Islomiy she'riyat  ( 325259 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 89 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:44:14

Na sharaf, na shon istadim,
Na sadaf, na kon istadim,
Bari o’tkinchi, shu bois
Gavhari imon istadim.

***
Gulob bilan chaygandan
Halol bo’lmas yolg’on so’z.
Savun bilan yuvgandan
Nuroniy bo’lmaydi yuz.

***
Dard kelsa, g’am kelsa yutdik biz,
Kutdik biz, kutdik biz, kutdik biz.
Qabr deb atamang bu joyni
U uydan bu uyga o’tdik biz"¦

Hoji Sadriddin Salim Buxoriy

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:44:36

Chin do’st

Zulmatlarda yurar edim,
Gandiraklab turar edim,
Bir rahnamo tilar edim,
Chin do’stimni topdim, shukr"¦

Savdolanib eng xos qulga,
Yunusdek ergashdim izina,
Jon unga qurbon bo’lsin-a,
Chin do’stimni topdim, shukr"¦

Unda vafo, unda safo,
Usiz hayot — jabru jafo,
Oti — Muhammad Mustafo,
Chin do’stimni topdim, shukr"¦

Ramazon Do’nmas

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:44:59

Qatralar

Allohning bebaho ikki duri bor:
Yerda — barakasi, ko’kda - nuri bor.

Mingdan topmaganni birdan toparsan,
Yerdan topmaganni ko’kdan toparsan.

O’lim ham imtihon, bilrodar, bilsang,
Yaxshidir bir umr hozirlik qalsang.

Yoshlikda ne qilish keragin odam
Bilib olar ekan qarigan dam.

To’yganning bo’g’ziga tiqqandan ko’ra,
Yaxshimasmi ochni to’ydirgan, jo’ra?!

O’liklarga otsang tosh,
Yoriladi tirik bosh.

Otangning so’ziga bo’laverma xun,
Otasiz kunlar ham keb qolar bir kun!

Yaxshiga yaxshilik qilganing oni,
Kelar hiqildoqqa yomonning joni.

G’iyos Komilov

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:45:16

Hayot sharob yanglig’ quyulgan,
Qalb taloshi kechmish jununda.
Oy nurini qo’limga o’rab,
Pillapoya to’qimayman tunda.

O, bu ezgin o’ylarni netay,
Mayxonada bir o’zim yolg’iz.
Kema yasab Nuh kabi suzsam,
Ro’paramda bepoyon dengiz.

Hislarimni sovurar shamol,
Orom bilmas tungi parvona.
Yorishgaymi porlab yeti yil
Yusuf tushgan ul hibshona"¦

Yaqinlashgay yer bilan osmon,
Hayrat o’rar. Deyman bu nehol?
Loppillaydi yuksaklik uzra
Pillapoya. Munkillagan chol.

Hayot sharob yanglig’ quyulgan,
Qalb taloshi kechmish jununda.
Oy nurini qo’limga o’rab,
Pillapoya to’qimayman tunda.

Bobomurod Erali

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:45:38

Nohaqlikni loqayd kuzatmoq — xato,
Xatogina emas, gunoh ham hatto.

Mehnat halovati g’amdan aritgay,
Halovatsiz mehnat erta qaritgay.

Tirikligu mehnat — eguzak birga,
Ishsiz yurish — egov umrga.

Ko’za ham sindirar suv tashib yurgan,
Qilinmagan ishda kim nuqson ko’rgan.

O’lganning ko’zini yumish — tirikning ishi,
Tiriklarnin ko’zin ochar har o’lgan kishi.

Jahl kelganda ko’z qizaradi,
Jahl ketgach, yuz qizaradi.

Yomonlikni o’ylab firib yeganlar,
Yaxshi niyat-yarim davlat, deganlar.

Rizqimiz ko’kdan,
So’ng oqqan terdan.

Nurbekning "œMing bir ta’bir" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:46:03

Yolg'onchi dunyoga aldanma yohu,
Bu saroy buzulur devor aylanmas,
ikki eshikli vayronadir bu,
Kelgan albat ko'char mehmon aylabmas.

To'g'risiga borib ko'r bu yo'llarning,
Yurib ko'r ortidan mo'min qullarning,
Zindonidir dunyo mo'min qullarning,
Zindonda bo'lgan qul oson aylanmas.

Umr tamom bo'lib daftar yopilur,
Sirot ko'prigiyu,mezon ko'rinur,
Haqning dargohiga qullar tizilur,
Marhamat qilinur farmon aylanmas.

