Islomiy she'riyat  ( 447822 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 B


Best friend  18 May 2011, 14:25:47

 Qadax tutmang!

Bir yomon uyg'ondim buzuldi tinchim,
Go'yo ruh vujuddan bo'lgaydir halos.
Davrangizga kirar bo'lsam o'tinchim,
Men O'zbekman qadax tutmang iltimos.
Niyatlar qopqora gapchi tosh qovoq,
Qo'lim qaltirayur vujudim titroq.
Sizning millatingiz bilmayman biroq,
Men O'zbekman qadax tutmang iltimos.
Bu kecha uyqum yo'q ko'ksim ham sanchib,
Uyaldim xattoki o'zimdan ranjim.
Etiqodim ezib dinimni yanchib,
Qadax tutmang men O'zbekman iltimos.
Bilaman garchisiz juda ham botir,
Ko'zimga bir qarang bamayli hotir.
Nahot mo'minligim bilinmayotir,
Men O'zbekman qadax tutmang iltimos.
Muncha ko'zlaringiz soladir qo'rqinch,
Bir ish bormikan bo'lgani ilinch.
Bobolarim go'rlarida yotsinlaru tinch,
Men O'zbekman qadax tutmang iltimos.
Bu riqsida hammayo samo ham qaro,
Shiyshaning dastidan yig'ladi xalo.
Och qolsam barg topib yermanu ammo,
Men O'zbekman qadax tutmang iltimos.
Bu urf yurtingizda salom atalur,
Mening tarix yo'lim ISLOM atalur.
ISLOMda (aroq) xo'r xarom atalur,
Men O'zbekman qadax tutmang iltimos.
Tanamni qaynagan yog'ga sovoring,
Minorayu kalomdan tashlab yuboring.
Qaqrasam eng badbo'y suvdan sug'oring,
Men O'zbekman qadax tutmang iltimos.
Tinglayman tarixim falon deb to'qing,
Chidayman og'riqli joylarim cho'qing.
Tarjimai holim avvalin o'qing,
Men O'zbekman qadax tutmang iltimos.
Tushuning men asli sofdil MUSULMON.
Aroqni xarom deb so'ylagan QURON.
Iymonni ketishga beringiz imkon,
Men O'zbekman qadax tutmang iltimos...

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Best friend  18 May 2011, 14:33:05

...Qiyomat bor dedik

Tug'uldik musulmon makonda,
Lek yolg'on uchradi har onda,
Aldovlar urchigan zamonda,
Hayriyat qiyomat bor dedik.
Ul kundan titragan yuraklar,
Ofiyat bo'libdir tilaklar,
Fulmdan to'kilsa ichaklar,
Hayriyat qiyomat bor dedik.
Farq yo'qmush na oq-u qoralar,
Ko'ngilni shubhalar darralar,
XAJ uchun olinsa poralar,
Hayriyat qiyomat bor dedik.
Boshimni uraymi devorga,
Qo'ymaslar bir bora diydorga,
Laqablar qo'yilsa DINdorga,
Hayriyat qiyomat bor dedik.
Yig'ladik esladik OLLOXni,
O'zidan so'radik panohni,
Bir chetga suribda gunoxni,
Hayriyat qiyomat bor dedik.
Turibmiz hamon xaq maqomda,
Ruximiz boshqa izdixomda,
Sochimiz oqardi ISLOMda,
Hayriyat qiyomat bor dedik.
Bu yurtning bo'lsin-ey voylar,
Teskari oqsa ham soylari,
Zakot ne bilmagay boylari,
Hayriyat qiyomat bor dedik.
Buzulmish bor toshu tarozi,
Oyatlar o'rniga kuy sozi,
RO'ZAda qadaxlar ovozi,
Hayriyat qiyomat bor dedik.
Zaqqumga aylangan bolidan,
Qo'rqmaslar birovning molidan,
Qo'rqsakda ul kunning holidan,
Hayriyat qiyomat bor dedik.

