Sotihning ko‘zlari ochildi, lablari zo‘rg‘a qimirlab:
– Abdulmasih tuyasiga minib Sotihning oldiga keldi, biroq, Sotih qabrga kirish arafasida. Ey Abdulmasih, seni Eron shohi saroyining yiqilishi, otashning so‘nishi va majusiylar ulug‘i Mubadonning tushi haqida ma’lumot so‘rash uchun jo‘natgan.
Ey Abdulmasih, vahiy takror-takror o‘qilganda, aso sohibiga payg‘ambarlik berilganda, Sava ko‘li quriganda, forslarning ibodatgohida otash so‘nganda, bilki, o‘sha paytda Shom shahri Sotih uchun Shom bo‘lmay qoladi. Eronliklarning yiqilgan minoralari nechta bo‘lsa, o‘shancha sulton saltanat suradi, keyin boshlariga ne sho‘rish tushsa, shuni ko‘rardi, – dedi-yu jon taslim qildi.
Abdulmasih bularni No‘shiravonga yetkazdi. Ilk bor kisra nomini olgan adolatli hukmdor No‘shiravondan so‘ng o‘n to‘rt malik o‘tadi; nihoyat musulmonlar ot va tuyalari bilan Dajlani kechib, Eronni zabt etdilar.