Pand...
Nafsni jilovingga olmoq bo'lsang gar,
Qorning to'ymasidan taomga to'ygil.
Gullarni hidlashdan to'hta, birodar,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.
Ajal o'qi aniq, bir kun yetgusi,
Shoshmasdan, hotirjam halok etgusi,
Otang, onang bor - erta ketgusi...
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil!
Bitgan gulzorlaring so'lar ertaga,,
Umr kosasi ham to'lar ertaga,
Baland minoralar qular ertaga,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.
Birov horma demas, tolsang yugurib,
Yordam ham berolmas ahvoling ko'rib,
Mard bo'l-da o'rningdan bir sapchib turib,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.
Mayli, ko'chat ekkin ertani o'ylab,
Mayli, hosilni ham totgil yolg'izlab,
Lek qolmayin desang qabrda bo'zlab,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.
Ko'rding, dosh berolmas ming-minglab tuzum,
Bir shamol uchirdi barisin yuzin,
Elga suv chiqargan mahaling bir zum,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.
Duolar tilagan qo'llaring ila,
Elaklar elagan qo'llaring ila,
Ayoling silagan qo'llaring ila,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil.
Otang yer chopganda qarashib yubor,
Uning yuragidan yo'qolsin g'ubor,
Shunda ham birodar, aytaman takror,
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygil!!!
Hayrulloh.