So'rovnoma

Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini xohlaysizmi?


Shart. Bu forum sifatini oshiradi.
Shart emas. Adabiy tilda fikrni bayon qilish qiyinroq.
Kerak emas. Menga o`zimning shevam yoqadi.
Yaxshisi, forumda fikr yozish uchun yangi qoida kiritilishi kerak(qisqartmalar va h.k.).
Men aniq fikr aytolmayman.


Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.  ( 30052 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


MaxCmd  17 Mart 2008, 12:14:41

Tasanno, Abdusalom!

Jakonda, iltimos, ko`pchilikning ensasini qotiravermang.
Ko`chada kimdir odamlar orasida so`kinsa, qanchalik xunuk eshitiladi? Lekin o`sha kimdir o`zining o`rtoqlari oldida so`kinsa, o`rtoqlari bunga e'tibor ham berishmaydi.

Ko`pchilik orasida ko`pchilikka hurmat bilan qarash kerak. Aytayotgan(yoki yozayotgan) gaplaringizni avvaldan o`ylaganingiz ma'qul. Bu yer sizning dugonalaringiz davrasi emaski, SIZ xohlaganingizdek ish tutsangiz.
Fikrimni to`g`ri tushunishingizga umidvorman.

Hurmat bilan.

Qayd etilgan


Usmoniy  21 Mart 2008, 20:12:32

Shart deb belgiladim.
Lekin eng avvalo forumga o'zbek adabiy tili, imlo qoidalari va so'zlarning imlosi haqida maxsus bo'lim qo'shilsa yaxshiroq bo'lar edi. (Ayniqsa o'zbekchani yaxshi bilmaganlar uchun. :) )

Bitta ilova: O'zbeklar shevalarni "til"daqa ko'radi. Shu bois ham yozuvda adabiy tilni saqlash zarur degan fikrga keldim.

Qayd etilgan


MaxCmd  23 Mart 2008, 14:45:44

Xullas, Jakonda, iltimos, bu borada bahslashmaylik.

Ko`pchilikning fikriga quloq solganingiz ma'qul.
So`rovnoma natijalariga e'tibor bering.

Hurmat bilan.

Qayd etilgan


Jakonda  23 Mart 2008, 18:40:10


"til"daqa
Boshqala shevada yozsa,man indamimanu. Nega maniki hammaga ko'rinadi,a? Yo faqat Toshkent shevasini sheva, viloyatlanikini adabiy dib o'ylislami?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  24 Mart 2008, 10:52:34


"til"daqa
Boshqala shevada yozsa,man indamimanu. Nega maniki hammaga ko'rinadi,a? Yo faqat Toshkent shevasini sheva, viloyatlanikini adabiy dib o'ylislami?

Adabiy til baribir rasmiy,erkin fikrlash va mustaqil muhitni yaratish u-n o'z shevamizda yozganimiz maqqul. bu mani fikrim.

Hammasi sizning mana shu postingizdan so'ng boshlandi. Qolgan shevada post qoldirayotganlar bu mavzuga qarshi chiqishgani yo'q. Ular adabiy tilda yozishmayotgan bo'lsa ham, lekin har xolda o'z "xato"larini tushunib yetishmoqda. Siz esa....

Iqtibos
Yo faqat Toshkent shevasini sheva, viloyatlanikini adabiy dib o'ylislami?

Hech kim menimcha bunaqa fikrni izhor etgani yo'q.

Iltimos, yozma va og'zaki tilni aralashtirmaylik.

