Islomiy she'riyat  ( 447838 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 82 83 84 85 86 87 88 89 B


Bobur Sharipov  11 Noyabr 2012, 21:43:23

Holimdan kimlardir erinmay kulsa.
Xor bo`lsam, dillari shodlikka to`lsa.
Men hatto kiprik ham qoqib qo`ymayman,
Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa.
Zaxar tutsa hamki zaxar deb ichgum.
Joningdan kech desa o`ylanmay kechgum.
Ranjitolmas mani bu damda hech kim.
Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa.
Kamini bildirmay ortiq etarman.
Rizolik kuyini tortiq etarman.
Toshlarni boshimga yostiq etarman.
Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa.
Noshukrlar kabi sochlarim yulmay.
Ketarman indamay, ertani bilmay.
Shodon damlarimga xijolat bo`lmay.
Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa.
O`rgandim har nega tilni tiyishga.
Hattoki birovning g`amin yeyishga.
Tilim bormas, yomon kunlar deyishga.
Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa.
Ne foyda, bilmagan ishga qon yutib.
Yo devona misol beparvo o`tib.
Solih odam kabi natija kutib.
Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa.
Shukrki, qalbimda yo`q erur gumon.
Taqdirga ters bormoq ishdir eng yomon.
Hayr bor, yomonlik aslo yo`q debon.
Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa.
Boshim ko`tarmasman, oyatlar tinglab.
Og`risam qarshilik qilmasman ingrab.
Eng go`zal onlarga yig`lab va yig'lab.
Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa.
Rasulim o`rgatgan go`zal bir sunnat.
Qalbimga o`rnashgan faqat hush niyyat.
Tinmayman, baribir so`rab ofiyat.
Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa.
Paxtadek yog`ilgay yomg`ir-u do`li.
O`ng tomon tuyulgay ulashgan so`li.
Jannatga kirishning eng oson yo`li.
Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa!

Qayd etilgan


Akbarjоn  21 Noyabr 2012, 21:16:20

Zaxar tutsa hamki zaxar deb ichgum.
Joningdan kech desa o`ylanmay kechgum

Шу жойи сал тушунарсиз бслибдими
Захар тутишса ичишлик, жонингдан кеч деса кечишлик бу менимча тсғри йсл бслмаса керак

Qayd etilgan


Best friend  22 Noyabr 2012, 08:34:36

Zaxar tutsa hamki zaxar deb ichgum.
Joningdan kech desa o`ylanmay kechgum

Шу жойи сал тушунарсиз бслибдими
Захар тутишса ичишлик, жонингдан кеч деса кечишлик бу менимча тсғри йсл бслмаса керак

"Zaxar" so'zini to'g'rima to'g'ri tushinilmaydi deb, "Joningdan kech desa o'ylanmay kechgum" jumlasini esa, Alloh uchun jon berish deb tushingandim. Yana qaytadan o'qisam unchalik ham bu ma'noga yaqin kelmas ekan, menimcha Akbarjon akani gaplarida jon bor. Yana Alloh biladi muallif qaysi ma'noda yozgan.

BOBURBEK, muallifi kim o'zi?

Qayd etilgan


Bobur Sharipov  24 Noyabr 2012, 20:09:09

 :asl3: Bu she'rni boshqa saytdan oldim,o'sha sayt admini ''muallifi kim?'' degan savolimga Azizbek Holjuraev degan edi.

Qayd etilgan


Farnus  02 Dekabr 2012, 20:24:11

:bsm3:

:as:

 (Forumlardan biriga bu she'rlarni qo'ygandim..Boshqa forumlarga ham hayrli narsalardan ilinib chiqishni niyat qildim..Takror bo'lsa uzr..Alloh manfaatli qilsin..)

   "œKo’rgim kelayotir sizni tushimda.."

