Islomiy she'riyat  ( 447766 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 89 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:40:01

Muallifi noma’lum bitiklar

Yaqin nima?
Yaqin qiyomat.
Yaqinroq-chi?
O’limdir albat.
Ajab nima?
Tug’ilgan go’dak.
Ajabliroq?
Foniyni sevmoq.
Shirin nima?
Farzand, arjumand.
Shirinroq-chi?
Tanda issiq jon.
Mehribon kim?
Otam, volidam.
Mehribonroq?
Yaratgan Egam.
Go’zal nima?
Odamzot shakli.
Go’zalroq-chi?
Allohning vasli.
Lazzat nima?
Nafsni qondirmoq.
Lazzatliroq?
Jannatga kirmoq.
Hayrli ish?
Alloh nazdida ibodat-la halol kasb qilmoq
Hayrliroq?
Birov baxtiga hasad qilmay, dildan sevinmoq.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:40:39

Haqqa qarab

Bu bir sinov dunyosidir,
Kеl, yuraylik haqqa qarab.
U — ko’ngillar ko’zgusidir.
Kеl, yuraylik haqqa qarab..

Dunyo moli, sеvmam sеni,
O’zingga qul etma mеni.
Istasang olgin soyangni,
Kеl, yuraylik haqqa qarab..

Oydin yo’ldir Islom yo’li,
Iymon etar Olloh quli,
Xazinalar undan to’la,
Kеl, yuraylik haqqa qarab..

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:41:01

Muallifi noma'lum satrlar!

Yoqub kabi o'g'lin yo'qotgon,
Sumyyadek yov o'qin yutgon,
Yusuf kabi zindonband bo'lgon,
Solihlarga sabringni to'kkin.

Ayyub dardin his etib bilgon,
Og'riqlari jonini tilgon,
Hastalikka duchor yo'liqgon,
Bemorlarga sabringni to'kkin.

Nuh payg'ambar kabi yongon,
Din-diyonat yo'lida chopgon,
Noqobil farzandidan kuygon,
Otalarga sabringni to'kkin.

Ko'z yoshlari sel bo'lib oqgon,
Ne hasratu mehnatla boqgon,
Farzand dog'i kuydirib yoqgon,
Onalarga sabringni to'kkin.

Ota deya zor yig'lagonlar,
Ona deya zor bo'zlagonlar,
Payg'ambardek yetim qolgonlar,
Yetimlarga sabringni to'kkin.

Xojar kabi dashtlada qolgon,
Zolim zulmi haddidan oshgon,
Qarovsizu muallaq qolgon,
Mazlumlarga sabringni to'kkin.

Mevasi yo'q daraxtlar kabi,
Tosh otmaslar unga hech sari,
Murg'ak go'dak nolasi qani,
Befarzandga sabringni to'kkin.

Juft bog'ida ko'ngli kemtik,
Hech tortmagan yoridan etik,
Taqdirida yolg'izlik bitik,
Yolg'izlarga sabringni to'kkin.

AS-SOBRINGDAN sabrlar to'kkin,
ROBBIM o'zing sabrlar bergin.....

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:41:38

Muhabbat

Muhabbatning ko’zlari so’qir,
Quloqlari tosh qotgan garang.
Unda yurak, mehr ham yoqdir,
Asablari doimo tarang.
Bo’lmas ekan unda ham vafo,
Hijron, firoq unga bir ermak.
Bas, suyganing bo’lmasa Xudo,
Muhabbat cho’ng armondir demak.

His

Bu lo’ppi yuzlarda lo’nda gunohlar,
Hayodanmas bo’yoqdan qizil yonoqlar.
E, voh, kunduzi-yu tunda gunohlar,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Bosgan qadamlardan unsa haromlar,
Avval tanib, so’ngra bo’lsa salomlar,
Bo’g’izda o’qilsa nurli kalomlar,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Ishlar deb qilinsa bandasi rozi,
Vijdonni ham yutsa insonning og’zi,
Nafs toshlaridan og’zi tarozi,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Qalblarda qiynasa qora jaholat,
Har taraf mo’minga qilsa malomat,
Bu nening xabari, nedan alomat-
Qiyomat yaqindir, yaqin-qiyomat!

Hasan Abdiev, Parkent.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:42:08

Sabr qilgin, ey do’st, saodatlar asta, asta.
Sabr birla visol yaqin, saxovatlar asta, asta.
Mangu ermasdur zulmatlar, umid etgilki tong oydin.
Oxir bir kun yorishgaydir samovotlar asta, asta.

Foydasi yoq ko’p ishlarning, o’ylama hech, foydasi yoq.
Tuzilgaydir, buzilgaydir mahobatlar asta, asta.
Bu dunyoda tugab bbeiz ketmaydi hech narsa.
Ayon bo’lgay oxir ul kun karomatlar asta, asta.

