Muallif Mavzu: Islomiy she'riyat  ( 304701 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #15 : 25 Iyun 2006, 05:34:22 »
Hayit g’azali

Hayotni sen hayot etgan umidlarda muborak et,
O’g’il-qiz, onalar ham mo’ysafidlarda muborak et.

Sano et tillarini ham Salovat et, Taborak et,
Azizu avliyo azmin muridlarda muborak et.

Munavvar et Jaloliddin jaloli-la ko’ngillarni,
Farididdin kabi fazli faridlarda muborak et.

Duolar aylagan bir el, duo tole kalitidir,
Bu el mushkullarin shunday kalitlarda muborak et.

Saodatli bu kunlarda sabohatlik, saodatlik
Satrlarni Sirojiddin sayyidlarda muborak et.

Sinovlar, ranju zahmatlararo bergan shu umringni
Ilohi, barchamizga uyd – hayitlarda muborak et!

Sirojiddin Sayyid

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #16 : 25 Iyun 2006, 05:34:58 »
Tilaging bo’lsa gar Allohdan tila,
Bil’aks har amal so’ngidir vahim.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM…

Hamd bo’lsin Allohga, hamd bo’lsin har on,
Uning hukmidadir samo va zamin,
Maqtovga loyiq zot Udir har zamon:
ALHAMDULILLAHI ROBBIL ‘ALAMIYN…

Eng buyuk va so’ngsiz qudrat Allohda,
Hamma narsa Unga tobe va asir
Va o’zi har ishni qudrat-la qilar:
VALLOHU A’LA KULLI SHAY’IN QODIYR…

Anvar Tunjalb
Turkshadan Abdulloh Murod tarjimasi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #17 : 25 Iyun 2006, 05:35:14 »
Xudo bordir, hozirdur,
Har bir ishga qodirdur,
Kimki ishonmas ekan
Har mazhabda kofirdur.
Banda biz ul Xudoga,
Ummatimiz Mustafoga,
Shukr etaylik hamisha,
Ochib qo’llar duoga.

H.H.Niyoziy

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #18 : 25 Iyun 2006, 05:35:28 »
Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh,
Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz,
Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz.
Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor,
Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron,
Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON,
Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon
Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada,
Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada.
Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz
Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz
Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz.
Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi
Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari

Nodira Usmonova

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #19 : 25 Iyun 2006, 05:35:51 »
Na kerak?

Bir gulga bir dildan dunyo kerakdir,
Bir dilga bitta gul tanho kerakdir,
Bir elga mehrdan daryo kerakdir,
Mehr gar bo’lmasa, itob na kerak?

Tiriklik bir aziz ne’matdir azal,
O’tkarmoq joizdir pokiza, go’zal,
Nasimlar navodir, yaproqlar – g’azal,
Balog’at bazmida sharob na kerak?

Siymu zar havosi ranglaringdadir,
Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir?
Ey inson, hisobing manglayingdadir,
Bunchalar hisobu kitob na kerak?

Siymu zar havosi ranglaringdadir,
Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir?
Ey inson, hisobing manglayingdadir,
Bunchalar hisobu kitob na kerak?

Sadoqat darsidan xabar bo’lmasa,
Farosat ahlidan nazar bo’lmasa,
Ko’ngilda hayodan asar bo’lmasa,
Ul husnu jamolga hijob na kerak?

Suv uza yarq etgan shu’ladir umring,
Osilgan omonat tugmadir umring,
Magar Haq yo’lida o’tmadi umring,
Sen bu cho’lg’agan sarob na kerak?

Ilg’agin dunyodin munglug’ kuyingni,
Eng avval supurgil ko’ngil uyingni,
Savolu javob et har bir kuningni,
Savoling bo’lmasa, javob na kerak?

Sirojiddin Sayyid

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #20 : 25 Iyun 2006, 05:36:16 »
Mahshar yaqin…

Mahshar yaqin, taqdir – o’q,
Zumda eltar hammani.
Tahorat yoq, tahsin yoq,
Niyat qani – ahd qani?

Yetmasmu bu shaytonning
Shunchalar avragani?
Tarovati imoning-
Ruku, qomat – shahd qani?

Mudom istarsan parvoz,
Nedur qanoting sani?
Allohga eng yaqin roz-
Qa’da, sajda – taxt qani?

Tilovat yoq, takbir yo’q,
Namoz qani – baxt qani?
Bundan o’zga tadbir yoq
Asl Yorni ko’rgani…

Abdul Jalil

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #21 : 25 Iyun 2006, 05:36:40 »
Ilm hosil etmakning olti sharti

Ey do’st, murod o’lsa ilm etmak hosil,
Unga olti shart-la bo’lursan vosil.

Men faqat ayturman bir-bir otini,
O’zing axtargaysan tafsilotini:

Aqling ko’zgusiga g’ubor qo’nmasin,
Dilda hirs-ishtiyoq o’ti so’nmasin.

Ijtihod aylagil, chunki yo’l yiroq,
Imkonu qanoat qo’lingda chiroq.