Vujud tamom ila nomlandi hirsiy
Tobora g’ichirlar ostimda kursiy
Zuhddan dars bering Salmoni Forsiy
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

Ko’ngil siltanmaydi ko’rsa ham tobut
Bu holda ertaga bo’laman nobud
Holimni izohlang Zayd ibn Sobit
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

Tinmagay shayton deb tinmasdan sayra
Dunyo besh kunlikdir erinmay yayra
Kurashni o’rgating Abu Hurayra
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

Ba’zan uyqu g’olib bobdod ham malol
O’rningdan tur debon yig’laydi hilol
Azonni his qilay o’rgating Bilol
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

Zar qadrin biladir haqiqiy zargar
Solihlar dunyodan qildilar hazar
O’rgating asli ne taqvo Abu Zarr
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

Qiyomat tonggida ne erur nasab
U kunda dars ketib portlagay asab
Dunyoga tupurish nedir ey Mus’ab
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

Bevafo ko’ngildan charchadim noliy
Izladim Robbimni uzlatda holiy
Mardlikni o’rganay Hazrati Ali
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

Vujudim titrasa o’qisam Qur’on
Ko’rganlar devona desinlar hayron
Bu holning siri ne ey shahid Usmon
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

Qop-qora kechalar bo’lsin yop-yorug’
Shayton hujumidan tamoman forig’
Adlni o’rgating Umar-ul Foruq
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

Najot topgan qavm bo’ldilar shokir
Bunda yo’q na nifoq yo’q erur  makr
Iymondan dars bering ey Abu Bakr
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

Qalbimdan o’tganin biladi Alloh
Boshqasi kerakmas Allohim guvoh
Bir bora bo’lsa ham yo Rasullolloh
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..

                       H.Hamidov.


Qayd etilgan


Farnus  02 Dekabr 2012, 20:25:52

 "Nafsimni o’zimga qul qilib bergin.."


 Buyuk Parvardigor o’rnimdan turdim
 Osmonga cho’zilgan qo’limni ko’rgin
Turli duolarni bir chetga surdim
Nafsimni o’zimga qul qilib bergin..

Hujum qilolmasdi qalbimga riyo
Shirkning ma’siyati tuyular ro’yo
Shunda zinodan ham qo’rqmadim aslo
Nafsimni o’zimga qul qilib bergin..

Gunoh duch kelganda kulmog’im uchun
Maydonda quvvatga to’lmog’im uchun
Sening toatingda bo’lmog’im uchun
Nafsimni o’zimga qul qilib bergin..

Shunda ko’kragimga shabboda tegar
Yurak hapqirmasdi,qurimas jigar
Qay tomon bursamda,qo’limda egar
Nafsimni o’zimga qul qilib bergin..

Ko’rsam faqat sening yo’lingda ko’ray
Tursam faqat senga labbay deb turay
Sen qil digan ishga o’ylanmay kiray
Nafsimni o’zimga qul qilib bergin..

Bugun shundan boshqa yo’q ko’ngil dardi
Shu bir marhamating menga yetardi
Hamma kasofatning boshi ketardi
Nafsimni o’zimga qul qilib bergin..

Nafsim bugun menga hokimlik qilar
Qay tomon yurmoqni bir o’zi bilar
Qutqar! Bu vujudim do’zahga qular
Nafsimni o’zimga qul qilib bergin..

Allohim! Bir marta inson bo’lain
Yaxshilar qatori dildan to’lain
Ustidan bir mazza qilib kulain
Nafsimni o’zimga qul qilib bergin..

Qolmadi ko’nglimning boshqa matlabi
Hayf erur dunyoning chirkin talabi
Buyuk Abdurahmon Ibn Avf kabi
Nafsimni o’zimga qul qilib bergin..

