Shohista Kamol qizi. Muhammad alayhissallomning bolalik va yoshliklari  ( 31518 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:43:04

Otika Nafisa ismli bir xotinni oraga qo‘ydi. Nafisa Muhammad ibn Abdullohni Hadichaga maqtadi. Maysaraning gaplari, Nafisaning madhi, qolaversa o‘zi bilgan nurli siymo bilan turmush qurish Hadicha uchun bir sharaf edi, albatta.

Bir kuni tushida osmondan bir quyosh tushib, Hadichaning uyiga kirdi. Makka va butun dunyo fayzli nurga g‘arq bo‘ldi. Tushidan qattiq ta’sirlangan Hadicha amakivachchasi Varaqadan ta’bir so‘radi. Varaqa ilmli, ziyoli, davrining peshqadam olimi edi. Hadichaga dediki: — Ey, Hadicha! Ko‘rgan tushing muborak bo‘lsin. Sen buyuk bir zotga turmushga chiqasan va uning nuri butun dunyoni oydinlatadi.

Hadicha qirq yoshda bo‘lib, bag‘oyat go‘zal va aqlli ayol edi. Dastavval Otik ibn Oiz ismli kishiga turmushga chiqib, undan bir qiz farzand ko‘rgan edi. Otik ko‘p o‘tmay vafot etib, Hadicha beva qoldi. Keyinroq Abu Hala ismli kishi bilan turmush qurdi. U bilan bir necha yil yashadi. Ularning Hind ismli o‘g‘illari bor edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:43:34

Nafisa Hadicha bilan uzoq gaplashdi. Garchi Hadichaning ko‘ngli bo‘lsa-da, bevaligini o‘ylab, Muhammad (s.a.v.) bilan turmush qurish haqida mulohaza qilardi. Bu xususda Nafisaga aytganida u:

— Bu yog‘ini menga qo‘yib bering, — dedi.

Nafisa Muhammad alayhissalomning oldiga bordi. Unga Hadichaning taklifini bildirdi.

— Uylanish uchun yetarli sarmoyaga ega emasman, — dedilar Rasululloh.

— Agar mol-mulkka ega bo‘lgan go‘zallikda yagona, hasab va nasabda asl, diyonat va taqvoda tengsiz, xush axloqli bir xonim sizga o‘z taklifini bildirsa, nima deb javob berardingiz?

— Kim u?
— Hadicha binti Huvaylid.
— Men amakim Abu Tolib bilan maslahatlashay, agar rozi bo‘lsalar qabul qilaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:44:09

Abu Tolibga bu taklif ma’qul keldi. Hadicha bundan juda mamnun bo‘ldi. Padari buzrukvori vafot qilganligi bois nikoh ishini amakivachchasi Varaqa ibni Mag‘faraga topshirdi. Muhammad alayhissalom ham otalari yo‘qligi sabab nikohda otalik qilishni Abu Tolibga topshirdilar. Nafisa nikoh haqida shularni hikoya qiladi:

— Muhammadning(s.a.v.) roziligini olgach, Hadichaga xabar berdim. Hadicha bundan juda sevindi. Nikoh uchun bir vaqt tayin etildi. Nikohda butun Quraysh oqsoqollari qatnashdi. Abu Tolib Muhammad alayhissalom haqida shunday nutq so‘zladi:

— Allohga hamd bo‘lsinki, bizlarni Ibrohimning (a.s) zurriyodidan, Ismoilning (a.s) naslidan, Maadning(a.s) aslidan va Mudabbirning(a.s) yo‘lidan yaratdi; bizni Baytullohning qo‘riqchisi bo‘lishdek baxtga muyassar qildi. Masjidi Haromning xizmatchisi, ko‘pchilikka boshchi bo‘lishimizni buyurdi. Inimning o‘g‘li Muhammad (s.a.v.) kambag‘al bo‘lsa-da, yuksak fazilatga ega pok insondir. Inshaalloh uning martabasi bundan-da ulug‘ bo‘lajak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:44:33

So‘ng Hadichaning amakivachchasi Varaqa ham so‘zladi:
— Allohga hamd bo‘lsin, bizlarni fazilat va sharaf egasi qildi. Biz arablarning ulug‘larimiz. Qolaversa, biz sizning fazilatlaringizni hurmat qilamiz. Hech bir zot sizning xayr va sharafingizni rad etolmaydi. Biz albatta siz bilan qarindosh bo‘lishga rozimiz.

