Muallif Mavzu: QASHQADARYO tarixi.  ( 29629 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
QASHQADARYO tarixi.
« : 06 Mart 2008, 18:04:11 »
MILODDAN AVVALGI BIRINCHI MING YILLIKDAN MILODNING OLTINCHI ASRIGACHA BO'LGAN DAVRDA KSENIPPA - NAXSHAB SHAHRINING GENEZISI VA RIVOJLANISHI

 
 
Miloddan avvalgi II mingyillik oxiri va I ming yillik boshlari O'rta Osiyoda qabila va xalqlarning keng ko'lamli ko'chishi, ilk temir davrining boshlanish davri bo'lgani bilan e'tiborlidir.

Bu davrda O'rta Osiyoning asosiy tarixiy-madaniy hududlari - Baqtriya, Marg'iyona, So'g'd, Xorazm shakllangan. Bu davrda ushbu mintaqada dastlabki shaharlar - dehqonchilik vohalarining markazlari paydo bo'ladi, ilk davlatlar tashkil topadi. Shu davrdan boshlab O'rta Osiyoda shahar madaniyati uzluksiz, jadal sur'atlar bilan rivojlanib boradi.

Sirdaryo va Amudaryo oralig'ida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida qadimgi so'g'd elati va o'troq dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Qashqadaryoda miloddan avvalgi birinchi asrning boshidan ikkita asosiy voha - Qarshi va Shahrisabz vohalari shakllanadi. Aleksandr Makedonskiy bilan birga yurtimizga kelgan yunon tarixchilari milodning IV asri oxirida Qashqadaryo vodiysidagi ikkita tarixiy-madaniy viloyat - Nautaka va Nikshapani eslab o'tishadi.

Qarshi vohasining qadimiy poytaxti - Yerqo'rg'on shahristoni hozirgi Qarshi shahri Shayxali mahallasidan 2 kilometr shimolda joylashgan tuproq qal'a bo'lgan. Yerqo'rg'on 50-60-yillarda dastavval S.Kabanov va M.Masson tomonidan o'rganilgan. XX asrning 70-80-yillarida esa O'zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining ekspeditsiyasi tomonidan buerda ilmiy arxeologik tadqikotlar olib borilgan. Yerqo'rg'on hududi turli hajmdagi tepaliklar bilan qoplangan bo'lib, ular sobiq shahar vayronalaridir. Eng yirik tepalik hukmdor saroyi ekani aniqlangan. Shuningdek, qazuv ishlari davomida shahar butxonasi, maqbara, zardushtiylik dahmasi, hunarmandlar mahallalari topilgan. Yerqo'rg'ondagi shahar taxminan VI asrning ikkinchi yarmida Turk xokonligi va Sosoniylarning birlashgan kuchlari tomonidan eftalitlar davlatini yakson qilish paytida vayron qilingan.

Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o'rtalarida shahar kengayib boradi. U 35 gektarlik maydonni egallaydi. Taxminan miloddan avvalgi VI asrda qurilgan yangi mudofaa devorining balandligi 8 metr, poydevori 3 metr kenglikda bo'lgan. U shaharni sak chavandozlaridan himoya kilgan. Vaqt o'tishi bilan u bir necha marta ta'mirlangan va kengaytirilgan, IV asrning o'rtalariga kelib, uning qalinligi 20 metrgaetgan.

Miloddan avvalgi III-II asrlarda Yerqo'rg'on o'rnidagi shahar rivojlanib borgan, buni arxeologik topilmalar tasdiklaydi. Jumladan, sopol buyumlarning shakli o'zgara boshlagan. Bular nafis jomlar, ovqat solinadigan idishlar, laganlardir, ayni paytda bu davrda vohada koroplastika san'ati vujudga kela boshlaydi. Bu davrdagi noyob terrakota rasmlar va bezaklar ellincha usulda yasalgan. Qazilmalar mobaynida topilgan momaqaldiroq xudosi Zevs tasviri tushirilgan miloddan avvalgi V-IV asrlarga mansub etruskcha gemmaintaliya ham shu davrga oiddir. Soqolli yalang'och mavjudot yarim burilgan holda chap qo'lida Zevsning hamrohi - burgut qo'ngan asoni ushlab turgan tarzda tasvirlangan.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #1 : 06 Mart 2008, 18:04:37 »
Miloddan avvalgi II asrning birinchi yarmida Qarshi vohasi Sharqiy Orolbo'yi hududidan chiqqan saklar sulolasi hukmronligi ostida kolgan. Usha davrda Yerqo'rg'ondan 15 kilometr janubda qal'a shaklidagi yangi shahar - Qal'ai Zahhoki Moron barpo etilgan. U yagona arxitektura inshooti sifatida qurilgan. Uning markazida tomonlari yuzga yuz metr bo'lgan, 15 metrgacha balandlikdagi ulkan minora joylashgan. Ushbu inshootni uch kator devor kurshab olgan.

Qal'ai Zahhoki Moron va uning o'n metr qalinlikdagi devorlari Yerqo'rg'on kabi bir necha marotaba qayta qurilgan. Devor tarkibini o'rganish ularning eng dastlabkilari miloddan avvalgi II-I asrlarga mansubligini ko'rsatdi. Milodning IV-V asrlarida shahristonni qayta tiklash paytida devor ichidagi yo'laklar barpo etilgan. Milodning VIII asriga kelib shaharning asosiy qismida hech kim yashamay ko'ygan, markaziy minoraning tepasida kichik qo'rg'on bunyod etilgan.

Miloddan avvalgi dastlabki asrlarda Yerqo'rg'on o'rnidagi shahar kengaytirilgan hamda deyarli 150 gektarlik maydonni qamrab oluvchi tashqi devor bilan o'ralgan.

Yerqo'rg'onning tashqi devori ichki yo'lkalari bor mustahkam mudofaa inshooti bo'lib, uning hududida har 60 metrdan so'ng minoralar o'rnatilgan.

Miloddan avvalgi II-I asrlarda Yerqo'rg'onning ichki shahrida VIII-VII asrlarga mansub eng qadimgi devor xarobalari o'rnida kulollar mavzesi barpo etilgan, tashqi shaharda esa - Samarqand tomonga olib boruvchi qadimgi yo'l yoqasida - temirchilar mavzesi bo'lib, ular shahar VI asrda vayron bo'lguncha mavjud bo'lgan.

 
Yerqo'rg'onning bu davrga oid sopol idishlari ko'pincha qo'ng'iroqsimon oyoqli nafis jomlar sifatida ishlangan. Idishlar bilan bir katorda kulolchilik ustaxonalarida turli ma'budalar, harbiylar, otliqlar, shuningdek, ot, qo'y, echki, kamdan-kam holatda esa yovvoyi yirtqich hayvonlar haykalchalari yasalgan.

Qazilgan madaniy qatlamlarni o'rganish davomida shu narsa ayon bo'ldiki, Yerqo'rg'onda faol bunyodkorlik ishlari milodning III asrigacha davom etgan.

Yerqo'rg'on-Naxshabning yangi rivojlanish davri milodning III-IV asriga to'g'ri keladi. Bu davrda yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan, shahar ibodatxonasining muhtasham binosi, hukmdor saroyi, maqbara binolari barpo etilgan, tashqi va ichki mudofaa dsvorlari tubdan ta'mirlangan, kulollar va temirchilar mavzelari kengaytirilgan.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #2 : 06 Mart 2008, 18:05:04 »
Xioniylar va eftalitlar davri - IV-VI asrlarda Yerqo'rg'on Markaziy Osiyoning eng yirik va gullab-yashnagan shaharlaridan biri bo'lgan. Poytaxt shahar atrofida keng ko'lamli qurilmalar aglomeratsiyasi qaror topgan. Shahar infratuzilmasi alohida tarmoqlarga birlashgan murakkab tusga ega bo'lgan. Ko'chalar ibodatxonaga, saroy va makbaraga olib borgan.

 
III-IV asrlarda Yerqo'rg'on ikki qavat baland devor bilan o'ralgan bo'lib, diniy marosimlar o'tadigan monumental binolarni o'z ichiga olgan. Ular shahar jamoatchiligi hayotida hududiy belgilar sifatida xizmat qilgan, vazifasiga ko'ra ma'muriy, diniy marosimlar o'tadigan joy va mudofaa markazi rolini o'tagan.

Yerqo'rg'onning kulollar va temirchilar mavzelarining so'nggi ustki qatlamiga ko'ra, milodning V asrida shaharda yong'in va haloqat sodir bo'lgan, keyinchalik hayot yana o'z iziga tushgan. Milodning VI asrida shahar butkul vayron bo'lgan, bu hol Turk xoqonligi va Eron Sosoniylarining birlashgan harbiy koalitsiyasi hujumi ostida Eftalitlar davlatiningemirilishi bilan bog'lik bo'lsa kerak.
Shundan so'ng milodning VI asri oxiri va VII asrning boshida shahriston ustida, bir paytlar yirik
kulollar mavzesi bo'lgan joyda kichik kulollar ko'rg'oni tiklangan. Shaharning huvillagan ibodatxonasidagi bir paytlar ilohiy ma'buda o'rnatilgan joyda to'g'ri burchakli otashkada o'rnatilgan. Ibodatxonaning ushbu so'nggi davri VII asrning o'rtalariga mansub Kesh tangasida ham o'z aksini topgan.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #3 : 06 Mart 2008, 18:05:43 »
NAXSHAB - NASAF - QARSHI O'RTA ASRLARDA
 
O'rta asrlarga kelib Qashqa vohasining yangi poytaxti qulay joyda - Qashqadaryoning chap qirg'og'i bo'ylab yastangan keng hududda shakllana boshladi. Daryo bu yerda sharqqa tomon yo'nalgan bo'lib, go'yo tekislikni uch tomondan qurshab olgandek tuyular edi.

 Bu shahar qoldiqlari hozirgi Qarshi shahridan 5 kilometr shimoli-g'arbda, Yerqo'rg'on qal'asidan 1,5 kilometr janubda joylashgan bo'lib, Shulluktepa shahristoni deb ataladi. Ilk o'rta asrlarda bu yerga qadimgi poytaxtdan zodagon va hunarmandlar - temirchilar, to'quvchi va quruvchilar ko'chib kelgan. VII-VIII asrlarda ularning ustaxonalari bosh qal'ani sharq va janubdan himoyalab, daryo qirg'og'igacha cho'zilgan va asta-sekin Qashqadaryoning chap qirg'og'idagi burilish joyini to'liq egallagan. Bu davrda qal'a devorlari jiddiy ravishda mudofaa ahamiyatini yo'qotadi. Shaharning ichki tuzilishi o'zgaradi. Shubhasiz, saroy - hukmdor taxti va xazina, qamoqxona va harbiy garnizon joylashgan inshoot uning tarkibiy qismi bo'lib qolavergan. Biroq X asr mualliflari istehkomlarni ta'riflar ekan, ularning nurab qolgani va hatto vayron bo'lganidan xabar beradi.
Jumladan, geograf olim Istaxriy shaharni qisqacha ta'riflagan.

Nasaf, Istaxriyning fikricha, bir paytlar vayron qilingan istehkom, rabot va to'rtta darvozaga ega bo'lgan. Shahar atrofi asosan lalmi dehkonchilikka ixtisoslashgan serunumerlar va ekinlarga boy bo'lgan. Daryoda muayyan paytda suv kamayib ketgani tufayli bog'rog'lar asosan quduklardan sug'orilgan.

Arxeologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, shahristonning mudofaa inshootlari VII-VIII asr-larda barpo etilgan. IX asrning oxiri va ayniqsa, X-XI asrlarda shahar ulkan hudud bo'yicha rivojlanib ketgan. U ko'proq sharqtomonga, Qashqadaryoning o'ng qirg'og'iga tomon o'sib borgan. Avvalgi davrlarda ilk shaharning sharqiy chegarasi hisoblangan daryo bu davrda janubdan shimolga tomon rabotning o'rtasidan o'tgan.

 
Agar shahriston va rabotning shimoliy kismini «Hukumat uyi» va zodagonlar hovlilari egalla-gan bo'lsa, uning asosiy qismi, ayniqsa, markaziy va janubiy hududlarini ko'plab hunarmandchilik mavzelari egallagan.

Temirchilar mavzelari daryo bo'ylab g'arbga tomon to istehkomgacha davom etgan va XIII asr boshlari-gacha mavjud bo'lgan. Ulardan janubda, temirchilik ustaxonalariga tutashgan holda, daryo sohili bo'ylab miskar ustalar va bronza quyuvchilar, zargarlar mavzelari joylashgan. Buerdan misni yakuniy tozalash ishlari bajariladigan ustaxona topilgan. Bu yerda mis qoldiqlari hamda metall quyish jarayoni bilan bog'liq belgilar ham uchraydi.