Umr o’tar asta, asta, afsus chekma so’ng nafasda.
Balog’atlar, farog’atlar salobatlar asta, asta.
Bir bora o’lgan yaxshidir, har kuni o’lgan ko’p yomon.
Ijobatlar, inoyatlar, malomatlar asta, asta.

Hamroqul Asqar

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:42:31

ILTIJO
Oltmish yoshida Qur’on o’qishni o’rgana boshlagan kishining dil so’zi


Hofizi Qur’onlar etsa tilovat
Qalbimda bir narsa erib ketardi.
Har oyatda ming bir hikmat, tarovat,
O’rganmoq orzui kurtak otardi.
Muqaddas Qur’onga intilar yurak,
Ojiz bir bandangman, madad ber, Alloh.
Shunchaki gap bo’lib qolmasin tilak,
Qur’onini bilmaslik-bu ahir gunoh.
Turli harakatlar bezar saflarni,
Buncha turli-tuman urg’ular siri.
Qo’shilib, qo’shilmay turgan harflarning
Biri yozilsa ham, o’qilar biri.
Tajvid tarozusi shay turar doim,
Uning o’lchovidan chiqib ko’ring-chi.
Maxraj nosoz bo’lsa kechirgin, Tangrim,
Yolg’iz O’zingdirsan madad berguvchi.
Shukrlar bo’lsinki, uchrab ustozlar,
Keksaygan chog’imda talaba men ham.
Ilmda zabardast, sara-mumtozlar
Sabog’I dillarga bo’lmoqda malham.
O’rganay kaloming, madad ber O’zing,
Yo Rabbim, yolvoray O’zingga har on.
Ko’zlarimga surtay har nurli so’zing,
Dilimga jo bo’lsin muqaddas Qur’on.

To’lqin Lutfullayev
Mehnat faxriysi

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:42:48

Tun bag’rida yiltillar nadir,
Umidimga umid qo’shilgay,
Arshi a’lo. Yeti qat osmon.
Yulduzlar ham bir yon surilgay.

Jismim og’ir, ko’tarolmayman,
Qo’rg’oshinday erir borlig’im.
Taraladi muattar bo’ylar.
Qaylargadir uchadir ruhim.

Oyatlarda zirillar yurak,
Ko’chib ketar g’amlarim birpas.
Vujudimda titroq uyg’onar,
Olislardan kelganiday sas.

Ko’z oldimda ulug’ manzara,
Ko’rinadi tobora yaqin.
Kuydirgancha butun dunyoni,
Osmon uzra porillar chaqin.

Tush ko’rganday barisi o’tar,
Terga botib, o’zni unutib.
Uzoqlashar tobora mendan,
Nelargadir ishora etib.
Qiynar hatto yodga o’rnashib,
O’sha tunda kechgan nolalar.
"¦Mahshargohga to’planishardi,
Sochi oppoq bo’lgan bolalar.

Bobomurod Erali

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:43:04

Oshiqlar hech qachon noumid bo’lmas,
Nurli umidlarga yetmoqlik tayin.
Men Seni ko’rmasam ko’zimga emas
Qalbimga qiyindir, qalbimga qiyin.

Abdiev Hasan

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:43:40

IBODAT

Nafsning shashti bosilgay ro’za bilan,
Qaddi-basti bosilgay ro’za bilan,
Tez-tez ro’zador bo’l, nobakor hirsning
Morday qasdi bosilgay ro’za bilay.

Ro’za-tan zakoti, holing salomat,
Zakot-kafforatdir, moling salomat,
Beva-bechorayu yetim yesirga,
Haqdorga ato et, joning salomat!

Haqni ihtiyor qil qodirsan agar,
Ota-onangni haj qildir muqarrar,
Topgan moling halol bo’lsin, avvalo,
Harom bo’lsa, yo’llaringda bor ajdar!

Namoz-ibodating podshosi erur,
Barcha yaxshilikning peshvosi erur,
Unda haj,savm, me’roj, jannat kaliti,
Dilning tahorati, ifshosi erur!

Yo’ldosh Eshbek

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:43:57

-Boshingda nima bor?
-Toji davlat.
-Ko’zingda nima bor?
-Nuri Muhammad.
-Tilingda nima bor?
-Kalomi shahodat.
-Qulog’ingda nima bor?
-Azon-u qomat.
-Burningda nima bor?
-Bo’yi Muhammad.
-Qo’lingda nima bor?
-Hayr-u sahovat.
-Belingda nima bor?
-Kamari xizmat.
-Tizzangda nima bor?
-Hurmat-u izzat.
Qalbingda nima bor?
-Allohga muhabbat.

Fazil Zohid,
Xorazm

Qayd etilgan