Hudoyi,ne bo'ldi qani Payg'ambar,
Abu Bakr,Umar,Usmonu Haydar,
Qani Habibulloh Siddiqu Akbar,
Bunda kelgan ketar bir jon aylanmas.

"Aziz Mahmud Hudoyi yo'li" nomliu turk filmidan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:46:21

Tirikmasman, o‘lganga ham o‘xshamayman,
Najot so‘rab kelganga ham o‘xshamayman.
Yuragimni ajin bosdi — qarib ketdim,
Yigirmaga to‘lganga ham o‘xshamayman.

O‘zim uchun qo‘ygan bari shartim og‘ir,
Tushgan joyin quritadi — gardim og‘ir.
Men ertaga qayta tura olamanmi,
Jon olmasa ketmaydigan Dardim og‘ir.

Nurlarimni tunlar uchun zarba qildim,
Ko‘nglim uyin kimlar uchun Ka’ba qildim.
Suyaklarim zirqiradi — lazzatlanib
Tavba qildim, tavba qildim, tavba qildim.

Yana cho‘llab yotganimni bilarmikin,
Daryolarim ko‘kdan qaytib kelarmikin?
She’rlarimni elchi qilsam, dargohida
Eng odil Shoh meni qabul qilarmikin?

Tirikmasman, o‘lganga ham o‘xshamayman...

Behzod Fazliddin

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:47:11

Mubashshir:

Dunyo nega bir kam...

Ko'nglim qoldi dildordan ham,yordan ham,
O'tkinchi bu dunyodan ham zardan ham,
Qo'msayman-u topolmayman hech yerdan,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Gunohlarim dunyochadir boshim ham,
Vujudimni poklagan - dir anduh - g'am,
Sog'inaman yig'lab mudom ko'zda nam,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Ma'siyatlar yuz bermoqda har qadam,
Gunohsiz-u,beozormas hech odam,
Izlab-izlab sabablarin so'rasam,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Dunyo yolg'onlarga to'ldi ushbu dam,
Zulmatlarni yoritguvchi yo'qdir sham
Ummatlari qoldi bo'zlab ko'zda nam
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Siz bo'lganda bir kam dunyo to'lardi,
Ummatingiz hulqingizni ko'rardi,
Hech shubhasiz yo'lingizdan yurardi,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Vorislarni saflaridan izlayman,
Hech olimni sizga o'hshatolmayman,
Hatto gardingizni topa olmayman,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Sog'ich ila, firoq ila yig'layman,
Chunki oramizda Rasululloh kam...

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:47:33

Mubashshir:

Sog'inmadingmi?...

Maqom berdi Hazrati inson,
Zikr uchun shirin bir lison,
Qani endi bizdagi vijdon,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Qalb tubiga bir bor nazar sol,
Iymon yig'lar,g'arib bemajol,
Sabr ila kutar Zuljalol,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Nafsing gunoh dashtida kezar,
Jannatni Haq bizlarga bezar,
Buni qachon yuraging sezar,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Ko'zing nurin kim ato etdi,
Loydek jisming kim aziz etdi,
Nahot aqling boshingdan ketdi,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Sog'inarsan jufting, onangni,
Eslaysanmi, ahdli sanangni,
Robbim Alloh degan va'dangni,
Sen Robbingni so'ginmadingmi.

Qolmoqchisan dunyoda qancha,
Man-man degan o'tdilar ancha,
Insof bormi senda zarracha,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Almisoqda ahdni bergandik,
Biz shaytonni dushman bilgandik,
Muhammadga ummat bo'lgandik,
Sen Robbingni sog'inmadingmi.

Tuproqdan yaraldik, asli tuproqmiz,
Haqni Qudrat qo'lida ojiz yaproqmiz,
Ibodatga butun,loyiq, yaroqmiz,
Sen Robbingni sog'inmadingmi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:47:54

«MA’RIFATNOMA»DAN

Ne davlatdirki, dildorim Sen o‘lding,
Anisu mu’nisu yorim Sen o‘lding.

Dili purdariming darmoni Sensan,
Shifoyi joni bemorim Sen o‘lding.

Menga xasm o‘lsa olam xalqi, g‘am yo‘q...
Ne qo‘rquv! Chun nigohdorim Sen o‘lding!

Safolar, gar jafolar topsa jonim,
Rafiqi jumla atvorim Sen o‘lding.

Sanga dil bermisham, ey joni olam!
Azaldan chunki dildorim Sen o‘lding.

Desam ismi sharifing yo demasman,
Dilimda jumla guftorim Sen o‘lding.

Senga ta’zim etar dillarda Haqqiy,
Der: inkorim yo‘q, iqrorim Sen o‘lding!..

Qayd etilgan