Shohista Kamol qizi. Muhammad alayhissallomning bolalik va yoshliklari  ( 48247 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:32:09

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING FIJOR MUHORABASIDA ISHTIROK ETISHI

Milodiy 586 yil. Muhammad alayhissalom o‘n olti yoshda. Islomiyatdan avval Arabiston urushlardan boshi chiqmay qolgan edi. Fijor ana shu muhorabalardan biri bo‘lib, 580-590 yillarda harom oylarida (Muharram, Rajab, Zulqa’da, Zulhijja) bo‘lib o‘tganligi bois "œFijor muhorabasi", ya’ni "œHarom qilingan urush" nomini oldi.

Bani Kinona qabilasidan Barroz degan badaxloq kishining bani  Havozin qabilasidan Urva ibn Utbani o‘ldirishi oqibatida janjal chiqdi. Darg‘azab bo‘lgan bani Havozin qabilasi, albatta, o‘ch olishga qaror qildi. 587 yilda bu harb Ukkozda vujudga keldi. O’n ikki yoshli Muhammad (s.a.v.) bani Havozin tomonidan kelgan o‘qlarni amakilariga tashib berib turdi. Ammo shaxsan jangda ishtirok etmadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:33:55

Rasululloh bir hadisi sharifda: "œAmakilarimga o‘q olib kelib berardim", deganlar.

Suqayya bu haqda bahs yuritar ekan, Rasululloh Fijor muhorabasida shaxsan ishtirok qilmaganlar. Chunki bu paytda jang qiladigan yoshda emasdilar. Buning yana bir sababi urushning harom oylarga to‘g‘ri kelganligi hamda mushriklar o‘rtasida yuzaga kelganligidir, deb ta’kidlaydi. 

MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA

To azaldan oshiqman, bechoraman, so‘z berdim Sizga,
Shafoat qilgin lutf etib, men ojiz notavonga.
Husnu jamolingiz hayot berur oshiqlarga,
Siz oshiqlar sultonisiz, ko‘ngillarning sevgili jononi.


Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:37:00

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING  YAMAN SAFARIGA CHIQISHI

Milodiy 587 yil. Muhammad alayhissalom o‘n yetti yoshlarida. Qurayshiylar "œshita", ya’ni qish va "œsayf", ya’ni yoz mavsumlarida  Shomga, Yamanga  karvon bilan tijorat safariga borishardi. Bu haqda Qur’oni karimda shunday buyuriladi:

"œLi iylafi qurayshin iyla fihim rihlatashshita’i vassoyf".
"œQurayshga oson qilib qo‘yilgani — ularga qish va yoz safari oson qilib qo‘yilgani uchungina. Ular mana shu Uyning Parvardigoriga ibodat qilsinlar!" (Quraysh surasi, 1, 2, 3-oyatlar).

Rasululloh (s.a.v.) yoz safariga amakisi Abu Tolib bilan borgan edi. Qishda boshqa amakilari bilan Yamanga boradigan bo‘ldilar. Safar davomida ko‘rilgan g‘aroyibotlar haqida amakisi Abu Zubayr shunday hikoya qiladi:

— Yaman yo‘lida bir vodiyga yaqinlashganimizda karvondagi bir erkak tuya  har tomonga tashlanib, hech kimni o‘ziga yaqinlashtirmay qo‘ydi. Hamma uni quturgan deb o‘yladi.  Inimning o‘g‘li Muhammad darhol tuyasidan tushib, o‘sha tuyaga yaqinlashdi. Bunga ishonish qiyin edi — hozirgina o‘zini har tomonga tashlayotgan tuya o‘z-o‘zidan jiyanimga itoat etdi. Buni ko‘rganlar hayratga tushdilar. Kelajakda Muhammadning (s.a.v.) nomi va shoni ulug‘ bo‘lishini ta’kidladilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:37:20

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING  QO’Y BOQISHI

Milodiy 590 yil. Muhammad alayhissalom 20 yoshda.

Bu paytlarda Rasululloh amakisi Abu Tolibning qo‘y-qo‘zilarini Jiyod tog‘i orqasida o‘tlatib yurardi.

“Sahihi Buxoriy”da kelgan rivoyatga ko‘ra, bir kuni Rasululloh sahobalariga: “Hech bir nabiy yo‘qki, poda boqmagan bo‘lsin”, – deya marhamat qiladilar.

Sahobalar: “Yo Rasululloh, siz ham poda boqqanmisiz? – deb so‘rashganda”: “Ha, qo‘ylarni toqqa olib chiqib o‘tlatardim”, deb javob berdilar.

