Assalomu alaykum.
Men Ziyouz.com ning o`zini juda hurmat qilaman. Ziyouz.com ning forumini ham juda hurmat qilardim.
Afsuski, bu hurmatim biroz susayganday...
Balki, quyidagi mulohazalarim kimlargadir(!) yoqmas, lekin ular buni to`g`ri tushunishib, forumdagi keyingi faoliyatlarini sal rostlashlaridan umidvorman.
1. Forum bekorchi gap sotadigan joy emas. Ko`pchilik og`ziga kelgan gapni yozib, Ziyouz.com ning sha'niga dog` tushiryapti.
2. Forum chat emas. Siz yozayotgan xabarni bundan 10-20 yil o`tgandan keyin sizning farzandlaringiz o`qishi mumkin. Har bir xabar yozishdan oldin, chuqur mulohaza qilib yozishingizni so`rayman.
3. Forum sizning mahallangizdagi choyxona emas. Shuning uchun, millatimizning adabiy tiliga hurmat yuzasidan har bir xabaringizni adabiy tilda yozishga harakat qiling. Bu gapim, ko`proq toshkentlik forumdoshlarimizga taalluqli. Boshqa viloyat/tuman/shahar vakillari adabiy tilda yozishga harakat qilishadi.
4. Aynan bu forum yuzaki odamlar uchun emas. Unda oldi-qochdi, bachkana, bemaza mavzularni ko`tarmaslikni so`rayman.
5. Dinimiz hamma sohada bizga yo`lboshchidir. Shuning uchun, shariatdan tashqari narsalarga chorlovchi mavzularni ochishdan oldin, sal andisha qiling.
6. Iloji boricha, har bir mavzuni, mos bo`limda bayon qiling.
7. Agar savolingiz bo`lsa, forumdagi qidiruvdan foydalanib ko`ring. Sizdan oldin ham xuddi shu savolni berishgan bo`lishi mumkin.
Aziz forumdosh, sizning fikrlaringiz forum uchun qadrli. Men ushbu saytni, forumni do`stlarimga taklif qilaman doim. Niyatim - kelajakda, Alloh farzandlar, nabiralar bersa, ularni shu forum a'zosi sifatida ko`rish.
Iltimos, siz ham Ziyouz.com forumini hurmat qiling. Ziyouz.com ko`p yillar insonlarga ziyo ulashsin, iymonimizni mustahkam qilishda o`zining yetuk hissasini qo`shsin.
Iltimos, ushbu so`rovnomaga ham e'tibor bersangiz:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2273.0Umuman olganda, Ziyouz.com ning forumini "TOZA" holatda saqlash uchun o`zim bilgan narsalarni yozdim. Meni kimgadir xusumatim yo`q. Lekin, yuqoridagi gaplar tasdiqi sifatida, yangi mavzu ochdim.
Umidim, forum a'zolari va moderatorlari shu misollardan kerakli xulosalarni chiqarib olishadi.
Mavzuni umumiy bo`limda ochishga qaror qildim, chunki, bu forumning taqdiri.
Forumning "bir kam"lariSo`nggi so`z o`rnida:
Hamma mavzular: 1874
Hamma xabarlar: 106016
Hamma ishtirokchilar: 1253
Hurmat bilan.