Islomiy she'riyat  ( 325260 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 89 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:48:16

To’rtliklar

Davlat deb bilganing bir siqim tuproq,
Umr yo’llaring ham bir xazon yaproq.
Shoshasan, chopasan dunyo moli deb,
Oxiri topganing kafandir, biroq.

***
Dunyoga men qachon keldim, bilmasman,
Ne amal, ne savob qildim, bilmasman.
Allohim, bo’ynimga yuklagan farzin,
Qay birin go’zalroq etdi, bilmasman

***
Ey inson, o’zliging hamisha angla,
Allohning kalomin qalbing-la tingla.
O’tkinchi dunyoda o’tmasdan umring,
Hayoting yo’lini poklik-la o’ngla.

***
Dunyoga keldikmi, ketish bor bir kun,
Barisin hisobin berish bor bir kun.
Mahshar kunida yig’ilib basher,
Sirot ko’prigidan o’tish bor bir kun.

Lola Azimova

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:48:40

Hojatim uldur, xudoyo, po ishim bosh aylasang,
Munda tavfiq, onda imonimni yo'ldosh aylasang.

Ilkima bersang asoyi himmat, og'zima sano,
Ko'ngluma ishq otashin solsang, ko'zum yosh aylasang.

Bor umidim: gardi isyonimni yuvg'ay obi afv,
Varna yo'qdur chorasi qora tosh aylasang.

Chehrai jurmimni yopg'il pardai ismat bilan,
Onda mushkuldur gunohim xalq aro fosh aylasang.

Garchi Olloyor erur noqobilu nomustaqim,
Lutf etib bir murshidi komilg'a yo'ldosh aylasang.

So'fi Allohyor

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Iyun 2006, 19:59:30

Sog'inchlar nurlanar,sog'inchlar gullar,
Iymondadir naqshi Visol ishonchi.
Ya,Rabbiy ato et, zor qullaringga,
"Berkitib qo'yilgan ko'zlar quvonchin".*
*Sajda surasi,17-oyatga ishora.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Iyun 2006, 20:02:43

Visol, Vatan deya taqvoda sobit,
Qo'msab o'rtanurlar qalbi adolar.
Ya Rabbiy, Ya Rabbiy buncha ko'p ekan,
Sog'inchdan benasib vatangadolar...

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Iyun 2006, 20:17:50

Taraddud-la yashamoq kerak,
Umrim manim yeldek yelguvchim.
Dog'da qo'yma, aylama giryon,
Hayolimdan ketma kelguvchim.

Sen-la uyg'oq bu dahri dunda,
Mangulikka dahldor o'yim.
Sen og'amsan, birodarimsan,
Sen eng sodiq nasihatgo'yim.

Kelguvchi do'st, yo'liqquvchi do'st,
Arit zanji g'uborlarimni.
G'aflatimga yag'molar solgil, 
Ko'shkida bo'l alyorlarimning.

Sen fanodan saboq berguvchim,
Kelajakdan nurli hotirot.
Maddohlaring ko'p ekan dunyo,
O'gaymisan bizga ohirot?!

Sallamnolar senga habibim,
Ochgil uqbo eshiklarini,
Boqiy ma'vo habarin keltir,
Keltir umid beshiklarini.

Seni eslab fano yo'lida,
Hijron o'lanlarin aytgayman.
Tashrifingdan mujdalar berding,
Qaytguvchiman,beshak qaytgayman.

Taraddud-la yashamoq kerak,
Umrim manim yeldek yelguvchim.
Dog'da qo'yma, aylama giryon
Hayolimdan ketma, kelguvchim...

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 08:48:51

Bismillah...
Bu kalom yo'lingni yoritgay - mayoq,
Nazar sol, dalil mo'l,sonsiz-beadoq,
Takrorlar tog'u tosh,shivirlar giyoh,
Ibrat ol ey nafsim, botini siyoh.
To osiy o'lmasdan,to o'lmay gumroh,
Balolarga duchor bo'lmay banogoh,
Rahmon nomi ila degil:"Bismillah!"

O'z sakkiz ming olam harakatdadir,
Ki Haqning fazlidan barakotdadir,
Kim iblis ilkida,kim g'aflatdadir,
Kim fasod ilkida - chin ofatdadir,
To osiy o'lmasdan,to o'lmay gumroh,
Arshi Azamatda holingdan ogoh,
Rahmon nomi ila degil:"Bismillah!"

Allohi Karimg'a aylab murojaat,
So'rguvchi doimo dardingga hojat,
Dili bedor zotlar - ahli munojot,
Barhaqki,oqibat topgaylar najot,
Sen-da najot ista,to o'lmay gumroh,
Azozil qasrinda o'lmasdan maddoh,
Rahmon nomi ila degil:"Bismillah!"

Ayo,bani odam,yo ibodulloh,
Ayo ahli fano ma xolaq Alloh,
Sizga Al-Fattohning kalomi bo'lsin,
Sizga Ar-Rozzaqning salomi bo'lsin.

Muhammad Bobur Mo'min.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 09:01:01

Ihlos,
Qul huvallohu ahad...
Tiz cho'kar malaklar - huri saminlar,
Iblis tuyoqlarin yerga sanchadir,
Bosh egib yig'lashar sahoba jinlar,
Mushrik odamiyzot esa anchadir.

Qul huvallohu ahad...
Avroqi illiyin ziyo-la ta'min,
Avroqi sijjiynning rangi aftoda,
Iymon belbog'ila chirmalgan zamin,
Hatti ustivoda,hatti ustivoda.

Qul huvallohu ahad...
Ming yilki arvohlar toliqqan hobdin,
Chrlashur osuda makon - uqboni
Buyuk kun qo'pgaymiz zeri turobdan,
Kelajak kutilgan tavajju oni.

Ayo ahli vahdat, ahli illiyin,
Ayo ahli tavhid,ahli hudobiyn,
Sizga Al-Ahadning kalomi bo'lsin,
Sizga As-Somadning salomi bo'lsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 14:24:26

Sadriddin Salim Buhoriy. To'rtliklar.
Kibring boshga balo bo'ladi bir kun,
Qalbing bo'zlab yaro bo'ladi bir kun,
Oltin zanglamaydi balchiqda,lekin,
Misning yuzi qaro bo'ladi bir kun.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 14:27:37

Badbahtlikni baht deb bilibman,
Naq do'zahni taht deb bilibman,
Kechir Rabbim! Gunohli damni -
Saodatli dam deb bilibman.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 14:29:44

Seni izlab edim har nafas har dam,
Har bir so'zing qalbim dardiga malham,
Yaktaging barini surtaman ko'zga,
Sen anqo urug'i - samimiy odam.

Qayd etilgan