Shohista Kamol qizi. Muhammad alayhissallomning bolalik va yoshliklari  ( 48264 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:55:52

MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA

Ko‘ngil yarasini bog‘lagan udir,
Ummatim deya yig‘lagan udir.
Bizga shul jannatni bag‘ishlagan ul,
Haq deya yuragin dog‘lagan ul.
Mo‘minlar qalbida sharshara udir,
Ko‘zlarda ishq bo‘lib porlagan udir.
Ushshoqni manzilga yo‘llagan udir,
Mahsharda bizlarni qo‘llagan udir.
Bizni Zuljalolga bog‘lagan udir,
Va bizga har neni bildirgan udir.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:56:39

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING  BOLALIGI

Hazrati Omina Muhammad alayhissalomni yetti kun emizdi. Suti kam kelib, to‘rt oy Abulahabning joriyasi Suaybani emdirishga majbur bo‘ldi. Suaybadan so‘ng Rasulullohga Sa’d qabilasidan Harisning zavjasi Halima sut berdi.

Makka o‘sha paytlarda juda issiq edi. Shahar ahli havosi, suvi toza yaxshi joylarda bolalarini o‘stirish uchun farzandlarini sut onalariga berishardi. Har yili bahor va kuz mavsumida Makkaga bani Sa’d va bani Bakir qabilalaridan sut onalari kelib, boy xonadonlarning farzandlarini olib ketar edi. O’sha yili Makka atrofida qurg‘oqchilik bo‘lib, suvlar quridi, o‘tlar sarg‘ayib, hayvonlar nobud bo‘ldi, xalqning ahvoli ancha og‘irlashdi.

Hazrati Halima shu yili sut onalari bilan Makkaga kelgan edi. Bu haqda o‘zi shunday hikoya qiladi:

– Men erim Haris bilan yo‘lga chiqdik. Emizikli o‘g‘lim Hamza sutimga to‘ymasdan yig‘lardi. Eshagimiz juda zaif bo‘lgani uchun bani Sa’d xotinlari bizdan ilgarilab ketdi. Biz borgan sari qofiladan (karvondan) ortda qolib ketdik. Xo‘jayinim sabrsizlanib:

– Ey Halima, eshagingni tezroq hayda. Bani Sa’d xotinlari bizdan avval Makkaga yetib borishsa, uyga quruq qaytishimiz mumkin, – der edi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:02:01

Harchand harakat qilsak ham, baribir orqada qolib ketdik. Nihoyat dushanba kuni shaharga kirib bordik. Sut onalari allaqachon boy xonadonlarning farzandlarini olib bo‘lishgan ekan. Erim bilan g‘amgin bir holda turganimizda qarshimizda nuroniy bir kishi paydo bo‘ldi. Bizdan:

– Bola olmagan sut onasi qoldimi? – deb so‘radi. Yonimdagilardan ul zotning kim ekanligini so‘radim.

– Bu kishi qurayshlar oqsoqoli Abdumuttalib bo‘ladi, – deyishdi. Ul zotga odob bilan salom berdim. Mendan kim ekanimni so‘radi.

– Men bani Sa’d qabilasidanman.
– Oting nima?
– Halima.
– Ey Halima, naqadar baxtli ekansan. Biri Sa’d, yana biri Halima kabi ikkita ulug‘ noming bor. Bu dunyong va oxirating mana shu ikki nomda qaror topgandir.

“Sa’d” arabchada “muborak”, “halima” esa “yumshoq”  degan ma’noni bildiradi. Abdulmuttalib shularni nazarda tutayotgan edi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:03:31

Abdulmuttalib Halimaga:
– Ey Halima, bola olmagan bo‘lsang, mening bir yetim o‘g‘lim bor. Bani Sa’d xotinlari bu bolaning otasi yo‘q ekan, undan nima naf ko‘rardik, deb olishmadi. Shu bolani sen ol, balki foydasi bo‘lar.

