ANGLASH
Dilimga
xush kalom solding: "œLo iloha illalloh",
Ham tanidim o‘z qulingni:
"œMuhammadur rasululloh".
Yo‘q edim-ku, bunyod etding, mehring ila
paydo qilding,
Shukur, deyman, yana menga pok lafzlar berding Alloh:
Yo‘lda edim, ko‘rishganlar, so‘rdilarkim asling nedur?
Javob
berdim: onam Havvo, padarimdir Odam ATO!
Shundoq deya asta-asta
anglayapman vujudimni,
Yana bildim ilk payg‘ambar Odam ul
Safiyulloh.
"œFaqat Uni bilinglar, adolatda yuringlar"
Deya
payg‘om keltirdi, duoguy Nuh Nabiyulloh.
Ummati ilhaq doim, orzu
bitmas to Qoyim,
Habib pok iymonliga Xizru Ilyos Hikmatulloh.
Farzandingdan
bo‘lgil judo, deya amr etdi Xudo,
Faqat Haqqa talpinmoqqa o‘rgatdi
ul Xalilulloh.
To‘rt tomonga boqib nolon, Sarvariga bo‘ldi
hayron,
Bu holatdan ko‘ngli shodon, ay, Muso, ay, Kalimulloh.
Jafo
ko‘rgan, jabr ko‘rgan, Iso edi sabr qilgan,
Oqibatda ko‘r qavmidan
ko‘kka ketdi ul Ruhulloh.
Yigirmayu yana uch yil, g‘amlar yutgan
bul kishi bil:
Haqqa yetib do‘st tutingan yo Muhammad Habibulloh.
Havas
qilar sizga bugun, jami dunyo, ahli mo‘min,
Payg‘ambarim avaylagan
yuz sahoba yuzta ogoh!
Qora edi ko‘rinishi, toat bo‘ldi har
yumushi,
Yeru osmon zir titradi, Bilol aytgach: "œUlug‘ ALLOH:"
Ham
diliga, ham diniga Hamza edi mudom sodiq,
Shahid ketgan jigariga
dedi, Rasul: "œoh, Sayfulloh!"
Hazrat Ali, Hazrat Usmon, xalifatur
ar-Rahmon,
Abu Bakr Siddiqiga Umar yo‘ldosh Asadulloh.
Sanayversak
xislatlarin, adosi yo‘q bu zotlarning,
Fazilati qo‘llar bizni, gar
adashsak, Yo‘lda nogoh.
Ulug‘larning ruhi poki, ko‘rgil endi aziz
xoki,
Shu tufayli bir ilinj, qalbga ko‘chdi banogoh:
"œHar
bandangning dilida, har kunida tunida,
Ezgu ishiga hamroh, bo‘lsa
agar "œBismilloh!"
Balki Ro‘zi qiyomat, kafil bo‘lib ibodat,
Barchamizdan
shafqatin darig‘ tutmagay Alloh.
Yana shuni so‘rayman, ijobatin
ko‘ray man,
Vido chog‘i nasib et: "œLo iloha illalloh!.."
Maqsud
JONIXONOV