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Best friend  18 May 2011, 14:49:33

Bizdan biron kimsa so'rasa agar,
"Musulmon"man deya javob beramiz,
Aslida-chi azizlar, dunyoga kelib,
Islomdan bexabar o'tib ketamiz.
O'n sakkiz ming olamni yaratgan "Ollox"
Turg'azib qo'ydi yerni muallox,
Bo'y singdirib unga quyosh, oy va havoni,
Chiroyli qilib yaratdi Odam atoni.
So'ng buyurdi farishtalarga,
Sajda qilinglar deya Odam atoga.
Farishtalat sajda qildilar,
Ammo, faqat Azozil farishtasi ketdi riyoga.
Meni yaratding dedi olov nuridan,
Odamni esa loy, balchiq tubidan.
Olim bo'lib dars berdim farishtalarga,
Endi sajda qilaymi Odam atoga.
Azozildan ranjigan parvardigori Olam,
Berdi unga qo'pol qilib "Shayton" degan nom.
Bosildi Azozilga la'natli tamg'a,
Bir umr jannatdan bo'ldi badarg'a.
Shunda ham Olloxga qilmasdan tazim,
Xudodan so'rardi faqat bir izim.
Bandang tufayli shayton bo'libman,
Endi bir umr odamga bo'layin dushman.
O'rab olay bandangni to'rt tomonini,
Yemirib asta-sekin qalb iymonini.
Yuraman uning yurak qonida,
Ko'ramiz yurarmikan sening yoki mening yo'limda.
Odamga aql berdi yaratgan xudo,
Evaziga hech narsa so'ramay hatto.
Muqaddas kitoblar orqali yo'lin ko'rsatib,
Tanla dedi haq yoki shayton yo'lin, aql ishlatib.
Shu bois odamga qasd bo'lib shayton,
Qurdi inson ichidan o'ziga makon.
Gunohlar qildirish uchun jangga otlandi,
Shu zayil yer yuzida hayot boshlandi.
"Odam ato"dan "Momohavo" paydo bo'lgandan keyin,
Ulardan zurriyot tarqala boshladi sekin.
Zurriyotlar turli millatlarga bo'linib ketdi,
Asta-sekin ulardan mehr-oqibat ketdi.
Odamlar omonatga qilib xiyonat,
Kasblari o'g'riligu bo'ldi jinoyat.
Tanimay qolishib bir-birlarini,
Unutdilar bir ota-onadan bo'lganlarini.
Insonlarda qolmadi zarracha vijdon,
Unitib Xudoni qoraydi iymon.
Yomonlar yaxshilikka yovuzlik tilab,
Ketdilar jaholat botqog'iga qulab.
Na uyat qoldi, na sharmu-hayo,
Ayollarda oru, erkakda vafo.
Ikkovlari bir o'rinda yotib benikox,
Bundanham og'irroq bo'lurmi gunoh.
E, vox, shunda ham Olloh haq subhana taalloh,
Ularning ustiga yog'dirmay balo.
Jaholatdan qutqarib bandalarini,
Elchi qilib yubordi Payg'ambarlarin.
Odam atodan to hozirga qadar,
Taxminan 124 ming o'tdi payg'ambar.
Ulardan Muso, Iso xulasi kalom,
Oxirgisi "Muhammad Allayhissalom".
Rasulimiz payg'ambar bo'lmasdan hali,
Hiro g'origa kirdilar ibodat qilgani.
Shunda Olloh farishtasi jabroil kelib,
Dedilar "Olloh sizni sayladi" payg'ambar qilib.
Nur qilib yoritgaysiz debon hayotni,
Qalblarga jo qildi ushbu oyatni.
Muhammad s.a.v. o'qiwni, yoziwni bilmasdilar ham.
Quvonchlardan Payg'ambarning ko'zi yowlandi,
Wu kundan islom uchun da'vat bowlandi.
Da'vatni bowladilar avvalo uydan,
Ko'chaga chiqdilar keyinroq undan.
Kofirlar iwonmay mayna qildilar,
Ko'plar iwonib iymonga keldilar.
Kofirlarga qarwi jang qilib odam,
Islom diniga ham qo'yildi qadam
Din uchun davatda mahkam bo'ldilar,
Jon berib Alloh uchun wahid bo'ldilar.
Qancha zaxmat chekmadilar bu haq din uchun,
Jonlarin ayamay og'a-in uchun,
Chin ummat bo'lay deb Alayhisallomga,
Sahobalar yo'l oldilar butun olamga.
Sahobalar och yurdilar hamda yalong'och,
Majnuniy sifatda o'sgan soqol-soch,
Dedilar - hoy inson och ko'zingni och,
Jannatga intilgin do'zaxdan qoch.
Tovonlar tewildi yo'l azobidan,
Insonni saqlay deb go'r azobidan.
Qaxraton qiwlardan yoz oftobidan,
Umid qilib Allohning oz savobidan,
Zarurat bo'ldiki bo'ldilar wahid,
Uylariga qaytmoqlik etmadi nasib.
Mujohid bo'ldilar olamni kezib,
Alloh rahmat qilsin jannati etib,
Buhoriy, Termiziy, Yassaviylar ham
Bu yo'lda oz muncha chekmadilar g'am.
Umrlari boricha tebratib qalam,
Rahmatli bo'lsinlar bo'lmadilar kam,
Bizchi yo'ldan adawdik sarotga boqib,
Kofirlarga ergawdik quronni yoqib.
Islomga qarwi jang qilib essiz,
Wuncha yil kofirlarga hizmat qilibmiz,
Qandoq kunlarga qoldik azizlar o'zi,
Yerda oliy bo'lmasa Allohning so'zi,
Hech oftob ko'rarmikan musulmon yuzi.
Aka-ukasin ko'zini o'ysa,
Jigar-jigarin ayamay so'ysa,
Muslim muslimligin unutib qo'ysa,
Qiyomat bo'pqopti Hudo hohlasa.
Kambag'al bechora ochlikdan o'lsa,
Boylar pul sochiw bilan ovora bo'lsa,
Kofirlar o'lganlaring yaxwi deb kulsa,
Hudo urib qo'ygan ekan bizlarni rosa.
Ey azizlar bas endi waytonni yo'ldan qyatassin Hudo,
Islomu-iymondan qilmasdan judo,
Borakan Allohga chinakam waydo,
Farzlarin vaqtida qilaylik ado!

