Islomiy she'riyat  ( 448507 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 ... 89 B


Best friend  03 May 2011, 06:53:34

Аҳволимиз
 
 Кср бизнинг аҳволимиз, ғафлатда қандай ётамиз,
 Жойи келган чоғида виждонни пулға сотамиз.
 
 Ўғлимизға на адаб, на фан, на схши ссйламак,
 Аа худони буйруғи булган улум срготамиз.
 
 Коримиз шундан иборат бслди ушбу вақтда,
 Ўнтадин бедона боқиб ёзу қиш сайротамиз.
 
 Ҳамда ҳар кун таксларда наша кскнори чекиб,
 Баччаға кокил солиб, оҳ-воҳ ила сйнотамиз.
 
 Қаримиз, боёнимиз, балки бу вақт оқвондамиз,
 Аогаҳон ксрсак агар бир бесоқолни қотамиз.
 
 Ўртадан чиқса агар миллатни схши суйгучи,
 Биз ани даҳрий санаб, тсфангча бирла отамиз.
 
 Келингиз ёшлар, зиёлилар бу кун ғайрат қилинг,
 Ухлаганларни агар қодир ссак уйғотамиз.

Абдулла Кодирий

Qayd etilgan


Best friend  03 May 2011, 06:59:04

Bomdodlarni qazo qilganlar

Turaoldilar uyquvdan qolib,
 Qiyomatni jazo bilganlar.
 Yig'lasinlar dod faryod solib,
 Bomdodlarni qazo qilganlar.
 Go'yo kesib tomirlarini,
 Unutib xaq amirlarini.
 Yeb qo'ydilar umrlarini,
 Bomdodlarni qazo qilganlar.
 Yo'l adashgan oqil so'qirlar,
 Endi qanday sabab to'qirlar.
 Peshinlarni yig'lab o'qirlar,
 Bomdodlarni qazo qilganlar.
 Gar his qilsak ko'rmog'in bavlo,
 Yotaolmasdik qiliblar yallo.
 Tatimagay uyquvsi aslo,
 Bomdodlarni qazo qilganlar.
 Oz rohatlik uyquv qurboni,
 Endi hobey bo'lmas QURONni.
 Ahvoli ne uyg'ongan oni,
 Bomdodlarni qazo qilganlar.
 Ketkazaolmas ko'ngilda dog'in,
 Unutaolmas NAMOZ firog'in.
 Xaqir ko'rar ayol quchog'in,
 Bomdodlarni qazo qilganlar.
 Bu nafratga men ham arziyman,
 Qachon nafsim g'amin yeyman.
 Shu-on o'lib qolmasin deyman,
 Bomdodlarni qazo qilganlar.
 Xitobim shu ketar onlarim,
 Hazillashmang qadirdonlarim.
 To'rt mahallik NAMOZhonlarim,
 Bomdodlarni qazo qilganlar.
 
Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Best friend  03 May 2011, 07:02:37

O'zbek Islomini mahkam tutganda.

Qop qora bulutlar parchalangandi,
Bizning diyorlarga Islom kelganda.
Dunyo boshqacha bir holga tushgandi,
O'zbek Islomini mahkam tutganda.
Ikki daryo aro din yeldek yeldi,
Bu dunyo bir Xolis kelganin bildi,
Millatlar ro'yhatin boshqargan edi,
O'zbek Islomini mahkam tutganda.
Dunyo Termiziyni topolmas endi,
Dunyo Buxoriyni topolmas endi,
Bu bir mahallaga oddiy ish edi,
O'zbek Islomini mahkam tutganda.
Dinning markazi deb saylanmish Voha,
Go'zal hazoraga aylanmish Voha,
Bormikan qo'l tegmay qolgan bir soha?
O'zbek Islomini mahkam tutganda.
Bolalar yo'rgakda bilgan o'qishni,
Emaklaganida hanjar suqishni,
Onalar kasb qilmish olim tug'ishni,
O'zbek Islomini mahkam tutganda.
Bir muddat Mo'g'ulning bayrami bo'ldi,
Keyin bir zot chiqdi motama bo'ldi,
Temurga bu dunyo bir hovli edi,
O'zbek Islomini mahkam tutganda.
Dunyo ilmin barcha din deb bilardi,
Savodsiz ustidan hamma kulardi,
Ulug'bek yulduzlar sonin bilardi,
O'zbek Islomini mahkam tutganda.
Bugun bu millatdan kimki bo'lsa qarz,
Hammasi saodat davrigadir xos,
Navoiy dunyoga berar edi dars,
O'zbek Islomini mahkam tutganda.
Yurtiga sig'magan Boburni ko'ring,
Hindiston zorlamish etolmay g'iring,
Nimalar ro'y berdi ortga yuz buring,
O'zbek Islomini mahkam tutganda.

