Islomiy she'riyat  ( 447902 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 ... 89 B


Mubashshir Muhammad  09 Yanvar 2010, 10:12:59

Ayol zoti.

Faylasuf chiqmagan ayol zotidan,
Ba’zan ortda qolib hayot ortidan.
Baxtga yetolmaydi ming yugurmasin,
Armon bo’sa olib labin totidan.

Keng dunyo tor bo’lar ul ko’zlariga,
Hamma ham ishonmas chin so’zlariga.
Ko’ngil uyi misli eskivayrona,
Yillar ajin chizar oq yuzlariga.

Qo’rqmay mag’rur borar qoyalar tomon,
Ro’zg’orning tashvishi yelkada hamon.
Orqalab boradi yerga ishonmay,
"œBolam" deb jon berar oxirgi zamon.

Ko’ngliga hech kimsa solmaydi quloq,
Naxotki manzili shunchalar yiroq,
Dardi devoridan nari o’tmaydi,
Qashqirlar sherikdir oshiga biroq.

Naxotki, shunchalar beshafqat dunyo,
Baxti ham yarimdir, sarobdir, ro’yo.
Umr o’tib borar to’xtamay bir on,
Butun umring laxzaga singadi go’yo.

Ko’ngli titrar ba’zan misoli yaproq,
Qalbiga yetganda dard,alam, firoq.
Hayotga to’ysa ham yashashga majbur,
Uyg’oq ko’zlarida mudraydi charchoq.

Davomi bor...Inshaalloh.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  10 Yanvar 2010, 20:00:54

Davomi...

Armon

Armon yoqar dilim, o’rtaydi armon,
Daryo bor o’rtada misoli ummon.
Xabar ham kelmagay kutgan do’stlardan,
Sarson qalbim uzra yig’laydi hijron.

Hijronning dog’ida qotdi ko’z yoshim,
Ne kunlar ko’rmadu bu g’arib boshim.
Uyqum kelmay kechalar to’lg’onganimda,
Oq qog’oz bo’loldi mening sirdoshim.

Ketololmam yurakka armon to’lganda,
Mening bu dunyodan ko’nglim qolganda.
Afsus-u, nohaqlik, yolg’ondan bezib,
G’arib dilginamni alam olganda.

Bezovta kezadi tanada jonim,
Shayton loyqalatsa tomirda qonim.
Armonlar yurakka changla solganda,
Xayol dashtlarida kezar sarsonim.

Armon dunyosida armonga cho’mib,
Yolg’onchi dunyoda yolg’onga ko’nib.
Tashlab ketolmayman ilgidan vale,
Xozircha yasharman ming bora o’lib.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  10 Yanvar 2010, 20:03:10

* * *
Alloh Shoxdir men Unga qulman,
Kimga qimmat, kimga bir pulman,
Yonib ado bo’lgan bir kulman,
Yig’laganim birov bilmaydi.

Bedor o’tar ba’zan tunlarim,
Sanoqlidir, umrim kunlarim,
Sog’inchlarga to’liq dillarim,
Yig’laganim birov bilmaydi.

Afsus umrim o’tibdi bekor,
G\am-anduhdan dilim xun-bemor,
Armonlarim ko’nglimda bisyor,
Yig’laganim birov bilmaydi.

Ayriliqdan ko’zim yosh bo’ldi,
Sabr kosalari limmo-lim to’ldi,
Umr chechagi ham gullamay so’ldi,
Yig’lganim birov bilmaydi.

O’zing qo’lla meni Allohim,
Yolg’iz O’zing mening panohim,
Kechirgaysan barcha gunohim,
Yig’laganim birov bilmaydi.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  10 Yanvar 2010, 20:05:44

* * *
Armonlarga aylandimi orzularim,
Xissiz qoldi bo’sh qalbimda tuyg’ularim,
Tog’lar oshdi bulut kabi qayg’ularim,
Men o’tkinchi dunyolarga aldandimmu?

Dardlarimga darmon izlab ko’ngil kezdim,
Noxaqligu aldovlardan yomon bezdim,
Ezgulikning siniq rangin dilga chizdim,
Olis manzil tomon men hech shaylandimmu?

Haqni istab topoldimmu dunyolardan,
Orzu uyin qurganmidim ro’yolardan,
O’z rizqimni ichib o’tdim daryolardan,
Rozing izlab Haq yo’lingga chog’landimmu?

Vo darig’o, bunda umrim o’tdi bekor,
Kunlar sayin gunohlarim bo’ldi bisyor,
Anglolmasman kim do’stimu kimlar ag’yor,
Fone dunyo haqiqatin biloldimmu?

Ziyo izlab topoldimmu bir qatra nur,
Shuni bildim albat dunyo o’tkinchidir,
Qani edi bo’lolsaydim Firdavsda hur,
Ahdga sodiq mo’min banda bo’loldimmu?