P.S. Mualiffi kim ekanini bilmiman. Islom tarixi degan multfilmda aytadi bir kishi...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  13 Iyul 2011, 09:50:57

Taqvo deysiz, insonlarni qaytarmaysiz gunohdan,
Gapirmaysiz farzu vojib, sunnatlardan - saboqdan.
Suhbatingiz boshlanadi mudom g'iybat qilmoqdan,
Bu odatlar ezgulikdan yiroqlashish emasmi?

Yurt osmoni tinch, musaffo, shukr qilmoq kerakdir,
El xizmatin o'z ishingdan ustun bilmoq kerakdir.
G'ayur niyat sahrosidan tezda jilmoq kerakdir,
Noshukrlik baxt bilan ham firoqlashish emasmi?
Zokirjon Mannopxo'jayev

Qayd etilgan


_IYMONA_  26 Sentyabr 2011, 06:41:57

Sabr ham Allohdan kelgan ne'matdir,
Sabrli bandangga yog'sin rahmating.
Iymonim butun qil, yalindim senga,
Insofu sabr ber Allohim menga.

Qimirlagan jonki, rizqin bergansan,
Sabrli bo'l deya aylabsan nido,
Har bir ko'rsatmangga bu jonim fido,
Insofu, sabr ber Allohim menga.

Umr bog'larida sayr qilganda,
Hayot chashmasidan bahra olganda,
Judolik qa'rida tanho qolganda,
Insofu, sabr ber Allohim menga.

Nomard yo'ldosh bo'lib, qoldirsa dashtda,
Muhtojlik ko'rinsa ko'zdagi yoshda.
Qiynaliblar ketsam qahraton qishda,
Insofu, sabr ber Allohim menga.

Qayd etilgan


_IYMONA_  26 Sentyabr 2011, 06:47:31

Yaxshi do'st aslida konidir foyda,
G'animlar maqsadi botirmoq loyga,
Yaxwi, yomon loyi birikmas aslo,
Insofu, sabr ber Allohim menga.

Suhbatda nokaslar so'zimni bo'lsa,
O'zingdan so'z ochsam ustimdan kulsa,
Alarning dastidan g'azabga to'lsam,
Insofu, sabr ber Allohim menga.