                        (H.Hamidov)

Qayd etilgan


Farnus  02 Dekabr 2012, 20:28:44

             
           ***

Qalbim otashida bitildi g’azal
G’amboda kechadan keladi kechgim
Muslima opalar, singillar azal
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Tarixni o’qidim u yig’lar beun
Kelajak mo’rida qop-qora tutun
Men javob beraman so’zimga bugun
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Xurliqo farangi o’qisin taxsin
Yaxshisi tanlagan yo’lidan qaytsin
Gollivud dod desin ,qo’shiqlar aytsin
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Tarix shohid bugun qilmay bahona
Mo’min yuragida butkul tantana
Romeo o’zini o’ldirsin yana
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Olam gul kiyindi saodat sayli
Ayol  haq so’z aytdi Umar tufayli
Qirol Lir ikki bor ko’r bo’lsin mayli
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Otello qatl etdi Dezdemonani
Qonga bo’yab butkul guldek xonani
Lek muslim boshida tutar onani
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Allohning hukmini bilsangiz yoddan
Biz sizni sevamiz haddanda —haddan
Julio Robertslar yig’lar hasaddan
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Ali yo’lga tushdi hilol birga yur
Xolid qilichidan taralmoqda nur
Yevgeniy Onegin chetga o’tib tur
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Dunyoviy sevgiga ko’ngillar zormi
Ilohiy chashmadan qongan iftormi
Haqiqiy mo’minlar sevsalar bormi
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Insof bilan ayting qay elatda bor
Faqat mahramiga to’kilgan viqor
Zino ko’chasidan berkinib bedor
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..


Bechora tanalar hammadan qolgan
Bugun dunyo uzra faryodlar solgan
Buyuk Payg’ambardan nasihat olgan
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Ko’rdim yuzingizda gulgun chehralar
Undan shabboda ham olar bahralar
Ko’nglimda bir surur asta sirg’alar
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

Mo’min ko’rsa qalbi bilan ko’radi
Shu bois yurak ham sokin uradi
Sevsa gar o’rtada Alloh turadi
Biz kabi sevolmas sizlarni hech kim..

      (H.Hamidov.."Holislik sari" dasturidan olindi)

Qayd etilgan


Farnus  02 Dekabr 2012, 20:37:22

  "Raxm aylabon yomg’ir yog’dir sultonim.."

 Seningdek qodirdan tilak tilarman
Raxm aylabon yomg’ir yog’dir sultonim
G’aribman,g’amginman,nolish aylarman
Raxm aylabon yomg’ir yog’dir sultonim..


Qodir Alloh to’kkil nusrat borini
Ekinning handasti,yerning yoroni
Yeru ko’kning arshi,ko’kning subhoni
Raxm aylabon yomg’ir yog’dir sultonim..


Bulbullar mast bo’lsin olam evrilsin
Qayg’ular daf bo’lsin,g’amlar sovrilsin
No’shiravon davridek jahon yayrasin
Raxm aylabon yomg’ir yog’dir sultonim..


Rahmating eshigi arshdan ochilsin
Nuring inib yer yuziga sochilsin
G’ubor ko’chsin, olam gardi  yuvilsin
Raxm aylabon yomg’ir yog’dir sultonim..


Olam taqdir ko’zlar, haqning farmoni
Jahonni serob et, ketsin armoni
Sendan bitar dardlilarning darmoni
Raxm aylabon yomg’ir yog’dir sultonim..


Bechora bandaman ne bordir manda
Rahim sen,Rahmon sen,Karam kon senda
Karaming bo’lmasa qoldik armonda
Raxm aylabon yomg’ir yog’dir sultonim..


Dargohdan tilanar nolishli qullar
Munojot aylabon ochilar tillar
Yomonlik daf bo’lib, yayrasin ellar
Raxm aylabon yomg’ir yog’dir sultonim..


Mahtumquli ishqing aylar iroda
Ishqingni komil et ,qo’yma aroda
Yetkazgil maqsada ,Ma’shar muroda
Raxm aylabon yomg’ir yog’dir sultonim..

