Forumning "bir kam"lari  ( 7462 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


MaxCmd  05 Mart 2008, 00:24:37

Assalomu alaykum, forumdoshlar.

Ushbu mavzuda forumdagi "kechikkan", "ilgarilab ketgan", "chetlashgan", "haddidan oshgan", "mavzudan tashqari" va hokazo shunga o`xshash "fazilat"larga ega xabarlarni tatbiq, tanqid va mulohaza qilishni tavsiya qilaman.

Iltimos, ushbu mavzuga mavzudan tashqari gaplar yozilmasin.

Hurmat bilan.

Qayd etilgan


MaxCmd  05 Mart 2008, 01:14:29

Boshidan boshlayman. Ko`p mavzulardagi muammo - sheva.
Quyidagi mavzularning "sarlavha"lariga e'tibor bering:

Yuqoridagi kabi misollarni ko`p keltirish mumkin.

Eng achinarlisi esa... Hurmatli Muattar "Bugungi kunda tilimizning saviyasi qanday darajada???" nomli mavzu ochgan ekanlar. Bu mavzuning bayoniga to`xtalib o`tirmayman. Lekin, shu mavzuga yozilgan birinchi fikrni esa, keltirmasdan ilojim yo`q(Nodi meni to`g`ri tushunsinlar):
Iqtibos
Sizga ham salom!
Ramazon ayyomi sizga ham qutlug' bo'lsin!
gaplaringizga qo'shilaman.
Taraqqiyotning kuchayishi bilan tilimizga e'tibor ham susaymoqda.
Bir tomondan tilimiz yengi so'zlar bilan boyivotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan keresiz har xil narsalar qo'shilib borvotti.
Masalan, yoshla orasi "Hello, Hi, OK" kabi ingliz so'zlari urf bo'lgan.
undan ko'ra o'zimizani chiroyli so'zlarimiz bor-ku, masalan:
"hi"ni o'rniga "Salom"
"OK"ni o'rniga "yaxshi" va h.

Menimcha, izohlashga hojat yo`q(http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=745.msg18841#msg18841).

Men shevani qoralamayman. Bu ham o`ziga xoslik. Buni ham yaxshi, yomon tomonlari bor. Lekin, ko`chada bemalol, o`rtoqlar, tanishlar, yaqinlar, qarindoshlar davrasida bemalol. Lekin bu yer - forum. Bu yerda tez yozish ham shart emas. Bemalol mulohaza bilan yoza oladi, odam. Hammamiz ham 25$ qancha so`m bo`lishini hisoblay olamiz. Chunki, Matematika degan fan o`tilgan maktabda. Lekin, hammamiz ham maktabda insho, diktant yozganmiz. "Ona tili"(!) nomli(eslaysizmi) dars o`tilgan. Hech qaysi sheva adabiy tilga to`liq javob bermaydi, lekin forumning asosiy a'zolari ("Islom" bo`limiga e'tiboringizni qarating) yozishyaptiku?

Xullas, forumdagi "bir kam" ni yoritishga harakat qildim. Qolgan kamlari esa, sizlardan, forumdosh.

Hurmat bilan.

Qayd etilgan


Rukhiya  05 Mart 2008, 01:44:45

Assalom alaykum!
Man ham o'z fikrimi bildirmoqchiman. Asosan bu yangi a'zolarimizga tegishli. Iltimos qo'yida yozadigan gaplarimga hafa bo'lmanglar. Albatta biz yangi a'zolarni ayblash maqsadida aytmaymiz gaplarimizni, ularni ham tushunamiz yangi hali ko'nikishmagan bu forumni qoidalariga.


AbdulAzizdan agar ma'qul ko'rsiz shunaqa yangi (foydasiz) mavzularni o'chirib yuborsak. Mavzuni qulflab qo'ygandan ko'ra o'chirgan yaxshimikin deb o'ylayman. Qulf bo'lsa ham odamni fikrini chalg'itadi. Qiziqib kirib ko'radi. Biz shunday qilishimiz kerak-ki, umuman hammamiz vaqtni bekor sarflamaslik uchun  yo'llarni to'sishimiz kk.