Bir frantsuz tarixchisi bu haqda yanglish bayon qilib, Abu Tolib Muhammadni haqir ko‘rganligidan qo‘ylarini boqtirar edi, deb yozadi. Holbuki, o‘sha davrning udumiga ko‘ra butun quraysh aslzodalarining farzandlari o‘z qo‘ylarini boqishar edi.

“Taboqat” asarida yozilishicha, Rasululloh bir kuni sahobalari bilan qirda kezar edilar. Sahobalardan biri u yerdan bir qora tut topib Rasulullohga keltirdi. Rasululloh tutlarni og‘ziga solar ekan:

– Bu tut qanchalik qoraysa, shunchalik shirin bo‘ladi, men buni qo‘y boqib yurgan kezlarimdan bilaman, dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:39:12

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING HILFUL FUZULDA ISHTIROK ETISHI

Milodiy 592 yil. Muhammad alayhissalom 22 yoshda.

"œHilful fuzul" — fazilatli kishilarning qasamyodi, degani. Bir necha yuz yillar oldin arab qabilalari o‘rtasida uch kishi — Fazl ibn Fazola, Fazl ibn Vadoa va Fazl ibn Horislar o‘rtasida haqsizlikka, adolatsizlik va zulmga qarshi bitim tuzilgan edi. Arablar orasida yaxshi nom qozongan ushbu bitim va ularning a’zolari yillar o‘tib unutila boshladi. To‘qqiz yil davom etgan Fijor muhorabasidan keyin Makkada huzursizlik, ishonchsizlik va zulm bosh ko‘tardi. Ayniqsa, shaharga kelgan musofirlar mahalliy tajovuzlardan azob chekishardi. Ularning mol-mulki va hatto xotin-qizlariga ham tajovuz boshlangan edi. Mashhur shoir Xanzolani kuppa-kunduz kuni Makka ko‘chalarida talab ketishadi.

Ana shunday tajovuzlarning oldini olish maqsadida arab qabilalari yana bitim tuzadi. Haqsizlikka, adolatsizlikka, zulmga qarshi kurashish uchun qasamyod qiladi. Ular orasida endigina yigirmadan oshgan Muhammad alayhissalom ham bor edi. Rasululloh bu jamoaning faol a’zosi edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:39:52

Bir kuni bani Zayd qabilasidan bir savdogar Makkaga keladi. Umra uchun ehromga kirgan paytda Os ibn Voil degan kishi uning barcha mollarini tortib oladi. Savdogar Qubays tog‘iga chiqib, ko‘ylagini yirtib yig‘laydi. Masjidi Haramda o‘tirganlar uning gaplaridan ta’sirlanishadi. Oralarida eng yoshi ulug‘i bo‘lgan Abdulloh ibn Jud’onning uyida to‘planib, o‘sha yerda bu masalani darhol hal etishni kelishib olishadi. U yerda xoh u musofir bo‘lsin, xoh makkalik mazlumlarni himoya qilishga Alloh nomi bilan ont ichishadi. Os ibn Voildan boyagi savdogarning mollarini qaytarib olib berishadi.

Oradan   yillar o‘tsa ham Rasululloh o‘sha bitimni unutmadi. Bir kuni birodarlariga shunday hikoya qilib berdi:

— Abdulloh ibn Jud’onning uyida bo‘lgan bir ahdlashuvda ishtirok etdim. Bunday sharafdan voz kechish evaziga dunyoning eng go‘zal ne’matlarini bersalar ham, aslo rozi bo‘lmasdim. Islom dini vujudga kelganidan keyin ham ana shunday ahdlashuvga taklif etsalar, sira ikkilanib o‘tirmasdan borardim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:40:25

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING HADICHANING KARVONIGA BOSHCHILIK  QILISHI

Milodiy 594 yil. Muhammad alayhissalom 24 yoshda.

Qurayshiylar yoz va qish mavsumlarida tijorat bilan mashg‘ul bo‘lishardi. Makkadan Shomga, Yamanga karvon yo‘l olardi. Huvaylidning qizi Hadicha boshqa misrliklar kabi Shomga yuborayotgan karvoniga karvonboshilik qilish uchun ishonchli odam qidirardi. U 24 yoshli "œAl-amin" deb tanilgan Muhammadga bu vazifani taklif etdi.

