Islomiy she'riyat  ( 447667 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 89 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:36:16

Mahshar yaqin"¦

Mahshar yaqin, taqdir — o’q,
Zumda eltar hammani.
Tahorat yoq, tahsin yoq,
Niyat qani — ahd qani?

Yetmasmu bu shaytonning
Shunchalar avragani?
Tarovati imoning-
Ruku, qomat — shahd qani?

Mudom istarsan parvoz,
Nedur qanoting sani?
Allohga eng yaqin roz-
Qa’da, sajda — taxt qani?

Tilovat yoq, takbir yo’q,
Namoz qani — baxt qani?
Bundan o’zga tadbir yoq
Asl Yorni ko’rgani"¦

Abdul Jalil

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:36:40

Ilm hosil etmakning olti sharti

Ey do’st, murod o’lsa ilm etmak hosil,
Unga olti shart-la bo’lursan vosil.

Men faqat ayturman bir-bir otini,
O’zing axtargaysan tafsilotini:

Aqling ko’zgusiga g’ubor qo’nmasin,
Dilda hirs-ishtiyoq o’ti so’nmasin.

Ijtihod aylagil, chunki yo’l yiroq,
Imkonu qanoat qo’lingda chiroq.

Ustoz suhbatidan dur-ganj ola bil,
To tiriksan, mudom mutolaa qil.

Arabchadan Abduqayum Hikmat,
Abdul Jalil tarjimasi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:37:01

Alloh rizosi

Alloh rizosidan ortiqroq ne bor,
Nima bor ortiqroq el duosidan?
Qahhor qarshisida qatorlashganda,
Ne naf bo’lg’usidir mol-dunyosidan?

Qalbim-a, nafasiga qul bo’lib qolgan,
Shom-sahar yod-o’yi pul bo’lib qolgan.
Eslaylik namozu ro’za, zakotni,
Razzoqdan kutaylik rizq-barokatni.

Parvardigor, O’zing bilguvchi zotsan,
Adashganlarga ham ato imon.
Har qanday nuqsondan o’zing ozodsan,
Mo’min bandalarga rahm ayla, rahmon.

Shukurjon Muhammadiso qizi

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:37:17

Bugun Haqdin najot keldi, menga sen yor, namozimsan,
Riyozatni tilab ko’nglim bo’lur bedor, namozimsan.

Yaratganga ibodatning ajib sehrin bilib oldim,
Azon, sajda va ruku’ga bugun men zor, namozimsan.

Go’zal oyat qiroat-la bo’lur malham bu qalblarga,
Senga oshufta bo’lgan bo’lmagay hech xor, namozimsan.

Iqomat, tasbehu niyat yarashgay xo’p musilmonga,
Egam farz aylagan tole’ abad poydor - namozimsan.

Asl imon musulmonga haqiqiy farz ekan, do’stlar,
Ibodatlar ichinda ko’p o’zing sardor — namozimsan.

Dilim Parvardigor zikrin qilib tolmaydir, albatta,
Va besh bora burib qibla tomon diydor, namozimsan.

Muazzinlar nidosiga quloq tutgim sahar to kech,
Seni yetkazgan Allohga shukr ming bor, namozimsan.

Asosing asli Qur’ondir, yurakka nuri darmondir,
Bihisht — jannatga imkondir safo bisyor, namozimsan.

Darig’o, kech bilibsan bul salot qadrin, Jalol banda,
Judo qilma meni endi, Egam, zinhor namozimdan.

Umarov Jalolxon.
Qo’qon shahri.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:37:33

Hayot binosinig bir g’ishti ko’chdi,
Kech tushdi, bir kunning quyoshi o’chdi.
Bir kuningni bir umrga qiyos qil,
Tongni kelish, shomni ketish vaqtin bil.
-Qanday kechdi kunim? Qildim ne savob?
Qalgan qaysi ishim vijdonga azob?
Ne kor etdim Xudo rozi bo’lgudek?
Qarzim yoqmi o’lsam hozir o’lgudek?
Kimni mamnun aylab, ranjitdim kimni?
Ustimdan o’qirlar qanday hukmni?
Har kech shu savolga izlamak javob
Ahli imonga xos hikmatdan bir bob.
Shunga qilib amal bo’l odil hakam,
Bu yo’lda ayama o’zingni hecham!
Kunduz sodir qilgan gunohing uchun
Kechda do’zahda yon, yug’la jigarxun!
Xayolan o’lib ko’r va kir qabrga,
Javob qil savoli Munkar-Nakirga.
So’ng tarozuga bor, pallasiga boq,
Savob izla, gunoh kelsa og’irroq.
Qadam qo’y qildan-da nozik bo’lsa ham,
Tushib ketma, ko’prik osti jahannam.
Safar haqdir, har kun esla ketarni,
Dilingdan faromush qilma xatarni.
O’lmay o’tkaz o’limni o’z nafsingdan
Yetsa ajal, hech ish kelmas dastingdan.
Bas, har kuning, har nafasing g’animat,
Sharrdan tiyil, xayrotga qil azimat!