Tashbeh istab bugun mening tilim loldir,
O’zing anglat Allohim-ey, bun e holder?
Zahmatlarim o’tkinchi shu kunda qoldir,
Ixlos ila Senga toat qiloldimmu?

G’uborlardan toza bo’lsin bu g’arib dil,
Faqat Sening Jamolingni istar ko’ngil,
Oxirgi dam Iymonimni salomat qil,
Kalomingni qalbimga jo etoldimmu?

Hayron bo’lmang mening mahzun nigohimga,
Istig’forlar aytoldimmu gunohimga,
Sig’ingayman Yakka, Yolg’iz Allohimga,
Bilolmasman Uning rozin ololdimmu?

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  10 Yanvar 2010, 20:07:01

Ko’rmadim.

Hijronning adog’ida sel bo’ldi yoshim,
Malomatning toshida yorildi boshim,
Dard ila sinadi mening bardoshim,
Ey,g’arib dunyo,  senga havas qilmadim,
Adolatning manzilin bunda ko’rmadim.

Nodon bo’lib aldovlarga ishonibman,
Madadkor deb, men kimlarga quvonibman,
Ha, omonat bir devorga suyanibman,
Ey g’arib dunyo, senga havas qilmadim,
Adolatning manzilin bunda ko’rmadim.

Yolg’onini bilmayin bu dunyolarning,
Sarobiga yugurdimmu saxrolarning
G’avg’olari qursin yolg’on shaydolarning,
Ey g’arib dunyo, senga havas qilmadim,
Adolatning manzilin bunda ko’rmadim.

Endi Alloh Sening uchun yashab o’tay,
Yaramga ul so’zlaringni malham etay,
Rozing ila vaslingga ham bir kun yetay,
Ey yolg’on dunyo, senga havas qilmadim,
Adolatning manzilin bunda ko’rmadim

Davomi bor Inshaalloh...

Qayd etilgan


Akbarjоn  11 Yanvar 2010, 00:41:03

SHUKURONA
(Bir she'rga sharx uchun yozilgan)

Hushladik qilgan bulsang neki taqdir
Rohat yo azob bersang o'zing xaqdir
Rozidurmiz bersang xayot yo mamot
Lutfing-u, qaxringga yo'qdir malomat
Yo bor Hudooyo qilarsan neylar
Ne qilsada Ul guzal adolat aylar


Qayd etilgan


Robiya  24 Yanvar 2010, 15:16:56

 :as:

А­А КАКЛАА ГА ХИТОБ

Хотинлар сизларга смас срмаклар,
Лозимдир аларни суйиб юрмаклар!
А осули акрамдан бир хитоб келмиш,
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Баҳор туйғулари ёт срур қишга,
Қсёлинг ҳар қандай чоғ тишни тишга
Кучингиз ишлатинг арзирли ишга
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Ибодатдан олинг қалбингиз чин,
Ижодга сарфлангиз туйғунинг кучин.
Болангиз одамдек ссиши учун
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Йсқолгай чинакам ҳаловатингиз
Қимматга тушажак ҳиёнатингиз,
Қадрланг дунёвий омонатингиз
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Ҳар қандай чоғ инсон товушин қилинг,
Ксча смас, уйнинг ташвишин қилинг,
Уйдан чиқиб кетинг, мард ишин қилинг,
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Бу йсл ислом деган йслларингизмас,
Ибодатга лойиқ қслларингизмас.
Улар сизга тобеъ қулларингизмас,
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Уйингиз тсрини қилманг ҳарбис,
Шаръий талабларга айланг талбис!
Қслингиздан келса беринг тарбис
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Боқийни сслатиб бугун фанода
Улар сақлагайлар сизни зинодан,
Остдаги рухсат бошқа маънода
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Улар қалбингизга ҳақиқий малҳам,
Вужудингиз ила юракка маҳрам.
Ибратингиз бслсин А осули акрам!
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Вақтида тарбис соатин стинг,
Аасиҳатлар ила сгитлар сқинг,
Аммо снг сснгги дам Аллоҳдан қсрқинг
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Исломнинг ғамини есангиз агар,
Ҳақ дин таълимотин севсангиз агар,
Охирги умматман десангиз агар
Хотинларни урманг, мсмин сркаклар!

Muallifini bilmayman, bir saytda bor ekan,Sizlarga ham ilindim...

Qayd etilgan



Mahdiyah  25 Yanvar 2010, 22:50:54

http://www.youtube.com/watch?v=PxIn2yzF-E4&feature=player_embedded

 :7 :7 :7

Mana shu she'rni bugun telda eshitib rosa kulibman.  :D
GAP YO'Q.

Marhabo Karimova hayotiy she'rlar yozadi, shuning uchun ham juda go'zal chiqadi.

