Muhabbat
Muhabbatning ko’zlari so’qir,
Quloqlari tosh qotgan garang.
Unda yurak, mehr ham yoqdir,
Asablari doimo tarang.
Bo’lmas ekan unda ham vafo,
Hijron, firoq unga bir ermak.
Bas, suyganing bo’lmasa Xudo,
Muhabbat cho’ng armondir demak.
His
Bu lo’ppi yuzlarda lo’nda gunohlar,
Hayodanmas bo’yoqdan qizil yonoqlar.
E, voh, kunduzi-yu tunda gunohlar,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Bosgan qadamlardan unsa haromlar,
Avval tanib, so’ngra bo’lsa salomlar,
Bo’g’izda o’qilsa nurli kalomlar,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Ishlar deb qilinsa bandasi rozi,
Vijdonni ham yutsa insonning og’zi,
Nafs toshlaridan og’zi tarozi,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Qalblarda qiynasa qora jaholat,
Har taraf mo’minga qilsa malomat,
Bu nening xabari, nedan alomat-
Qiyomat yaqindir, yaqin-qiyomat!
Hasan Abdiev, Parkent.