Islomiy she'riyat  ( 447890 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 89 B


Mahdiyah  24 Avgust 2006, 21:01:46

Ayirib qo’yma!

Allohim, bir qutlug’ yo’lga chiqdik biz,
Ulug’ karvoningdan ayirib qo’yma!
Bu karvon ketmasin yo’llarda izsiz,
Dadil sarboningdan ayirib qo’yma!

Baland minoralar tashlansa ko’zga,
Osilib chiqishdan iloj yoq o’zga.
Tushdek to’kilganda odamlar pastga,
Mahkam arqoningdan ayirib qo’yma!

Turli kitoblarni jamladi olam,
E]zozga arziguv garchi kitob kam"¦
Sandiqlar, javonlar bo’shab qolsa ham,
Qalbni Qur’oningdan ayirib qo’yma!

Harob aylama bas, bizdek qullarni,
Ma’rifatga boshla barcha yo’llarni"¦
Qalbimizda ungan turfa gullarni
Halim bag’boningdan ayirib qo’yma!

Bir tuyg’u tufayli jannat biz uchun,
Ul tuyg’u qalblarni aylagan butun,
Amalni unutib qo’ysak ham bir kun,
Illo, iymoningdan ayirib qo’yma!

Hayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Avgust 2006, 21:04:01

Rabbim, O’zing asragin!

Qalbi, fe’li torlikdan,
Shirin so’zga zorlikdan
Ikki dunyo xorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Ig’vo, fitna, tuhmatdan,
G’iybat, turli kulfatdan,
Qalbi qaro ulfatdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Manmanlik ham riyodan,
Qabul bo’lmas duodan,
Of’ir damda jazodan,
Rabbim, O’zing asragin!
Yomon fe’l, yomon amal,
Yomon nafsdan asragin.
Yaxshilarga yaqin qil,
Har nokasdan asragin!
Yomon tilning zahridan.
Shayton la’in sharridan,
Qahhor oting qahridan,
Rabbim, O’zing asragin!
Molu dunyo faxridan,
Azobga duchorlikdan,
Rahmatingga zorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Omonating ol oson,
Iymon bilan chiqsin jon,
Jannatda uray javlon,
Do’zaxingdan asragin.
Tilim anda lollikdan,
Holim parishonlikdan,
Yomonlikka yorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Ojiz banding Muyassar,
Yig’laydi shomu sahar,
Nomam yozilgan daftar,
Qarolikdan asragin.

Muyassar

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Avgust 2006, 21:06:12

Hayot bir sinovdir har bir insonga,
Goho yo’qotarkan, goho toparkan.
O’kinmang "œhech nima qolmadi", deya,
Siz bilan yagona Alloh qolarkan.
Yo’qolgan ishonchni, orzu-umidni,
Yo’qolgan davlatni yo’qolgan baxtni,
Yo’qolgan ilinjni Allohdan so’rang,
Alloh Berguvchidir, Alloh Mehribon.
Undan siz hidoyat bermoqni so’rang,
Iymonda mustahkam bo’lmoqni so’rang.
Barcha gunohlarni avf etmoqni tilab,
Undan siz mag’firat etmoqni so’rang.
Yo’qolgan orzuni, yo’qolgan baxtni,
Yo’qolgan ishonchni topgaysiz shunda,
Davlat ham topilgay, umid ham kelgay,
Ilinjning o’zi topgaydir sizni.

Hamidjon Tohirjonov

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Avgust 2006, 21:15:32

O’rgatay

Ey, umr ohista yur, jismimga odat o’rgatay,
Hamchunon oils yo’ling, sabrimga rag’bat o’rgatay.
Ne muammolar kelur qatlimga jumboq birma-bir,
Har birin yechmoq uchun fkrimga quvvat o’rgatay.

Sen umr karvoni toki, tashlasang asta qadam,
Yo’lni ozig’in olib, dastgiri mehnat o’rgatay.
Ne kelar sirli umrning hodisotlar zimnida,
Har kelar ishga sobit, tanga g’ayrat o’rgatay

Goh nurafshon bo’lsa yo’l, gohi tikonli uchragay,
Shay turib, mushkulot qoshida himmat o’rgatay.
Hirsi dunyo zanjirida qolmasun also umr,
Parchalab zanjirni ham, qalbga shafqat o’rgatay.

Jismi vahshat ne kerak, cho’g’u harorat bo’lmasa,
Yo’lchi yulduz bo’lg’usi yolqin muhabbat o’rgatay.
Ey Olim, oils yo’ling dastgiri ozug’ bo’lsa soz,
Bardavom etsun umr tanga sadoqat o’rgatay.

Olimjon Rahimov, Qo’qon

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Avgust 2006, 21:16:34

Sen boqiyda nimalar topding?

Dunyo deb tinimsiz to’rt tomon chopding,
Ne topsang nazardan panaga yopding.
Neki sen g’amlading, foniyda qoldi,
Ayt-chi, sen boqiyda nimalar topding?

Bola-chaqa qilding dunyoga kelib,
Molu dunyo yig’ding yugurib-yelib.
Mulohaza qil-chi, bir o’ylab ko’rib,
Ayt-chi, sen boqiyda nimalar topding?

avlodlaring o’zin yo’lidan ketar,
balki sening xizmatlaring unutar.
Hisob-kitob kuni senga ham yetar,
Ayt-chi, sen boqiyda nimalar topding?

Sen ham bobolaring yo’lidan yurgin,
Islomning yo’lining haqligin bilgin.
Umringning har damin ga’nimat ko’rgin,
Ayt-chi, sen boqiyda nimalar topding?