Shundan so‘ng Rasululloh odamlarga yuzlandilar:
— Ey jamoat, shohid bo‘lingki, men Muhammad ibn Abdulloh Hadicha binti Huvaylidni o‘z nikohimga oldim.

Nikoh o‘qildi. Mahr yigirmata tuya deb belgilandi. Abu Tolib o‘sha paytdagi udumga ko‘ra bitta tuya so‘yib, elga ziyofat berdi. To‘ydan so‘ng Muhammad alayhissalom Hadichaning uyiga ko‘chib o‘tdilar. Shu tariqa huzur-halovatga erishgan ikki juft hech qachon bir-birni ranjitishmadi.

Hazrati Hadicha musulmon ayolining eng o‘rnak namunasi edi. Muhammad alayhissalomga har xususda rag‘bat ko‘rsatar, og‘ir damlarda unga tasalli berardi. Joni va molini unga atagan edi. Hazrati Hadicha Rasulullohdan oltita farzand ko‘rdi: ikki o‘g‘il, to‘rt qiz. To‘ng‘ich farzand Qosim ismli o‘g‘illari bo‘lib, yetti kungina yashadi. U tug‘ilgandan so‘ng Rasululloh Abulqosim, ya’ni Qosimning otasi, deb atala boshlandi. Milodiy 599 yilda Zaynab ismli qizlari tug‘ildi. Ruqiya ikkinchi qizlari bo‘lib, tug‘ilish sanasi 602 yildir. Uchinchi qizlari Ummu Gulsum 604 yilda dunyoga keldi. Nubuvvat paytlarida dunyoga kelgan va Rasulullohning juda yaxshi ko‘radigan qizlarining ismi Fotima edi. Abdulloh ismli o‘g‘illari nubuvvatdan so‘ng tug‘ildi va juda kichikligida o‘ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:44:48

MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA

Xutbang o‘qilur minbari iqlimi baqoda,
Hukming tutilur mahkamai ro‘zi jazoda.
Tashrifa bongi chalinur arshi Xudoda,
Asmoi sharifing eslanur arzu samoda.
Sen Ahmadi Mahmudi Muhammadsan afandim,
Haqdan bizga sultoni muhabbatsan afandim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:45:29

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING HAZRATI ALINI O’Z TARBIYASIGA OLISHI

Milodiy 596 yil. Muhammad alayhissalom 26 yoshda.
 
Bu paytda Makka va uning atrofida qurg‘oqchilik hukm surardi. Qurg‘oqchilik barchaning tinkasini quritgan, ayniqsa bola-chaqasi ko‘p oilalarning ahvoli og‘ir edi. Muhammad alayhissalom Hazrati Hadichaga uylangach, bu azobdan qutilgan bo‘lsa-da, amakisi Abu Tolibning faqirona hayoti uni o‘yga toldirdi. Bir kuni boshqa amakisi Abbosga:

— Ey, amakim Abbos, sening mol-mulking o‘zingga yetarli, nonga zoriqqaning yo‘q. Amakim Abu Tolib esa faqir va farzandlari ko‘p. Agar ma’qul topsang, u kishining bittadan farzandini o‘z tarbiyamizga olsak va uni bu yukdan xalos etsak, — dedi.

Abbos bu gapni bajonidil qabul etdi. Darhol Abu Tolibning huzuriga borib, takliflarini aytishdi. Abu Tolib:

— Menga Ukaylni qoldiring, qolganlarini nima qilsangiz o‘zingiz bilasiz, — dedi.

Abbos Ja’farni, Muhammad alayhissalom esa Alini olib uylariga qaytishdi. Ali bu paytda besh yashar edi. Rasulullohning uyida Hazrati Hadichaning oldingi nikohlaridan bo‘lgan farzandlari ham yashardi. Yana Zayd ismli bola ham bo‘lib, u Kalb qabilasiga qilingan bosqinda asirga tushgan, Shomga tijorat safariga borgan Hadichaning birodari Hakim ibn Hizom sotib olib, uni Hadichaga tuhfa etgan edi. Hadicha esa Zaydni Muhammad alayhissalomga berdi. Rasululloh uni qullikdan ozod etib, o‘ziga o‘g‘il qilib oldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:45:57

Tarixchilar bayon qilishicha, Rasululloh Hajarul Asvadning oldiga Zaydni olib bordi. U yerdagilarga Zaydni ko‘rsatib:

— Shohid bo‘ling, ey jamoat, Zayd mening o‘g‘lim va vorisimdir, — dedilar.

