tortishgandan nima foyda, boshqalarga ham tushunarli bo'lsa shevada yozsa nima farqi bor?! umuman olganda, xozir tortishganlariz bilan hamma ham adabiy tilda yozadigan bo'midi, hamma o'zi xoxlaganidek yozuradi barbir. shu uchun bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. bundan oldingi tortishuvlar ham mavzu yopilishi bilan tugardi, aks holda davom etaveradi
Farqi bor.
Birinchidan, adabiy til barcha uchun tushunarli, shevada esa tushunmjaydigan jihatlar bo'lishi mumkin.
Ikkinchidan, adabiy til - milliy tilimizning ko'rki, eng go'zal namunasi, uni sheva, sleng yoki zamonaviy so'zlashish tillarida ifoda etish - go'zal insonga yirtiq-yamoq kiyim kiygizishga o'xshaydi.
Uchinchidan, biz shevaga qarshi emasmiz, mayli o'z shevangizni yo'qotmang. Ana, forumning maxsus "Yurtdoshlar" bo'limi bor. Shu yerga kirib miriqib gaplashishingiz mumkin.