O'zbek Islomini mahkam tutganda,
Undan dunyo foyda ko'ribdi faqat,
Ey dunyo o'tinchim qilmayin handa,
Bu buyuk millatga yana ber fursat.

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Best friend  03 May 2011, 07:07:10

Har kishini dardi bo'lsa

 Har kishini dardi bo'lsa, yig'lasun yor oldida,
 Qolmasun armon yurakda, etsun izhor oldida.

 Andalibi benavodek nola-yu afg'on bila
 Doimo yig'lab turarman ayni gulzor oldida.

 Mansuri Xallojdek ichib sharobi antahur,
 Charx urub,yig'lab turarmen ushbu dam dor oldida.

 Har kishi bir jur'ae no'sh aylasa bu bodadin,
 Ul qiyomatda qilur arzini Jabbor oldida.

 Telba Mashrab,qilmag'il sirringni zohidga ayon,
 Aytib-aytib yig'lagaysan oshiqi zor oldida.
 
 Boborahim Mashrab

Qayd etilgan


Best friend  03 May 2011, 07:10:26

Ishqsiz yurub toat qilur nodon zohid,
   Betuz oshdek toatingni mazosi yo‘q,
   Oshiqman deb da’vo qilur yalg‘on oshiq,
   Valloh-billoh, chin oshiqni havosi yo‘q.
Ishq o‘tida kuyub-yonib toat qilg‘il,
   Oqil ersang, yig‘lamoqni odat qilg‘il,
   Tunlar qotib, mehnat tortib, rohat ko‘rgil,
   Mehnat tortmay sango lutfi a’losi yo‘q.
Xalq ichinda toat qilding, barcha riyo,
   Ayo zohid, qilg‘on ishing bori havo,
   Hech naf’i yo‘q ushbu toat, balki riyo,
   Mundog‘ ishga Haqni aslo rizosi yo‘q.
Pinhon yurub toat qilg‘il, Xudo bilsun,
   Ko‘z yoshingni daryo qilg‘il, rahmi kelsun,
   Ondin so‘ngra Haq dardinga davo qilsun,
   Ayo do‘stlar, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Tasbeh, tahlil ushbularni havosi bor,
   Tongla borsa yuz ming ofat-balosi bor,
   Yoshdin bo‘lak barcha ishni riyosi bor,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Banda bo‘lsang, Haq qahridin qo‘rqmasmusan?
   Har tun, sahar nadomat deb turmasmusan?
   Dargohig‘a yoshing to‘kub bormasmusan?
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Ko‘p nodonlar ko‘z yoshini qadrin bilmas,
   Haq qoshida ko‘z yoshidek tuhfa bo‘lmas,
   Tasbeh, tahlil ko‘z yoshig‘a teng kelolmas,
   Yig‘lab yurgil ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Bu olamda Haq Mustafo yig‘lab o‘tgan,
   Yig‘lamoqdin ko‘zlarining nuri ketgan,
   Yig‘lay-yig‘lay murodini hosil etgan,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Necha yillar yig‘lab o‘tti Odam ato,
   Ondin so‘ngra rahm ayladi boqib Alloh,
   Ko‘zda yoshin qurutmadi Haq Mustafo,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Ko‘b eranlar yig‘lamoqdin tobti murod,
   Necha osiy duosidin tobti najot,
   Yaxshi bilsang, ko‘z yoshidur obi hayot,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Yetti ming yil ul Azozil toat qildi,
   Mag‘rur bo‘lub toatiga, havo qildi,
   Riyo qilib dargohidin mardud bo‘ldi,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
G‘arib Mansur bir tun, sahar ko‘b yig‘ladi,
   Holin ko‘rub eranlar rahm ayladi,
   Ondin so‘ngra chiltan boqib sharob berdi,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Tongla bo‘lsa qiyomat kun, ayo do‘stlar,
   Paydo bo‘lg‘oy turluk-turluk alomatlar,
