JOYNAMOZ
O’qiganmiz uchar gilam haqida,
Sirli-sirli ertak kitoblarida,
Oshiqni ma’shuqi sari eltarmish,
Bir zumda, ko’z yumib ochgunlaricha.
Savol tug’iladi, hayol chulg’aydi,
Hayotda shu gilam asli bormikan?
Qaysi mamlakatda, qay saltanatda,
Bor bo’lsa, mendagi dardga kormikan?
Muhabbat dardi bor dilim qo’rida,
Sevganim jamiki olamlar Rabbi.
Pok nomi muqaddas qalbim to’rida,
U bor maxluqotning yolg’iz Ilohi.
Uchsaydim ko’klarga, qolib yer shari,
Ko’rardim, yulduzlar unga bezakdir.
Men uchun Allohning huzuri sari
Zumda yo’l olguvchi gilam kerakdir.
Qarangki, bu gilam — uyim to’rida
Menga muntazir bir poyondoz ekan
Allohdan marhamat topdi kamina,
U gilam e’zozli joynamoz ekan.
Ustida tik turib, niyat qilsangiz,
Quloq qoqib "œAlloh Akbar" desangiz.
Soniya o’tmasdan yo’l olib Haqqa,
Yaqin aylar ekan sajda etsangiz.
Alloh huzurida turmoq istasang,
Rahmon ila roz aytishmoq istasang,
Yuzlangin qiblaga solib joynamoz,
O’qigin namozing, uchmoq istasang"¦
Ismoil Abdulloh