Baxtliman, faqirga etsalar qiyos,
Mayliga, bo'lsam ham oddiygina has,
Dunyo kerak emas, mehring bo'lsa bas,
Insofu, sabr ber Allohim menga.
(1997 yil, 13-son. Islom nuri gazetasi )

Qayd etilgan


Sofdil  09 Oktyabr 2011, 22:49:34

БИЛМАДИМ, ЯҚИАМИ ОХИА ЗАМОАА

Кснглим айтар, дсстлар, айлайин баён,
Билмадим, сқинми охирзамона.
Дунё учун шариатни ташлабон,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Муллалар илмига стмади амал,
Шариат ишига айламай жадал,
Феълимиз бузилиб, кспайди касал,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Муфтилар мол олиб, ривост берар,
Аоҳақ пулни олар, ҳақни куйдирар,
Феъллари бузилиб, фасод кспаср,
Билмадим, сқинми охирзамона.

А аис бслса, бечорадан пул олар,
Бермаса, бсйнига қил арқон солар,
Гуноҳлар кспаср, шариат қолар,
Билмадим, сқинми охирзамона.

А­шонлари риё айлар намозин,
Ғафлатда стказар қиш билан ёзин,
Алғон ссзлаб, слдан олар ниёзин,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Ссфилар нафс учун малла тсн киср,
Шубҳали таомни ҳалол деб, еср,
Шайтон феъли билан каромат деср,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Шайх деганлар назр устинда уришиб,
Бир пул учун, зан, фарзандга сскишиб,
Авлиё қошида мундоқ бслишиб,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Хсжалар фахр стар асли зотини,
Қиём Исомиддин қсйиб отини,
Фалон кас хсжа деб хом авлодини,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Кадхудо бслганлар тсғри ссзламас,
Лора олар, лекин Ҳақни ксзламас,
Аоҳақ гувоҳ бслар, даъво тингламас,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Бойларда қолмади хайру саховат,
Дунё деб кезарлар, бслмас фароғат,
Ҳариблар бойлардан ксрмас кифост,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Ўғли хушрсй бслса, стармишлар шод,
Гсёки давлати бслгандир зиёд,
Кун-кундан жаҳонда кспайди фасод,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Қиз-жувонда йсқдир ҳаёдан асар,
Йигитлар қиз билан сйнашиб кезар,
Амон иш кспайди кун кундан бадтар,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Замона ишлари ёмон бслибдир,
Жаҳон ичра фасод ишлар тслибдир,
Феълимиз айнибон, ранглар сслибдир,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Бойлар закот бермай, бслибдир судхср,
А­л ичинда кспайибдир ҳасадкор,
Умр стиб, ғафлатда бслибмиз мағрур,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Гуноҳлар ксп бслиб, озайди савоб,
Қсрқаман, бу жаҳон бслгай деб хароб,
Касб стиб сотарлар ароғу шароб,
Билмадим, сқинми охирзамона

Махтумқули, мунча қилмоқ ҳикост,
Оқилларга, шосд, бслгай кифост,
Дунёнинг ишига йсқдир ниҳост,
Билмадим, сқинми охирзамона.