   Yuz ming qayg‘u, dog‘u hasrat, nadomatlar,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
O‘shal vaqtda maloikka farmon bo‘lg‘oy,
   Avval-oxir barcha xalqni hozir qilg‘oy,
   Bir-birini, yaxshi-yamon holin so‘rg‘oy,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Avval boshlab xos qullardin ulamoni,
   Olib kelgay dargohig‘a ushbularni,
   Tangrim degay: "Olib kelgon tuhfang qoni?"
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
"Tinmay yurub olimlardin ilm o‘rgonduk,
   Harna bilgon ilmimizga amal qilduk,
   Yo Qodiro, ulug‘ zoting anglab bilduk..."
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Alloh aydi: "Bandam, muni yalg‘on ayding,
   Qachon Meni rizom uchun ilm o‘rgonding?
   Yotsang-tursang hozir erdim, har ish qilding...
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Aytib erding ilm o‘rganib ulug‘ bo‘lsam,
   Xalq ichinda oncha izzat-hurmat ko‘rsam,
   Dunyo yig‘ib yesam-ichsam, o‘ynab-kulsam..."
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Ondin so‘ngra shahidlarni olib kelgay,
   Dargohig‘a barchalari boqib turg‘ay,
   Olib kelgon tuhfang bo‘lsa keltur, degay,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
"Din toloshib kofir birlan urush qilduq,
   Ba’zilarni o‘lturubon g‘oziy bo‘lduq,
   Ba’zilarin imon-islom yo‘lg‘a solduq,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Oxir qo‘ymay kofir oldi jonimizni,
   Boshni kesib yerga to‘kdi qonimizni,
   Sarf ayladuk ham yo‘lingda molimizni..."
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
"Ayo bandam, bu so‘zlarni bari yolg‘on,
   Ko‘ngul sirrin mendin tutub bo‘lmas pinhon,
   Zohir-botin har ishingdur menga isyon,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Hollaringni, bandalarim, xo‘b bilurman,
   Qayda bo‘lsang, saning bilan hozirdurman,
   Dilingdagi neku badni men bilurman,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Aytur erding, kofir bilan urush qilsam,
   Urush qilib g‘oziy bo‘lub boshin olsam,
   Ulug‘larni in’omini to‘la olsam..."
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Ondin so‘ngra olib kelgoy zohidlarni,
   Tangrim degay: "Olib kelgon tuhfang qani?
   Izzat-hurmat bilan tuttum man silarni..."
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Zohid aytur: "Rizong uchun toat qilduq,
   Tong otquncha namoz o‘qub qiyom turduk,
   Kecha namoz kunduzlari soim bo‘lduq..."
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Qachon toat qilding meni rizom uchun,
   Xalq ichinda izzat-hurmat ko‘rmog‘ uchun,
   Xalqni yo‘ldin urub molin olmog‘ uchun,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Ondin so‘ngra g‘aniylarni olib kelgay,
   Dunyo molin oncha sanga berdum degay,
   Menga qani olib kelgon tuhfang, degay,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
G‘aniy aytur: "Rizong uchun xayr qilduq,
   Taom berib yaxshilardin duo olduq,
   Faqir, miskin, yetimlarni holin so‘rduq..."
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Alloh aytur: "Ori, qilding xayru saxo,