Ya'na bir taklif bunga hamma o'z fikrini bildiradi deb umid qilaman. Manimcha   Mandan oldingi odam! Forumchilarga ta'rif mavzusini qulflasak ham bo'lar edi. Hammamiz bir birimizga necha marotalab tarif berib bo'ldik. Takror va takror berishimiz joizmikin? Statistikada ham (umumiy bo'lim) shu mavzular eng yuqorida . Bu degani asosiy vaqt shunga ketyapdi degani emasmikin?
 Boshqalarni fikri ham biz uchun qadrli, sizlarninig ham fikrilarni kutib qolamiz!


Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Mart 2008, 07:57:35

Assalomu alaykum!
MaxCmd, tashakkur. Xayrli ishlaringizda Allohdan madad so'rayman.
Judayam muhim mavzuni ko'taribsiz.
Forumchilarimiz bu muammoga ham jiddiy e'tibor qaratadilar degan umiddaman.

Kecha men ham Forumdoshlar taklifi va tanqidi mavzusida forumning hozirgi holati haqida ba'zi fikr va tanqidlarimni bayon qilgandim.
Inshaalloh, qilinayotgan hayrli amallar samarasini berajak.

Rukhiya, taklifingiz va xizmatingiz uchun tashakkur. Alloh rozi bo'lsin!
Menga PM orqali keraksiz va bartaraf etilishi zarur bo'lgan mavzular ro'yxatini bersangiz (agar erinmasangiz har bir bo'limni qarab chiqing). Men ularni ko'rib chiqib, siz aytgandek, ham muxlislarimizni xafa qilmaydigan tarzda bartaraf qilaman.

Mandan oldingi odam! Forumchilarga ta'rif mavzusi haqidagi taklifingizga men ham qo'shilaman. Agar forumchilar ham rozi bo'lsalar, bu mavzuni yopishimiz mumkin bo'ladi. Qilayotgan hayrli amallaringizda Allohdan matonat, rahmat so'rab qolaman.

Qayd etilgan


Margiloniy  20 Iyul 2010, 22:35:54

Boshidan boshlayman. Ko`p mavzulardagi muammo - sheva.
Quyidagi mavzularning "sarlavha"lariga e'tibor bering:

Yuqoridagi kabi misollarni ko`p keltirish mumkin.

Eng achinarlisi esa... Hurmatli Muattar "Bugungi kunda tilimizning saviyasi qanday darajada???" nomli mavzu ochgan ekanlar. Bu mavzuning bayoniga to`xtalib o`tirmayman. Lekin, shu mavzuga yozilgan birinchi fikrni esa, keltirmasdan ilojim yo`q(Nodi meni to`g`ri tushunsinlar):
Iqtibos
Sizga ham salom!
Ramazon ayyomi sizga ham qutlug' bo'lsin!
gaplaringizga qo'shilaman.
Taraqqiyotning kuchayishi bilan tilimizga e'tibor ham susaymoqda.
Bir tomondan tilimiz yengi so'zlar bilan boyivotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan keresiz har xil narsalar qo'shilib borvotti.
Masalan, yoshla orasi "Hello, Hi, OK" kabi ingliz so'zlari urf bo'lgan.
undan ko'ra o'zimizani chiroyli so'zlarimiz bor-ku, masalan:
"hi"ni o'rniga "Salom"
"OK"ni o'rniga "yaxshi" va h.

Menimcha, izohlashga hojat yo`q(http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=745.msg18841#msg18841).

Men shevani qoralamayman. Bu ham o`ziga xoslik. Buni ham yaxshi, yomon tomonlari bor. Lekin, ko`chada bemalol, o`rtoqlar, tanishlar, yaqinlar, qarindoshlar davrasida bemalol. Lekin bu yer - forum. Bu yerda tez yozish ham shart emas. Bemalol mulohaza bilan yoza oladi, odam. Hammamiz ham 25$ qancha so`m bo`lishini hisoblay olamiz. Chunki, Matematika degan fan o`tilgan maktabda. Lekin, hammamiz ham maktabda insho, diktant yozganmiz. "Ona tili"(!) nomli(eslaysizmi) dars o`tilgan. Hech qaysi sheva adabiy tilga to`liq javob bermaydi, lekin forumning asosiy a'zolari ("Islom" bo`limiga e'tiboringizni qarating) yozishyaptiku?