Shuningdek, sopol suv quvurlari, kuduq koldiqlari ham kuzatilgan. Ular buerda vaqt-vaqti bilan suv tanqisligi ro'y berib turganini yana bir bor eslatadi.
Temirdan yasalgan mehnat qurollari kurilish va duradgorlik ishlarida keng ko'llangan. Ehtimol, bu sohalar Nasafda keng rivojlangan bo'lsa kerak. Balki shaharning g'arbdagi darvozasi shu sababli «Najjorlik» deb atalgan.

Nasafda qadimdan mis va bronza kuyish jadal rivojlangan. Nasaf mehnat qurollari va bezak-lari orasida kimyogarlar tomonidan bronzaning oltita metallsozlik guruhi aniqlangan. Bu esa xom ashyoning xilma-xilligi, uni qo'llash usulla-rining rang-barangligi hamda nasaflik ustalar-ning ham Baktriya va So'g'dning degrezchi ustalari yutuqlaridan xabardorligini ko'rsatadi.

 
Qizildaryo' va uning o'zanlari havzasida polime-tallar - mis, qo'rg'oshin, temir kazish bo'yicha bir necha ochiq vaer osti konlari topilgan. Kumush konlari ham bor. Konlar 40 metr chukurlikkacha qazilgan.

Shunisi qiziqki, ayrim joylarda oxiriga-cha qazib tugatilmagan shaxtalar ham saqlangan. Ehtimol, qandaydir siyosiy voqealar bu ishlarni davom ettirishga imkon bermagan.

Temir rudasi XI-XII asrlarda Tutaka va Qizilsoy konlarida yirik hajmda qazib olingan, bu yerdagi o'n beshtacha qazilma orasida 0,7 kilometr maydondagi ulkan karer markaziy o'rinni egallaydi. Ruda shuerning o'zida boyitilgan va unga ishlov berilgan. Shu sababli daryo o'zani bo'ylab boyitish va metall qo'yish joylari va chiqindilar saqlanib qolgan ko'p dalalar bor. Buerda temir buyumlar, tozalanmagan mis, qo'rg'oshinli-kumushli quyilma olingan, so'nggi tozalash va ishlov berish ustalar tomonidan shahar markazlarida, birinchi navbat-da, Nasafning o'zida amalga oshirilgan.

Janubi-g'arbiy rabotda kulolchilik ustaxo-nalari ochilgan. Nasaf kulollari yuqori si-fatli maxsulot - sirlangan tovoq va laganlar, o'yma naqshli idishlar hamda sirli va o'ymakor naqshlarni birlashtirgan antika idishlar ishlab chiqargan.

Hunarmandlar mavzelari bilan istehkom o'rtasidagi keng maydonlarni alohida tovarlarni so~ tishga ixtisoslashtirilgan bozorlar egallagan. Tarixchi Sam'oniy o'z asarida bozor maydoniga olib chiquvchi zargarlar ko'chasini, Xon az-Boziddin karvonsaroyini, ya'ni matolar bilan savdo qilish karvonsaroyini, mevalar sotiladigan Jubak bo-zorchasini ta'riflaydi. Shuningdek, uning asarlarida hatto eski-tuski narsalar bozori (xanuk), bozorchadagi kichik karvonsaroy (suvoyqa) va Mohduz raboti, non yopish va sotish do'konchasi ham eslatib o'tilgan. Bu ta'riflar shuni ko'rsatadiki, X-XII asrlarda Nasafning markaziy va janubiy tumanlari gavjum joylar bo'lgan.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #4 : 06 Mart 2008, 18:06:12 »
Ehtimol, shu sababdan aynan shuerda dastlabki jomemasjidi qad rostlaydi. U 834 yilda so'fiy shayx Abdurahmon Muazza tomonidan janubiy rabotda, G'o'bdin darvozasi oldida, Zuhhok ko'chasida kurilgan. XII asrda bu bino eski jomemasjidi sifatida tilga olinadi va Sam'oniyning xabar bsrishicha, shahristonning janubiy darvozasi ol-dida yangi jomemasjidi quriladi. Shahriston dsvoridan 130 metr janubda arxsologlar uning koldiqlarini - pishiq g'ishtdan qurilgan, bezak izhlari bor monumental bino parchalarini topishdi.

Ehtimol, bu paytda eski masjid ham ishlaganhdir, lekin u jomelik mavqeini yo'qotgan va XII asrda o'z bunyodkori Muazza nomi bilan atalgan. Manbalarda shaharning qator boshqa masjidlari ham tilga olinadi. Ular orasida Bayon ko'chasidagi buyuk muhaddis Imom Buxoriy yashagan va ibodat qilgan masjid ham bor.

Shaharning shimoli-g'arbiy qismida, An-Najjoriya (Buxoro) darvozasi yonida shahardan tashqaridagi hayit masjidi - namozgoh joylashhgan.

 
Umuman olgaida, X-XII asrlarda Nasaf keng aloqalarga ega yirik taraqqiy etgan viloyat mar-kazi, ertapishar meva va sabzavotlari yaqin va uzoq bozorlarda qadrli bo'lgan boy voha sifatida namoyon bo'ladi.

XIII asrning boshida, O'rta Osiyo mo'g'ul istilochilari tomonidan bosib olingach, Naxshabning yashil dalalari Chingizxon tomonidan ko'shinlar dam oladigan va boshqa o'lkalarga ko'chib o'tiladigan manzil sifatida tanlangan.

Naxshabning ko'chmanchi qabilalar yashaydigan dasht hududlarida ham hayot barq urib rivojlangan. Buerda koraxoniylar va saljukiylar davrida xonlar uchrashuvlari bo'lib o'tgan. Ksyingi yillarda Naxshab Movarounnahrning Chig'atoy ulusi beklari yashaydigan markazga aylangan. 1310 yilda buerda Eson Buka, 1321 yilda Kepakxon dafn etilgan. U poytaxt yaqinida Qarshi deb nomlangan yirik saroy qurdirgan, uning atrofida zodagonlar uylari, hunarmandlar mavzelari va bozorlar jamlana boshlagan, shu tariqa eski poytaxtdan hayot asta-sekin buerga ko'chib o'tgan.

O'rta Osiyoning XIII asr va XIV asr boshidagi tarixida Nasaf mahalliy shayxlar chig'atoylik zodagonlar orasida islomni targ'ib qilgani bilan ham alohida ajralib turadi.

Qarshi shahrining jadal rivojlanishi 1365 yilda shaharni o'z nazorati ostiga olgan Amir Temur faoliyati bilan bog'liq. 1365-1366 yilning qishini Amir Temur Qarshida o'tkazadi va buerdagi mudofaa devorlarini qaytadan qurdiradi. Bundan tashqari, rasmiy manbalar Qarshida Amir Temur tomonidan katta jomemasjidi ham barpo etilganini tasdiqlaydi.

Ta'kidlash joizki, Qarshi Chig'atoy xonlarining roziligisiz (tegishli yorliqsiz) Amir Temur hokimiyati o'rnatilgan birinchi shahar hisoblanadi. Shu tufayli ham o'rta asr musulmon hukmdorlari orasida kimki Qarshini egallasa, Movarounnahrni boshqaradi, degan aqida ham paydo bo'ladi.

Keyinchalik ham Amir Temur shaharning muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olib, uerda doimiy harbiy qo'shin joylashtirib, mudofaa inshootlari holatini kuzatib boradi. Biroq 1387 yili, Amir Temurning Kavkazorti, Iroqning shimoliy hududlariga amalga oshirgan uch yillik harbiy yurishlari paytida (1386-1388), Oltin Urda hokimi To'xtamish Movarounnahr hududiga hujum qiladi. Bu hujum vaqtida Qarshi va uning g'arb tomonida joylashgan qal'a-saroy - Zanjirsaroy katta talafot ko'radi.

Amir Temur va temuriylar davrida Qarshi Qashkadaryo vohasnning yirik savdo va hunarmandlik markaziga aylanadi.

1499 yili Shayboniyxon Movarounnahrga bostirib kiradi va Buxoroni, so'ngra Samarqandni qo'lga kiritadi. 1500 yilning qishida Shayboniyxon o'z qo'shini bilan Qarshiga yurish qiladi, lekin uni qo'lga kirita olmaydi. Shu yilning yozida esa ikki oylik qamaldan so'ng shahar taslim bo'ladi. Shayboniyxon Bobur bilan Samarqand uchun bo'lgan jangdagi g'alabasidan keyingina Qarshida mustahkam o'rnashib oladi.

Shayboniyxonning o'limidan so'ng (1510) Movarounnahrning asosiy shahri hisoblaigan Samarqandni Bobur uchinchi marta qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ladi. 1511 yilning oxirida Bobur Mirzoga yordamga kelgan Eron ko'shinlari Qarshini kamal kilib qo'lga kiritgach, shaharda ommaviy kirg'in o'tkazadi. Bu qirg'inda me'mor, mashhur shoir va tarixchi Mavloio Binoiy ham (1453-1512) halok bo'ladi. Tarixchi Mahmud ibn Valining (XVII asr) ma'lumotlariga ko'ra, Binoiy Qarshidagi jomemasjidi tashqarisida dafn etilgan. Keyinchalik uning qabri ustida makbara qurilgan, lekin u hozirgi kungacha saklanib qolmagan.

 
Qarshi XVI asr boshida istehkomlar bilan mustahkamlangan shahar edi. Uning rivojlanishi, birinchidan, asosiy savdo yo'llari kesishgan joyda joylashgani bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, shahar Shahrisabz va G'uzorning qo'zg'olonchi mahalliy hukmdorlariga qarshi kurashda Buxoro amirlarining harbiy-siyosiy tayanchi edi.

Qarshining ahamiyati XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab kuchaya boshlaydi va bu Abdullaxon Ikkinchi (1557-1598) faoliyati bilan bog'lik.

Qarshida Abdullaxon madrasasi (1590-1591), Boqiboy madrasasi, hammom (1592-1593), Abdullaxon ko'nrigi va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega ko'plab binolar barpo etiladi vaularning ba'zilari hozirgi kungacha saqlanib turibdi. Mahmud ibn Valining (XVII asr) so'zlariga qaraganda, bu davrda Naxshabning obodligi va farovonligi shu kadar yuksaladiki, u hatto dunyoning katta shaharlari bilan raqobatlasha oladigan darajagaetdi.

Ashtarxoniylar boshqaruvi davrida (1601-1747) Qarshi vohaning asosiy shaxri maqomini saqlab qoladi. Jug'rofiy jihatdan muhim savdo yo'llari kesishgan joyda joylashgani tufayli Qarshi Buxoro xonligining savdo va madaniy markaziga aylanadi. XVII asr manbalarida Qarshi Movarounnahrning eng so'lim go'shalaridan biri sifatida kayd etilgani ham bejiz emas.

Eron hukmdori Nodirshoh 1740 yilda Movarounnahrga yurish kilgan davrda va undan so'ng yuzaga kelgan siyosiy vaziyat buerda maydonga yangi siyosiy kuchlar chiqishini talab etardi. Bundan mang'it biylari, ayniqsa Qarshi begi Muhammad Hakimbiy mang'it va uning o'g'li Muhammad Rahim unumli foydalanadi.

Abulfayzxondan so'ng taxtga ashtarxoniylardan Abdulmo'min (1747-1751), Ubaydulloh Ikkinchi (1751-1754) va Sherg'ozi (1754-1756) o'tirgan bo'lsada, birok ular nomigagina xon edi. Aslida esa hokimiyat Muhammad Rahim mang'itga tegishli edi. U 1756 yilning 16 dekabrida rasman taxtga o'tqaziladi.

Muhammad Rahim vafotidan so'ng (1759) Buxoro taxtiga Doniyolbiy, so'ng uning o'g'li Shohmurod o'tirdi. Xalq orasida Amir Ma'sum nomini olgan bu amir taxtga egalik qilgach, o'g'li Haydar to'rani Qarshiga hukmdor etib tayinlaydi. Shu vaqtdan boshlab ayrim taxt vorislarini Qarshiga noib etib tayinlash an'anasi joriy etiladi. Bu esa shaharning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini yanada kuchaytiradi.

Amir Haydar (1800-1826) va uning o'g'li Nasrulloxon (1826-1860) boshqaruvi davrida, ayirmachilik kayfiyati qamrab olgan Shahrisabzdan farqli o'laroq, Qarshi ancha tinch sharoitda rivojlanadi.