   Xalq ichida qilding hama, barcha riyo,
   Riyo ishni, valloh, qabul qilmam aslo...
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Eshitib, o‘qub olim pandin olmadinglar,
   Pinhon yurub xayru ehson qilmadinglar,
   Dunyoda hech rizolig‘im tobmadinglar..."
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Ondin so‘ngra kelgoy hama devonalar,
   Haq ishqida jonu tandin begonalar,
   Diydor izlab har tarafga jo‘yonalar,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Oshiqlarni dargohig‘a olib borg‘ay,
   Bari Haqdin qo‘rqub yana yig‘lab turgay,
   Ug‘on Izim tuhfang bo‘lsa keltur degay,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Oshiq aytur: "Tuhfamiz yo‘q g‘ayr az gunoh,
   Qilg‘onimiz doim erur jurmu xato,
   Lutfung bilan afv etmasang holim taboh,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Barchalari yig‘lab aytur: "Sen bilursan,
   Izzing ulug‘, harna qilsang, Sen erursan,
   Lutf aylasang, yo‘lsizlarg‘a yo‘l berursan,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Qay kun bizga ishqing tushti, oshiq qilding,
   Fahmu xirad aqlimizni tugal olding,
   Kayfiyyatni jomin berib behush qilding,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Alloh aytur: "Oshiqlarim, rost aytursiz,
   Mendin qo‘rqub bag‘ringizni qon qilibsiz,
   Hasrat qilib, ko‘zlaringdin yosh to‘kubsiz,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Ko‘z yoshidin menga yaxshi tuhfa bo‘lmas,
   Mundin yaxshi dargohimg‘a hadya bo‘lmas,
   Farishtalar toatlari teng kelolmas,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Ko‘z yoshini shisha uzra quyub olg‘ay,
   Maloiklar g‘assol bo‘lub, ani yuvg‘ay,
   Haq taolo amri bilan ani yuvg‘ay,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Ko‘rdunguzmu, maloiklar, bandam, degay,
   Bu oshiqdur, men ma’shuqman, biling, degay,
   Hurlar qarshu chiqib anga salom qilg‘ay,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Tuydungmu, deb oshiqlarg‘a nido kelgay,
   Kimni ko‘rsang shafoatni sen qil, degay,
   Gohi behisht, gohi Arshqa uchub qo‘ng‘ay,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Huru jannat Xudoyig‘a arz aylag‘ay,
   Ushbu aziz kimdur, bayon qilg‘il, degay,
   Bir soatki bizga mehmon bo‘lsun degay,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Nido kelgay ilohimdin "do‘stum" dedi,
   Bag‘ri kuyub, yoshin to‘kub, ko‘b yig‘ladi,
   Xorliq, zorliq, mashaqqatni rohat bildi,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Ondin so‘ngra Buroq, hulla keturgoylar,
   Boshiga toj, hulla, Buroq mindurgoylar,
   Taxti behisht uzrasiga qo‘ndurg‘oylar,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Banda bo‘lsang, ishqqa qadam qo‘ymasmusan,
   Ishqdin ulug‘ toat yo‘qtur, ko‘rmasmusan,
   Hasrat qilib, bag‘ring ezib yurmasmusan,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.
Qul Xoja Ahmad ishq dardidin aydi muni,
   Necha ulug‘ kitoblardin oldi muni,
   Hasrat qilib, yig‘lar erdi tuni-kuni,
   Yig‘lab yurgil, ko‘z yoshini riyosi yo‘q.

