Islomiy she'riyat  ( 447399 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 89 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:32:25

Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Noshukur emasman dunyoda garchand,
Qaydadir menga ham bor balki dilband
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Shunchalar kaj erur dunyoi gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun,
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni,
Joningmas, martabang, balki shoningni,
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega,
Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega.
Malomat qilurman, olomon, senga:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar,
Balki ularning ham dilida kadar,
Hoynahoy mendaylar degay muqarrar:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Umr ham oxirlab bormoqda sekin,
Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin.
Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:32:45

Irfon nedur?anglab o`zni tanimoqdir Rabbimizni.
Yo`lida qilmoq jon fido,bog`lab unga qalbimizni.

Orif kim?bil orif uldir:ochil desa handon guldir,
Xojasi ,,yon,, desa kuldir,gar elga shoh, unga quldir.

nafasida irfoniy hush,Haq yodin qilmas faromush.
Ruhi talpinur Arsh sari,midli qafasdan qochgan qush.

Irfonki,rahmat shajari,rohatdir zahmat ranjlari.
Kim qoyim taqvo,toatda, nasib ul shajar samari.

Orif so`zi durri nobdir, dandigida ganj serobdir
chashmadir u,ehsondan tashna dillar fayziyobdir.

Irfondan bebahra inson, yashab o`tar huddi hayvon.
Tanimay ketsa oh yomon.Ne yuz-la borar U tomon.

Ey g`ofil,poklanib dogdan, marifat ahliga bog`lan.
Qo`rq, bo`lmasin joying tandir, agar qolsang tanimogdan.

Zulmatdan qoldirmay noshon ,tig`dy tilsin nuri Irfon,
sarksh boshlar Qiyomat kunin solsin suri Irfon .

Qurondan ziyo olibon,ko`paysin ,,Qasri Orifon,,
Yo Rabb, na hushdir davrimiz, bo`lsa gar asri Orifon.

Fozil Zohid

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:33:09

Oftobdan nur tilagandim,qayerga botib ketdi,
Oltin degan do`stlarim oltinga sotib ketdi.
,,dardkashlarim,, dastidan siydam ham qotib ketdi
Endi meni o`ldirsa ishqing o`ldirsin Alloh.

Labimdagi kulgularni quzg`unlar yulib ketdi,
men hasrtada kuyunsam odamlar kulib ketdi.
Bag`rimga bosganimda bagrimni tilib ketdi
Endi meni o`ldirsa darding o`ldirsin Alloh.

Men bahorga yukundim, hazon sochdi yo`limga
Bulbulga yukungandim tikon tutdi qo`limga.
Yuraverib bu yo`ldan yo`l topmadim o`limga,
Endi meni o`ldirsa hajring o`ldirsin Alloh.

Dog`i borga o`xshayman to`lin oydek to`lishgan,
Yulduzlarninh yuzini bulutlaring tosishgan.
Meni shunday ko`zi ochiq tirigimda ko`mishgan,
Endi meni o`ldirsa vasling o`ldirsin Alloh.

Shamshir (15.01.06)

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:33:33

Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek,
Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Ikki dunyo borligi rostdir, rostdir mudom,
Bu tomon aldoqchi derlar, u tomon rostdir mudom,
Bunda kim och, kimsa to‘q, kimlarga ko‘p sozdir mudom,
Kimni yozi qish esa, kimlarga qish yozdir mudom,
Har kimni bosgan izi niyatiga mosdir mudom.

Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek,
Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Pok yursang bu jahonda senga shuldir toj-taxt,
Kelganing haq, ketmaging haq, oxirat ham barhaq,
Jannatu do‘zaxni Tangrim qilmishing-chun qildi taxt,
Haq taoloning yo‘li ikki dunyoyingga baxt,
Ushbu yo‘lda kimki o‘tdi hurlar tutgay qadah.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Sherali Jo'rayev

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:33:56

Iltijo

Mendan ibodatu Sendan ijobat,
Mendan itoatu Sendan hidoyat,
Mendan qanoatu Sendan baroat —
Yojg’iz madadkorim, Parvardigorim.

