Islomiy she'riyat  ( 447827 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 89 B


Munira xonim  15 Oktyabr 2006, 15:18:27

Davra...

Tugilgan mushdayin ahil ko'ringan,
Davraning men ham bir mehmoni edim.
Avval bu yig'indan dil bo'ldi ravshan,
Keyin borganimga pushaymon yedim.

Ichkilik boshlanib, betayin so'zlar,
Ko'plarni badnomu yuz qaro etdi,
Go'yoki mushtdayin jamul jam do'stlar,
Bir siqim tuproqday sochilib ketdi.

Erkin. Andijon.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Oktyabr 2006, 19:21:38

Ko’ngil ro’zasi

Ey ko’ngil, sen ham muslimsan,
Menga oxsharsan — muslimsan!
Kel ramazonni kutayli,
Ro’zani birga tutayli!
Sening ro’zang emas oson,
Haq yo’lida mosuvosan!
Yodingda undan o’zga yoq,
Gar o’zga bo’lsa — ro’za yoq!
Bu shart og’ir, base dushvor,
Andisha qil, bo’lib xushyor.
Rabbing faromush etsang bas,
Tushgan ro’zang ro’za emas.
Chalg’itar seni xayollar,
Xayollarga yo’q poyonlar.
Zalolat yo’liga boshlar,
Isyonlar cho’liga tashlar.
Ichga kirib zillat, kibr,
Xotirga kelsa shum fikr.
Qo’rq, ko’ngil, ro’zang ochilgay,
Men nechuk bunga achinmay?
Til biyron, degay: men soyim,
Riyodan saqla, Xudoyim!
Vasvasalar kirib goh-goh,
Ohkim, ko’ngil, holing taboh!
Biru borga iqroring bor,
Ayt, nega sen ag’yorga yor!
Gar ergashib ahli radga,
Ikkilik qilsang Ahadga,
Ko’nglim, seni demak ko’ngil,
Ko’ngil bo’lmay, toshga do’ngil!
Qayt! Qayt! Keldi qaytar chog’ing,
Xolis tavba yuvar dog’ing.
Sarkashlik bas, Haqqa egil,
Qora bo’lsang, oqqa evril.
Desangki, poklansin bu ich,
Ma’rifat bahridan suv ich.
Soim ko’ngil, nurha to’lgil,
Muhabbat oshyoni bo’lgil!
Fozil Zohid

Qayd etilgan


Muslimа  17 Oktyabr 2006, 10:30:35

So’rdi: Qaysi insondir xavfdan omon?
Dedi: Xavfdan omon — xavfdagi inson.
Hasan Basriy javobidir bu javob,
Ma’nosin anglasang, hikmatdan bir bob.
Qo’rqsa kim, yod aylab Allohni doim,
Taqvo bo’lib odat, toatda qoim,
Xavfdan omonligi — xavfi tufayli,
Najot — karamli Zot avfi tufayli.
Qo’rqmasa Qahhordan — tug’yon ichida,
Tong — la qolur yuz pushaymon ichida.
Qildan quyi ketsang — choh, o’tsang — iydgoh,
Qo’rqinchingga umidni qilgin hamroh.
Chetga chiqma, chalg’ima, nozikdir yo’l,
Xavf ila rajoning o’rtasida bo’l.
Shu yo’l seni elitar nurli manzilga,
Ko’rkam, saodatli, hurli manzilga.
            
         Fozil Ibrohim

Qayd etilgan


Muslimа  17 Oktyabr 2006, 10:32:18

 Dunyo bizdan o’tar"¦

Dunyolar moviydir, nasmlar moviy,
Biz bilgan bilmagan ismlar moviy,
Bu rangin dunyoda qancha chalg’ima,
Takrorlar bir so’zni beshafqat roviy,
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan"¦

Olam — ulkan daraht, turlanadi dil,
Uzilgan har yaproq hayotning oti,
G’animat umrdan, g’animat dildan
Hali ketmay turib tiriklik toti,
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan"¦

Kumush kuylagida to’lg’onar ma’vo,
Ey, gul kechalarning vobasta tani,
Mahbub nafasidan esgan hur sabo.
Seni tilab bersa bir ko’ngli G’ani,
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan"¦

Mezonlar qush kabi uchdi havoda,
Kimsasiz, xazonrez bog’larga bordim,
Bahaybat chinorlar poyida kezib,
Bir jajji niholga ko’nglimni yordim.
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan"¦

