l ozoda,
Xirmoning berma bodga, ichib boda,
Iymondan ham ajralib, so’ng mabodo,
Qa’riga tortmasin do’zax yolqini!
Ma’rifat ziyosi joy olsa dildan.
Yurtimiz poklanur harom botildan,
Shunda qutilgaymiz zahru qotildan,
Chetga sursa uni hayot to’lqini!
Fozil Zohid
(Musulmonlar taqvim kitobi 2004(1425)/IV)