Savobu gunohim bilguvchi O’zing,
Umrimni, rizqimni berguvchi O’zing,
Imonimni butun etkuvchi O’zing —
Yolg’iz xaloskorim, Parvardigorim.

Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim,
Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim,
Borar yerimni keng bichir, Xudoyim —
Sensan najotkoim, Parvardigorim.

Isajon Topilov,
Farg’ona viloyati, Rapqon.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:34:22

Hayit g’azali

Hayotni sen hayot etgan umidlarda muborak et,
O’g’il-qiz, onalar ham mo’ysafidlarda muborak et.

Sano et tillarini ham Salovat et, Taborak et,
Azizu avliyo azmin muridlarda muborak et.

Munavvar et Jaloliddin jaloli-la ko’ngillarni,
Farididdin kabi fazli faridlarda muborak et.

Duolar aylagan bir el, duo tole kalitidir,
Bu el mushkullarin shunday kalitlarda muborak et.

Saodatli bu kunlarda sabohatlik, saodatlik
Satrlarni Sirojiddin sayyidlarda muborak et.

Sinovlar, ranju zahmatlararo bergan shu umringni
Ilohi, barchamizga uyd — hayitlarda muborak et!

Sirojiddin Sayyid

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:34:58

Tilaging bo’lsa gar Allohdan tila,
Bil’aks har amal so’ngidir vahim.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM"¦

Hamd bo’lsin Allohga, hamd bo’lsin har on,
Uning hukmidadir samo va zamin,
Maqtovga loyiq zot Udir har zamon:
ALHAMDULILLAHI ROBBIL ‘ALAMIYN"¦

Eng buyuk va so’ngsiz qudrat Allohda,
Hamma narsa Unga tobe va asir
Va o’zi har ishni qudrat-la qilar:
VALLOHU A’LA KULLI SHAY’IN QODIYR"¦

Anvar Tunjalb
Turkshadan Abdulloh Murod tarjimasi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:35:14

Xudo bordir, hozirdur,
Har bir ishga qodirdur,
Kimki ishonmas ekan
Har mazhabda kofirdur.
Banda biz ul Xudoga,
Ummatimiz Mustafoga,
Shukr etaylik hamisha,
Ochib qo’llar duoga.

H.H.Niyoziy

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:35:28

Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh,
Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz,
Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz.
Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor,
Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron,
Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON,
Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon
Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada,
Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada.
Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz
Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz
Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz.
Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi
Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari

Nodira Usmonova

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:35:51

Na kerak?

Bir gulga bir dildan dunyo kerakdir,
Bir dilga bitta gul tanho kerakdir,
Bir elga mehrdan daryo kerakdir,
Mehr gar bo’lmasa, itob na kerak?

Tiriklik bir aziz ne’matdir azal,
O’tkarmoq joizdir pokiza, go’zal,
Nasimlar navodir, yaproqlar — g’azal,
Balog’at bazmida sharob na kerak?

Siymu zar havosi ranglaringdadir,
Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir?
Ey inson, hisobing manglayingdadir,
Bunchalar hisobu kitob na kerak?

Siymu zar havosi ranglaringdadir,
Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir?
Ey inson, hisobing manglayingdadir,
Bunchalar hisobu kitob na kerak?

Sadoqat darsidan xabar bo’lmasa,
Farosat ahlidan nazar bo’lmasa,
Ko’ngilda hayodan asar bo’lmasa,
Ul husnu jamolga hijob na kerak?

Suv uza yarq etgan shu’ladir umring,
Osilgan omonat tugmadir umring,
Magar Haq yo’lida o’tmadi umring,
Sen bu cho’lg’agan sarob na kerak?

Ilg’agin dunyodin munglug’ kuyingni,
Eng avval supurgil ko’ngil uyingni,
Savolu javob et har bir kuningni,
Savoling bo’lmasa, javob na kerak?

Sirojiddin Sayyid

Qayd etilgan