Топ рейтинг www.uz Islomiy she'riyat

Islomiy she'riyat  ( 307273 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 B


Abdulloh_8800  11 Iyun 2013, 19:40:21

Juda chiroylik she'r ekan.

Halolni haromdan farqlay olmasam,
Qorani qora deb ayta olmasam,
Gunohligin bilib, qayta olmasam,
Mendayin baxtsizni kechirgin, Rabbim.

Yordam so’rasalar, qovog’im uysam,
Muhtoj kimsalardan nariroq yursam,
Shayton xizmatiga "œlabbay" deb tursam,
Mendayin osiyni kechirgin, Rabbim.

Qurbim yetsa hamki Hajga bormasam,
Ro’zador bandangni xushnud qilmasam,
Mo’minlar dardiga darmon bo’lmasam,
Mendayin noshudni kechirgin, Rabbim.

Sirotni unutdim, dunyoni-chi yo'q,
Oxirat g’amini yenganim ham yoq.
Ochni siylamadim, qornim doim toq,
Mendayin ojizni kechirgin, Rabbim.

Solihlar suhbatin izlamadim ham,
Qur’on o’qimadim, tinglamadim ham,
Kechalari turib, yig’lamadim ham,
Mendayin johilni kechirgin, Rabbim.

Dunyo-yu boylikka hirsim zo’raydi,
Birov qarz so’rasa, ko’zim olaydi.
Hisobni unutib, qalbim toraydi,
Mendayin gumrohni kechirgin, Rabbim.

Goho musibatga sabr qilmadim,
O’ylamay so’z berib, so’zda turmadim,
Faqirlarni to’rga taklif qilmadim,
Mendayin baxtsizni kechirgin, Rabbim.

Ko’zim ochiq, ammo ko’rmaydi ko’zim,
To’g’ri so’zdan ko’ra ko’p yolg’on so’zim,
Bariga aybdor yolg’iz men o’zim,
Mendayin so’qirni kechirgin, Rabbim.

Gunohlardan qalbim qorayib ketdi,
Savob ishlar meni tark etib ketdi,
Kibru havo oxir boshimga yetdi,
Mendayin gumrohni kechirgin, Rabbim.

Qiyomat dahshatin yodga solib tur,
Umid so’nmasin, umid berib tur.
Shayton yo’llaridan meni Haqqa bur,
Mendayin gumrohni kechirgin, Rabbim.....

Muallifi kim ekan? Juda ham go'zal sher ekan

Qayd etilgan