Fozil Zohid, Xorazm

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:37:50

Osmonlar oftob yo’li, zamin-chi, sinov yo’li,
Biovga gunoh yo’li, birovga savob yo’li.
Kimgadir rohat yo’li, kimgadir azob yo’li,
Asragin, bor Xudoyim, azob yo’ldan asragin.

Qanchalar bu dunyoda azob yo’lga yurganlar,
Gohi bilib, gohi bilmay sarob yo’lga kirganlar.
Xaqni topmast hech qachon nafsi yo’ldan urganlar,
Asragin, bor Xudoyim, sarob yo’ldan asragin.

Manzilida olovli chohlari bor yo’l — dunyo,
Alam, afsus, nadomat, ohlari bor yo’l — dunyo,
Kimki topsa hidoyat, bog’lari bor yo’l — dunyo,
Asragin, bor Xudoyim, xarob yo’ldan asragin.

Sabr tagi zar-oltin, sabr tagi rahmondir,
Shoshqaloqda samara yoq, kibr lain shaytondir,
Bir o’tkinchi yo’l — dunyo, bir o’tkinchi zamondir,
Boshlagin, bor Xudoyim, to’g’ri yo’lga boshlagin.

Nurmuhammad Shoyoqub

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:38:28

Bir vujudda ikki unsur,
Biri mardud, biri manzur.
Talashgani talashgandur,
Subhonalloh, subhanalloh!

Biri nafsdur, biri imon,
Nafs zolimdir va beomon,
Jilovida ayyor shayton,
Subhanolloh, subhanolloh!

Nafs: to’ymasman, yuhoman, der,
Ne duch kelsa, yutaman, der.
Imon: bo’g’zing tutaman, der,
Subhanalloh, subhanalloh!

Imon qushi qo’sh qanotin
Xavfu rajo derlar otin.
Qo’rqit! Tottir umid otin,
Subhanalloh, subhanalloh!

Harki bunyod — oxir nobud,
Otdan, taxtdan so’ng bor tobut!
Saqlay olmas qalqon, sovut,
Subhanalloh, subhanalloh!

Hisrga moyil har tirik tan,
Saqla hirsdan, subha-shirkdan!
Kelur sado yeru ko’kdan:
Subhanalloh, subhanalloh!

Fozil Zohid, Xorazm

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:38:55

Fardlar

Dema nafsim, u yaxshi yo bu yaxshi,
Neni ravo ko’rsa Razzoq, shu yaxshi.

Berganin oz dema, Xaq holing bilar,
Demak, shundan ortig’i ko’plik qilar.

Ko’p yemak odamu molni ne qilar:
Biri orttirdi dard, biri so’yilaydi.

Agar-chi tashnasan, bir kosa suv bas,
Qilmag’il daryoni yutmoqni havas.

Tomosha ham, cho’kma ham, bo’lg’il mo’tadil,
Omonlik — o’rtada, o’zing tuta bil!

Fozil Zohid, Xorazm

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:39:20

Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,
Inonmagil molingga, bir kun qo’ldan ketaro.

Ota-ona, qarindosh qayon ketti, fikr qil,
To’rt oyog’lig’ cho’bin ot bir kun senga yetaro.

Dunyo uchun g’am yema, Haqdin o’zgani dema,
Kishi molini yema, sirot uzra tutaro.

Ahli ayol, qarindosh — hech kim bo’lmaydur yo’ldosh,
Mardona bo’l, g’arib bosh, umring eldek o’taro.

Qul xoja Ahmad, toat qil, umring bilmam necha yil,
Asling bilsang, obu gil, yana gilga ketaro!

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:39:37

Qardoshim, bir so’yla, nedur bu ahvol?
Atrofingdan xabaring bormi? Sen kimsan?..
Vaqting bo’sh kechayotir, ozmi bu gunoh,
Kuningdan habaring bormi? Sen kimsan?...

O’yla, ne anglading quruq g’avg’odan?
Ajal birdir uyg’otadi ro’yodan,
Mana, kelding va ketyapsan dunyodan,
So’ngingdan habaring bormi? Sen kimsan?..

Sen kimsan, qardoshim, qaysi chog’lisan?
Kimning nabirasi, kimning o’g’lisan?..
Sen kimga mansubsan, kimga bog’lisan?..
Diningdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Mukammal har davr ustida Islom,
Najot topish istasang, bo’lgin unga rom.
O’zgarmas, eskirmas Ilohiy Ahkom-
Qonundan habaring bormi? Sen kimsan?..

Qoralama shavkatli otalaringni,
Tuhmat yopmas sening xatolaringni,
Bir o’yla tarixning o’tganlarini!
Ertangdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Bo’shliqda qarorsiz inson bo’lurmi?
Hadaf axtarmagan manzil olurmi?
G’oyasiz bir ko’ngil huzur topurmi?
Joningdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Yusuf Po’lat o’g’li. Olmoniya.
Nurulloh Muhammad Raufxon tarjimasi

Qayd etilgan