"œEy Muhammad, sen haqingda ko‘p yaxshi gaplar eshitdim. To‘g‘ri, durust inson ekanliging barchaga ma’lum. Qulim Maysara bilan mening karvonimga boshchilik qilishingni istardim. Agar taklifimga rozi bo‘lsang, boshqalarga nisbatan ikki hissa ko‘p haq beraman. Sen ham bundan  istifoda etasan.

Muhammad alayhissalom amakisi bilan maslahatlashishi lozimligini agar rozi bo‘lsa, karvonboshi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Abu Tolib:

— Bu Alloh yuborgan bir ne’matdir, Ey Muhammad, uni qabul qilgin, — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:41:14

Shomga yo‘l olgan karvonda Hadichaning qarindoshlaridan Huzayma ibn Hakim, qurayshlarning bir qancha savdogarlari hamda Hadichaning sodiq quli Maysara bor edi. Karvon Busraga yaqinlashdi. Bu paytda rohib Buhayra allaqachon dunyodan o‘tib ketgan, uning o‘rniga Nastura ismli rohib kelgan edi. Kelib-ketib yurganligi bois Maysara Nasturani yaxshi bilardi. Nastura Maysaradan karvonboshi kimligini bilgach, u bilan ko‘rishish istagini aytdi. Rasululloh bilan ko‘rishgach, u ham Buhayra kabi muhri nubuvvatni ko‘rdi. So‘ng Maysaraga qarab shunday dedi:

— Ey Maysara, bu zot Hazrati Iyso xabar bergan oxir zamon nabiysidir. Aslo Shomga bora ko‘rmanglar. Yahudiylar uni tanib, xiyonat qilishlari mumkin.

Muhammad alayhissalom mollarini Busrada sotib orqaga qaytdi. Karvon Makkaga yaqinlashganda makkalik xotinlar karvonning kelishini kuzatib turishardi. Havo juda issiq. Rasulullohning tepasida ikkita katta qush qanot yozib, uni quyoshdan pana qilib turganini hayrat bilan tomosha qilishdi. Maysara Muhammad alayhissalomdan, savdoning fayzu barakali, boshqa yillarga qaraganda daromadli bo‘lganidan Hadichani xabardor qilar ekan, Nasturaning gaplarini eslab, Rasulullohga bo‘lgan hurmat va hayratini yashira olmadi. Hadicha Maysaraning gaplarini diqqat bilan tingladi. Endi yanada ko‘proq haq to‘lash sharti bilan bo‘lsa-da, Muhammad ibn Abdullohni keyingi safarga ko‘ndirishni niyat qilib qo‘ydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:41:43

MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA

Nazar qil yo Rasululloh faqirning holiga bir bor,
Sening ishqing yoqdi meni dunyoni ko‘zim ko‘rmas.
Karimsan yo Rasululloh, karam faqat senga loyiq,
Qusurim parda bo‘lmish visolinga, qo‘lim tegmas.
Sening madhing istar ko‘nglim yo Rasululloh,
Sening maddohing Allohdir, mening madhga kuchim yetmas.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:42:31

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING HAZRATI HADICHAGA UYLANISHI

Milodiy 595 yil. Muhammad alayhissalom 25 yoshda.

Qur’oni karimda shunday deyiladi:
"œVavajadaka ‘aailan fa ag‘na"
("œUl zot sizni kambag‘al holda topib, boy qilib qo‘ydi-ku!"). (Vaz-zuho surasi, 8-oyat)

Mufassirlar bu oyatni Habibim, Rabbim seni faqir topdi, so‘ng Hadichaning moli bilan boy qildi, tarzida tafsir qilishadi.

Muhammadning (s.a.v.) allaqachon uylanish vaqti kelgan edi. Bir kuni Abu Tolibning singlisi Otika  akasiga:

— Muhammadni (s.a.v.) uylaydigan vaqt keldi, bir chorasini topib uylantiring, — dedi.

— Ey Otika, gaping to‘g‘ri, bir ilojini qilib uni uylantirmasak bo‘lmaydi. Ishlarim ham teskari ketgan, qo‘li kaltalik qursin, — dedi.

— Huvaylidning qizi Hadicha beva bo‘lsa-da, to‘g‘ri, axloqi go‘zal va diyonatli xotin. Makka aslzodalari qancha so‘rattirishmasin boshqa turmush qurmadi. Uning Muhammadga (s.a.v.) ko‘ngli borga o‘xshaydi. O’rtaga odam qo‘yib, unga bir taklif qilib ko‘raylik-chi, nima der ekan?

Qayd etilgan