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Shukrona  03 May 2011, 07:29:41

YODINGDA TUT

Ey odam kelding hayotga ketmog’ni ham yodingda tut
Necha yil ko’rsang umr bir kun o’lim yodingda tut
Barchamiz keldik hayotga imtixon topshirgani
Toating bo’lsa o’tarsan san buni yodingda tut.

Nokasu, nojins bilan do’stu ulfat bo’lmagin,
Bir umr afsus chekarsan san buni yodingda tut.
Bo’l yiroq fitna fasoddan hamda g’iybat qilmagin,
Go’rda bor qattiq azoblar san buni yodingda tut.

Kirma ko’ngling ko’chasiga xor etib tashlar seni
Oxiri bor burda nonga zor etar yodingda tut.
Har balo ishlarga boshlar to’ymagan nafsing sani
Ming balolar keltirar boshingga sen yodingda tut.

Ichkilik ichgan kishida qolmagay sharmu hayo
Ichkilikdan ming jafo kelgay buni yodingda tut
Kim mukammal inson o’ldi, bo’ldi el ichra aziz
Betayin mujmal odam xordur abad yodingda tut.

Ol qo’lingga san irodangni Foziljon doimo
Egma boshing nafs uchun nomardga sen yodingda tut.


Fozil qori Yosin qori o’g’li.

Qayd etilgan


Shukrona  03 May 2011, 07:32:51

O’RGANING

Keldi bir qutlug’ zamon, ahli islom, o’rganing,
Bilmayin qilgan gunohga tavbalarni o’rganing.

Necha yil yotdik jaholat loyig’a botgancha biz,
Siz jaholatdan chiqib, yaxshi yamonni o’rganing.

Na halolu na haromning, farqiga bormay hanuz
Yamlamay yutdik haromni, chin halolni o’rganing.

Yoshimiz bir joyga yetdi, qalbda yo’qdir hech nima,
Bir savob ish qilmadik, endi savobni o’rganing.

Na tahoratni bilurmiz, na namozu ro’zani,
Qo’ymadik sajdaga bosh, endi namozni o’rganing.

Yaxshi o’ylar qayga ketdi, oqibat birla vafo,
Chunki bizda qolmadi ul nuri imon, o’rganing.

Ertayu kech da’vati Islomni qilgin, Fozilo,
Ta’nalar kelsa boshingga, ayla bardosh, o’rganing.

Fozil qori Yosin qori o’g’li

Qayd etilgan


Best friend  03 May 2011, 07:49:42

Bosmachilar

Olmoslardan keskir edi shamshiringiz,
Tutun kabi to'zib ketti taqdiringiz,
Ming yigitga arzirdingiz har biringiz,
Ot o'ynatib yurmadingiz Bosmachilar.
Tuproq to'shak bo'ldi, bolish egar boshda,
Jaloliddin kabi mudom jahongashta,
Umringizning yarmi o'tti tog'u toshda,
Ne kunlarni ko'rmadingiz Bosmachilar.
Qo'rg'oshinga qalqon bo'ldi o't ko'kraklar,
Kafan bo'ldi qonga botgan oq yaktaklar,
So'ngi makon bo'ldi ba'zan chakalaklar,
Odamday ham o'lmadingiz Bosmachilar.
Tushinmayin kim qarg'adi kimlar sotti,
Ko'nglingizda alam, ko'zda yoshlar qotti,
Ortingizdan goh bolangiz toshlar otti,
Yosh deb gina qilmadingiz Bosmachilar.
Uyingizda sizni kutti kel deb to'ram,
Kelinchaklar kokillari taram taram,
Ko'ngilga yor sig'armidi yurtda qaram,
Jangohlardan jilmadingiz Bosmachilar.
Kengashsangiz tor dunyolar keng bo'lardi,
Ergash yoqa bo'lsa Shermat yeng bo'lardi,
Birlashsangiz kim ham sizga teng bo'lardi,
Nechun ahil bo'lmadingiz Bosmachilar.
Bosmachimish bunday demish qay bema'ni,
Tutmaydimi bir kun uni BEKlar qoni,
Hamma sizdek o'z yurtini suysa qani,
Behuda qon to'kmadingiz Bosmachilar.
Siz yo'q bo'ldi ko'tarildi dar pardalar,
Otdan tushti sariq mo'ylov sarkardalar,
Buxoroni to'pka tutgan sharmandalar,
Afsus, afsus ko'rmadingiz Bosmachilar.