Sherni joylamoqchidim netda joylanganakan.
Endi matnini joylasak yaxshi  :)

Qayd etilgan


Hadija  27 Yanvar 2010, 05:00:41

http://www.youtube.com/watch?v=PxIn2yzF-E4&feature=player_embedded

 :7 :7 :7

Mana shu she'rni bugun telda eshitib rosa kulibman.  :D
GAP YO'Q.

Marhabo Karimova hayotiy she'rlar yozadi, shuning uchun ham juda go'zal chiqadi.

Sherni joylamoqchidim netda joylanganakan.
Endi matnini joylasak yaxshi  :)


 :D :D :D SubhanAlloh, buncha yaxshi she'r. rosa kulibman :))))))

Jannatdagi kundoshim!

Ichim to’la o’kinish, Ellik yoshdan oshsayam,
Araq, ishrat so’kinish Shunday bezor bo’ldim-ki,

Zirrilardim kesayam, Hapa bo’masdim agar
Javobimni bersayam, Ohirati ne bo’ladi?!

Endi Alloh biladi, Naqqoshligini tashab,
Sudxo’rlik ham qiladi.

Yalinaman yoshmassiz, Namoz o’qing dadasi,
Jon omonat, o’lim haq, Desam qotar ensasi.

Bu odamni tek qo’ysam, Endi shundoq o’tadi,
Agar bir gap bo’lsayam, Naq do’zaxga ketadi.

Voy-voy Xudo saqlasin, Qo’rqitaman do’zaxdan
Parvoyi palak bir kun Gap boshladim, Jannatdan

Dedim daryosida may, Tubida laal durlar bor,
Dadasi-chii Jannatda, O’n besh yoshli hurler bor

Qomatlari kelishgan, Harirdir ko’ylaklari
Ko’rinib turar shundoq, Boldirin iliklari

Biqinlari tasmaday, Semizmas manga o’xshab
Rohat qilasiz nafis, Barmoqlarini ushab

Ko’zlaringiz qamashar badanining nuriga,
Faqat pok erkak loyiq, Jannatning bu huriga

Dediyu erimning lovilladi yuzlari,
O’sha hurni ko’rganday dedi yonib ko’zlari

O’ylabmanki Jannatda meva-cheva bor holos,
Unga qanday kiradi o’rgatib qo’y iltimos"¦

Dedim ichishni tashab, halol hunar kasb qiling
Hulqingiz bo’lsin go’zal sudho’rlikni bas qiling.

Alloh deb do’st bo’lasi ilm, hunar, san’atga
Poklik-u iymon bilan kiriladi Jannatga

Dedi: "œHurdan rashk qilib, hurpaydimi pating?!"
Dedim: "œming bor roziman, iloyo qo’sha qaring"

Tongda mani uyg’atdi yuzi to’la nur bilan,
Bir qo’lida joynamoz, bir qo’lida gul bilan

Dedim: "œhay nima bo’ldi, nega tegdiz gulimga?!"
Dedi: "œilinib ketdim, Jannatdagi hurimga"

Alloh, Alloh qoyilman dedim ko’ksimga urib,
Shu ergayam bir gapni bo’lar ekan uqtirib,

Tutagan shamchiroqqa quygan kabi moyini
Voy-voy shu qaysarniyam topdim nozik joyini

Boshladi yangi hayot, chizdi go’zal naqshlar,
Hatto chet eldan kelib, sotib olar muhlislar

Yashar qalbi jismi pok, el-yurtini sevadi
Vaqt topib ba’zan hatto tennis o’ynab keladi.

Endi bizning mavlono manga qilar nasihabt
Har so’zida yuz ma’no, har ishida yuz hikmat

Undan bezor bo’lgandim, kulsangiz ham aytaman,
Bugun uni shu yoshda sevib qoldim qaytadan,

Hatto o’sha hurlardan rashk qilib qoldim andak,
Jannat eshigidan ham mo’ralab tursam kerak,

Darvozasiga yozib qo’yaman shu she’rimni,
Ey Jannatning hurlari hapa qimang erimni"¦

Sizga loyiq qilguncha araqho’r bu kishimni,
Yerdan terib olganman, singan qancha tishimni

Yorildi qancha kursi, qancha eshik oynaklar,
Uchib o’tgan boshimdan qancha likop choynaklar.

Mehnatini man ko’rdim, oqdi qancha ko’z-yoshim
Rohatini siz ko’ring Jannatdagi kundoshim

Erim qayta yosharib yoningizga kirgan dam,
Duo qilib qo’ying bir, Marhabo sho’rlikni ham

Siz haqda bir eshitgan erkak holi shu bo’sa,
Nima bo’lar ekan-a, o’zingizni bir ko’rsa?!...  :D

Manba: Marhabo Karimova bo'lsalar kerak aniq bilmayman

Qayd etilgan