Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 59648 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 B


shoir  03 Noyabr 2007, 15:07:23

Soatsoz uh tortdi. "œMen katta xato qilib qo‘ydim. Oxirgi marta zamonga sayohat qilganimda, zamon gardishini ham o‘zim bilan olib ketishim kerak edi. Shuning uchun ataylab qaytib kelgandim, biroq u joyida emas ekan. Tushunyapsanmi: uni men ixtiro qilganman. Demak, uning javobgarligi ham mening zimmamda. Chunki har kim o‘z ixtirosi uchun o‘zi javobgar". U stol yoniga o‘tirdi va dedi: "œBuning ustiga endi qaytib kelolmayman. Boshqa zamonga judayam o‘rganib qoldim".
"œMeni shu yerda kutib turing! Xo‘pmi? Men hoziroq qaytib kelaman", - dedi Anton.
"œYaxshi, - boshini quyi soldi soatsoz. — Sen kelganingcha men ikkalamizga choy qaynatib turaman".
Anton uyiga yugurib bordi va karavotining tagidan zamon gardishini chiqardi.
Anton qaytib kelgach, soatsoz ikki chashka choyni stolga qo‘ydi. Anton ham indamaygina zamon gardishini stolga qo‘ydi. Keyin u uni qay holda va qayerdan topganini aytib berdi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 15:08:43

 "œZamonga sayohat qildingmi?" - so‘radi soatsoz vahimaga tushib.
"œOzgina, xolos, - tinchlantirdi Anton. — Endi hech qachon unday qilmayman: hech qachon. Ochig‘ini aytsam, bu narsadan qutulayotganimdan o‘zim ham juda xursandman".
"œBu safar men uni olib ketaman, - dedi soatsoz. - Ammo buning evaziga senga esdalik uchun bir narsa bermoqchiman". U ko‘p qutilarning ichini titkilab, nihoyat izlagan narsasini topganday bo‘ldi.
"œAjdodlarimdan biri olim va tabib bo‘lgan. Shunisi hayratlanarli-ki, o‘shanda ular uni jodugarlikda ayblamaganlar. Mana bu narsa unga tegishli, endi esa seniki bo‘ladi. U Antonga oq billurni uzatdi. Antonning barmoqlari muzdek sirt va burchaklar ustida yopildi. U undan o‘ziga qandaydir g‘ayritabiiy quvvat o‘tayotganini his qildi.
Anton hecham ikkilanmadi: bu o‘sha billur edi.

Nemis tilidan Odiljon Safarov tarjimasi.
© Copyright Odiljon Safarov


Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2009, 07:29:20

Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)



Muallif: Edith Shrayber Vike
Hajmi: 127 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan