Osmonlar oftob yo’li, zamin-chi, sinov yo’li,
Biovga gunoh yo’li, birovga savob yo’li.
Kimgadir rohat yo’li, kimgadir azob yo’li,
Asragin, bor Xudoyim, azob yo’ldan asragin.
Qanchalar bu dunyoda azob yo’lga yurganlar,
Gohi bilib, gohi bilmay sarob yo’lga kirganlar.
Xaqni topmast hech qachon nafsi yo’ldan urganlar,
Asragin, bor Xudoyim, sarob yo’ldan asragin.
Manzilida olovli chohlari bor yo’l — dunyo,
Alam, afsus, nadomat, ohlari bor yo’l — dunyo,
Kimki topsa hidoyat, bog’lari bor yo’l — dunyo,
Asragin, bor Xudoyim, xarob yo’ldan asragin.
Sabr tagi zar-oltin, sabr tagi rahmondir,
Shoshqaloqda samara yoq, kibr lain shaytondir,
Bir o’tkinchi yo’l — dunyo, bir o’tkinchi zamondir,
Boshlagin, bor Xudoyim, to’g’ri yo’lga boshlagin.
Nurmuhammad Shoyoqub