Islomiy she'riyat  ( 448208 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 89 B


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 10:56:45

TO’RTLIKLAR

Inson afzal bo’lolmas mol-davlati-la,
Inson afzal bo’lolmas irq-millati-la.
Allohning nazdida farq qilur inson
Qalbning pokligiyu taqvosi ila.

***

Nazar sol, ibrat ol, insonlarni ko’r,
Telba bor, oqil bor, border ko’zi ko’r.
Har biri taqdirning bir oyinasi,
Sog’misan shukr qil, bemor holing so’r.

***

Mol dunyoni tashlab ketarsan elga,
Yolg’iz kafan ila kirarsan elga.
Faqat savob hamroh, fursat g’animat,
Yaxshilik qil xoh ayolga, xoh erga.

***

Qanday ishlar tushar boshimga,
Aqlim sira bovar qilmaydi.
Qaysi inson bilar taqdirin?
Javob bitta: hech kim bilmadi!

Ismoil Abdulloh

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 10:57:55

MIRRIX YULDUZIGA

Go’zal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqg’oni
Nega bizdan qochib muncha uzoqlarga tushibsan?
Tuvg’oningga nechun sira gapurmasdan turibsan,
So’yla, yulduz, holing nadir, nechuk topding dunyoni?
Bizning yerda bo’lib turgan tubanliklar, ho’rliklar.,
So’yla, yulduz, sening dag’I quchog’ingda bo’lurmi?
Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yuizli ishbuzarlar, shaytonlar,
O’rtoq qonin qo’ymay ichkan zuluklar,
Qardosh etin qo’ymay yegan qoplonlar?
Bormi senda o’ksiz yo’qsilning qonin
Gurunglashib, chog’ir kabi ichkanlar?
Bormi senda butun dunyo tuzugin
O’z qopchig’in to’ldirgan buzganlar?
Bormi senda bir o’lkani yondirib,
O’z qozonin qaynatguvchi hoqonlar?
Bormi senda qorin, qursoq yo’lida
Elin, yurtin, borin-yo’g’in sotqonlar?

Abdurauf Fitrat "œChin sevish" kitobidan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 10:59:03

FARDLAR

Isrofil sur chalsa, qarab turma lol,
Ekib ket, qolmasin qo’lingda nihol.

Balki ikki mo’min urishgan mahal,
Yarashtirmoq barcha toatdan afzal.

Kechir agar o’tsa birovdan gunoh,
Avf qilguvchini do’st tutar Alloh.

Ulamo — kavokib, tunlar charog’on,
So’nsalar, yo’lchilar gumroh, sargardon"¦

Yuzingga qora dog’ cheksa bir gunoh,
So’ng bir savob qilki, ketsin ul siyoh.

Kimki qilsa elning hojatin ravo,
Ul solih bandadan Alloh ham rizo.

Shukrli bo’lsangiz, ne’mat ziyoda,
Noshkurlar rizqi ortmas dunyoda.

G’am yema saloming qolsa bealik,
Salomingga alik olg’ay maloik.

Bir soat ilm uchun riyozat chekmak,
Bir kechalik bedor toatdan behrak.

Fozil Zohid

Musulmonlar taqvim kitobi 2001 (1421) I chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 11:00:22

AYLAMA

To tanamda jon omonat muhtoji yoron aylama,
Soch-soqol oqarganda yori jonon aylama.
Harna kelsa boshima taqdirda bitgansan O’zing,
El aro xor aylabon dunyoni zindon aylama.
Erta-kech so’rgim o’zingdan elu yurt tinchligini,
Tinch vatan — oydin vatan, hargiz zimiston aylama.
Kimda insof bo’lmasa, hargiz adolat qilmagay,
Bu kabi insonlarni elga sulton aylama.
Kim elim, yurtim, debon qalbdan yonar,
Maqsadin porloq etib hargiz shabiston aylama.
Kimki marhumalarni eslab ruhini shod aylagay,
Omadu baxtin berib, hargiz parishon aylama.
Qodiro, insonlarning qalblari Senga ayon,
San buzuq qalblarga also hojat imkon aylama.
Kimda bo’lsa pok niyat, yetuk ani maqsadiga,
Yaxshi niyat yaxshi insonlarni sarson aylama.
Fozilo, hukmi Xudodin o’zgasi bo’lmas aniq.
Dilni sof qilgum hamisha, dilni vayron aylama.

Fozil qori Yosin qori o’g’li

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 11:01:47

JOYNAMOZ

O’qiganmiz uchar gilam haqida,
Sirli-sirli ertak kitoblarida,
Oshiqni ma’shuqi sari eltarmish,
Bir zumda, ko’z yumib ochgunlaricha.

Savol tug’iladi, hayol chulg’aydi,
Hayotda shu gilam asli bormikan?
Qaysi mamlakatda, qay saltanatda,
Bor bo’lsa, mendagi dardga kormikan?