XVII-XIX asrlarda Qarshi Urda, Qo'rg'on, ichki shahar va shahar tashqarisidagi rabotlardan tashkil topgan edi. Urda mahalliy hokim qarorgohi hisoblanib, to'rtburchak shaklidagi devor bilan o'ralgan hamda bitta darvozaga (Saqlov darvozasi) ega bo'lgan. Qarshi o'rdasi hajmi bo'yicha (2,5 gektar) Shahrisabz o'rdasi va Buxoro arkidan katta edi. N. Xanikovning ma'lumotlariga ko'ra, 1841 yilda shaharda uchta kontsentrik joylashgan himoya devori mavjud bo'lgan, tashqi tomondan esa uni rabotlar o'rab turgan.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #5 : 06 Mart 2008, 18:06:38 »
1863 yilda shaharga kelgan A. Vamberining yozishicha, buerda 10 ta karvonsaroy mavjud bo'lgan, shahar bozorida esa chetdan olib kelingan ko'plab tovarlar sotilgan. N. Maev (1874) shahar N. Xanikov kelgan paytdagidan (1841) ancha rivojlanganini va eski qo'rg'onda ham, yangi shaharda ham bozorlar mavjudligini qayd etadi. Buerda ma'lum turdagi tovarlar maxsus ajratilgan joylarda sotilgan.

Amir Muzaffar boshqaruvi davrida (1860-1885) Buxoro xonligining bir qismi chor Rossiyasi tomonidan bosib olinadi. Chor qo'shinlari Toshkent (1865), O'ratepa va Jizzax (1866) hamda Samarqandni (1868 yilning mayi) egallaganidan so'ng Buxoroning yuqori tabakalarida Amir Muzafar harakatlaridan norozilik kuchayadi. Ularga amirning katta o'g'li - G'uzor begi Abdulmalik (Katta To'ra) boshchilik qiladi, unga Kitob begi (Jo'rabek) va Shahrisabz begi (Bobobek) katta yordam beradi. Katta To'ra bayrog'i ostida to'plangan ko'ngilli askarlar 1868 yil iyunida Yakkabog' va Chiroqchi qal'asini qo'lga kiritib, Taxta Qoracha dovoni orqali Samarqandga yurish qiladi va uni qamal qilib, shaharda koldirilgan qo'shinlariga hujum uyushtiradi. Amir qo'shinlarini Zirabuloq yaqinida mag'lubiyatga uchraganidan so'ng dushmanning asosiy ko'shini shahrisabzliklarning bir qancha hujumini qaytarishga erishgan shahar garnizoniga yordamgaetib keladi, natijada Abdulmalikning ko'ngilli askarlari Shahrisabzga chekinadi, uning o'zi esa G'uzorga qaytadi.

 
1868 yilning kuzida amirning chor qo'shiniga qarshi urushdagi muvaffaqiyatsizligidan norozi bo'lgan Qarshi xalqi shahar begini quvib yuboradi. Abdulmalikdan Qarshi viloyatini o'z boshqaruvi ostiga olishni iltimos qiladi va u Qarshini egallaydi. Birok Amir Muzaffarning Buxorodan yuborilgan qo'shini uni Shahrisabzga qochishga majbur qiladi. Amir esa o'z qo'shini bilan Chiroqchiga yurish qiladi va shahrisabzliklardan o'g'lini tutib berishni talab etadi. Lekin shahrisabzliklar uning talabini rad qiladi. Shunda u Yakkabog'ni ishg'ol qiladi. Bir oz vaqt o'tgach, Abdulmalik Qarshini yana egallashga muvaffaq bo'ladi. Bunday qaltis vaziyatda Amir Muzaffar ruslardan yordam so'raydi. 1868 yilning 23 oktyabrida, ikki kunlik hujumdan so'ng, Qarshi chor askarlari tomonidan egallanadi va Amir Muzaffarga topshiriladi.

Qarshi ham, Qashqadaryo vohasining boshqa shaharlari kabi, 1920 yilgacha Buxoro amirligi tarkibida qoldi va nisbatan tinch rivojlandi. O'z vorislarini Qarshi hukmdorlari (beklari) etib tayinlash an'anasi keyingi amirlar davrida ham o'z ahamiyatini yo'qotmadi.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #6 : 06 Mart 2008, 18:07:44 »
QASHQADARYO XX ASRDA.
 

Qarshi XX asr boshida Buxoro amirligining muhim siyosiy va ma'muriy markazlaridan biri bo'lib, 27 viloyati qatorida 10 ta tuman - amlokdan iborat edi. Qashqadaryo vohasida temir yo'l qurilishi Qarshi shahri tarakqiyotini ancha tezlashtirib yuboradi. 1913-1915 yillarda Kogon (Yangi Buxoro) - Amudaryo, Qarshi - Kitob (Shahrisabz) temir yo'li, foydalanishga topshiriladi. Chunki Chor hukumati bundan bevosita manfaatdor edi.

XX asr boshlarida Turkiston mintaqasida yuz bergan shiddatli siyosiy va harbiy jarayonlar Buxoro amirligi, xususan, Qarshi vohasi hayotini ham tubdan o'zgartirib yubordi. Bu hodisalar, bir tomondan, asrlar davomida hukm surib kelgan an'analar va turmush tarzini larzaga keltirib, ularni izdan chiqargan bo'lsa, ikkinchi tomondan, jamiyat taraqqiyotini yangi yo'nalishga burib yubordi. 1920 yil 12 avgustda bolsheviklar amirlikni tugatish maqsadida Samarqand - Buxoro frontini tuzadi. 1920 yil 21 avgustda Turkiston fronti qo'mondoni RSFSR harbiy ishlar xalq komissari nomiga telegramma yo'llab, Buxoroni bosib olishga hamma narsa tayyor ekanini ma'lum qilganida, RSFSR milliy ishlar xalq komissari I. Stalin bu telegrammaga «Zudlik bilan harakat qiling», deb rezolyutsiya qo'yadi.

Qizil armiyaning Turkiston frontiga karashli Samarqand guruhi Qarshi va G'uzorni 1920 yil sentyabr oyi boshlarida bu shaharlarni egallaydi. Qarshi va uning atroflarida 1920 yil oxiridan boshlab Qizil armiyaga qarshi janglar boshlanadi. Bolsheviklar va Qizil armiya qo'mondonligi bu kurashda kabih va jirkanch usullardan keng foydalangan, bu bilan ham cheklanmasdan tinch aholini qatag'on qilgan. 1920 yil kuzida BXSRda dastlabki ma'muriy-hududiy bo'linish o'tkazilib, u viloyatlar, tumanlar, kentlar, amlok va qishloqlarga ajratilgan edi. Qarshi vohasida 3 ta viloyat (Behbudiy, G'uzor va Shahrisabz) tashkil qilingan. Qarshi viloyatiga Beshkent, Koson, Chim tumanlari kirgan. yil so'ngida O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o'tkazilishi natijasida Buxoro respublikasi tugatiladi. Uning hududi, jumladan, Behbudiy va Shahrisabz viloyatlari (Qashqadaryo okrugi) yangi tashkil etilgan O'zbekiston SSR (Uz SSR) tarkibiga kiritiladi. yil 29 yanvarda O'zbekiston SSRda ma'muriy bo'linish tadbirlari o'tkaziladi. Unga binoan, Qashqadaryo viloyati Uz SSRda tuzilgan dastlabki 7 ta viloyatning bittasi bo'lib qoladi.

O'zSSRda ma'muriy-hududiy o'zgarishlar keyinchalik ham davom etgan. 1930 yil 17 avgustda okruglar bekor qilinadi. Biroq 1935 yil fevralda Qashqadaryo okrugi qayta tiklanadi. 1938-1943 yillarda Qashqadaryo vohasi Buxoro viloyati tarkibida bo'lgan. 1943 yil 20 yanvarda Qashqadaryo viloyati (markazi - Qarshi shahri) taxminan hozirgi chegarasida tashkil qilinadi. 1960 yil 25 yanvarda u Surxondaryo viloyati tarkibiga qo'shilgan. Qashqadaryo viloyati 1964 yil 7 fevralda qayta tashkil qilingan. 1927-1929 yillarda Qashqadaryo okrugidaer-suv islohoti amalga oshirilgan. Bu jarayonda sovet hukumati o'ziga to'k dehqonlarni «qulok» sifatida badarg'a qilish uchun zamin tayyorlagan. Qarshi va uning atroflarida yashovchi o'ziga to'q va o'rtahol dehqonlarning aksariyati ushbu qatag'onlarning qurboni bo'ldi. Qarshilik dehqonlar bunday sharoitda aksariyat hollarda sovet tuzumiga qarshi stixiyali ravishda norozilik bildiradi. Masalan, 1928-1930 yillarda Qashqadaryo okrugida 48 marta (1929 yilda 42 marta) dehkonlarning ommaviy norozilik g'alayonlari ko'tarilgan.

Qarshi shahri Qashqadaryo vohasi va viloyat markazi sifatida XX asrning 30-yillaridan boshlab xo'jalik yuritishning sotsialistik uslubi, rejali tizim hamda qattiq markazlashtirilgan xalq xo'jaligi boshqaruvi negizida rivojlandi. Ikkinchi jahon urushi Qashqadaryo vohasi, jumladan, Qarshi shahri taraqqiyotining bir maromdagi rivojlanishiga o'z salbiy ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi. Butun mamlakatda bo'lgani singari buerda ham xalq xo'jaligi harbiy izga solindi va u urush manfaatlariga bo'ysundirildi. Urush yillari Qarshida asosanengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari faoliyat ko'rsatdi. Qarshi tikuvchilik fabrikasi harakatdagi armiya jangchilari uchun turli issiq kiyimlar va harbiy davr ehtiyoji uchun zarur bo'lgan boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqardi. Shuningdek, bu paytda Qarshiga SSSRning markaziy rayonlaridan ayrim sanoat korxonalari ko'chirib keltirildi va yangi zavod-fabrikalar, jumladan, Qarshi un kombinati (1942) va boshqalar qurildi.

Qarshi va uning atroflarida tugilib o'sgan minglab yigitlar Ikkinchi jahon urushi janggohlarida fashizmga qarshi janglarda Moskva atrofi va Stalingradda, Ukraina va Belorussiyada, Sharqiy ? vropa davlatlari va Germaniyada, shuningdek, Uzoq Sharqda bevosita qatnashdi. Umuman, Qashqadaryo viloyatidan 98069 kishi urushda ishtirok etgan. Ularning ko'pchiligi fashizmga karshi janglarda halok bo'ldi. Sho'ro hukumati Qarshi vohasida kishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ortgani sayin XX asrning 50-60-yillarida shaharda sutyog' kombinati (1954), yog'-ekstraktsiya zavodi (1955), paxta tozalash zavodi (1955), Qarshi motor remonti zavodi, keyinchalik panelli kurilish materiallari kombinati kabi sanoat korxonalarini barpo etdi.

XX asrning ikkinchi yarmida O'zbekiston sanoati va qishlok xo'jaligi yanada ko'proq Markaz manfaatlariga bo'ysundirildi. Paxta, pilla, qorako'l teri kabi birlamchi xom ashyo, sabzavot va poliz maxsulotlari, xo'l meva SSSRning markaziy rayonlariga muntazam ravishda jo'natiladigan bo'ldi. Qarshi shaxri yaqinidan Sho'rtan, Kultak, Zsvarda, O'rtabuloq, Pomuk, Qoraxitoy singari yirik tabiiy gaz konlari; Janubiy Muborak va Shimoliy Muborak gaz kondensat konlari; Ko'kdumaloq neft-gaz kondensat koni (1985) kabi yirik zaxiralarga ega konlar topildi va foydalanishga topshirildi, olingan maxsulot respublikadan chetga olib ketila boshladi. Viloyat markazi Qarshi ana shunday yirik tabiiy gaz konlari yaqinida joylashganiga qaramasdan, bu davrda shahar sanoati bir yoqlama rivojlangan. Qarshida asosan qishloq xo'jalik xom ashyosini qayta ishlovchi hamda oziq-ovqat vaengil sanoat korxonalari bo'lgan, xolos. XX asrning 70-yillari oxirida Qarshida qariyb 100 ming aholi yashagan. Shahar aholisi keyinchalik tez ko'paygan. Bu paytda shaxar ahli havo, tsmir yo'l, avtomobil transporti orqali O'zbekistonning markazi - Toshkent va boshqa shaharlar bilan bog'langan.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #7 : 06 Mart 2008, 18:08:06 »
Qarshi sovet tuzumi davrida, aniqrog'i, o'tgan asrning 80-yillari oxirigacha asosan qishloq xo'jal igi maxsul otl arin i qayta i shl ashga yo'naltirilgan, iqtisodiy jixatdan biryoqlama hamda viloyat miqyosidagi shahar darajasida qolib ketgan. Ijtimoiy sohada, sog'liqni saqlash va ta'lim tizimida hal kilinmagan talay muammolar uzoq yillar davomida saqlanib kelgan. Markaz tomonidan o'ylab topilgan, aslida sho'ro tuzumiga xos ommaviy qatag'onlarning davomi bo'lgan «paxta ishi», «o'zbeklar ishi» kabi soxta kampaniyalar natijasida butun O'zbekistonda bo'lgani singari Qashqadaryo viloyatida ham ko'plab o'z ishining ko'zini bilgan mutaxassislar, rahbarlar qatag'on qilindi. Qarshi vohasida tub iktisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazish muqarrarligi aniq bo'lib qolgan, jiddiy o'zgarishlar qilish zarurati tug'ilgan edi. Ana shunday murakkab bir pallada Qashqadaryo viloyati raxbari lavozimiga Islom Karimov saylandi. O'zining 2700 yillik tarixi davomida ko'plab voqealarning guvohi bo'lgan Qarshining rivojlanish jarayonida, uning tom ma'nodagi zamonaviy shaharga aylanishida Islom Karimovning xizmatlari beqiyos. Islom Karimov viloyat rahbari sifatida ish boshlagan 1986 yilda Qarshi shahrining me'moriy qiyofasi na shaharsozlik talablariga, na Qashqa vohasining necha ming yillik tarixi va o'sha davrdagi iqtisodiy salohiyatiga mos kelar edi. Shaharning umumiy manzarasini belgilaydigan me'moriy ob'ektlar bir xil andozadagi ko'p qavatli ko'rimsiz panelli binolar, xom g'isht yoki paxsadan qurilgan pastqam uylardan iborat edi. Uning markaziy ko'chasini hisobga olmaganda, barcha yo'llar egri-bugri va notekis, transport qatnovi uchun yaroqsiz bo'lib yotardi. Aholi tez sur'atlar bilan o'sayotgan bo'lishiga qaramay, tegishli ijtimoiy infratuzilmalar yaratish e'tibordan chetda qolib ketgan edi. Respublika bo'yicha eng ko'p, ya'ni 600 ming tonna paxta xom ashyosietkazib beradigan, turli tabiiy va mineral zaxiralarga nihoyatda boy katta bir viloyatning markazida talab darajasidagi zamonaviy maishiy xizmat, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog'lari, bozorlar barmok bilan sanarli edi.