Men xo‘jayinim bilan maslahatlashish uchun izn istadim. Harisni bor gapdan xabardor qildim. Erim:
– Yo Halima, o‘zing bilasan, – dedi.

Amakimning o‘g‘li esa achchiqlanib:
– Boshqa xotinlar boy bolalarni oldi. Siz kelib-kelib yetim bolani olasizmi? Undan nima foyda ko‘rardingiz, boshingizga balo bo‘ladi, – dedi. Biroq erim:
– Yo Halima, borib rozi bo‘l. Yetim ekan, bir xayri bordir, – dedi.

Men ham uyga quruq qaytishni istamasdim. Abdulmuttalibga rozi ekanimni aytdim. Qurayshlar ulug‘i gapimdan juda sevinib ketdi. Haqqimga duo qilib, meni Ominaning uyi tomon boshladi. Omina g‘oyatda go‘zal, kelishgan, tarbiyali va nozikta’b juvon edi. “Ahlan va sahlan, ey Halima”, deb meni muloyimlik bilan qarshi oldi. So‘ngra meni o‘g‘lining oldiga olib bordi. Chaqaloq oq matoga o‘ralgan, yashil ipak yopinchiq ostida uxlab yotardi. Burnimga hush bo‘ylar urildi. Yopinchiqni ochdim. Ko‘zlarim oldida malak siymoli go‘dak muloyim uxlab yotardi. Shu ondayoq qalbimda unga nisbatan kuchli bir muhabbat uyg‘ondi. Hatto ko‘kraklarimga sut to‘lganini ich-ichimdan his etdim. Qo‘limni sekin ko‘kragiga qo‘yganimda uyg‘ondi. Menga qarab jilmaydi. Uni olib bag‘rimga bosdim. Umrim bino bo‘lib bu qadar xushro‘y, bu qadar yoqimtoy bolani ko‘rmagan edim.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:06:09

Abdulmuttalib menga qarab shunday dedi: “Ey Halima, Ominaning o‘g‘li butun dunyoning xayrlisidir, sen esa eng yaxshi sut onasan. Ey Omina, farzandingni Halimaga topshirgin”.

Men o‘ng ko‘kragimni bolaga tutdim, ema boshladi. Yuzlariga qarab, sevinchdan o‘zimni bazo‘r tutib turdim. So‘ng chap ko‘kragimni bersam, emmadi. Chunki chap ko‘kragimda o‘g‘lim Hamzaning haqi bor edi. Ko‘kraklarimga sut to‘lganini his qildim. Sutim  ham unga, ham Hamzaga yetardi. Holbuki, avvallari sutim juda ozligidan Hamzaning ham qorni to‘ymas, tinmay yig‘lardi. Bu bolaning oddiy bola emasligi ko‘rinib turardi. Erim ham buni sezib: “Ey Halima, bu bola muborak bir boladir. Men unda xushbo‘y hidlarni tuydim. Unda biz uchun buyuk xayr va barakot bor”, – dedi.

Eshakka minib yo‘lga chiqdik. Ikki bola ham quchoqlarimda edi. Eshagimiz butun vujudiga quvvat ingandek ildam yura boshladi. Qofilaning boshiga chiqib ketganimizni ko‘rib, dugonalarim menga qarab qichqirishdi:

“Ey Abu Ruayoning qizi, sekinroq hayda eshagingni, karvondan ajrama”.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:07:47

Biz harchand harakat qilmaylik, baribir eshak chopqillab o‘zib ketaverdi. Bu holdan hayron bo‘ldik. Minib kelgan eshagimiz shu ekanligiga ishongimiz kelmas edi.