  
   Bizga haqiqiy ma’nodagi yomg’ir ham,ma’joziy ma’nodagi yomg’ir ham zarur.Ma’joziy ma’nodagi yomg’ir shuki,uning bilan ko’ngillardagi kirlik yuviladi,qalb ustina yopishib olgan gardlar yo’q bo’ladi.IYMON yomg’iriki,undan bahra olgan har qanday vujud,Islom haqiqatini tushunadigan sof fitrat egasiga aylanadi.

 Allohim barchamizga zohiriy va botiniy kirliklarimizni  yuvib yuboradigan yomg’irni yog’dir!
  Yer yuzini ana shu  sharros quyilajak nusrat yomg’iring bilan to’ldirib tashla!
Unda biz yig’laylik,cho’milaylik va poklanaylik..
O’zing bizni zalolat botqog’idan qutqar..Bu botqog’ yillar davomida qalbimizu  vujudimizni yomon holatga olib keldi..
 Muborak Ramazon oyi yakunlanib bormoqda..
Pok Parvardigoro O’zing bizni bu oydan onadan tug’ilgandek pokiza chiqar..
 Iloho  ,bizni O’zingning to’g’ri yo’lingdan ayirib qo’yma! Amiyn..

  
                                       (H.Hamidov.  "Holislik sari" dasturidan)

Qayd etilgan


Farnus  02 Dekabr 2012, 20:47:05

 "Oddiy qizlar yaxshi bo'ladi.."

Bo’z yigitlar baxshi bo’ladi
Oshiqlarning naqshi bo’ladi
Hayotimda bildimki shuni
Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi..

Hayolari yo’lni to’sarkan
Obro’lari obdon o’sarkan
Gap otsangiz yuzi qizargan
Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi,,

Huzuriga ne bor olib kel
Sarpo aylab barin solib kel
Ko’zlari mung ,yuzlari sepkil
Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi..

Oriyatning bo’g’ida yurgan
Sovchiga choy kulib keltirgan
Onasining gapiga kirgan
Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi..

Soy bo’yida hayol sursa ham
Yig’lasa ham ,kulib tursa ham
Uzun ko’ylak kiyib yursa ham
Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi..

Ichlariga saqlagan rashkin
Ko’z-yoshlari daryodan toshqin
Ro’moliga yashirgan ishqin
Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi..

Biling do’stlar azaldan —azal
Arzir alar sha’niga g’azal
Izlasangiz vafodor go’zal
Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi..

O’tmishlardan izlasak ibo
Momolardan kelmish bir sado
Tannozxonlar keltirar balo
Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi..
                                               
               ( H.Hamidov)

Qayd etilgan


Farnus  02 Dekabr 2012, 20:48:36

  "Sirpanchiq dunyoda sirpanib ketmang..."


Qadim g'amho'rlarning mayxonasida
Birovlardan qolgan g'azalni bitmang
Eng yaqin do'stingiz sotar ba'zida
Sirpanchiq dunyoda sirpanib ketmang..

Haqiqat tuyg'ular bo'lmagay gumon
Ammo shu haqlar ham xor bo'lsa yomon
Qo'yindan bosh suqar gohida ilon
Sirpanchiq dunyoda sirpanib ketmang..

Shayton sizib oqar yugurik qonda
Qalbga hujum aylar istagan onda
Bo'yinga osilsa shaxvat bir yonda
Sirpanchiq dunyoda sirpanib ketmang..

Olam liq to'ladir har balolarga
Musulmon uyidan yot zinolarga
Dunyo to'la hali Zulayholarga
Sirpanchiq dunyoda sirpanib ketmang..

Yengil tuyg'ularga nafratlar soching
Og'ir karvonlardan shul zahot qoching
Shoshmay o'zingizga asta yo'l oching
Sirpanchiq dunyoda sirpanib ketmang..

So'nggi xitobimda eng buyuk malham
Ba'zida kulgudan avzal erur g'am
Iymonni qo'yvormang yiqilsangiz ham
Sipanchiq dunyoda sirpanib ketmang..

                  (H.Hamidov)

Qayd etilgan