Yangi rahbarning qat'iy pozitsiyasi, vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartishga qaratilgan izchil sa'y-harakatlari eng avvalo viloyatda sog'lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, «paxta ishi» degan soxta ayblov bilan nohaq jazoga tortilgan ming-minglab begunoh odamlarga nisbatan adolatni tiklash masalasida yaqqol namoyon bo'ldi. Viloyat rahbarining ana shunday dadil harakatlari tufayli qanchadan-qancha insonlar o'z oilasi bag'riga qaytdi, odamlarda umid va ishonch tuyg'ulari paydo bo'ldi. Butun voha hayotidagi o'zgarishlar, ishga va hayotga munosabat dastlab viloyat markazidagi yangilanishlarda ko'zga tashlana boshladi. Shaharda 3-4 yil burun to'xtab kolgan obodonlashtirish ishlari ilgari ko'rilmagan ko'lam va sur'atda davom ettirildi. Dastavval daraxtlar va bog'-rog'larni ko'paytirish, odamlarning shaxsiy xo'jaligini rivojlantirish uchun shaharga oqar suv keltirildi. Shu tariqa bu srdagi bog' va xiyobonlar, ko'kalamzorlar yozga borib suvsizlikdan qurib qolmaydigan bo'ldi. Bamisoli Qarshiga yangi hayot nafasi ufurdi.

Qarshi shahri va tumanlarda kurilish ishlarining bosh reja asosida olib borilishi alohida diqqat markazida bo'ldi. Shuning uchun ham 1987-1989 yillarda Qarshi shahri va tuman markazlarining yangi bosh rejalari ishlab chiqildi. Unda turar joy binolari, sanoat korxonalari, ma'muriy binolar qurilishi bilan bir qatorda ijtimoiy infratizim inshootlarini bunyod etish, aholi uchun zarur qulayliklarni yaratish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash masalalariga alohida e'tibor karatildi. Bu bosh rejalarda zamonaviy talablarga javob beradigan yangicha kontseptsiya o'z aksini topdi.

Shu davr mobaynida viloyatda, jumladan, sog'liqni saqlash tizimida ham katta ishlar kilindi. Ko'pni ko'rgan, shu voqealarning guvohi bo'lgan oksoqollarning aytishicha, bu sohada 2-3 yil ichida kamida 15-20 yillik ish amalga oshirilgan. Usha yillari viloyat bo'yicha jami 44 ta yangi davolash-profilaktika muassasasi qurilgani bu boradagi ishlarning salmog'i haqiqatan ham katta ekanini ko'rsatadi. Shaharda bolalar va kattalar uchun yangi poliklinikalar, sanatoriy-profilaktoriylar, ixtisoslashgan kasalxonalar barpo etildi. Ilgari faoliyat ko'rsatib kelgan shifo maskanlari esa kengaytirildi, ta'mirlanib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Masalan, 120 o'rinli ko'z kasalliklari shifoxonasi, har smenada 480 nafar bolani qabul qila oladigan bolalar poliklinikasi, 150 bemorga xizmat ko'rsatadigan sil kasalliklari dispanseri, ruhiy-asab kasalliklari dispanserining 60 o'rinlik qo'shimcha korpusi va boshqa tibbiyot maskanlari kurilishi shular jumlasidandir.

Viloyat markazidagi Agrosanoat birlashmasining muhtasham binosi negizida har smenada 500 kishini tekshiruvdan o'tkazadigan diagnostika markazi tashkil etildi. Ushbu diagnostika markaziga bundan qariyb 20 yil muqaddam qiymati bir necha million AQSh dollariga teng bo'lgan zamonaviy kompyuterli tomograf va boshqa ko'plab zamonaviy tibbiyot uskunalari olib kelib o'rnatilgani ayniqsa e'tiborga sazovordir. Islom Karimov bunday katta ishlar ko'lamini yanada kengaytirish maqsadida respublika vazirlik va idoralari mablaglarini imkon qadar shunday zarur va ulkan loyihalarni amalga oshirishga jalb etishga harakat qildi. Shu bois Davlat plan komitetining mutaxassislarini viloyatga taklif qilib, Qashqadaryoning ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirdi va bu borada qo'shimcha mablag' va amaliy yordam zarurligiga ularni ishontirdi.

Viloyat rahbarining jonkuyarligi, kechayu kunduz odamlar dardi bilan yashashi tufayli qurilishlar keng ko'lam kasb etdi. Natijada zamonaviy maktab va bog'chalar, bolalar istirohat bog'i, «Oltin xo'rozcha» bolalar kahvaxonasi, ko'plab muzqaymoq va yaxna ichimliklar do'konlari, «Bolalar dunyosi» magazini kabi bir qator binolar qurilib, foydalanishga topshirildi. Islom Karimov rahbar sifatida ish boshlagan dastlabki yilning o'zidayoq birgina Qarshi shahrining o'zida zamonaviy bozor, mebellar uyi, yoshlar markazi, 4 ta qahvaxona, 9 ta do'kon, 21 ming kvadrat metr turarjoy binolari, madaniyat va istirohat bog'lari, maktab va sport majmualari, hunarmandlik ustaxonalari, keng va ravon ko'chalar, yangi dahalar barpo etilgan. Viloyatda 1987-89 yillarda kapital kurilish borasida ham salmoqli ishlar qilindi. Bu sohaga yo'naltirilgan mablag'ning umumiy hajmi 1982-85 yillarga nisbatan 3-4 baravar o'sdi va viloyatda bu yo'nalishda zarur moddiy-texnikaviy imkoniyatlar yaratildi.

Shahardagi tor ko'chalar qayta qurilib, kengaytirildi. Bugungi Amir Temur va Shibaev nomidagi ko'chalarni obodonlashtirish ishlari o'sha davrda boshlangan edi. Ayni paytda shahardagi aeroport va temir yo'l vokzali binolari tubdan qayta ta'mirlandi, yangi avtovokzal barpo etildi. Qarshi shahrida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari sharafiga barpo etilayotgan, ammo sobik rahbarlarning beparvoligi va mas'uliyatsizligi sababli qurilishi to'xtab qolgan «Shuhrat qo'rg'oni» yangi loyiha asosida davom ettirilib, nihoyasigaetkazildi. Shahardagi yangi bozor va ilgarigi dehqon bozorlari ham Islom Karimovning tashabbusi bilan rekonstruktsiya kilindi. Yangitdan barpo etilgan «Qarshi», «Nuroniy», «Nasaf» kabi qulay va shinam choyxonalar shaharga uzukka ko'z ko'ygandek yarashib tushdi.

Ma'lumki, sportga e'tibor Islom Karimov faoliyatida hamisha muhim o'rin tutib, ustuvor sohalardan biri bo'lib kelmoqda. Aynan uning tashabbusi bilan o'sha yillari Qarshi shahrida suzish basseynlari, tennis kortlari, o'nlab sport maydonchalari bunyod etildi. Usha yillari kurilgan ikkita sport zali, suzish basseyni, bir nechta mashg'ulot zallari va davolashprofilaktika xonalarini o'z ichiga olgan sport-sog'lomlashtirish majmuasi bunga misol bo'la oladi. Shuningdek, aholini, ayniqsa, bolalarni sportga qiziqtirish, ular o'rtasida sog'lom turmush tamoyillarini qaror toptirish uchun ko'p qavatli uylar oldidagi sport maydonchalari tartibga keltirildi, uerlarga zarur jihozlar o'rnatildi. Shuni ta'kidlash joizki, Qarshi shahrini obodonlashtirish jarayonida o'zida milliy an'analar bilan bir qatorda zamonaviy me'morlik uslublarini aks ettiruvchi binolar kurilishiga katta e'tibor berildi.

Sobiq SSSR bo'ylab inqiroz tobora kuchayib, barcha sohalar bo'yicha iqtisodiy ko'rsatkichlar pasayib borayotgan bir paytda Qarshi shahridagi sanoat korxonalarida ham ishlab chiqarish sur'ati pasayib ketayotgan edi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ham talabga javob bermasdi. Masalan, 1986 yilda Qarshi tikuvchilik birlashmasida tayyorlangan ko'ylaklarning 35 foizi sifatsiz ekani aniklandi. Vujudga kelgan vaziyatni yaxshilash uchun yangicha sharoitda ishlaydigan korxona rahbarlari, injener-texnik xodimlar va xizmatchilarni qayta tayyorlash, mehnat samaradorligini oshirish, o'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash, xo'jalik hisobida ish yuritish tamoyillarini joriy etish lozim edi. Shuning uchun ham Qarshi shahrida, tumanlar markazlarida, har bir korxona va xo'jalikda muntazam iqtisodiy va kasb o'quv kurslari tashkil qilindi. Tarmoqlar, yirik korxonalar rahbarlari uchun esa viloyat partiya qo'mitasida alohida o'kuv mashg'ulotlari olib borildi.

Mamlakatning hamma joyida mavjud sanoat korxonalari to'xtab qolayotgan bir paytda buerda yangi «Termoplast» zavodi barpo etilib, ishga tushirildi. Bu korxonada respublika xalq xo'jaligi uchun o'ta zarur bo'lgan turli hajmdagi kuvurlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Bundan tashqari, shaharda issiq iqlimli Qashqadaryo zamini uchun juda muhim bo'lgan yaxna ichimliklar zavodi ishga tushirilib, mahsulot bera boshladi. Shular qatorida uy-joy qurilish kombinati, yog'-ekstraktsiya zavodi qayta jihozlandi. Qarshi tikuvchilik ishlab chikarish birlashmasiga yangi chet el uskunalari keltirildi. Shahardagi non kombinatiga ham xorijiy uskunalar o'rnatildi. Usha yillari viloyatda paxtachilik sohasida ham yuksak ko'rsatkichlarga erishildi. Uch yil mobaynida viloyatning yillik umumiy paxta xirmoni qariyb 600 ming tonnagaetgani ham shundan dalolat beradi.

Islom Karimov Qashqadaryo viloyatida birinchi rahbar bo'lib ishlagan yillarda Qarshi shahri nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki hududiy jihatdan ham o'sdi va kengaydi. 1987 yilda shaharga tutash 12 ta aholi punkti uning hududiga kiritildi. Usha davrda shaharda jami 271 ming 694 kvadrat-metr uy-joy foydalanishga topshirildi. Shahardagi «Paxtazor» mikrorayoni qurib nihoyasigaetkazildi. Qarshida yangi aholi punktlari -ettinchi va uchinchi mikrorayonlar paydo bo'ldi. Kamandi, Zog'za va Otchopar mahallalarida yangi xususiy uy-joylar qurila boshladi. Shaharda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan uy-joy hajmi ilgari 10,13 kvadrat-metrni tashkil etgan bo'lsa, bu davrga kelib 12,7 kvadrat-metrgaetdi.