Zaydning otasi Horisa yillar hasratini ko‘tarib, nihoyat o‘g‘lini topdi, uni olib ketgani Muhammad alayhissalomning huzuriga ko‘zyosh to‘kib keldi. O’g‘lini qaytarish evaziga nima so‘rasa, berishini aytib yig‘ladi. Rasululloh tanlash imkoniyatini kichik Zaydga topshirdi. Chunki Zayd xohlasa, o‘z otasi bilan ketishi mumkin edi. Biroq Zayd yugurib Rasulullohni quchdi. Shu tariqa Horisa bir tomondan ko‘ngli xotirjam, ammo ikkinchi tomondan yuragi dog‘li holda yurtiga qaytdi. O’g‘lining ishonchli inson tarbiyasida ekanidan xotirjam, biroq endi o‘g‘lini ko‘rolmasligini o‘ylab yig‘lar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:46:16

MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA

Ey ko‘ngillar dardining darmoni,
Ey yaratilishlar sultoni sen.
Ey risolat taxtining hotami,
Ey nubuvvat muhrining xotimi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:47:09

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING  KA’BA TA’MIR ETILGACH, HAJARUL ASVADNI JOYIGA QO’YISHI

Ka’ba uzoq yillardan buyon yomg‘irlar, bo‘ronlar ta’sirida nurab, xarob holga kelib qolgan edi. Ayniqsa, Baytning g‘arbiy devori cho‘kkan edi. Bir kuni tunda o‘g‘rilar u yerdagi qimmatbaho ashyolarni olib ketgach, butun makkaliklar tashvishga tushib qoldi. Ka’ba ta’mirga muhtoj edi. Butun Makka aholisi yig‘ilib, Uyni darhol qayta qurish lozim ekanligini kelishib olishdi. Bayt Allohga daxldor muborak va muqaddas joy bo‘lganligi bois bu dargohga ishlatiladigan qurilish ashyolari halol mablag‘ evaziga sotib olinishi kerakligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng Qizil dengizda, Jiddaga yaqin joyda halokatga uchragan Rum saltanatiga tegishli kemaning parchalarini va undagi ashyolarni sotib olishga odam yuborishdi. Kemadagi ashyolar sotib olingach, Bayt qurilishi boshlandi.

Makka erkaklari kiyimlarini, peshbandlarini yelkalariga tashlab tosh tashir edi. Abulqosim Muhammad ibn Abdulloh ham bu hasharda amakilari bilan birgalikda ishtirok etdi. Amakisi Abbos bu haqda shunday hikoya qiladi:

— Men Muhammadning (s.a.v.) yelkasiga ozor yetmasligi uchun belidagi peshbandini yelkasiga qo‘yib olishini aytdim. U men aytganday qildi, biroq shu payt libosi tushib ketdi, o‘zi esa hushini yo‘qotdi. Hushiga kelgach, nima bo‘lganini so‘radim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:47:32

— Yalang‘och turishdan man’ qilindim, — dedi u.

Halis va Halafiylarning keltirishicha, Rasululloh peshbandini yechdi, avratlari ochildi. Shu payt ko‘kdan ovoz keldi: "œYalang‘och turibsan, ey Muhammad!" Rasululloh bu ovozni eshitib hushlaridan ketdi. Bu Muhammad alayhissalom g‘aybdan eshitgan ilk ovozdir. Shundan so‘ng Rasulullohni hech kim yalang‘och holda ko‘rmadi.

Aslida butun rasullar, nabiylar ham avratlariga ehtiyot bo‘lishgan. Masalan, Muso alayhissalom hech qachon yalang‘och yurmaganlar. Yaqin qarindoshlari tanasida bir illat bo‘lsa kerakki, uni ko‘rsatmaydi, deb o‘ylashar edi. Bir kuni Muso alayhissalom yolg‘iz o‘zlari dengizda cho‘milish uchun kiyimlarini bir tosh ostiga bostirib suvga tushadilar. Shunda to‘zon ko‘tarilib kiyimlarini uchirib ketadi. Kiyimlarini ushlab olish uchun yugurganini ko‘rgan qavmi Muso alayhissalomning tanasida hech qanday illat yo‘qligini, faqat hayo yuzasidan yalang‘och yurmasligini anglab yetishadi. Shundan so‘ng hech qachon uni yalang‘och holda ko‘rishmaydi.

Qayd etilgan