Assalomu alaykum!
Manimcha bu so'rovnomaga diyarli hamma adabiy tilda yozish shart deb javob bergan. Forumga a'zo bo'ladigan har bir kishi adabiy til qoidalaridan bohabar bo'lganida, hech kim texnik xatoga yo'l qo'ymaganida va hamma a'zolar ham o'zbek bo'lganlarida men ham adabiy tilda yozishlari shart deb javob bergan bo'lardim. To'g'risi, men ham adabiy tilda yozishga harakat qilaman, garchi buning sababi nafaqat forum qoidalariga bo'ysunish balki tilni esdan chiqarmaslik bo'lsada. Men bu savolga agar shunaqa band bo'lganida "shart"ning kuchini biroz pasaytirib "tavsiya" qilamiz degan bo'lardim. Chunki, qoldirilgan postlarni o'qib chiqdim, ba'zi "adabiychilar"ning postlarida beshdan ortiq xatolarni uchratish mumkin. Manimcha bu yo'nalishda bir mavzu ochib, ko'p xato yoziladigan so'zlarni kiritib borish kerak. Masalan ko'pchilik imonni iymon, afvni avf, xonani hona, haromni xarom, ixlosni ihlos deyishadi. Bunaqa misollarni yuzlab keltirish mumkin. Vallohu a'lam.