To’g’ri yo’lda bo’lsang shodlan, quvongin,
Shaytoniy hislardan voz kechgin, uyg’ongin.
Biror kas yuzinga ayta olmasin —
Ayt-chi, sen boqiyda nimalar topding?

N.Rustamov

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Sentyabr 2006, 09:43:42

Dil hasrati.

Bandaning ishlaridan shaytonlar ham lol bo'ldi,
Osmonda oy hayodan egilib hilol bo'ldi,
Tavbayu, nahiy munkar nafslarga malol bo'ldi,
Ko'ra-ko'ra konikdi ko'zlarimiz gunohga.

Alloh yodi yot bo'ldi fanoni suyganlarga,
O'zligini kibrdan unutib qo'yganlarga,
So'z demadik pand berib mast - alast yurganlarga,
Ko'ra-ko'ra ko'nikdi ko'zlarimiz gunohga.

Buyuk bir ibodatdan orom topmay ko'nglimiz,
Shukr yo'q, hech charchams shikoyatdan tilimiz,
Koyimadik kiygin deb,ochiq yursa singlimiz,
Ko'ra-ko'ra ko'nikdi ko'zlarimiz gunohga.

"Bismilloh"dan boshlashga o'rganmadi bolamiz,
Aqroboyu hesh bilan ulanmadi oramiz,
Hasta qondosh qoshida ko'rinmadi "qoramiz",
Ko'ra - ko'ra ko'nikdi ko'zlarimiz gunohga.

Osiyligu isyondan qon yig'lasa samolar,
Oshkor bo'lsa tubanlik, oshkor bo'lsa zinolar,
Unutilsa or-nomus,unutilsa hayolar,
Ko'ra - ko'ra ko'nikdi ko'zlarimiz gunohga.

Topinarlar tumorga, toat uchun toqat yo'q,
 Allohdan yiroqlashgan nokas jonga shafqat yo'q,
Haqni tanimas nafsga ikki dunyo rohat yo'q,
Ko'ra - ko'ra ko'nikdi ko'zlarimiz gunohga.

Ko'ra - ko'ra gunohga ko'nikkan ko'zlarimiz,
Yosh aro qon yig'lasin, yuviulsin yuzlarimiz,
Hardalning urug'icha iymonlik dillarimiz,
Qaddin rostlasin endi!
Ko'zni poklasin endi!
So'zni oqlasin endi!
Allohning huzuriga, o'zni chog'lasin endi!!!

Nurmuhammad Shoyoqub.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 12:25:38

Mavlom Sani rozi etsam....

O'lim haqdir, kibr nehun?O'zdan kechsam,
Toating sharobidan qonib ichsam,
Safar yaqin - hatar yaqin, kafan bichsam,
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la, Mavlom Sani rozi etsam...

Zikr aytib qalbim toshsa qirg'og'idan,
Omon o'tsam munkar-nakir so'rog'idan,
Qabrim rohat tuysa manim turobimdan,
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la,Mavlom Sani rozi etsam.

Holim nadir - bilolmayman,bilolmayman!
Vasling qayda! Man o'zimga kelolmayman,
O'lmay turib, o'lmay turib,o'lolmayman,
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la, Mavlom Sani rozi etsam.

Ishqing yoqsa - yonib - yonib kul bo'lsam-a!
Bandam desang - bir hokisor qul bo'lsam-a!
Madinagni sahrosida qum bo'lsam-a!
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la, Mavol Sani rozi etsam.

Haqqa eltgan oyoq osti yo'l bo'lay man,
Kalomindan so'zlaguvchi til bo'lay man,
Hushimni ol - telba oshiq dil bo'lay man,
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la Mavlom Sani rozi etsam.

Ko'z yoshlarim tinmay oqsin - sel bo'layin,
Tong-la Mahshar aro pechvo el bo'layin,
Habibingni poyidagi gul bo'layin.
Shum nafsimga iymonimni qozi etsam,
Amalim-la, Mavlom Sani rozi etsam...

Gulbahor Abdulloh qizi.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 12:28:54

Ziyorat.

Men chirib ketishdan qo'rqdim ko'milsam,
Dardim aytolmadim biror insonga.
Oh urib, dod dedim ichim yongan dam,
Ovozim jon berdi yetmay osmonga.

Endi har kech ko'kka temulaman jim,
Tiyolmay ko'zdan yosh jolalarimni.
Ziyorat qilganim - ko'kka boqqanim,
Yulduzlar qabridir nolalarimning.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 12:33:02

G'azal.

Tangrim, huzuringda cho'kadirman tiz,
Ummatim dermisiz payg'ambarim, siz?

Loyiqmanmi, sizga ey aziz otam,
Sig'dirarmi,meni siz qoldirgan iz?

O'hshamak istarmi o'g'ilcham menga,
Suyib onam derman, quvnarmi bu qiz?

Alanglab boqurmiz atrofimizga:
Kim erdik, kim bo'ldik, kim bo'lurmiz biz?

Ko'ngil poshsho bu dam, men unga mirzo,
Sevmak, sevmak erur farmonlarimiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 12:37:21

Qanoat.

Asl aybim -
Tekis yo'lda qoqinmoqdir.
Asl bahtim-
O'zing ko'rmay sog'imoqdir.
Yeru ko'kdan mudom izlab
Hato qildim.
Seni topmoq yo'li-
Senga topinmoqdir.

Qayd etilgan