Ustoz suhbatidan dur-ganj ola bil,
To tiriksan, mudom mutolaa qil.

Arabchadan Abduqayum Hikmat,
Abdul Jalil tarjimasi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #22 : 25 Iyun 2006, 05:37:01 »
Alloh rizosi

Alloh rizosidan ortiqroq ne bor,
Nima bor ortiqroq el duosidan?
Qahhor qarshisida qatorlashganda,
Ne naf bo’lg’usidir mol-dunyosidan?

Qalbim-a, nafasiga qul bo’lib qolgan,
Shom-sahar yod-o’yi pul bo’lib qolgan.
Eslaylik namozu ro’za, zakotni,
Razzoqdan kutaylik rizq-barokatni.

Parvardigor, O’zing bilguvchi zotsan,
Adashganlarga ham ato imon.
Har qanday nuqsondan o’zing ozodsan,
Mo’min bandalarga rahm ayla, rahmon.

Shukurjon Muhammadiso qizi

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #23 : 25 Iyun 2006, 05:37:17 »
Bugun Haqdin najot keldi, menga sen yor, namozimsan,
Riyozatni tilab ko’nglim bo’lur bedor, namozimsan.

Yaratganga ibodatning ajib sehrin bilib oldim,
Azon, sajda va ruku’ga bugun men zor, namozimsan.

Go’zal oyat qiroat-la bo’lur malham bu qalblarga,
Senga oshufta bo’lgan bo’lmagay hech xor, namozimsan.

Iqomat, tasbehu niyat yarashgay xo’p musilmonga,
Egam farz aylagan tole’ abad poydor - namozimsan.

Asl imon musulmonga haqiqiy farz ekan, do’stlar,
Ibodatlar ichinda ko’p o’zing sardor – namozimsan.

Dilim Parvardigor zikrin qilib tolmaydir, albatta,
Va besh bora burib qibla tomon diydor, namozimsan.

Muazzinlar nidosiga quloq tutgim sahar to kech,
Seni yetkazgan Allohga shukr ming bor, namozimsan.

Asosing asli Qur’ondir, yurakka nuri darmondir,
Bihisht – jannatga imkondir safo bisyor, namozimsan.

Darig’o, kech bilibsan bul salot qadrin, Jalol banda,
Judo qilma meni endi, Egam, zinhor namozimdan.

Umarov Jalolxon.
Qo’qon shahri.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #24 : 25 Iyun 2006, 05:37:33 »
Hayot binosinig bir g’ishti ko’chdi,
Kech tushdi, bir kunning quyoshi o’chdi.
Bir kuningni bir umrga qiyos qil,
Tongni kelish, shomni ketish vaqtin bil.
-Qanday kechdi kunim? Qildim ne savob?
Qalgan qaysi ishim vijdonga azob?
Ne kor etdim Xudo rozi bo’lgudek?
Qarzim yoqmi o’lsam hozir o’lgudek?
Kimni mamnun aylab, ranjitdim kimni?
Ustimdan o’qirlar qanday hukmni?
Har kech shu savolga izlamak javob
Ahli imonga xos hikmatdan bir bob.
Shunga qilib amal bo’l odil hakam,
Bu yo’lda ayama o’zingni hecham!
Kunduz sodir qilgan gunohing uchun
Kechda do’zahda yon, yug’la jigarxun!
Xayolan o’lib ko’r va kir qabrga,
Javob qil savoli Munkar-Nakirga.
So’ng tarozuga bor, pallasiga boq,
Savob izla, gunoh kelsa og’irroq.
Qadam qo’y qildan-da nozik bo’lsa ham,
Tushib ketma, ko’prik osti jahannam.
Safar haqdir, har kun esla ketarni,
Dilingdan faromush qilma xatarni.
O’lmay o’tkaz o’limni o’z nafsingdan
Yetsa ajal, hech ish kelmas dastingdan.
Bas, har kuning, har nafasing g’animat,
Sharrdan tiyil, xayrotga qil azimat!

Fozil Zohid, Xorazm

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #25 : 25 Iyun 2006, 05:37:50 »
Osmonlar oftob yo’li, zamin-chi, sinov yo’li,
Biovga gunoh yo’li, birovga savob yo’li.
Kimgadir rohat yo’li, kimgadir azob yo’li,
Asragin, bor Xudoyim, azob yo’ldan asragin.

Qanchalar bu dunyoda azob yo’lga yurganlar,
Gohi bilib, gohi bilmay sarob yo’lga kirganlar.
Xaqni topmast hech qachon nafsi yo’ldan urganlar,
Asragin, bor Xudoyim, sarob yo’ldan asragin.

Manzilida olovli chohlari bor yo’l – dunyo,
Alam, afsus, nadomat, ohlari bor yo’l – dunyo,
Kimki topsa hidoyat, bog’lari bor yo’l – dunyo,
Asragin, bor Xudoyim, xarob yo’ldan asragin.