Bu davrda mahalliy boshqaruv tizimida dastlabki o'zgarishlar yuz berishi nafaqat viloyat, balki butun O'zbekiston uchun katta voqea edi. Qarshi shahrida ilk bor o'zini o'zi boshqarish organi bo'lmish mahalla ko'mitalari umumiy majlislar orqali saylana boshladi. Islom Karimov viloyat markazining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi bilangina kifoyalanib qolmasdan, shaharning qadimiy tarixi, buyuk siymolari, o'ziga xos qadriyatlari, ko'hna obidalari, muqaddas kadamjolari, madaniyati va san'atini har tomonlama chuqur o'rganish, ularni tiklash va asrab-avaylash masalasiga ham katta e'tibor qaratdi. Shu maqsadda viloyat markazi va boshqa shaharlardagi arxeologik qazuv ishlarini davom ettirish, buerlardagi aholi manzilgohlarining, Qarshi shahrining yoshini aniqlash, me'moriy yodgorliklarni ta'mirlash, xalq og'zaki ijodi namunalarini o'rganish va to'plash ishlarini olimlar, ijodkor va ziyolilar oldiga vazifa qilib qo'ydi. Bu borada Qarshi shahrida boshlangan dastlabki sa'y-harakatlar keyinchalik butun yurtimiz bo'ylab keng tus olgani, ushbu masalalar davlat siyosatimizning eng muhim va ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangani bugungi kunda keng jamoatchilik tomonidan tan olingan haqiqat.

Islom Karimovning Qarshi shahar aholisi, ishchi-xizmatchilar, olimlar, jurnalist va ziyolilar bilan uchrashishi, fikr almashishi an'anaga aylanib qolgan edi. Masalan, 1987 yilning o'zida Qarshi davlat pedagogika institutida viloyat rahbari bilan ikki marta uchrashuv o'tkazildi. Bu uchrashuvlarda mazkur ilm dargohidagi o'quv-tarbiyaviy ishlarni yaxshilash, yosh ilmiy xodimlar va o'qituvchilar haqida g'amxo'rlik kilish, ularni sobiq Ittifoqning markaziy shaharlaridagietakchi oliy o'kuv yurtlariga stajirovkaga, aspirantura va doktoranturaga yuborish, institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari bo'yicha savol-javob va fikr almashuvlar bo'lar, ko'pgina masalalarningechimi yuzasidan umumiy qarorga kelinar edi. Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng Prezident Islom Karimov Farmoniga binoan bu bilim maskani Qarshi davlat universitetiga aylantirildi.

Bunday e'tibor namunalarini ilm-fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari sohalari bo'yicha qilingan ishlar misolida ham ko'rish mumkin. Usha paytda viloyat televidenieva radioeshittirish boshqarmasi boshlig'i bo'lib ishlagan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Qurbon Egamberdievning xotirlashicha, viloyat teleradiokompaniyasining hozirgi zamonaviy binosini qurish tashabbuskori ham Islom Karimov bo'lgan. Prezidentimizning deyarli har yili Qashqadaryoga tashrif buyurishi, buerda mehnat jamoalarida, paxta dalalari, mahalla va o'quv yurtlarida bo'lib, voha ahli bilan samimiy suhbatlashishi, ularning kayfiyati bilan qiziqishi, shaharning muammolari bilan yaqindan tanishib, viloyat markazini yanada obod qilish bo'yicha o'zining zarur maslahatlarini berishi jamoatchiligimizga yaxshi ma'lum.

Ta'kidlash joizki, Qarshining 2700 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash, shu munosabat bilan buerda ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish tashabbuskori ham aynan Islom Karimovdir. Qarshi shahri bugungi kunga kelib mamlakatimizning sanoati va madaniyati taraqqiy etgan markazlaridan biriga aylandi. Viloyatda Islom Karimov rahbarlik qilgan davrda boshlangan xayrli ishlar va an'analar mustaqillik yillarida yangicha ruh bilan davom ettirilmoqda.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #8 : 06 Mart 2008, 18:09:07 »
QASHQADARYO- MUSTAQILLIK YILLARIDA
 
Qarshi shahri istiqlol yillarida har jihatdan rivojlandi, obod va ko'rkam shaharga aylandi. Xalqimizning azaliy fazilatlaridan biri bo'lgan yaratuvchilik, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari istiqlol yillarida butun mamlakatimiz qatori bu shaharda ham yangicha mazmun-mohiyat kasb etmoqda. Shahar iqtisodiyotida chukur tarkibiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Bugungi kunda Qarshi shahrining maydoni 75,51 kvadrat kilometrni egallaydi. Bu Qashqadaryo viloyati hududining 0,26 foizini tashkil etadi. Shaharda Shayxali shahar tipidagi posyolka va 62 mahalla bor. Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatida, jumladan, Qarshida sanoat ishlab chiqarishini yangilash va rivojlantirish uchun moddiy-texnik baza barpo etildi, investitsiya dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, yangi korxonalar qurilmoqda, eskilari qayta ixtisoslashtirilmoqda, yangi tarmoqlar shakllantirilmoqda.

 
Iqtisodiyotda istiqbolli va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xorijiy sarmoya ishtirokida qo'shma korxonalar tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Hozirgi vaqtda shaharda 20 ta qo'shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Bu korxonalar 1 milliard 300 million so'mlik mahsulot ishlab chiqarmoqda. «Mevalar kamalagi» O'zbekiston - Britaniya, «Qarshiyog'» O'zbekiston - Singapur ko'shma korxonalari mahalliy xom ashyoni qayta ishlash yo'li bilan mahsulot ishlab chiqarayotgani va katta foyda olayotgani e'tiborga sazovordir. 1996 yil noyabr oyida Qarshida O'zbekiston - Turkiya trikotaj kompleksi tomonidan trikotaj fabrikasi, bir oydan keyin esa «Kashteks» aktsiyadorlik jamiyatining Turkiyaning «Yazteks» korporatsiyasi bilan hamkorlikda qurilgan yirik to'qimachilik kompleksi foydalanishga topshiril-di. 1997 yilda Qarshida «Kashkadaryotelekom» Uzbekiston - Indoneziya qo'shma korxonasi ish boshladi.

AQShning «Dresser», «M. Yu. Kologg» hamda Yaponiyaning «Nisho Ivai» kompaniyalari ishtirokida qurilgan, 600 atmosfera bosimi ostida ishlaydigan, bir kecha-kunduzda 4,2 million kubometr gaz ishlab chiqaradigan Ko'kdumaloq kompressor stantsiyasi ishgatushdi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan bunyod.etilgan bu stantsiya nafaqat MDH mamlakatlarida, balki butun jahonda yagona hisoblanadi. «Sho'rtangaz» majmui ham ana shunday strategik ahamiyatga molik inshootdir. Qarshi mintaqasi foydali qazilma boyliklarning boy zaxirasiga ega. Qarshidan u qadar uzoq bo'lmagan joyda viloyat sanoati uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tabiiy gaz koni aniqlandi. Mamlakatda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 88 foizi, neftning esa 92 foizi shuerdan olinadi. Talimarjon GRESi, «Mubarakgaz» kabi yirik korxonalar nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotining faxri hisoblanadi. Vohada ohaktosh, ganch, qurilish toshi kabi zahiralar boyligi tufayli qurilish industriyasi yaxshi rivojlangan. Ushbu soha sanoat, xo'jalik, energetika, gidroqurilish ob'ektlari qurish va ta'mirlash ishlarini bajarishga ixtisoslashgan. Viloyat iqtisodiyotida temir-beton materiallar, pishiq g'isht ishlab chiqarish quvvatlarining salmog'i katta.

 
Qarshi transport kommunikatsiyalarining rivojlangan tarmog'iga ega. 1992 yil 17 yanvarda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan «O'rta Osiyo temir yo'lining Qarshi bo'limini tashkil etish to'g'risida»gi farmonning imzolanishi bu soha rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Umumiy uzunligi 223 kilometrni tashkil etadigan G'uzor - Boysun - Qumqo'rg'on temir yo'li to'liq ishga tushirilgandan keyin vohaning kommunikatsiya sohasidagi imkoniyatlari yanada ortadi. Bugungi Qarshi kompleks turdagi shahar hisoblanadi. Sanoat tarmoqlari tarkibidaengil sanoat va oziq-ovqat sanoatietakchi o'rin tutadi. Paxta tozalash zavodi, yog'-sut zavodi, tikuv fabrikasi, qurilish materiallari, metallga ishlov beruvchi kombinatlar singari sanoat korxonalari viloyat iqtisodiyotining rivojiga munosib ulush ko'shib kelmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil ijtimoiy siyosat asosida Qarshi shahri aholisining ijtimoiy ehtibjlariga byudjet mablag'larining 40 foizidan ortig'i yo'naltirilmoqda. Bunga ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, fan sohalariga, onalar va bolalar, keksa, nogiron va kam ta'min-langan toifalarga yo'naltirilayotgan xarajatlar kiradi. Qarshida, umuman Qashkadaryo viloyatida aholini tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Agar 1991 yilda aholini tabiiy gaz bilan ta'minlash darajasi viloyatda 25,4 foizni, toza ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasi 53 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2004 yilga kelib bu ko'rsatkichlar mos ravishda 72,9 va 80,8 foizga ytdi.

 
Bugun shaharda 556 ta yirik korxona, 44 ta hissadorlik jamiyati, 761 ta maishiy xizmat ko'rsatish, ko'plab savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Shaharda 3 ta oliy o'quv yurti, Zta zamonaviy akademik litsey, 16 ta kasb-hunar kolleji mavjud bo'lib, 33 nafar fan doktori, 300 dan ortiq fan nomzodi o'quvchi va talabalarga saboq bermoqda. Aholiga 52 ta umumta'lim maktabi, 2 ta muzey, 2 ta istirohat bog'i, 4 ta teatr, 1 ta filarmoniya, 13 ta ommaviy kutubxona xizmat ko'rsatmoqda. Tibbiy xizmat ko'rsatish sifatiga alohida e'tibor berilmoqda. Shaharda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining 270 o'rinli filiali, «Ona va bola skriningi» markazi, Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tekshirish institutining filiali, Respublika «Salomatlik» instituti filiali kabi 22 ta shifoxona faoliyat ko'rsatmoqda. Keyingi yillarda Qarshi shahrida 30 ming kvadrat metrdan ortiq uy-joy, Olimpiya zaxiralari sport kolleji, 20 ming o'rinli zamonaviy stadion, 1200 o'rinli sport maneji, yopiq suv basseyni kurib foydalanishga topshirildi. Qarshi shahrida 2 ta telestudiya, 2 ta radiostantsiya, 15 ta gazeta, 1 ta jurnal tahririyati, Toshkent Davlat axborot texnologiyalari universitetining filiali, 2 ta axborot texnologiyalari kolleji faoliyat yuritmoqda. Qarshi Davlat universitetida, Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida oliy o'quv yurtlari bilan masofadan o'qitish texnologiyalari joriy etilgan, ba'zi bir oliy o'kuv yurtlarining kutubxonalari bilan elektron aloqa o'rnatilgan. Viloyat o'qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ham masofadan o'qitish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, ko'plab maktablar internet tarmog'iga ulangan bo'lib, o'quvchilar bemalol dunyo yangiliklaridan xabardor bo'lishi, o'z veb-saytlarini ochib, chet ellik tengdoshlari bilan aloqa o'rnatishi mumkin. Shaharda o'nlab internet-kafelar ishlab turibdi.

 
Shaharda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga, bozor iqtisodiyotining zarur infratuzilmasini yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ularga 15 ta bank, 9 ta sug'urta kompaniyasi, 5 ta axborot-konsalting markazi, savdo-sanoat palatasi, Respublika fond va ko'chmas mulk birjalari filiallari, biznes-fond, biznes inkubator va boshqa tuzilmalar xizmat ko'rsatmoqda. Banklar tomonidan tadbirkorlarga katta miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilyapti. Ularning davlatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgani, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun keng yo'l ochib berilgani tufayli bu sohada keyingi yillarda ulkan o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda. Ishbilarmonlar o'z korxonalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlab, sifatli, xaridorgir tovarlar ishlab chiqarmoqda. Ular tomonidan chet davlatlarga eksport kilinayotgan mahsulotlar hajmi ortib bormoqda. Qarshi jahonning kadimiy shaharlaridan biridir. U dunyo tarixi va madaniyatida alohida o'rin tutadi. Bu haqiqat Qarshi shahrining 2700 yilligi tantanalarida ishtirok etish hakida qaror qabul qilgan YuN ? SKO Bosh konferentsiyasining 32-ses-siyasida qayd etildi. Bu qutlug' sana munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov maxsus qarorga imzo chekdi. Davlatimiz rahbarining g'amxo'rligi bilan qadimiy Qarshi shahri yanada yasharib ketdi. Buerda tarixiy yodgorliklarni ta'mirlash va tiklash, Qarshining tarixiy-me'moriy qiyofasini saqlab kolish, uni rivojlangan zamonaviy shaharga aylantirishga katta e'tibor berilmoqda.