To’rt fasl na go’zal, omonat, Robbim!
O’chgaydir bir kuni mening ham nomim,
Bu inja umrdan ne qolur unda,
Ne bilan o’lchanur mening a’molim,
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan"¦


Orzular moviydir, tuyg’ular moviy,
Biz bilgan bilmagan qayg’ularlar moviy,
Bu rangin dunyoda qancha chalg’ima,
Takrorlar bir so’zni beshafqat roviy,
Dunyo bizdan o’tar, bizlar dunyodan"¦

         Zebo Rahimova

Qayd etilgan


Muslimа  17 Oktyabr 2006, 10:33:26

          Tuproq saroy

Bormoqdaman bir — bir bosib senga tomon,
Har qadamda nechta gunoh — savob kechib.
Goh shod bo’lib, gohi mahzun qayg’u ichib,
Bir kun etgum eshigingga tuproq saroy"¦

Qalb javharim asrolmadim — dog’lar tushdi,
Elkam uzra gunohlarim tog’day tushdi.
Ruhim qushi, qanday uchdi qayga uchdi?
G’aflat aro o’tmoqdaman, tuproq saroy"¦

Rahmon Egam, sabr bergin, bardosh bergin,
Sidq bilan yig’lamoqqa ko’z yosh bergin.
Sajdagohdan ko’tarilmas bir bosh bergin!
O’lim sari ketmoqdaman tuproq saroy"¦

Bu dunyoning ishlaridan xun bo’lurman,
Gunohlarim eslab — yig’lab qon bo’lurman.
Imonimda sobit o’lsam — XON bo’lurman,
Senga kirib"¦ TUPROQ SAROY,
         TUPROQ SAROY"¦

            Gulbahor Abdulloh qizi

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Noyabr 2006, 12:21:03

KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM"¦

Ibodatda bo’lsamu, mazasini totmasam.
Yaxshi hulqni bilsamu, unga amal qilmasam
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Non topsamu, shukrla kun ko’rmasam.
Dard bersangu, sabrni ham unutsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Bandangni ham sevsamu, javobini olmasam.
Do’stim mo’l bo’lsayu, borligini sezmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Hayit kirib kelsayu, hursand bo’lib kutmasam.
Yangi yilni bayram deb, dasturxonim bezatsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Hijob go’zal bo’lsa ham, uni tanlay olmasam.
O’rnak bo’lsa muslima, unga havas qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

O’n besh kunlik dunyoda qanimatni bilmasam,
Tirik bo’lsa ham onam, otam, xizmatini qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

O’tkinchi bu dunyoda orzu-xavaslar qilsam,
Oxiratni bilsamu, xavotirla qo’rqmasam.
KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM"¦


Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:26:02

Assalomu alaykum!
Noza, Alloh rozi bo'lsin!
she'ringiz judayam chiroyli chiqibdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Noyabr 2006, 15:15:41

Assalomu alaykum!
Noza, Alloh rozi bo'lsin!
she'ringiz judayam chiroyli chiqibdi.

Assalamu alaykum,Noza.
Haqiqatan she'ringiz juda ham yahshi chiqibdi.
Alloh sizdan rozi bo'lsin!!!

Qayd etilgan


Laylo  03 Noyabr 2006, 07:01:04

Subhanalloh!
Judayam go'zal qalamingiz bor ekanu, bilmay yurgan ekanmiz.
Mana shunday chiroyli she'rlardan kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 07:59:44

Jahoni bevafo.

Jahoni bevafodin ohiri bir kun ketar bordur,
Bu dunyo bir rabot,har kim qo'nib bir-bir o'tar bordur.

Ishonma bog'u rog'ing,molu mulking,tahtu bahtingga,
Quyoshdan ibrat olgil,turmayin oxir botar bordur.

Agar ming umr ko'rsang,jahonga podshoh bo'lsang,
Bo'lib hoki mazallat,go'r arosida yotar bordur.

Yigitlik davrini surgil,g'arib toat qilursan,deb,
Savobinga Hudo muhtoj emas,deb o'rgatur bordur.

Haziniy, bandalikda, bas yurursan behabar,g'ofil,
"Kiromayn kotibayn"kim hayru sharringni bitar bordur.

Haziniy.

Qayd etilgan