Islomiy she'riyat  ( 448203 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 89 B


Munira xonim  10 Sentyabr 2006, 12:45:07

Uxlagay mo'min bo'lib....

Har baloga shayga chidarman,voh  demay sobir bo'lib,
Norizolik ortar o'zdan, ichdagi zohir bo'lib.

Tingladim:alqar baliq ham tama' qilmas kimsani,
Olqish aytar qurtu qushlar, chirqirab sohir bo'lib.

Bir qiyin kunga qolibman, yozig'im nedir menim,
Ishga lanju so'zlamakka, beadad mohir bo'lib.

Garchi ravshan menga kundek,noumid shayton erur,
Lek ko'ringay har saharda, bu zamon ohir bo'lib.

Dil qolib bir chetda ohkim, yo'lga kirdim deydi, til,
Bilganim shul, bilmasim ham senga qolmas sir bo'lib.

Bir kihsi holidan Alloh, saqlagil bergil omon,
Uxlagay mo'min bo'lib ul, uyg'onur kofir bo'lib.

A'zam O'ktam.
Alloh rahmatiga olgan bo'lsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 11:26:52

Balo qazolardan asraguvchisan,
Barchamizni birdek eshitguvchisan,
Dunyoni bor etding, bizni yaratding,
Hammamizga O'zing rizq berguvchisan.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 11:31:37

Fozil Zohid. To'rtliklar.

Rozi dil ichga sig'may ozordaman,
Demasni deb, yozmasni yozardaman,
Ey, to'g'rilar, tutinglar men o'g'rini,
O'g'irlab o'zimdan sir bozordaman.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 11:34:32

Itlar hurar, karvon o'tar deydilar,
Ular ichra bor qopag'on daydilar,
Avvalgilarga o'hshamas itlari ham
Tishlab eting, uzib olib yeydilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 11:37:58

Nima yomon - g'aflat yomon, ogoh bo'l,
Ogohsan - yurt dorulomon, ogoh bo'l,
Yovuz qo'lda gul ko'rib, borma yaqin,
Qo'ltig'ida hanjar nihon, ogoh bo'l.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 11:39:12

Olamda neki mavjud hikmatga yor,
Kimga bol, kimga shifo zaharda bor.
Ey, zargar,muqarrar sen zarga oshiq,
Kulol deydi:tuproqqa men haridor.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Sentyabr 2006, 11:43:19

- Saqlasang ,sir senga asir,
Saqlamasang, sen sirga asir.
- Bir oqil aytarmish:tingla, qarindosh,
Siringni fosh etma,kerak bo'lsa bosh.
- Odamga sabr gar ko'ringay zahar,
Sabr nihoyasi jonga bo'lar shakar.

Mirziyod.

Qayd etilgan


Laylo  11 Sentyabr 2006, 19:09:07

Assalamu alaykum!
She'rlarni o'qib maza qilyapmiz.
Nargiza, opa Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Yana shunaqa she'rlardan kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Sentyabr 2006, 07:58:09

Assalamu alaykum!
She'rlarni o'qib maza qilyapmiz.
Nargiza, opa Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Yana shunaqa she'rlardan kutib qolamiz.

Va alaykumussalam.
Laylo,Alloh sizdan ham rozi bo'lsin.
Tashakkur.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Sentyabr 2006, 11:17:53

Durud.

Allohning sevgan quli,
Va tanlagan Rasuli,
Yo'li - haqiqat yo'li,
Haq payg'ambar Muhammad.

Zulmatda boqqan ziyo,
Hoki poyi to'tiyo,
Iftihori anbiyo,
Elga sarvar Muhammad.

Mo'jizasi,bil:Qur'on,
Ummatga dastur, burhon,
Olam,desak,gar irfon,
Shamsu qamar Muhammad.

Ruhul - amin birodar,
Eltdi unga vahiylar,
Yetib amru nahiylar,
Berdi habar Muhammad.

Me'rojga chorlab Alloh,
Qildi sirlardan ogoh,
Qariybi Oliy dargoh,
Sohib nazar Muhammad.

Hadislar - koni hikmat,
Azizlik yo'li sunnat,
Sardori, fahri ummat,
Elga sarvar Muhammad.

Hulqi Qur'oni Karim,
Nuqsonlardan pok, salim,
Karamli,kamtar,halim,
Insonparvar Muhammad.

Ey,Allohning qariybi,
Elchisi ham habibi,
Qil shafoat nasibi -
Ro'zi mahshar Muhammad.

Fozil Zohid.

Qayd etilgan