Xullas, forumdagi "bir kam" ni yoritishga harakat qildim. Qolgan kamlari esa, sizlardan, forumdosh.

Hurmat bilan.

Bu muammolarni bartaraf qilish uchun jiddiy e'tibor bilan yozishimiz ba'zilarimiz esa o'zbek tilini qaytadan o'rganishimiz kerak. Yaxshi mavzuda yaxshi muammolar ochiqlanishi boshlanib ko'p o'tmay nuqta qo'yilgan ekan...

Qayd etilgan


BelleQizcha  20 Iyul 2010, 23:47:48

Manimcha Bu narsani hech yomoni yo. masalan shaxsan man o'zim shevada yozaman va shevada yozilgan textla haqiqiy huddi osha odami ozigapirvotgan-de manga tuyuladi.  Biza khozir maktabda yokiy unversteda insho yozvotganmiza yo-ku nuqtalaru, vergullari notog'ri yozligan sozlarni hatollariga qaratsak. manimcha buni hech yomoni yo.Siladaka odamla borakan tilimiza yoqolib qomiydi. Hamma viloyatdi ozini shevasi bor. Shevada yozish oson va qiziqarli va jonli chiqadi. torisi MEN BU FIKRIMDAN KELIB CHIQQAN HOLDA SIZDAN UZUR SORIYMAN* diydigan gapla judayam kitobiyy korinadi va unreal tuyuladi. Yana ozila bilasila hammani ozini fikri bor osha fikirda nima bosayam turishi kere. fikrizi hurmat qilaman. BU mavzuyiz minan mani to'liq uzbekcha yozaydigan qib qoyimisiz. bobti zor mavzu buyursin!

Qayd etilgan


useruz  21 Iyul 2010, 08:59:59

Ba'zida odamni ataylab shevada yozgisi keladi.. Ba'zida siz aytmoqchi bo'lgan holatni to'la-to'kis ifoda etish uchun shevada yozishga to'g'ri keladi. Ayniqsa, Toshkent, Andijon, Xorazm shevalarini eshitib odam yayraydi. Albatta, forum jamoat joyi va imkon qadar adabiy til me'yorlariga rioya qilinadi. Lekin, sheva va grammatik xatolar - kechirilmaydigan xatolar emas. Hamma ham jurnalist emas. Ba'zida adabiy til qonun-qoidalariga to'la amal qilgan holda yozilgan zerikarli postdan, shevada va ayrim (stilistik) xatolar bilan yozilgan mazmunli post yaxshi.. Bu shaxsiy fikr, albatta.

Qayd etilgan


elnura  21 Iyul 2010, 23:22:45

Hamma narsani me`yorida bo`gani yaxshi, shevada yozish yomanamas ammo chunarliro bo`lishi kere,imlo xatolaga qarash yomanamasu lekin bunga u darajada jiddiy e`tibor berish keremas, toshkenlilaga qiyinro yozish chunki biza shevada gaplashamiz

Qayd etilgan


Ziyovuddin  22 Iyul 2010, 13:26:10

Hamma narsani me`yorida bo`gani yaxshi, shevada yozish yomanamas ammo chunarliro bo`lishi kere,imlo xatolaga qarash yomanamasu lekin bunga u darajada jiddiy e`tibor berish keremas, toshkenlilaga qiyinro yozish chunki biza shevada gaplashamiz
:as:
Misol uchun menga qiyin emas. Mavzularda ko'proq adabiy tildan foydalaningan yaxshi. Foydasi bor. Shevada yozishga kelsak, shunga tegishli mavzular bor. Yo'q bo'lsa viloyat bo'limlarida shunaqa mavzular ochib yozsa bo'ladi...

Qayd etilgan