Yerlarimiz ko‘pdan buyon suvsiz, quruqshab yotardi. O’t-o‘lan yo‘q. Qo‘y va tuyalarimiz ham yaylovdan och qaytganligi bois yelinlari sutsiz edi. Uyga yetib borganimizda yerlarimiz yam-yashil o‘t bilan qoplanganini ko‘rdik. Qo‘y va tuyalarimizning yelinlari sutga to‘lib keladigan bo‘ldi. Uyimizga ham fayzu baraka kirdi. Qo‘shnilarimiz cho‘ponlariga:

– Bizning mollarimizni ham Halimaning mollari o‘tlaydigan joyda boqing, – deyishardi.

Erim menga:
– Ey Halima shu bola sababli uyimiz fayzga to‘ldi. Biz ham unga yaxshi qarab, yaxshi tarbiya qilaylik, – dedi.

Muhammad (s.a.v.) boshqa bolalar kabi kiyimlari kir bo‘lib yurmasdi. Qachon kiyimlarini yuvmoqchi bo‘lsam, ularni toza holda ko‘rardim. Yalang‘och yurishni istamas edi. Kiyimlarini yechmoqchi bo‘lsam yig‘lardi. Boshqa paytlarda doim xush kayfiyatda yurardi. Uni ko‘rgan odam darrov yoqtirib qolardi. Ul zot yotgan uyning ichi xush bo‘ylar bilan to‘liq bo‘lardi. Hatto u bilan o‘ynagan boladan soatlab bu xushbo‘y hid ketmasdi.  Buni qabilaning yoshu qarisi juda yaxshi bilardi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:08:38

Hazrati Halima Rasulullohni uxlatayotganida doim shu allani aytardi: “Valaha ilal ula farikahu. (Yo Rabbiy, sen bizga uni lutf etding. Uni bizga bag‘ishla, ko‘klarga qadar yuksalt. Uni o‘z panohingda asra)”.

Muhammad komil inson bo‘lib voyaga yetayotgan edi. Sakkiz oyligida tili chiqa boshladi, bir oy keyin bemalol gaplashadigan bo‘ldi. Ikki yoshdan o‘tgach, sutdan chiqib, sog‘lom, kuchli bola bo‘ldi.

– Makkaga qaytish fursati yaqinlashgan edi. Erim bilan Muhammadni olib, yo‘lga chiqdik. Undan ayrilish juda og‘ir edi. Ayniqsa, Makkadagi vabo xavfi bizlarni qattiq o‘yga toldirgan edi. Shu sababli agar izn bersa, Muhammad yana biroz muddat biz bilan turishini so‘rab, Ominaga murojaat qildik. Omina bila turib jigarporasini tahlika ichra qoldirishni istamadi, taklifimizni qabul etdi.

Bola to‘rt yoshga qadam qo‘yganida unda g‘aroyib hodisalar ko‘rila boshladi. Hazrati Halima kichik Muhammadni o‘z bolalaridan ham yaxshi ko‘rgani bois uni juda ehtiyot qilardi. Bir kuni opasi Shayma bilan qirga chiqqanini ko‘rib, qizini koyib berdi. Shayma onasiga tasalli berdi:

– Siz tashvish tortmang. Ukamni doim bir parcha bulut quyoshdan saqlaydi. Doim uning tepasida suzib yuradi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:11:18

Yuraklarining yuvilishi  voqeasini Rasulullohning o‘zlari shunday bayon qiladilar:

– Bir kuni opam Shayma bilan echkilarni o‘tlatib yurgan edik. Qornimiz ochqadi. Shayma yegulik olib kelgani sut onamning oldiga ketdi. Shu payt ulkan ikkita qushni ko‘rdim. Ulardan biri ikkinchisiga: – “Shu bolami?” dedi. Unisi: “Ha”, deb javob berdi. So‘ng meni yerga yotqizishdi. Ko‘ksimni yorib ichidan ikkita qonli narsa chiqarishdi va ularni suv bilan yuvishdi. Keyin ko‘ksimni berkitib, uchib ketishdi. Men juda qo‘rqib ketdim.  Barchasini sut onamga aytib berdim. Sut onam meni aqldan ozibdi, deb o‘ylab iztirobga tushdilar. Bir tuyaga mingazib onajonim Ominaning huzurlariga olib bordilar. Onam: “Ey Halima, sen omonatni topshirding”, dedilar sevinib. Bo‘lgan voqeani eshitgach: “Ey Halima, men bu bolani tug‘ayotganimda ichimda bir nur pishqirganini, Suriya saroylarini oydinlatganini ko‘rdim”, – dedilar.