Muhabbat dardi bor dilim qo’rida,
Sevganim jamiki olamlar Rabbi.
Pok nomi muqaddas qalbim to’rida,
U bor maxluqotning yolg’iz Ilohi.

Uchsaydim ko’klarga, qolib yer shari,
Ko’rardim, yulduzlar unga bezakdir.
Men uchun Allohning huzuri sari
Zumda yo’l olguvchi gilam kerakdir.

Qarangki, bu gilam — uyim to’rida
Menga muntazir bir poyondoz ekan
Allohdan marhamat topdi kamina,
U gilam e’zozli joynamoz ekan.

Ustida tik turib, niyat qilsangiz,
Quloq qoqib "œAlloh Akbar" desangiz.
Soniya o’tmasdan yo’l olib Haqqa,
Yaqin aylar ekan sajda etsangiz.

Alloh huzurida turmoq istasang,
Rahmon ila roz aytishmoq istasang,
Yuzlangin qiblaga solib joynamoz,
O’qigin namozing, uchmoq istasang"¦

Ismoil Abdulloh

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 11:02:57

FARDLAR

Obidlar ichra maqbul, eng basavob
Uldirki, haromdan qilsa ijtinob.

Me’yoridan oshsa qahqaha, kulgu,
Dilni o’ldurgusi, monandi og’u.

Sen to’q bo’lib, qo’shning qolsa och-nahor,
Mo’minlik da’vosini qilganing bekor.

Uchtadir munofiq belgisi, tani:
Xiyonat, yolg’on so’z, buzmoq va’dani.

Ma’siyat dog’ini poklay olmas suv,
Poklar uni faqat tavba-tazarru.

Og’zida o’t-kishan kim, desang, tongla,
Elga pand aytmagan olimdir, angla.

Qalb — bir parcha go’sht, u sog’-jismning sog’,
Buzilsa u, tan-jon vayron, siynang dog’.

Fozil Zohid

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 11:03:36

ENAMNING HIKMATLARI

Bandaning bergani ko’rgulik,
Xudoning bergani to’ygulik.

Namoz ishni bitirar,
Benamoz ishni yitirar.

Tinmasang-tinarsan,
Tinsang-tinmassan.

"œO’laman" deb g’am yema,
Sendan burungilar qani?

Onasini ko’rib qizini ol,
Chetini ko’rib bo’zini ol.

"œBismilloh"ni qattiq ayt,
Demaganlar ham desin.
Taom yesang asta ye,
Yemaganlar ham yesin.

Kasallik norni cho’ktirar.

Hormas-tolmasday,
Bola yig’lamasday,
Qorin och bo’lmasday
Ishlayveringlay.

Oybek Karim

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 11:04:30

GYOTENING "œG’ARBU SHARQ"IDAN

Isoning yuragi sof edi,
Bir derdi olamning ilohi.
O’zini iloh deb bilsalar
Kuyinib ketardi u gohi.

Bu zamon — Muhammad singari
Ziyoga chulg’anish zamoni.
Alloh bir, tanho! — deb, oxiri
Imon-la fath etdi dunyoni.

***

Nodon har hodisani o’zicha sharhlashga shay,
Har hodisa sababin bilgum, degan avom-da!
Allohga itoatdur islom degan so’z asli,
Islomda yashab hamma, o’lajakmiz islomda.

"œJahon adabiyoti" jurnali, 1998 yil, 8-son.

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Fevral 2007, 11:05:23

FARDLAR

Dil uyini bezar hayo gul yasab,
Bu uy barbodiga fahsh erur sabab.

Ziyorat pasha qil va angla sirni,
Go’riston eslatur yavmul oxirni.

Avlodga mol yig’ib chekma ko’p azob,
Meroslar yaxshisi — go’zal xulq, odob.

Eshitgan har so’zni olsang zabonga,
O’zing aylab osiy, jabr etgung jonga.

Zaif ololmasa kuchlidan haqin,
Tangri ulug’lamas bunday el, xalqni.

Murdani botirma g’iybat loyiga,
U ketgandir ajr-u jazo joyiga.

Dinni saqlash cho’g’ni tutgandek og’ir,
Bir vaqtlar kelarki, bo’l sobit, sobir!

Fozil Zohid

Musulmonlar taqvim kitobi 2001 (1422) II chorak


Qayd etilgan


Muslimа  19 Fevral 2007, 11:15:07

Ishratga o’chligim jabr jonimga —
Mubtalo bo’ldim — ku men to’rt, zolimga.

Bular: shayton, nafs, hoyu-havas —
Hammasi ham dushman, qanday kelay bas?

Sahvoniy, yov o’ylar zulmati aro
Havoyi yo’llarga ketaman go’yo.

Qayd etilgan