 
Keyingi yillarda buerda ko'plab me'moriy yodgorliklar, jumladan, o'n beshinchi asrda qurilgan Ko'kgumbaz, Xoja Ubayd Jarroh masjidlari, Qarshi ko'prigi, Abdulaziz, Bekmir madrasalari kabi ko'plab me'moriy obidalar qayta ta'mirlandi.Mustaqillik yillarida shu zamindanetishib chiqqan, eski tuzum davrida muborak nomlari tilga ham olinmagan buyuk allomalarimizning xotirasini tiklash, ularning hayoti va faoliyati bilan bog'liq tabarruk joylarni obod etish, ma'naviy merosini chuqur o'rganish borasida ham ibratli ishlar kilinmoqda. Respublikada birinchilardan bo'lib Qarshi shahrida joriy etilgan mahalla tizimida yangicha ish yuritish uslubi o'ziga xos yangilik bo'ldi. Tinchlik, osoyishtalikni saqlash, xavfsizlikni ta'minlashda bu boshqaruv usulining afzalliklari nihoyatda ulkan ekani tajribada o'z isbotini topdi. Yosh avlodning zamonaviy bilimlarni egallab, ma'nan va jismonan sog'lom bo'lib o'sishiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Qarshilik yoshlar Osiyo va jahon sport maydonlarida o'zlarini ko'rsatib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Birgina 2006 yilning o'zida maktab o'quvchilarining «Umid nihollari» sport musobaqalarining Respublika final bosqichi, Ikkinchi respublika ayollar spartakiadasi, o'nga yaqin sport turlari bo'yicha respublika musobakalari Qarshi shahrida bo'lib o'tdi.

 
Shunday qilib, mustaqillik yillari qadimiy Qarshi shahri uchun tom ma'noda qayta tiklanish va qurilish davri, milliy o'zlikni anglash, asriy ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni zamon talablari asosida rivojlantirish davri bo'lib qoldi. Haqiqatan ham, mustaqillik qadimiy Qarshiga iqtisodiyot va madaniyatni yuksaltirish, xalq farovonligini oshirishning yangi istiqbollarini ochib berdi. Qarshi tarixi haqidagi bilim va ma'lumotlar, tarixiy dalillar uzoq yillar mobaynida to'plangan. Ularning aksariyati qadimiy Sharq manbalariga, XIX-XX asr boshlaridagi sayyohlarning ma'lumotlariga asoslangan. XX asrning 40-yillari oxirlaridan boshlab Qarshi vohasida olib borilgan keng miqyosli arxeologik tadkiqotlar bu shaharning qadimiy va ilk o'rta asrlar tarixi, madaniyatini butunlay yangicha yoritish, uning shakllanish va rivojlanish tadrijini kuzatish imkonini berdi. Dastlab so'g'd tamaddunining asosiy markazlaridan biri bo'lgan, so'ng o'rta asrlar sivilizatsiyasi davrida o'z alloma va fiqh olimlari bilan shuhrat qozongan madaniy o'choqlardan biri bo'lmish Qarshi shahri ko'p asrlik tarakqiyot yo'lini bosib o'tdi hamda mustaqillik davriga kelib zamonaviy obod shaharga, O'zbekiston gaz va neft sanoati markazlaridan biriga aylandi.
 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #9 : 06 Mart 2008, 18:09:47 »
Qarshining tarixi

Qarshi vohasi qadimgi va o’rta asrlarda nahshab nomi bilan mashhur bo’lib, u Qashqadaryo daryosining kontinental delÑŒtasi zonasida joylashgan edi. Bu joy qadimiy sharqona dehqonchilik bilan shug’ullanish uchun juda qulay hudud hisoblangan. Shunga qaramay, eneolit va bronza davrlariga oid bo’lgan ilk dehqonchilik madaniyati bilan bog’liq yodgorliklar haligacha ma’lum emas. Aksincha, qo’shni mintaqalarda, baqtriya, marv va zarafshonning yuqori oqimida eneolit va bronza davriga oid madaniyat o’choqlari ma’lum. Nahshabda bu davrga oid madaniyat o’choqlari o’z vaqtida mavjud bo’lgan, biroq ular Qashqadaryo daryosining agrar-sug’orish ishlari natijasida katta qatlam bilan ko’milib ketgan. Erqo’rg’on, muddintepa va boshqa shu kabi hududlardagi arxeologik qazishmalar shuni ko’rsatmoqdaki, eramizgacha bo’lgan madaniy qatlamlar hozirgi kundagi qatlamdan bir necha metr chuqurda joylashgan. Binobarin, eneolit va bronza davriga oid qatlamlar ushbu vohada mavjud bo’lgan va ular yanada chuqurroqda joylashgan degan ilmiy taxminlar mavjud.
bizga ma’lum bo’lgan Qarshi vohasining tarixi ilk temir asrlaridan boshlanadi. Bu davrda II asr oxiri va I asr boshlarida o’rta osiyo tarix sahnasida yangi etnomadaniy jarayon boshlanadi. Cho’l hududlarida qorasuq qabilasining madaniy an’analariga rioya etuvchilar tarqaladi, amudaryo, sirdaryo, zarafshon, Qashqadaryo daryolarining yuqori va quyi hududlarida qadimgi va o’rta asrlardan ma’lum bo’lgan o’rta osiyoning asosiy tarixiy-madaniy jarayonlari shakllandi. Bu davrda baqtriya, marv, so’g’d, xorazm va markaziy osiyoning boshqa qadimgi etnomadaniy toponimlari shakllandi. Yirik dehqonchilik vohalari rivojlandi va ularning markaziy hududlari himoya devorlari bilan o’raldi.
Er.avvalgi I ming yillikka oid sopol buyumlari janubdan shimolgacha keng tarqalgan edi. Qashqadaryo vohasi kulolchilik buyumlari baqtriya uslubi bajarilgan. Samarqanddagi afrosiyob va ko’ktepa so’nggi yillarda olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida esa, bu erda burg’uliq uslubidagi sirdaryoning o’ng qirg’og’i madaniyatiga yaqin kulolchilik buyumlari kompleksi topildi. Ilk temir asrlariga oid nahshab va Qarshi vohasida topilgan qadimgi buyumlar erqo’rg’on shahrining ichki qatlamidan topildi. Bu davrga oid oz miqdorda topilgan idishlar orasida qizil fonga qo’l bilan yozilgan va idishlarni suvda yuvsa yuvilib ketadigan yorqin fonga qizil bo’yoq bilan yozilgan bezaklar mavjud.
Shunday qilib, so’?dning ilk temir madaniyati kelib chiqishi, iskandar zulsarnayn davrida amudaryodan sirdaryogacha meridional yo’nalishda tarqalgan bo’lib, geterogen rivojlanish xususiyatiga ega. So’g’dning ilk voha va shaharlari barpo etilishi davrida aleksandargacha yarim ming yil avval zarafshon vohasidagi shahar tipidagi qadimgi madaniyat o’choqlari sirdaryoning o’rta oqimi bilan bog’liq edi. Bu esa Qashqadaryo vohasining moddiy madaniyati o’rta va yuqori oqimdagi baqtriya va marvning ilk shahar madaniyatlari bilan genetik bog’langanligidan dalolat beradi.



 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #10 : 06 Mart 2008, 18:13:15 »
eRTQO'RG'ON qASHQADARYONING 1-POYTAXTI

Erqo’rg’ondagi shahar ibodatxonasi xarobalaridagi qazishmalar ostida yana ikkita inshootlarning qoldiqlari shaharga stratigrafik shurfni qo’llaganda aniqlandi. yuqori qatlam ellin davriga tegishli bo’lib, pastki qatlam esa mil. Av. 1 ming yillikning o’rtalariga tegishlidir. Olimlar III-IV asrda qurilgan ibodatxona shaharning qadimiyroq ibodatxona xarobalari ustida qad ko’targan bo’lsa kerak, degan taxminga bordilar. bunga shu narsa dalolat beradiki, eng pastki inshootning ochilgan qismi g’ishtli platformadan iborat bo’lib odam bo’yi bo’lgan. Uni materikdan yupqa toshko’mir qatlami ajratib turadi. Bizga shu narsa ma’lumki, zardushtiylar o’z diniy rasm-rusmlarini ochiq joylarda o’tkazishgan. Ushbu muqaddas joy platforma ustida joylashgan bo’lib, u taxminan mil. Av. 1 ming yillikka tegishlidir. Platforma ostida esa kul uyumi mavjud bo’lib, u maydonni tozalash natijasida yig’ilib qolgan.
Zardo’shtiylik o’rta osiyo va so’g’dda qadimdan mavjud bo’lganligi to’g’risida yozma manbalar guvohlik beradi. Bu ma’lumotlar erqo’rg’onda daxmani qazish ishlari olib borilganda o’z isbotini topdi.
Erqo’rg’on dahmasi - so’g’diyona antik arxitekturasidagi o’z mohiyati va maqsadiga ko’ra noyob to’rt burchakli monolit shakliga ega bo’lgan, -g’arbiy va sharqiy old tomonida ikki marosim maydoni mavjud bo’lgan shaklni eslatadi. Erqo’rg’on dahmasini bo’rtma asosi o’ziga xos bo’lib, na ?indistondagi parslarning "jimlik minoralari", na erondagi qoya sag’analari va ustunli yodgorlik inshootlariga o’hshaydi. Biroq dahma arxitektonika va dekorining detallari etarli darajada qadimgi sharqiy va ellin arxitekturasida an’anaviydir. Devorlarining bir maromda vertikal tarzda tekislab chiqilishi, asosiy zinaning konstruktsiyasi, dahma old tomoni devorining ustki qismini bezab turgan tishli merlonlar va bezakli to’g’ri burchakli g’ishtchalar - bularning hammasi qadimgi sharq arxitekturasida, shuningdek, orol oldi sak qabilalarining qabr inshootlari va ellin shahri oyxonumdagi ibodatxona - yodgorlik arxitekturasida ham o’z aksini topgan.
Dahmadan topilgan oz miqdordagi sopol material miloddan avvalgi II asrga oid. Dahma ko’p faoliyat ko’rsatmagan, u taxminan mil. Av. II asrda xom -g’isht bilan yopib tashlangan. Ehtimol u shahar tashqi devori barpo qilingandan so’ng bu ahvolga kelib qolgan bo’lishi mumkin, chunki u dahma to’g’risidagi ilohiy qonunlarga amal qilgan holda amalga oshirilgan. Ushbu qonunlarga ko’ra, bu kabi marosimlarni shahar kvartallari orasida o’tkazish mumkin bo’lmagan. yuqoridagi maydon vayron qilingan. G’arbiy tomonda olib borilgan tozalash ishlari jarayonida ustki tomonidan g’isht va tuproq aralashmasidan yopilgan oq ohakli qoplamalarning qoldiqlari topildi. Shu bilan birga, odam mayda suyaklari, tishlar, qimmatbaho taqinchoq va noyob sopol bo’laklari topildi. Dahmaning sharqiy old qismidan esa odam bosh chanog’ining ba’zi qismlari va erkak kishining naysimon suyaklari joylashgan siniq xumcha topildi. Ikkinchi bosh chanoq g’arbiy yon bag’irning etagidan topildi. Dahmaning ustki qismida so’g’dning yunon-baqtriyaliklardan tortib olgan mil. Av. I asrda yashagan, kelib chiqishi saklardan bo’lgan naxshab xukmdorlari sulosasiga talluqli bo’lgan kishilarning jasadi saqlangan va dahma ularga tegishli bo’lgan.
Fanda ma’um bo’lgan ?indiston va eron parslarining dahmalari yangi davr va qisman o’rta asrlar davriga mansub edi. Biroq 1940 yildayoq xorazmdagi chilpak tepaliklarida s.p. Tolstov tomonidan asosi aylana shaklida bo’lgan (er. III-IV asrlariga tegishli bo’lgan) dahma qoldiqlari topildi. Erqo’rgondagi dahma shunga o’xshash bo’lgan eng qadimgi inshoot xisoblanadi. Eronda topilgan, suyaklari tozalangan qabrlar axmoniylardan keyingi davrga oid bo’lib, ular erqo’rondagi dahma bilan deyarli bir vaqtga tegishlidir. Xorazmning haykalsimon ossuariylari ham mil. Av. IV-III asrlarga to’g’ri keladi. Dahmalar bu vaqtgacha jasadlar saqlanadigan inshoot vazifasini o’tamaganligi ehtimoldan xoli emas, chunki ma’lum va mashhur zarushtiylik dafn marosimlari va u bilan bog’liq rasm-rusumlar, ko’pchilik tadqiqotchilarning fikriga ko’ra mil. Av. II-I asrda tuzilgan videvdatada keltirilgan.
Eramizning III-IV asrlarida nahshabda marvlik arshakiylar sulolasi vakillarining hokimiyat tepasiga kelishi va undan keyingi qabilalarning ko’chishi natijasida keskin etnomilliy o’zgarishlar ro’y berdi. Ushbu davrda marv va nahshab o’rtasida madaniy aloqalarning mavjud bo’lganligi erqo’rg’on shahar ibodatxonasi va uning ustki qismida olib borilgan qazish ishlari natijasida oydinlashdi.