Qayd etilgan


Best friend  10 Oktyabr 2011, 04:07:57

...xizmatga ketajakmiz

Ey Robbimiz! Yaratmishsan dunyoni ikki qilib,
Islomdan boshqasi nedir? Hech kim ketmadi bilib,
Orqamizdan baqirsalar, biz ularga bir kulib,
Ularga gul otar-otmas, xizmatga ketajakmiz.
Zakariyo quling kabi arra bilan kessalar,
Yoki Hazrat Bilol kabi harsang toshla essalar,
Mayinlarni va tog'larni to'siq deya tersalar,
Bir turtki ham tegar-tegmas, xizmatga ketajajmiz.
Kalomulloh xassasidek dengizlarni burarmiz,
Sening yo'ling bizga rohat, hoh azobda yurarmiz,
Biz Ibrohim do'sting kabi Ka'balarni qurarmiz,
Namozlar o'qib-o'qilmas, xizmatga ketajakmiz.
Bu xizmatga tortish uchun pok siynali boylarni,
Ekib qurib xonasida ichajakmiz choylarni,
Oltmish kunlik yasharmiz biz o'ttiz kunlik oylarni,
Choylar tugab bitar-bitmas, xizmatga ketajakmiz.
Dunyo bizni alday olmas, na ribo va na pora,
Desalarki: "Otang o'ldi, bu kunlar senga qora!",
Ko'z yoshi va duolarla eltib qo'yib mozora,
So'ngra tuproq tortar-tortmas, xizmatga ketajakmiz.
Kechalari do'stlar bilan choy suhbatin yutubon,
Iymon to'la hurjunlarni yelkalarga otibon
Jujug'imiz so'rasa gar: "Qayga yana otajon?",
Qo'llaridan o'par-o'pmas, xizmatga ketajakmiz.
Bu kun maxshar kuni emas, qochmaymiz bu zahmatdan,
Alloh uchun chin soriga yo'l olgumiz Xirotdan,
"Charchoq" nima? "Yetar" so'zin olib tashlab lug'atdan,
Uch-besh luqma yutar-yutmas, xizmatga ketajakmiz.
Dunyoni yod tutsa agar to'fon, yoki zilzila,
Alloh uchun shu yo'ldamiz, tayyordirmiz tizila,
Shartlashdikmi, bas yetadi! Aytganmizku "Basmala",
Qo'llar qanot tutar-tutmas, xizmatga ketajakmiz.
To'kib-to'kib sochajakmiz kimning bor ersa nesi,
Qadrin topar faqat shunda bu umr sarmoyasi,
Olinmoqdan kesilsa gar birimizning nafasi,
Sirtimizga otar-otmas, xizmatga ketajakmiz.
"La ilaha ilalloh"ni aytmagan kim bor yana?
Ul kimsa iymon bilmagay qilolmasmiz tantana,
Pora-pora bo'lsa mayli bu yo'lda qay bir tana,
Ul mayyitni yuvar-yuvmas, xizmatga ketajakmiz.
Yig'lamaymiz taqdir deya, chidashga o'rgatildik,
Haq kalomin boshqalardan oz bo'lsin erta bildik,
Shuning uchun bu xizmatga juda tez erta keldik,
Nafas rostlab olar-olmas, xizmatga ketajakmiz.
Odam nasli qarshi chiqsin, parvoyimiz falakdir,
Qarindoshlar, vatandoshlar bu yo'llarda halakdir,
Qancha zulm oshsa, bizda shuncha yaxshi tilakdir,
Azobimiz ortar-ortmas, xizmatga ketajakmiz.
Bu muqaddas yo'l erurki, bobolardin meroslar,
Bul maskanni obod qilur muhabbat va ixloslar,
Oxir kunda zaxmatlardan bo'lish uchun haloslar,
Uyqulardan turar-turmas, xizmatga ketajakmiz.
Dengiz orti uzoq yurtda kim bilmas din xabarin,
Shu joyga ham yetkazarmiz  "Iymon" degan javharin,
Azonlarla isloh etib Sayyoraning har yerin,
Osmonga ko'z tikar-tikmas, xizmatga ketajakmiz.
Ey Robbimiz! Biz qullarga atab qo'y ko'shk saroyni,
Seni ko'rmoq borku axir, huddi ko'rgandek oyni,
Bizning asli murodimiz yoningda ichmoq choyni,
O'sha kuni yig'lab-yig'lab, unutib ming chiroyni,

Piyola choy tutar-tutmas, endi ketmayajakmiz,
Xizmatimiz haqqin ko'rib, tinmay yig'lajakmiz.

Xayrulla Hamidov

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Oktyabr 2011, 07:41:05

...xizmatga ketajakmiz

Ey Robbimiz! Yaratmishsan dunyoni ikki qilib,
Islomdan boshqasi nedir? Hech kim ketmadi bilib,

Xayrulla Hamidov

Bu she'r X.Hamidovniki emas. She'r muallifi: Shahit Namzeli

Qayd etilgan


Best friend  10 Oktyabr 2011, 15:17:49

...xizmatga ketajakmiz

Ey Robbimiz! Yaratmishsan dunyoni ikki qilib,
Islomdan boshqasi nedir? Hech kim ketmadi bilib,

Xayrulla Hamidov

Bu she'r X.Hamidovniki emas. She'r muallifi: Shahit Namzeli

 Menda bu she'rning Turkchasi ham, o'zbekchasi ham mp3 formatda bor. Turkchasini kim nutq qilgan bilmadim lekin, o'zbekchasini Xayrulla Hamidov o'qigan. Shunga shu insonni yozib qo'ygandim.
 Asl muallifini bilib olganimdan hursandman. Rahmat.

Qayd etilgan