Hech bo'lmasa imkon qadar imlo qoidalariga rioya qilaylik. (P/S: Albatta buni 100% iloji bo'lmasa ham)

Qayd etilgan


Jakonda  24 Mart 2008, 16:51:51

O'zimam afsusdaman boshida shu mavzuda post qoldirganimdan.Bekorga gap talashish,asabbuzarlik.Nima bo'lganda ham  gaplarim uchun uzr. Bilib-bilmay o'zim haqimda noto'g'ri tasavvur uyg'otdim.
Sizlar adabiy tilda yozishaylik deyotganingizdan maqsad adabiy tilimizning yo'qolib ketishiga qarshiligingiz bo'lsa kerak,Umuman olganda, ona tilimizda to'g'ri yozish,imloviy hatolar qilmaslik,uslublarni chalkashtirmaslik haqida qayg'uryapsizlar.Bu to'g'ri albatta.Lekin men o'zimning fikrimni tasdiqlashga urungan narsa sizlar men bu yerga adabiy til me'yorlariga amal qilib yozmaganim uchun meni o'zbek tilidan behabar deb o'ylayapsizlar.
Endi sizlarga bir boshidan gapiray.Maqtanchoqlikka yo'ymang,bu menga kerak emas.
O'qishga kirish uchun tayyorlov kursiga qatnab, gumanitar(ijtimoiy) yo'nalishida tahsil olganman.Kursimiz qonuniyatiga ko'ra, 4 ta fandan 1 tasdangina o'qishga kira olmasa, to'lagan pulining ma'lum foizini qaytarib beradigan,to'g'rirog'i shu fandan to'liq test yecha olishi uchun kafolat qog'ozi berilar edi. Menga  4 fanning ichida "ona tili"dan shunday qog'oz berilgan.shukurki, uni ishlatishga zarurat bo'lmadi. Kirish imtihonidan eng baland ballni "ona tili va adabiyoti"dan to'plaganman.
Tahsil oladigan joyim Jahon tillari universiteti,Xalqaro jurnalistika fakulteti. Men o'z maqolalarim bilan gazeta-jurnal, saytlarda qatnashib turaman. Bilish qiyin emasdir, maqola adabiy tilda yoziladi. Hech qiyinchiliksiz adabiy tilda maqola yozaman.
Press-konferensilyalarga borib,jurnalist sifatida savol berish kerak bo'lsa, to'siqsiz adabiy tildan foydalanaman.
Seminarlar, ilmiy anjumanlar, rasmiy bahs-munozara, debat klublar, hullas shunga o'xshash davralarda nutq so'zlash kerak bo'lsa, faqat adabiy tilni qo'llayman.
Men adabiy til bilan yashayman, uni kerak bo'lsa har kuni "iste'mol" qilaman.
Ammo do'stlar davrasi, oila, forumlarda shevada gapiraman va yozaman. Balki bu ham noto'g'ridir, ammo insonga (jurnalist bo'lganim uchun erkinlik tanqisligini o'zingiz tushunib oling) o'z bilganicha yashash huzur bag'ishlaydi.
Yana kim biladi deysiz...

(ho'sh, adabiy tilda post qoldirish menga yarashar ekanmi? Keyingi postlar uchun uzr so'rayman, chunki ular shevada bo'ladi,azizlarim!)

Qayd etilgan



saraton07  26 May 2008, 14:08:49

Man Shart. Bu forum sifatini oshiradi ga ovoz berdim.
Ha , aytgincha, ruscha terminlarda foydalanmasak,nima deysizlar?
 Yoki to'liq ruschada, yoki to'liq o'zbekchada yozish kerak manimcha.
Dopustim , isklyucheno,  naaborot, za to atamalarining o'zbekcha tarjimalari borku. Bu kabi holatlar postlarni  chiroyini buzadi deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  26 May 2008, 14:46:07

Бундан кейин форумда русча ссзларни аралаштириш вапс‰е йсқ қилинсин. :)))
А усча ссзларни аралаштирганларга строгий виговор берилсин :)))

Қспол имло хатоларига иложи борича йсл қсйилмасин, (шошилинч пост ёзиб ҳарфларни тушириб кетадиганлар исключено :))))



Qayd etilgan


utkiriy  30 May 2008, 11:23:20

Xamma o'zining shevasida gapirsa Xorazm, Korakalpoq o'zining shevasida gapirsa boshqa  forumdoshlar  umuman  tushunmaydi, shuning uchun toza adabiy tilda gapirsa yaxshi bo'lsa kerak.

Qayd etilgan