 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #11 : 06 Mart 2008, 18:14:03 »
Davomi...

Shahar markazida joylashgan ibodatxona kompleksi yonma-yon turgan va fasadlari janub tomonga qaragan ikki alohida binodan iborat bo’lgan. Sharqiy ibodatxona - keng xovliga chiquvchi katta to’g’ri burchak shakliga ega bo’lgan janubida ikki ustunli ayvonli zal shaklida bo’lgan. U oldin mavjud bo’lgan bino xarobalarini yopib turgan baland g’ishtin platforma ustida joylashgan. Ayvon pastroqda joylashgan. Undan ham pastroqda xovliga kiraverishda janubga tomon pasayib boruvchi ko’ndalang terassalardan iborat bo’lgan xovlining ustki qismi joylashgan. Ibodatxona milodiy III-IV asrlardan to VII asrgacha faoliyat ko’rsatgan, shu bilan birga u bir necha bor qayta qurilgan. Kamida besh marotaba yirik qayta qurishlar bo’lib o’tgan. Biroq bir qatordagi ibodatxona, ayvon va xovlining umumiy rejasi o’zgarmay qolgan. Ibodaxona (13,2x7,5 m) devorlarida gumbazsimon qubbali o’yiqli tokchalar mavjud bo’lgan. Ustunlar ganchli qoplamaning qalin qatlamini yopib turgan bo’lib, ular tiniq qizil rangda bo’lgan. Devorlar va tokchalarda rang-barang yozuvlar bo’lgan, afsuski, ulardan deyarli xech narsa saqlanib qolmagan. Tokchadagi yozuvlardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ular ichki bezakli ornamental xususiyatga ega bo’lgan. Devorlardagi yozuvlar esa lavhali shaklda bo’lgan. Bo’yoq qadimgi rassom tomonidan mayin alebaster suvog’i ustidan o’tkazilgan, ba’zi joylarda esa bo’yoq loy suvoq ustidan mohirlik bilan surilgan. Ibodaxona janubidagi peshayvonning hajmi 18,5x7,0 metr bo’lgan. Uning devorlari bo’ylab qator-qator sufalar joylashgan. Ayvonning shimoliy devori qadamjoga kirishning uyachalari har ikki tomondan har birida kichik ustunli yirik tokchalarga ega bo’lgan. Tokchalar va ustunlar qizil rangga bo’yalgan, ayvonning devorlari yarim xromli yozuv bilan yozib chiqilgan, u ham deyarli saqlanmagan. Ayvonning tomi, extimol ikki qatordan qilib qo’yilgan sakkiz ustunga tayangan.
Ayvonning shimoli - g’arbiy burchagida marosim gulxanlari yoqiladigan to’siq bilan to’silgan - g’arbiy maydonga chiqadigan yo’lakcha joylashgan. Chamasi u erda ibodatxonaning boshqa erlarida yoqilgan gulxanlarning kuli saqlangan. ?ar bir yoqishdan so’ng kul albatta bir qator qurbonliklardan so’ng, loy va tuproq bilan yopib tashlangan. G’arbiy maydonda to’plangan kulning qalinligi ikki metrga etadi. U tuproq bilan qoplangan yupsa kul qatlamlardan iborat bo’lgan. Eng pastki gulxan butun maydonning ustki qismida kuzatildi. Uning markazida qalinligi loyli qatlam bilan 0,5 metrga teng. Unda tuproq va kul aralashtirilgan katta siniq xum topilgan. Kulning oldida jangchining qalqonidan qolgan ko’plab bo’laklar topilgan, ular bilan bir qatorda kamon o’qlarining uchlari va taqinchoqlar ham topilgan. Bu topilmalar orasidan to’g’ri burchakli himoya minorasi va tuproq qo’rg’onning ikki qal’a qismi va minoradagi nayzasimon tuynuk tasviri tushirilgan oltin nishona ajralib turadi. Kulning yuqori qatlamida qurbonlik qilingan hayvon suyaklari va siniq idishlar bilan birga yorug’lik taratuvchi ko’plab asboblar topilgan.
Ibodatxona hovlisini qazish ishlari ko’rsatganidek, u qo’shimcha binolar bilan o’rab olingan edi. Mazkur binolar loy bilan to’ldirilgan maydondan ko’tarilib turgan maydoncha ustida barpo etilgan.
Sharqiy ibodatxonani qazish ishlari shuni ko’rsatadiki, u uzoq vaqt davomida o’zgarishsiz faoliyat ko’rsatgan. ibodatxona poli va ayvonida ta’mirlash ishlari olib borilganligi natijasida suvoqning qalin qatlami vujudga kelgan. Ehtimol milodiy IV asrda ibodatxona qayta qurilgan bo’lishi mumkin. Ibodaxonada xudoning haykali turgan kirish qismining qarshisida turgan katta markaziy peshayvondan tashqari ko’plab boshqa peshayvonlar ham qurilgan. Sufalarda tashqi devorlarni mustahkamlovchi devorlar qurilgan. Ayvondagi polning sathi ibodatxona poli sathigacha ko’tarilgan. Ayvon ichida bir qatorda turli tipdagi ustunlar saqlanib qolgan. Asosning ikkinchi qatori janubiy qismda bo’lib, ular saqlanmagan. Ayvonda ibodatxonadan farqli o’laroq ustunlar asosi yog’ochdan bo’lgan. Ayvonda ham tokchalar qo’yib chiqilgan. Tez orada uchunchi qayta qurish ham ro’y bergan. Bu jarayonda markaziy tokcha oxirigacha qad rostlagan va keng pog’onali postament sufa qurilgan bo’lib, unda ilohning haykali mavjud bo’lgan, degan taxmin qilinmoqda.
Ibodatxonaning binosi qo’shimcha ikki devor bilan uch alohida qismga bo’lingan; markaziy kirish qarshisida sanam turgan, o’rta hajmdagi ibodatxona, yon tomonda esa xizmatkorlar uchun ikki tor bino mavjud bo’lgan. Ibodatxona polining sathi 70 santimetrga ko’tarilgan. Uchinchi qurilish jarayonida polning sathi ayvonda ilgarigidek saqlangan. Devor oldidagi sufalarning shakli o’zgargan. III davr ohirida g’arbiy maydondagi kulxona g’isht va loy bilan yopib tashlangan va uning ustida IV-V qurilish davrida faoliyat ko’rsatgan qo’shimcha binolar qurildi. Nisbatan yahshiroq saqlanib qolgan shimoli-sharqdagi kvadrat shaklidagi bino ichidagi xonadan turli xildagi sopol idishlar va bronza ashyolari topib olindi va ular ibodatxona faoliyatining oxirgi davri bo’lmish VI asrga tegishli ekanligi aniqlandi.
IV-V qurilish davridagi binolarni qayta qurish unchalik ahamiyatli emas edi va faqatgina ibodatxona bilan cheklanib qolgan, ayvon va hovli qismlari deyarli qayta qurilmagan.
Yuqorida qayd etilganidek, I-II davrga tegishli bo’lgan g’arbiy maydon kuldonlaridagi keramikani o’rganish natijasida uni III-IV asrlarga tegishli, deyishga asos bor. Uning faoliyati so’nggi davri to’g’risida so’g’dning yangi davrdagi podshosi shishpira tangasi guvohlik beradi. ushbu tanga V davr qurilishi poli tepasidan topib olindi.
Bu erda bir vaqtlar juda boy bo’lgan tasviriy san’at yodgorligidan, shuningdek, yorqo’rg’o’nning sharqona ibodatxonasidan deyarli hech narsa qolmagan. I qurilish davri yozuvlari II davrgacha bo’lgan uzoq faoliyat davomida deyarli ko’chib tushgan. Ayniqsa, II davr uchun ustun bo’lib xizmat qilgan devorlar buzilgach, I davr devorlari yuzasida bo’yoq dog’larigina qolgan edi. Biroq II davr tokchalaridagi yozuvlar yaxshi saqlangan. Ushbu tokchalar oq fonda chizilgan panjara tarzidagi rasmlar bilan bezalgan ornament shaklida jangchini tasvirlovchi fragmentlardan iboratligini namoyish etib turibdi. pastdan panjara tarzidagi bezaklar yarim aylanalar bilan o’rab olingan. Asrab qolingan eng yirik fragment markaziy tokchaning yon devorchasidan topib olindi. Unda oq nimbalardan iz qolgan tabiiy kattalikdagi anfas tasviri ko’rinib turadi. Tasvir kengroq bo’lgan qora ramka bilan o’rab olingan, xuddi shunga o’xshash chiziqning bo’laklari rasm bo’lagidan pastroqda ham kuzatiladi. G’arbiy ustunning asosida ham uslubiy jihatdan farqlanib turuvchi tasvirlar tushirilgan, taxminlarga ko’ra ular biroz kechroq chizilgan. Ular asosdan 1 m balandlikda joylashgan bo’lib, ustun asosini o’rab turuvchi bir qancha ramziy belgilardan iborat bo’lgan: afsonaviy 2 boshli qush va olov mehrobining mayin qora konturli chiziqlari yordamida qizil fonda ritmik ravishda takrorlanib turuvchi tasviri mavjud. Ibodatxonaning markazga yo’nalib turgan tomonida qizil fonda oq rang bilan chizilgan ikki insonning surati tushirilgan. Ehtimol ular madhiya aytayotgan paytda chizilgan kohinlarning tasviri bo’lishi mumkin. Ulardan birining qo’lida tirnavli aylana predmet, ikkinchisining qo’lida - uzuk va boshqa ayrim predmetlar bor.
Ibodatxonaga bag’ishlab qurilgan ilohning haykali u erda o’ziga xos o’rin egallagan. Haykallar soni to’rtta bo’lgan shekilli, har bir qayta qurishdan so’ng eski sanamning haykali sindirilib, uning bo’laklari devor va pollar orasiga va ostiga tashlangan, uning o’rniga boshqa haykal o’rnatilgan. Bu erda hatto oxirgi davrda ham g’ishtdan qilingan, tepadan oq chang suvoq bilan surkalgan to’g’ri burchakli mehrob bino qilingan. Ushbu mehrob tozalanganda ham uning yuqori qismi toza kul qatlami bilan qoplanganligi ma’lum bo’ldi. Mehrob ostidan yog’och karkasda qilingan va bo’yalgan loy haykal qoldiqlari topildi. Mazkur qoldiqlarni o’rganish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, ular uzun va eni tor ko’ylakda bo’lgan iloh haykalining parchalari bo’lgan. Xaykalning faqatgina orqa tomoni saqlanib qolgan. U IV davr qayta qurishdan so’ng peshtoqda turgan. Undan oldin bo’lgan haykalcha sindirilib, pol ostiga tashlangan bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Haykalcha bosh bo’lagining kattagina qismi topilgan bo’lib, yuzi - yorqin bo’yalgan, peshonasida va iyagida qizil va oq aylanachalardan bezaklar chizilgan. Ibodatxonada, shuningdek, II davr haykaltaroshligi qoldiqlari ham topildi.
Sharqiy ibodatxona qazilmalarida topilgan topilmalar orasida erqo’rg’on qadimgi aholisining g’oyaviy qarashlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan va ibodat uchun ishlatilgan buyumlar alohida ahamiyatga ega. III davrga oid markaziy tokchaning tosm sag’anasida I va II davrlarda ham ishlatilgan buyumlarning kichik xazinasi ko’milgan. Shuningdek, aqiqdan yasalgan iloh va qurbaqaning mitti haykallari kiradi. IV davrga oid pol ostidan anchagina temir buyumlar, oltindan yasalgan osma barg ko’rinishidagi zargarlik buyumlari va bandli kichkina bronza oyna bilan birga yumshoq och rangli qorishmadan quyilgan ilon shakli topilgan. Zardushtiylarning muqaddas hayvoni - tipratikan bilan birga avesto bo’yicha yovuzlik homiysi axuramazdaning mavjudotlari bo’lmish ilon va qurbaqaning shakli joylashgan topilmalar majmuasi erqo’rg’on aholisining o’ziga hos mafkurasidan darak beradi.
Ikkinchisi, markaziy yoki g’arbiy ibodatxona deb ataluvchi inshootning pastki qismi 50X50m, tepaligi 7 metrli to’rtburchak shakldan iborat bo’lib, janubiy tarafdan kirishda chuqur o’yiq joy bo’lgan. Bu bino ham ko’p marta qayta qurilgan. Muhimi shundaki, bu bino sharqiy bino bilan bir vaqtda qurilgan bo’lib, ular birgalikda yagona me’moriy majmuani tashkil qilgan (panjikentdagi kabi). Lekin o’z me’moriy rejasi bo’yicha u sharqiy ibodatxonadan butunlay farq qiladi.
Ibodatxona majmuasining markaziy yoki g’arbiy qismi (I qazilma, markaziy tepalik) keyinroq qurilgan. Tashqi jixatdan ehromsimon ko’rinishga ega bo’lgan to’rtburchak devorlar massivi etisar madaniyatiga mansub bo’lgan ko’mish inshooti xususiyatlarini kattalashtirilgan xolatda namoyon etadi. Ushbu bino faqatgina tashqi tomondan o’rganligan bo’lib, hali uning funktsional vazifalari to’liq o’rganilmagan. Massivning shimoli-sharqiy tomondagi devorlari tashqi devorlar burchagidan topildi. Bu erda tik yo’naltirilgan fasadga ega bo’lgan to’rburchaksimon yirik ibodatxona mavjud bo’lib, u ko’rinishidan yanada qadimiyroqdir. bu inshoot o’z ko’rinishi va hajmi bilan oks va surx-kotol ibodatxonalariga o’xshab ketadi. Uning yoshi sharqiy tepalikning I, II qurilish davrlariga borib taqaladi. U ham olov saqlanadigan joy vazifasini bajargan bo’lishi mumkin.
Qo’sh ibodatxonalar qurish an’anasiga to’xtaladigan bo’lsak, bu narsa eronda salavkiylar va parfiyaliklar davrida va keyinchalik, so’g’dda ham ma’lum bo’lgan. Erqo’rg’on qasri binosi ichki shaharning shimoliy qismida ibodatxonalar majmuasi orqasida joylashgan. Oldingi qismi ibodatxona majmuasi kabi janubga qaratilgan mazkur yirik inshoot avvalroq ?ukmdor saroyi sifatida e’tirof etilgan. Bu bino tikkasiga ikki qismli bo’lgan va 1 gektarga yaqin maydonni egallagan. Pastdan 12 metr balandlikda bo’lgan yuqori maydon keng yo’nalishga mo’ljallangan. Janubiy tarafdan unga 4-5 metr pastda pastki maydon joylashgan. Chuqur pastlikni inobatga olgan holda qasrga kirish yo’li janubiy tarafning markazida joylashgan.
Qasr yuqori maydonchasi shurfi shuni ko’rsatadiki, u to’rtburchak shakldagi xom g’ishtdan iborat mustaxkam platforma asosida qurilgan. Platformaga nisbatan 5 metr baland bo’lgan, ilgari qurilgan devorlar suvab tashlangan.
Erqo’rg’on qasri o’z tuzilishi va umumiy mazmuniga ko’ra, o’rta osiyoning mashhur qasrlaridan biri bo’lgan. U har biri alohida reja asosida qurilgan mustaqil ikkita, ya’ni yuqori va pastki maydonchalarga bo’linganligi bilan ham o’ziga xosdir. yuqori maydonda keng chiziq bo’yicha cho’zilgan alohida tsellalar (xonalar), vestibyullar, sharqqa qaratilgan ayvonlar, hovlilar va ovqatlanish xonalari mavjud bo’lib - bularning bari tor yo’laklarining ikki qatori bilan tutashtirilgan edi. Uni qasr ibodatxonasi bo’lgan deb ?isoblash mantiqan to’g’ridir. Erqo’rg’on qasrining tor yo’lakchalar bilan birlashtirilgan hovlichalar va imoratlar tuzilishiga ega bo’lgan pastki maydoni rejasi tuzilishi qadimgi sharqning ko’pgina qasr majmualariga xos. Bularga bobildagi navuxodonosor qasri va suzadagi doro qasrini misol qilib olish mumkin. Qadimgi o’rta osiyo qasrlari bilan erqo’rg’on qasrini unda alohida ibodatxona majmuasi mavjudliga yaqinlashtiradi. Qizilqir, kalolqir, tuproqqala, erqo’rg’on va panjikent qasrlari shu ji?atlari bilan axamoniylarning pasargad, suza va persapoldagi mashhur qasrlaridan farq qiladi va ularning saroy qurilishidagi yanada qadimiy hisoblanmish ossuriya va midiya an’analariga borib taqalishi extimoli mavjud. Balki, "davlatlar qirolligi"da juda ko’p muhim ibodatlar (ilohlar) bo’lgandir. Shuning uchun rasmiy qabullar bo’ladigan zal "apadanalar" axamoniylar qasrida markaziy o’rin tutgan bo’lib, ularda sajda qilish inshootlari bo’lmagan. Axamoniylar qasrlari umumimperiya ma’muriy integratsiya markazlari xisoblangan.
Erqo’rg’on qasri xususiyatlari ?aqida xulosa qilib shuni aytish kerakki, shahar va qasr ibodatxona majmualari bir-biridan tamomila farq qilgan. Markazida olov yongan qasr ibodatxonasi tsellasi, yo’laklar tizimi orqali kunduzga yorug’lik va atmosfera ta’siridan butunlay ajratib qo’yilgan. Shuningdek, tasviriy san’at izi ham sezilmaydi, bu taxminan qasr va shahar muqaddas dargohlari ibodatdagi farq bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Qasr ibodatxonasi doimiy olov saqlashga mo’ljallangan edi. Olov ma’bud (iloh) sharafiga, yoki III-IV asrlardagi naxshab ?ukmdorlarining ilohiylashtirilgan ajdodi sharafiga yoqilishi mumkin edi.
Erqo’rg’onning yana bir ulkan xotira inshooti III-IV asrlarga taqaluvchi hukmdorlar maqbarasidir. Me’moriy jihatidan ushbu topilma shahar tomonga qaratilgan va uch tomondan tor yo’laksimon imorat bilan o’ralgan to’rtburchak markaziy zal yoki ayvon ko’rinishiga ega bo’lgan noyob ijodiy yodgorlikdir. Majmua yuqori zinali, ehromli platformada qurilgan bo’lib, tepaga olib chiquvchi ganch surilgan pishiq g’ishtdan terilgan paradli (hashamatli) zinasi ham mavjud bo’lgan. Maqbara interÑŒeri tuzilishi echimi mashhur kushon ibodatxonasi surxkotalning rejasini takrorlaydi. Erqo’rg’onda rejalashtirishning bu turi hashamatli maqbaralar qurilishida ko’p bor qo’llanilgan.
Erqo’rg’ondagi hukmdorlar dafn marosimlari o’sha davrdagi o’rta osiyo shahar axolisi uchun xosdir. Markaziy zal asosan yodga olish (xotira) xususiyatiga ega bo’lgan marosimlar uchun xizmat qilgan, perimetr bo’yicha joylashgan tor imoratlarda III-IV asrlardagi naxshab ?ukmdorlarining tozalangan suyaklari ko’milmasi ko’mish anjomlari bilan birgalikda topilgan bo’lib, bu imoratlar suyaklar, diniy xayr-e?sonlar va xotira rekvizitlari saqlanadigan joy bo’lgan.
Naxshab markazining aholi yashaydigan inshootlari me’morchiligiga to’xtaladigan bo’lsak, erqo’rg’onning yuqori qismi IV- VI asrlardagi aholi yashash joylarinint to’liq suratini berib, bu erda qullar va temirchilar mahallasi ko’proq o’rganilgan. Birinchisi ichki shaharda joylashgan bo’lib, o’zining qazilgan qismi (13 qazilma) mahallani tashkil etuvchi alohida uy xo’jaliklari qatorlaridan iborat. Bir necha xonadan iborat bo’lgan anchagina katta uylar tegishli jihozlarga ega bo’lgan. Sajdago?ga ega bo’lgan (olov yoqish izlari bo’lgan mexrob, loydan yasalgan haykal) ko’pgina uy xo’jaliklari hovlilarga ega emas edilar. Kulollar mahallasi bo’ylab o’tkazilgan yagona devor mahallani sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’ladi. Barcha xo’jaliklar kattaroq yoki kichikroq to’rtburchakli qismlarda yoki sektsiyalarda joylashgan bo’lib, ushbu mahalla tuproqqal’a va qadimiy xorazmning boshqa shaharlari yashash mahallalariga monand yagona massiv shaklida qurilgan.
Erqo’rg’on tashqi sha?rida joylashgan temirchilar ma?allasi boshqacha taassurot uyg’otadi. mahalla ichki devor darvozasidan to Samarqand va kesh yo’nalishiga olib chiquvchi tashqi darvozagacha cho’zilgan ko’chaning ikki tarafida joylashgan edi. Temirchilarning butun xo’jaligi chiqish yo’li ko’chaga qaratilgan bo’lib, janubiy tomonda faqat ishlab chiqarish ustaxonalari joylashgan. Shu erning o’zida savdo ishlari olib borilgan. Shimoliy tarafda esa a?oli istiqomat qiluvchi uylar joylashgan edi.
Naxshabning V-VIII asrlarga oid qishloq joylaridagi inshootlarida olib borilgan qazishmalarning (kunjutlitepa, qo’shtepa va b.) ko’rsatishicha, shahar va qishloq a?olisi xo’jaliklari ichki tuzilishida ko’zga ko’rinarli farqlar bo’lmagan.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: QASHQADARYO tarixi.
« Javob #12 : 06 Mart 2008, 18:14:59 »
Tarixiy lavha

Hozirgi O’zbekistonning Qashqadaryo viloyati qadimgi so’g’d vohasining unumdor dehqonchilik hududini egallagan bo’lib, qadimda o’z suvlarini amudaryoga quyuvchi zarafshon va Qashqadaryo daryolari oralig’ida, movarounnahrning qoq markazida joylashgan. Movarounnahrning barcha tarixiy rivojlanish bosqichlari ushbu viloyat bilan chambarchas bog’liqdir. Kitob va Shahrisabzda joylashgan qadimgi shaharlarda olib borilgan qazish ishlari davomida arxeologlar tomonidan topilgan xilma xil moddiy boyliklar va tangalar silsilasi antik so’g’diyonaga xos bo’lgan boy madaniyatdan dalolat beradi. Antik davrdan keyingi ilk asrlardagi mustaqil davlatlar hisoblanmish Kitob, Zahoki Maron va Qarshi yaqinidagi erqo’rg’on shaharlari tarixiy qatlamlarda yorqin iz qoldirgan. yangi eraning V asri kelib esa antik shaharlarning tanazzulga yuz tutishi kuzatiladi. IV-VII asrlarda birin-ketin ilk feodallarning mustahkam qal’alari paydo bo’la boshladi. (Muddintepa, Sho’rtepa, Shullikto’pa va boshqalar shular jumlasidandir). Arxeologik qazishmalar mobaynida IV-VII asrlarda mavjud bo’lgan Kadjartepa, Tog’aytepa, Ko’xnafazli shaharchalarining qoldiqlari topildi. Shu vaqtda kesh viloyati (kitob va Shahrisabz) va naxshab (hozirgi Qarshi shahri) turk hoqonligi davlatining to’qqiz federatsiyasi tarkibiga kirardi. Ular muxtoriyat hisoblanar hamda Samarqandda hukmronlik qiluvchi hoqonga hiroj to’lardi.
O’sha vaqtdagi shaharlarda loydan qurilgan qalin devorlar, ularda qo’riqlash uchun baland minoralar va mustahkam darvozalar, ba’zi shahar darvozalarida esa mustahkam qulflar mavjud edi. Shahar hududi gavjum aholi yashaydigan ijtimoiy - madaniy markaz hisoblanardi.


 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Bugungi kun tarixi

Muallif muxbirBo'lim Yangiliklar

Javoblar: 199
Ko'rilgan: 107048
So'nggi javob 27 Iyun 2013, 14:24:35
muallifi Muhammad Sanjar
Alixonto'ra Sog'uniy. Tarixi Muhammadiyya

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 736
Ko'rilgan: 233628
So'nggi javob 07 Iyun 2008, 16:30:27
muallifi Foniy
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 17723
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
Testlar: O'zbekiston tarixi

Muallif muxbirBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 748
Ko'rilgan: 197054
So'nggi javob 28 May 2008, 17:45:31
muallifi muxbir
Buxoroyi Sharif obidalari: tarixi, fotosuratlar bilan

Muallif RobiyaBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 20583
So'nggi javob 04 Iyun 2010, 11:27:44
muallifi Robiya