Sabr tagi zar-oltin, sabr tagi rahmondir,
Shoshqaloqda samara yoq, kibr lain shaytondir,
Bir o’tkinchi yo’l – dunyo, bir o’tkinchi zamondir,
Boshlagin, bor Xudoyim, to’g’ri yo’lga boshlagin.

Nurmuhammad Shoyoqub

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #26 : 25 Iyun 2006, 05:38:28 »
Bir vujudda ikki unsur,
Biri mardud, biri manzur.
Talashgani talashgandur,
Subhonalloh, subhanalloh!

Biri nafsdur, biri imon,
Nafs zolimdir va beomon,
Jilovida ayyor shayton,
Subhanolloh, subhanolloh!

Nafs: to’ymasman, yuhoman, der,
Ne duch kelsa, yutaman, der.
Imon: bo’g’zing tutaman, der,
Subhanalloh, subhanalloh!

Imon qushi qo’sh qanotin
Xavfu rajo derlar otin.
Qo’rqit! Tottir umid otin,
Subhanalloh, subhanalloh!

Harki bunyod – oxir nobud,
Otdan, taxtdan so’ng bor tobut!
Saqlay olmas qalqon, sovut,
Subhanalloh, subhanalloh!

Hisrga moyil har tirik tan,
Saqla hirsdan, subha-shirkdan!
Kelur sado yeru ko’kdan:
Subhanalloh, subhanalloh!

Fozil Zohid, Xorazm

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #27 : 25 Iyun 2006, 05:38:55 »
Fardlar

Dema nafsim, u yaxshi yo bu yaxshi,
Neni ravo ko’rsa Razzoq, shu yaxshi.

Berganin oz dema, Xaq holing bilar,
Demak, shundan ortig’i ko’plik qilar.

Ko’p yemak odamu molni ne qilar:
Biri orttirdi dard, biri so’yilaydi.

Agar-chi tashnasan, bir kosa suv bas,
Qilmag’il daryoni yutmoqni havas.

Tomosha ham, cho’kma ham, bo’lg’il mo’tadil,
Omonlik – o’rtada, o’zing tuta bil!

Fozil Zohid, Xorazm

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #28 : 25 Iyun 2006, 05:39:20 »
Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,
Inonmagil molingga, bir kun qo’ldan ketaro.

Ota-ona, qarindosh qayon ketti, fikr qil,
To’rt oyog’lig’ cho’bin ot bir kun senga yetaro.

Dunyo uchun g’am yema, Haqdin o’zgani dema,
Kishi molini yema, sirot uzra tutaro.

Ahli ayol, qarindosh – hech kim bo’lmaydur yo’ldosh,
Mardona bo’l, g’arib bosh, umring eldek o’taro.

Qul xoja Ahmad, toat qil, umring bilmam necha yil,
Asling bilsang, obu gil, yana gilga ketaro!

Ahmad Yassaviy

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Islomiy she'riyat
« Javob #29 : 25 Iyun 2006, 05:39:37 »
Qardoshim, bir so’yla, nedur bu ahvol?
Atrofingdan xabaring bormi? Sen kimsan?..
Vaqting bo’sh kechayotir, ozmi bu gunoh,
Kuningdan habaring bormi? Sen kimsan?...

O’yla, ne anglading quruq g’avg’odan?
Ajal birdir uyg’otadi ro’yodan,
Mana, kelding va ketyapsan dunyodan,
So’ngingdan habaring bormi? Sen kimsan?..

Sen kimsan, qardoshim, qaysi chog’lisan?
Kimning nabirasi, kimning o’g’lisan?..
Sen kimga mansubsan, kimga bog’lisan?..
Diningdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Mukammal har davr ustida Islom,
Najot topish istasang, bo’lgin unga rom.
O’zgarmas, eskirmas Ilohiy Ahkom-
Qonundan habaring bormi? Sen kimsan?..

Qoralama shavkatli otalaringni,
Tuhmat yopmas sening xatolaringni,
Bir o’yla tarixning o’tganlarini!
Ertangdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Bo’shliqda qarorsiz inson bo’lurmi?
Hadaf axtarmagan manzil olurmi?
G’oyasiz bir ko’ngil huzur topurmi?
Joningdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Yusuf Po’lat o’g’li. Olmoniya.
Nurulloh Muhammad Raufxon tarjimasi

 

Islomiy resurslarga linklar

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 81
Ko'rilgan: 47768
So'nggi javob 08 May 2010, 14:21:36
muallifi ziyoda_aliyeva
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13408
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin
Ibratli, qiziqarli islomiy rasmlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy media

Javoblar: 238
Ko'rilgan: 153658
So'nggi javob 16 Dekabr 2018, 08:33:08
muallifi gulnoza:-)
Islomiy hayot tarzi

Muallif maknunaBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 8291
So'nggi javob 13 May 2008, 16:43:15
muallifi Odila
Islomiy otkritkalar

Muallif MohinurBo'lim Islomiy media

Javoblar: 53
Ko'rilgan: 29515
So'nggi javob 02 Sentyabr 2010, 14:12:32
muallifi Princess.