Imom   Muslim, Imom Ahmad o‘z kitoblarida bu voqeani shunday hikoya qiladilar:

“Bir kuni Rasululloh bolalar bilan o‘ynayotgan edi. Jabroil kelib uni yotqizdi va ko‘ksini yordi. Ichidan bir narsa chiqarib: “Mana bu shaytonning nasibasi bo‘ladi”, deb nariga otdi. Buni ko‘rgan bolalar Muhammadni o‘ldi deb o‘ylab, Halimaga xabar berishdi. Qaytib kelishganlarida uning siymosida o‘zgarish bo‘lganini payqashdi”.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:12:10

Hazrati Anas kabi roviylar Rasulullohning ko‘ksidagi izni ko‘rganini aytadilar.

Ibni Asokir Hakimning rivoyatiga ko‘ra, Abu Hurayra (r.a) Rasulullohdan nubuvvatning ilk alomati haqida so‘raganida shunday deganlar:

– Bolaligimda dalada ishlayotgan edim. Osmondan ikki kishi tushib meni yerga yotqizishdi. Biri ko‘ksimni yordi, ikkinchisi tilla laganda suv olib keldi. Yuragimni ochib ichidan bir narsalarni chiqarishdi. Men hech qanday og‘riq sezmadim. So‘ng ulardan biri ikkinchisiga: “Bu yurakka marhamat va shafqat to‘ldir”, dedi. Unisi yuragimga quyoshga o‘xshash bir narsa qo‘ydi. Yuragimni joyiga qo‘yib, ko‘ksimni yopishdi. Biri bosh barmog‘imni siqdi va: “Qani boraqol”, dedi. O’rnimdan turganimda o‘zgarib qolganimni sezdim. Kichiklarga marhamat ko‘rsatib, kattalarni hurmat qilardim.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:13:37

* * *

Rasulullohdagi bu favqulod holni ko‘rgan erim: “Ey Halima, bu bolani o‘z onasiga topshirish lozim”, dedi. Biz Makkaga yo‘l oldik. Bir vodiyda junbushga tushayotgan habashlarga duch keldik. Ular bilan birga yo‘lda davom etdik. Habashlar kichik Muhammadni diqqat bilan kuzatib, unda nubuvvat muhrini ko‘rishdi”. O’sha paytlar Rasulullohning ko‘zlarida biroz qizillik bor edi. Xalimadan: “Bu, xastalik alomatimi?”, deb so‘rashdi. “Ular bolaning kelajakda buyuk zot bo‘lib yetishishini aytishdi. Hatto o‘zlari bilan olib ketmoqchi ham bo‘lishdi. Alloh taolo asradi”, deydi Halima.

Abdulloh, Zubayr, Anisa, Husama va Shayma Rasulullohning sut qardoshlaridir. Sut opasi Shayma Hunayn muhorabasida asirga tushadi. Rasululloh uni tanigach, ozod etiladi.

Rasululloh olti yoshga to‘lgach, volidasi hazrati Omina joriya Ummu Ayman bilan birga Yasribga, tog‘alari Najjor o‘g‘illarinikiga yo‘l oldi. Najjor o‘g‘illari yonida bir oy qolishadi. U yerda kichik Muhammad suzishni o‘rgandi.

Bir hadisi sharifda Rasululloh bani Najjor suvida cho‘milganini aytganlar.

Qayd etilgan