Islomiy she'riyat  ( 447378 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 89 B


Munira xonim  30 Iyun 2006, 15:36:01

Ayo do'stim,nechun g'aming bozor bo'ldi,
Har nafasing, har bir daming bozor bo'ldi,
Ohirotni bozorini unutdingmi?
Azalaring, ham bayraming bozor bo'ldi.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 15:41:59

Buzilgan odamning har oni buzuq,
Orzuyi,havasi,armoni buzuq,
Ayo dil!Haq yo'ldan chekinma aslo,
Buzilgan odamni qalb joni buzuq.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 15:47:06

Barcha yo'llar berk bo'lar agar Sen tugun etsang,
Kecha bugun bo'ladi agar Sen bugun etsang,
Banda yahshi niyatda tartib-qonun tuzadi,
Qonun qonun bo'ladi agar Sen qonun etsang.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 15:49:17

Har on, har daqiqa bilsang hatardir,
Tiriklik o'limga qarab safardir,
Qo'shnim o'ldi deya bo'lma hotirjam,
Qo'shningni o'limi senga habardir.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 15:52:14

Pir izlama dunyodan - dunyoda pir juda ko'p,                                             
Sir izlama dunyodan - dunyoda sir juda ko'p,
Bilki umring omonat, bir Haqni izla faqat,
Kir izlama dunyodan - dunyoda kir juda ko'p.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 18:35:34

Sen neni talashasan talangan bu dunyoda?
Shirin - achchig'i - bari yalangan bu dunyoda,
Hiyla-yu nayrang bilan dunyoni olmoq bo'lding,
Aldanib o'tajaksan aldangan bu dunyoda.

Umrin yonib ketmoqda, yonmoqda har nafasing,
Alangaga aylangan alanga bu dunyoda,
Sadriddin, ibrat ko'zin ochganlar demoqdadir:
"Sen neni talashasan talangan bu dunyoda".

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Iyul 2006, 11:22:09

Tavba.
Nadomat tulporin yeldek uchirib,
Yozuqlar yurtidan qaytmoqlik - tavba.
Najot dengizining qirg'oqlarida,
Allohga munojot aytmoqlik - tavba.

Tavba - fojirlikdan qutulgan, ozod,
Miskinning fig'onli zorlari betin.
Ozurda ruhlarga sokin harorat,
Tavba - o't-alanga, gunohlar o'tin.

Tavba - taqiq meva bo'g'zida qolgan,
Odam Atomizning o'tli faryodi.
Tavba - Momo Havvo tizzalarini,
Nam qilgan Vatanning feruza yodi.

Tavba - ummonlarni titroqqa solgan,
Hazrati Zunnundak dog'da yotmoqdir.
Tavba - shafaqlarning rangini olgan,
Sadpora Nasuxdek qonga botmoqdir.

Tavba - peshonasin sajdaga qo'ygan,
Bani Havozinning egik boshlari.
Tavba - soqolini yomg'irday yuvgan,
Hazrati Umarning marjon yoshlari.

Tavba - ellik kunlik iztirobdagi,
Ka'b ibn Molikning giryonlaridir.
Tavba - yetmish kasga tatigan anduh -
Juhayna ayolin sel qonlaridir.

Toki quyosh chiqar ekan mashriqdan,
Tavbaning qopqasi lang ochiq turgay.
Poklanmoq,chiqmoqlik iblis izmidan,
Mujrim bandalarga hidoyat surur.

Ogoh bo'ling! Olam mehrga ilhaq,
Muhsin qullariga Alloh madadkor,
Uqboda ummatim deya chorlagan,
Maqomi Mahmudning sohibi ham bor...

Ayo ahli giryon - yozuqlarga dor,
Ayo ahli taqvo, ahli istig'for,
Ayo ahli majid, ahli toyyiblar,
Ayo ahli sojid, ahli soyiblar.

Sizga Al- G'offarning kalomi bo'lsin,
Sizga At-Tavvabning salomi bo'lsin.
Muhammad Bobur Mo'min.

Qayd etilgan


Laylo  01 Iyul 2006, 19:02:03

Assalomu alaykum Nargiza opa!
Juda ham go'zal she'rlarni joylayapsiz.
O'zingiz ham yozib turasizmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Iyul 2006, 07:58:53

Va alaykum assalam,Laylo!
Salomatligingiz va ishlaringiz yahshimi?
Bu she'rlar  o'zimga ham juda yoqadi.
Afsuski, o'zim she'r yozmayman.
O'quvchiligimda juda hohlardim she'r yozishni,lekin qo'limdan kelmadi.
Lekin she'r jonu-dilim, juda sevaman.
Ayniqsa Islomiy,Hayrulla aka Hamidov she'ralrini juda sevib o'qiyman.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Iyul 2006, 09:30:09

Mo'min mo'minga ko'zgu.
Hayot degan maktabda,
Ham ahloq, ham adabda,
Go'zal suhbatda,ta'bda,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Yuzlarda nur porlasa,
Yahshilikka chorlasa,
Ko'ngilni bahorlasa,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Ham kuchda,adolatda,
Har kungi ibodatda,
Jon chiqar bir holatda,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Taqvoda,olimlikda,
Poklikda,salimlikda,
Rasulday halimlikda,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Dadajon Abdurahmonov,Farg'ona.

Qayd etilgan