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Best friend  03 May 2011, 07:50:39

Buxoriy Bobom

Tushumga kiradi Buxoriy bobom,
 Tur deydi namuncha uxlading bolam.
 Jon tikib top`lagan xadisim o`qi,
 She`r yozsang tuzikroq satrlar to`qi.
 Buncha xam bo`lmasang ayolinga mast,
 Ayoling past qilgan xayolinga mast.
 Tur deydi o`rningdan muncha uxlaysan,
 Bugun yig`lamasang, ertan yig`laysan.
 Namuncha dunyonig quliga do`nding,
 Ozgina zo`rlasa indamay ko`nding.
 Qo`y endi, yod eldan qaxrlanishni,
 Buhoriy bobom deb faxrlanishni.
 Undan ko`ra tafsir kitoblarni tit,
 Arsimas matoni egningdan irg`it.
 Rasulim, Rasulim deysani ammo,
 Amallaring riyo, ko`zlaring `amo.
 Qandaq manga sirdosh degaysan Bilol?
 Tushingda zinolar qilsang bemalol,
 Termiziy yurtida tug`ildim dema,
 G`amdan tashkil dunyo g`amini yema.
 Agar ajratmasang oqu-qorani,
 Yodlab o`tirmagin o`ttiz porani.
 Chiroyli so`zlarni chiroyli sozlab.
 Chiranding chiqolmay chiroyni ko`zlab.
 Guldan xaykal bitma o`zingdan o`zing,
 Qilgan amalinga most kelsin so`zing.
 Innamal `amanul binniya deb on,
 Xoxlagan ishinga qo`l urma nodon.
 Ushbu Xadis asli ma`nosi o`zga,
 Sira xam mos kelmas sen aytgan so`zga.
 Amalga intilgin Xadislar yodla,
 Tunlari gunoxim ko`p deyu dodla.
 Ko`ngling hohishini hohish demagin,
 Farqi yuq xox gunox xox ish demagil.
 Agar bolam bo`lsang bobongga most b`ol,
 Yolg`on tana bo`lma ozgina rost bo`l.
 Xechkim ko`rmas joyda aylagin taqvo,
 Skunat riyoviy taqvodan iqvo,
 Tushumga kiradi Buxory bobom.
 Xalqimga bir so`zni yetkazgin bolam.
 Tunov kun qabrimga boribdi xalqim,
 Maqsadi ziyorat qastida balkim.
 Turli marosilmlar uyushtribdi,
 Yoshimnifalon deb sanab yuribdi.
 Yo`q! Xayxot bu xolat dinda bid`atdur,
 Bid`atsiz yashamak chin saodatdir.
 Qabrimda muqaddas narsa yuq aslo,
 Bu xolni xis qilar xar aqli raso.
 Bu ishlar o`rniga aqli farosat,
 Go`zal Xadislardan izlar nafosat.
 Rasuli Akramning xar bir so`zlarin,
 Shiyor aylagay va surtgay ko`zlarin.
 Garchi ul zot uchun borib berganman,
 Payg`ambar qabriga tpinmaganman.
 Jamiy qudusiyat Allohga mutloq,
 Bu yuldan o`zgasin istagan noxaq.
 Qabrimga ko`zmo`nchoq kelganlar taqib,
 Jaxolat qariga ketgan uloqib.
 Xalqim turkiy zabon istasa javob,
 Xadisni o`qisin menga shu savob.
 O`tgan kunlarini aylabon nosib,
 Saxixga ergashsa xayoti saxix.
 Tushumga kiradi Buxoriy bobom,
 Ko`chada gullabdi hixoyat bodom.
 Tur deydi bolama uxlading ko`pam,
 Bugun xadisga yod men o`sgan supam.
 Ul supani supurib qayrgin,
 Kam sonli mo`minga salomim aytgin.
 Buxoroning nomi "Bu xoro"midi?
 Men ko`rgan shaxr shu Buxoromidi?
 Xadis yodlovchiga sig`magan shaxr,
 Bugun bir xadisdan tamom be xabar.
 Qizlari yalong`och, erlari beor.
 Yo o`zgarib ketdi iloxiy shior.
 Agarcha Islomning dardin yemaslar,
 Buxoriy nomiga xaqli emaslar.
 O`zlarin Buxoriy yurtidan deb miz,
 Tanishtrmasinlar o`zidan ketib.
 Undan ko`ra dinga bo`lsinlar tobe,
 Iloxiy amrga doimo some.
 Aytgan suzlarimga bolam amal qil!
 Ushanda men ulardan rozi bulgum bil!
 Istasalar ruxim bo`lishini shod,
 Xadisga muofiq kechirsin xayot.
 Bolam bolaginam Turkuston kezgin,
 Abu Abdulloxning so`zin yetkazgin.
 
Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Best friend  08 May 2011, 02:44:13

Islom ahliman

Bugun millatchilik, mahalliychilik,
Balosi dunyoni qurshablar olmish.
O'zini Muhammad s.a.v. ahliman degan,
Insonlar qalbida do'stlik yo'qolmish.
Biri men faloniy mazxabiman der,
Boshqasin ra'ini butkul sanar yot:
"Qur'onda bo'lsa ham sening so'zlaring,
Bizga undoq ishni aytmagin mustod".
Turli jamoalar, turli firqalar,
Ochiq ko'rolmaslik porlar zuxrida.
Aniqki, do'st tutib kufr ahlini,
Musulmon qavmni ayblar kufrda.
Tag'in tinmay o'qir sahobiylarni,
Hazrati Bilolga tasannolar deb.
Aka uka bo'lgan musulmonlarning,
Aybini ertadan to kech ahtarib.
Salmoni forsiyga shogirdmiz debon,
Xayqirganlar holin ko'ring halafda.
Masjidlar begona, so'zlashuvlar yo'q,
Namoz o'qimaslar turib bir safda.
Mutaasib qalbi har kun jo'sh urib,
Iymon halovatin tepkilab kular.
Imomga namozin topshirib turib,
Uning orqasidan g'iybatlar qilar.
Hayhot bu ummatning har kun darsida,
Tahminan shundayin rivoyat yangrar:
Ali shamollasa, Usmon ham kasal,
Abu Ubaydaga yig'lagan Umar.
Ammo hikoyatlar qolar o'tmishda,
Darslar tugab bitgan zamona g'iybat:
"Eshitdingmi do'stim falon odamni?
Barmoq ko'tarishni demoqda sunnat.
Ilmi ham yo'q edi o'zi tuzukroq,
O'zicha nimani qilmoqda da'vo,
Undan ko'ra namoz o'qimasaydi,
Qalbi pok bo'lardi, ko'ngli musaffo".
Ana shunday gaplar bugungilarda,
Har kimning o'zicha haq kalomi bor.
Falon qori agar bunday demagan,
Demak, boshqalarning ahvoli abgor.
Ko'nglim bir seskanib ketdi bu holdan,
Ko'rib g'aflat ichra zor qotganlarni.
Eshitganmidingiz biron millatda,
Aka ukaman deb tosh otganlarni.
Bu qanday g'arazgo'y ummat bo'ldiki,
Husnizon qilishdan har dam tonarlar,
Hatto biron inson din yetkazsa ham,
Unga turli nomni qo'yib olarlar.
Shu zayl o'tmoqda kunimiz do'stlar,
Ihtiloflar ila zavqlanib ko'ngil.
Fahsh amal egasi da'vatsiz qolib,
Musulmonni g'iybat qilish kasbi til.
Men bunga sira ham chiday olmasman,
Kechmagum hattoki tilning zahridan,
Tanishib qo'yaylik she'rni yozgan men
Oddiy bir muslimman Islom ahlidan.

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan