Muallif Mavzu: Musulmonla befarq bolmang iltimos  ( 3277 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

SolihaSumaya

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 3
Musulmonla befarq bolmang iltimos
« : 24 May 2015, 16:41:31 »
Assalomu alekum. Mani savolim barca musulmonlarga va dindan aniq ilmi bor bogan fozillarga. Iltimos xatimni etibordan chetta qoldirmang
Man 4 yoshda otamdan ajrab ogay ona qolida qoganman. 18 yoshgacha tikish qilib oyimga yordam qilishga xarakat qilib osdim.
18 yoshimda oyim mani majburan ozimdan 15 yosh kotta va boy odamga turmushga uzatti. Lekin u odamga man uy yumushlarini qilishdan boshqa narsaga kerakmas edim manimcha. Chunki ortamizda er xotinlik munosabati yoq, u mani  barcha tanishlaridan yashirar va ichib urar, kambagallik ba etimligimni yuzimga solib kop xorlardi
 Oxiri uydan qochib chiqib kettim. Qaytib bormadim uyiga va sudga ariza berib 3 yil davomida ajrashdim. Shu vaqt ichida ozim ishga kirib yolgiz kunimni korib yurdim. Keyin xayotimga bir yosh, dindor, bir qarashda ota tarbiyali, ogir va bosiq yigit kirib keldi. U uylangan , bir farzandi bor bolsada, mani yoqtirib qolgani, ikkinchi ayol sifatida unga turmushga chiqishimmi soradi. Oilali bogani tufayli, xatto gapini eshitmay, javob bermay 7, 8 oy undan qochib yurdim. Lekin shu vaqt davomida uning qat'iy xarakati va niyati jiddiyligi tufayli ishondim va ikkinchi bolsada yaxshi insonga ayol bolsam baxtli bolaman dib umid qilib rozilik berdim. Lekin 1 oy otib otmay "sani korsam ayolimdan konglim qolayapti, ayolimdan uzoqlab kettim, oilam buzilub ketarkan, sanga uylonomiman, lekin sani yolgiz tashab qoymiman" dib mandan voz kechdi.

SolihaSumaya

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 3
Javob: Musulmonla befarq bolmang iltimos
« Javob #1 : 24 May 2015, 16:47:09 »
Osha paytlarda sogligim yomonligi tufayli xar yili 2 martalab operasiya bolardim.1, 2 marta operasiya pulimni tolab berib yordam qildi. Uni taniganimga va bu voqelardan keyin 4 yildan ortiq vaqt otti xamki, man yolgiz yashadim ichimdan uni kutib. Boshqaga kongil beromadim. U xam bolsa xar 3 oy yoki yarim yilda sani sogindim dib kelib korishib oziga qattiqroq boglab boraverdi. Bir kun manga elektron xat yozib, man islomiy dovlatlardan birida ortoglarim bilan dam olishdaman. Sanga pul jonataman, tez samoletga bilet olib etib kel, nikoxdan otamiz dedi. Man juda baxtiyor edim. Etganidek qilib bordim. Borishim bilan 10 daqiqa ichida uning 2 ortogi guvoxligida boshqa bir dosti xich qanday duo oqimay, ilmsiz bolsada shu masuliyatni elkasiga olib mani va uni ismimiz va otamizning ismini aytib nikoxga roziligimizni soradi va bizni roziligimizni olib xayrli bolsin dib chiqib ketishdi. Man bunaqa nikoxdan xayron bolib, xozir nikox boldimi disam u xa, endi ayolimsan deb manga tashlanib ketti. Man bunaqa tezlikni kutmagandim, xali psixologik tayyormasman, uzoq yoldan keldim, bugun dam olay, bir kun vaqt bering deyishimga qaramay niyatiga etti. Toshakda yiglab, ogriqlardan ozimga kelolmay yottim. Mani xali erkak kishi bilan yotib kormagan va bunaqa munosabatni umuman tushunmasdim. U xich bolmasa ovutib shirin soz aytolmadi. Chetga ogirilib uxladiyu, ertasi ertalab tana qila boshladi. Yani "man boshqacha tasavvur qiganidim, manga yoqmading, ayolim yaxshi ekan, ajrashilik " deb.

SolihaSumaya

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 3
Javob: Musulmonla befarq bolmang iltimos
« Javob #2 : 24 May 2015, 16:52:42 »
Man esa "axir siz ayoliz bilan 8 yildan oshiq vaqt birga yashisiz, 3 ta farzandiz bor, mani xayotimda erkak kushi bilan yaqinlik borasida tajribam yoqku" deyishimga xam quloq solmay 3 marta takrorlab taloqsan dedi. Man yer bilan yakson bolib yalinib rahm kutib yiglab qolaverdim. Shundan keyin biletini bugungu kunga almashtirib tezro ket qaytib, man sani yaxshi kormiman va yaxshi kormaganman xam dib xayday boshladi. Man xona burchagida yiglab oksib otiribman, u esa namoz oqivatti. Naxotki dindor odamlar namoz oqib yomon ishlariga kechirim sorab yana qabix ishlarida davom etishlariga ruxsat bor? Niyatidan qaytishini sorab yalinsam , mani oilam bor, mani tinch qoy dib oilasi orqasiga berkinishga tushdi. Xozirda bir ozim begona davlatta biletim muddati keguncha vaqtincha mehmonxonada yashab turibman. Biror marta xolin nima dib sorab kelmadi.  Xayotimda bolayotgan buncha qorqinchli voqealardan shokda, xar kun tinimsiz yiglab yupanch topolmay sizga xat yozdim. Savolimga javob berila iltimos:
1. Uni dosti bu tarzda qigan nikoxi xaqiqiymi?
2. Nikoxdan keyin birga bolib ertasi kun taloq berish mumkimmi islomda? Va bu taloq otadimi?
3. Uning bu ishlarini ajri va jazosi bormi er yuzida va dinda?

Assalomu alekum. Barchamizni qalbimizga Olloh rahm ba xaqiqiy diyonat bersin. Amin.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Javob: Musulmonla befarq bolmang iltimos
« Javob #3 : 28 May 2015, 22:35:18 »
Bu masalani Shayx Muhammad Sodiq rahimahullohning qizlari  Odinaxon Muhammad Yusufdan so'raganingiz ma'qul:

http://muslimaat.uz/maslahatlar/mavzu/dinda-savolim-bor/
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

MirzoMuhammad

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 3
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 417
  • Jins: Erkak
  • رب زدني علماً
Javob: Musulmonla befarq bolmang iltimos
« Javob #4 : 03 Aprel 2019, 10:29:03 »
Фитна - бузғунчилик
Фитна бутун жамиятни пароканда қилади. Гарчи унинг аввали кичкина икир-чикир бўлса-да, дарҳол бартараф этилмаса охири оммалашиб кетиши мумкин. Бу эса тинчликка, хотиржамликка ва осуда турмушга раҳна солади.
Унутмаслик керакки, охирзамон аломатларидан бўлган Дажжол ҳам ер юзига фитна ёяди. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васалламдек зот ҳам унинг фитнасидан паноҳ сўраб турганлар.
“Фитна” сўзи луғатда «синов, имтиҳон» маъносида келади. Арабларда маъданни ўтга солиб синаб кўриш «фитна» дейилади. Истилоҳда кишиларни диндан қайтариш, динга қарши ҳаракатга чорлаш фитна саналади. Фитна қотилликдан ҳам оғир гуноҳдир. Маънавий соҳада инсоннинг имон-эътиқоди, шариатга амал қилиши, унинг инсоний фазилатлари рўёбга чиқишига тўғаноқ ёки синов бўладиган барча нарсалар ҳам фитна ҳисобланади.
Исломнинг илк даврларидаёқ Аллоҳ таоло Ўз Пайғамбари Муҳаммад алайҳиссаломни динда бўладиган турли фитналардан огоҳлантирган эди. Биргина Бақара сурасининг тўртта оятида мусулмонларни мушриклар ва мунофиқларнинг фитналаридан огоҳлантириш ҳақида сўз боради:
أَلَا إِنَّهُمْ هُمُ الْمُفْسِدُونَ وَلَكِنْ لَا يَشْعُرُونَ (سورة البقرة/12)
яъни: “Огоҳ бўлингки, айнан уларнинг ўзлари бузғунчилардир, лекин (буни ўзлари) сезмайдилар”.
Аллоҳ таоло мўминларни огоҳлантиряптики, айнан мунофиқлар бузғунчи ва фитначи эканини яхши билиб олинглар, лекин улар ўзларининг бузғунчиликларини сезишмайди. Ер юзида бузғунчилик қилиб юриш, кишилар ўртасида фитна-фасод уруғларини сочиш, дин ниқоби остида бегуноҳ одамларга зулм қилиш, улар жони ва молига тажовуз этиш инсониятга қарши қаратилган энг мудҳиш жиноятлардир. Террор, бузғунчилик, зулм, урушлар, одамларнинг жабр-ситам кўришлари ва хўрланишларига сабаб бўлувчи барча тажовузкорликларни динимиз қоралаган. Аллоҳ таоло мўминларга тинчлик ва адолат ўрнатишни, одамлар орасини ислоҳ этишни, барчага бирдай яхшилик ва эзгулик қилишни буюрган, ҳар қандай зўравонлик ва бузғунчиликни тақиқлаган. Аллоҳ таоло бундай марҳамат қилади:
وَاتَّقُوا فِتْنَةً لَا تُصِيبَنَّ الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْكُمْ خَاصَّةً وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ (سورة ﺍﻷنفال/25)
яъни: “Сизлардан фақат золимларгагина хос бўлмаган (балки ҳаммаларингизга оммавий бўладиган) фитна (азоб)дан сақланингиз ва билиб қўйингизки, Аллоҳ жазоси қаттиқ (зот)дир”.
Ислом дини инсон қонини ноҳақ тўкишни қатъий ҳаром қилган бўлиб, Қиёмат кунида Аллоҳ таолонинг ҳузурида ҳисоб-китоб биринчи бўлиб шу хусусда кечишини ҳеч ким унутмаслиги керак. Имом Бухорий ривоят қилган ҳадисда Пайғамбар (соллаллоҳу алайҳи васаллам) айтдилар: “Қиёмат куни биринчи савол ноҳақ тўкилган қонлар тўғрисида бўлур”.
Парвардигорнинг ризосига қарши бориб, инсонларни ноҳақ ўлдирган ва хўрлаган кимсалар дунё ҳаётида ютуққа эришамиз, деб ўйласалар, хато қилган бўладилар. Аллоҳ таоло Қуръони каримда: “Албатта, Аллоҳ бузғунчи кимсаларнинг ишини ўнгламайди”, – дея очиқ маълум қилган (Юнус сураси, 81-оят).
Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи васаллам) бундай дедилар: “Албатта, мўмин киши қачонки гуноҳ содир этса, унинг қалбида кичкина қора доғ пайдо бўлади. Агар тавба қилиб, (гуноҳдан) тийилса ва истиғфор айтса, қалби сайқаллашади. Агар (гуноҳни) кўпайтирса, (доғ ҳам) кўпаяди, ҳатто қалбини эгаллаб олади. Бас, ана шу Аллоҳ таоло Қуръонда:
“Йўқ! Балки уларнинг қалбларини ўзлари касб қилиб олган гуноҳлари қоплаб олгандир”(Мутоффифин, 14) дея зикр қилган “қоплаб олиш”дир” (Имом Аҳмад, Термизий, Ибн Можа, Ибн Ҳиббон ва Ҳоким ривояти).
Мабодо фитна ёйилган бўлса нима қилиши керак? Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам огоҳлантирганлар:
“Фасод пайтида суннатимни маҳкам ушлайдиган умматларимнинг ажри юзта шаҳиднинг ажри кабидир”.
(Манбалар: Танбeҳул ғофилин. зиёуз.cом кутубхонаси. fargonaziyo.uz ва жума тезислари)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Нима камиб қоларди бу дунёга келмасам.
Келдиму, не фойда бор дунё сирин билмасам.
Илмлар уммонида бир умр чўмилмасам
Нега келдим дунёга илм талаб қилмасам.

 

iltimos!!!!!!!!!!!!!

Muallif watsonBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 4267
So'nggi javob 07 Sentyabr 2012, 07:10:35
muallifi Sadulla
İltimos! darhol iltimos!!

Muallif ektulegenuganBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 11677
So'nggi javob 01 Oktyabr 2008, 03:49:38
muallifi ektulegenugan
Ogoh bo'ling: FAST FOOD yoxud FARZANDlarimiz taomlariga befarq bo'lmaylik!

Muallif AnsoraBo'lim Bolalar tibbiy tarbiyasi

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3761
So'nggi javob 22 Noyabr 2012, 23:45:14
muallifi Ansora
Iltimos bor

Muallif Sayyod91Bo'lim Internet

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3441
So'nggi javob 22 May 2010, 15:11:37
muallifi Sayyod91
Telefoningizni berib turing, iltimos!

Muallif HabibBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3165
So'nggi javob 06 Oktyabr 2010, 08:34:25
muallifi lolo