MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING HAZRATI HADICHAGA UYLANISHI
Milodiy 595 yil. Muhammad alayhissalom 25 yoshda.
Qur’oni karimda shunday deyiladi:
"œVavajadaka ‘aailan fa ag‘na"
("œUl zot sizni kambag‘al holda topib, boy qilib qo‘ydi-ku!"). (Vaz-zuho surasi, 8-oyat)
Mufassirlar bu oyatni Habibim, Rabbim seni faqir topdi, so‘ng Hadichaning moli bilan boy qildi, tarzida tafsir qilishadi.
Muhammadning (s.a.v.) allaqachon uylanish vaqti kelgan edi. Bir kuni Abu Tolibning singlisi Otika akasiga:
— Muhammadni (s.a.v.) uylaydigan vaqt keldi, bir chorasini topib uylantiring, — dedi.
— Ey Otika, gaping to‘g‘ri, bir ilojini qilib uni uylantirmasak bo‘lmaydi. Ishlarim ham teskari ketgan, qo‘li kaltalik qursin, — dedi.
— Huvaylidning qizi Hadicha beva bo‘lsa-da, to‘g‘ri, axloqi go‘zal va diyonatli xotin. Makka aslzodalari qancha so‘rattirishmasin boshqa turmush qurmadi. Uning Muhammadga (s.a.v.) ko‘ngli borga o‘xshaydi. O’rtaga odam qo‘yib, unga bir taklif qilib ko‘raylik-chi, nima der ekan?