Muallifi noma'lum
Deyursanmu??
Shahodatga tiling kelmay,
Namozu, ro'zani bilmay,
Zakotu, hajni ham anglamay,
Men ham muslim deyursanmu?
Boshingni sajdaga qo'ymay,
Haromu shubhadan qo'rqmay,
Xudoni yodinga olmay,
Men ham mo'min deyursanmu??
Birovga yordaming tegmay,
G'ariblar ko'nglini olmay,
Yetimlar holini so'rmay,
Men ham ummat deyursanmu?
Otangning hurmatin qilmay,
Dilingdan himmatin qilmay,
Padarxondan duo olmay,
Men ham farzand deyursanmu??
Ilmning zahmatin chekmay,
Azizlar xizmatin qilmay,
O'z ustozing rizo qilmay,
Men ham olim deyursanmu??
Kishiga oqibat qilmay,
Mehr-shafqat nima, bilmay,
Farosat- fahmini bilmay,
Men ham Odam deyursanmu??
Hamiyat, rashk nima bilmay,
Ayolingga nazar qilmay,
Bolangga tarbiya bermay,
Men ham Erkak deyursanmu??
Erinigni hurmatin qilmay,
So'ziga e'tibor qilmay,
Uyat-andishani bilmay,
Men ham ayol deyursanmu??
Ona til so'zini bilmay,
Vatan tarixini bilmay,
O'zingning millating sevmay,
Men ham O'zbek deyursanmu???
Biror soat tinim bilmay,
Qilib da'vatlaring tolmay,
O'zini aybini ko'rmay,
Men ham Fozil deyursanmu???