"Bugungi kun" muammosi  ( 67755 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 9 B


Munira xonim  11 Mart 2008, 08:38:24

Assalamu alaykum.
Bugunning muammolari....
Bularni sanayversak, menimcha forum to'lib ketsa kerak...
Buni yechimini  topish esa juda mushkul.
Haq gapni gapiradigan bo'lsak bularni yechimi oddiy, lekin ularni hayotga tadbiq qiladigan va bu muammolarga qarshi kurashadigan kishilar yo'q.
Hidoyat ALlohdan...

Abdulaziz keltiragn muammolarga kelsak, bu eng dahshatlisi.
Shunday nomiga ro'mol o'rab olib, har xil gunohlarini ro'mollari bilna berkitmoqchib o'lgan qiz-ayollarga faqat bir gapim bor:Ularga Alloh kifoya qilsin!!!
Chunki bundaylarni orqasidan, biz hamma gapni eshitganmiz. Hatto yuzimizga ham hijoblanganlar fohishalik qiladi, ulardan nafratlanaman, bunday hijoblanib olgandan, ochiq yurib halol yurgan yaxshi, deganlarni ham ko'rdik.
Bunday fikrlash esa, dunyoqarashi tor, o'zlarini shunday oqlashdan boshqa yo'li qolmagan kishlarni gapi xolos.
ALloh barchamizni haq yo'lga boshlasin va boshlaganidan keyin adashtirib qo'ymasin.Amiyn

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2008, 08:44:16

G'IYBAT...
Bu  bugunning, ayniqsa musulmonlarning eng katta va eng dahshatli muammosidir.
G'IYBAT solih amallarning kushandasi, hozirda esa bu odatiy holga aylanib ketgan.
Ayollarning g'iybat qilishi qolib, endi erkakalr ham ulardan qolishmaydigan bo'lib ketishgan...
Bu esa yanada yomoni...
O'zi bu zamonda hamma yomon va gunoh amallar qilishda erkak va ayollarning musobaqasi bo'layotganga o'xshaydi....
Buni o'qiganlar o'zlarini g'iybatdan to'xtatadilar deb umid qilaman...
Qabr azobiga uchrashlikni asosiy sababi ham g'iybatchilik va chaqimchilikdir...
Astag'firulloh...

Qayd etilgan


Muzayyana  14 Mart 2008, 15:33:18

Assalomu alekum!
Bugungi kundegi yana bir muammo..........
Ko'chada ketayotib beitiyor eshitib qolamiz, atigigina 5 yoki 6 sinf o'quvchi qizlar.........Dugonalari bilan, kecha qaysi dugonasini yigiti nima deb xat yozganiyu, nimalar degani, yoki bo'lmasa, uni orqasidan ancha o'g'ril bolalar yurishi. Yana yetmaganidek, qo'llarida sotiviy telefon, xayronman....Ota-onalar, bu yoshdegi bolalarga telefonni kim qo'yibdi? Naxotki shu axvoldegi bolalaridan kelajakda yaxshilik kutishsa? Naxot oilalarda islomiy tarbiya bo'lmasa?

Qayd etilgan


Chustiy  14 Mart 2008, 18:31:41

G'IYBAT...
Bu  bugunning, ayniqsa musulmonlarning eng katta va eng dahshatli muammosidir.
G'IYBAT solih amallarning kushandasi, hozirda esa bu odatiy holga aylanib ketgan.
Ayollarning g'iybat qilishi qolib, endi erkakalr ham ulardan qolishmaydigan bo'lib ketishgan...
Bu esa yanada yomoni...
O'zi bu zamonda hamma yomon va gunoh amallar qilishda erkak va ayollarning musobaqasi bo'layotganga o'xshaydi....
Buni o'qiganlar o'zlarini g'iybatdan to'xtatadilar deb umid qilaman...
Qabr azobiga uchrashlikni asosiy sababi ham g'iybatchilik va chaqimchilikdir...
Astag'firulloh...
Mani bilishimcha kimligi nazarda tutilmasa, ismi zikr qilnmasdan umumiy tarzda gapirilsa g'iybat hisoblanmaydi balki tanqid hisoblanadi. Shayh AbdulAziz Mansur suhbatlarida bo'lganimizda shunga o'xshash gap qilgandilar, shuningdek Shayh MSMY hz. ning :Zikr ahlidan so'rang" oynomasini (soni aniq esimda yo'q) 1-,2, yoki 5- sonlaridan birida ham qanday holatda g'iybat bo'ladi qanday holatda g'iybat hisoblanmasligi haqida yozilgandi. Kimda bu javob bo'lsa oydinlik kiritishlarini iltimos qilar edik. Bu yerda ham tanqidiy tarzda suhbat bo'lyapti deb o'yliman.
 Bunday tanqidiy tartibda gapirishga oddiy misollar: Imom domlalar maruzasida ham shunga o'xshash gaplar bo'ladi yani achinib Buhoriy avlodlarining qilayotgan ishlariga bir nazar solilar kabi gaplar.
 "Do'stlar yig'ilishib qoldi, biri ikkimchisiga Alloh harom qilgan hamrni uztib "Qani olsinlarchi" desa, ikkinchi yo'g'e qiziqmisiz "Ruldamanu yo'lda GAI bor deydi" ey nodon Alloh bor demidi, GAIdan shunchalik qo'rqasanu Allohdan nahot qo'rqmasang" (Poytahtdagi mashxur imomlardan birining maruzasidan)
 Yana, "Holislik sari" dasturida "Hozirgi kun" rukni ostida hozirgi kunimizdagi dolzarb mavzular haqida tanqidiy uslubda so'z boradi, shuningdek shu mavzu ostida she'r ham aytiladi, misol uchun "Qiyomat", "Dyuslar" kabi she'rlarni olaylik u ham tanqidiy uslubda aytilgan she'r bo'lib ayni damda kishining mulohaza qilishga chorlaydi. Hullas Munira opa yahshilikka umid qilib duo qilib turavering. InshaAllah g'iybatdan holi tarzda suhbatlashishga harakat qilamiz.


Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  26 Iyun 2010, 19:00:46

As-salomu alaykum! Bugungi kunimizdagi bu muammolarni bu darajada tubanlashib ketishiga, radio, tv, gazeta va jurnallar hususan ommaviy axborot vositalarining bevosita va bilvosita aloqasi borligi achchiq bulsa haqiqat! Hozirgi kunda tv orqali chiqayotgan "shaytonchalar" tv tili bilan aytganda estradaning "yosh yulduzlari" uzlarining yarim yalong'och "kiyim"lari bilan, yoshlarning ongini zaharlamoqda! Bu o'rinda tv orqali quyilayotgan "mexico" seriallari "bu sohani" yanada ommalashtirayabdi! Ota-onalarimizning esa parvoi falak! Shu o'rinda Yorqinjon qorining bir gapi esimga tushib ketti: 15 yoshli qiz erga tegdi, erni haqi, kiyinish haqida hali uni 80 kirgan enasini ham habari yuq, chunki u enasini uzini "ishtoni" yuq! AbdulAziz birodar keltirgan fikrga qushimcha qilib shuni aytmoqchimanki, qo'pol bo'lsa ham usha "hijobli" ifloslarni oqibatiga "kaltak kelib" e'tiqodi va iymonida mustahkam bo'lgan boshqa muslimalarni boshida sinayabdi! Ahir qachongacha shunday hayosizlikka ko'z yumib o'tib ketaveramiz?

Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Iyun 2010, 01:56:20

Nega Faqat Yoshlarni ongini Zaharlashdan gapururasila,, Yoshlar 24 soat telviozor korishmasa kere? Faqat Tv minan radio zaharlamiydi ongini, o'qtuvchila kochadagi odamlarchi? topvoganila TV zaharliydi zahalarlidi..  Osha ilim orgatvotgan domlaleyam chetda qob ketmasin.. Pora olib boyvacha bo'b ketvotgan MUALLIMLAr yoshlarni ongini zaharlamasdan man zaharliymi?

Qayd etilgan


s_o_l_i_h  27 Iyun 2010, 03:41:17

  Osha ilim orgatvotgan domlaleyam chetda qob ketmasin.. Pora olib boyvacha bo'b ketvotgan MUALLIMLAr yoshlarni ongini zaharlamasdan man zaharliymi?


Ba'zilari db qo'yish kerede, hamasimaskuu.

Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Iyun 2010, 05:29:16

Hammasi .. qog'ozgayam yozib berishim mumkin

Qayd etilgan


Habib  25 Avgust 2010, 09:37:07

Bu postni "Eng mazali taomlar tochkasi" mavzusiga yozmoqchi edim boshida. Tugaganidan keyin qarasam, muammoga o'hshab qoldi, o'ylab o'ylab, shu yerga qo'ydim.  ???


Eng shirin ovqat, sarhil mevalar, mazali taomlarning qaynoq "tochkasi" hammaning o'z uyi,oshxonasi bo'lsa kerak! Bilmadim, men shunday deb o'ylayman!
Ko'chada, kafema kafe yurib, palon pulga ovqatlangandan ko'ra, shu harajatni uyga qilishni afzal bilaman men.
Hozir ko'pchilikka urf bo'lgan bu narsa. Er telefon qiladi:
-Nima ovqat qilasan?-desa, xotin:
-E, bugun ovqat qimiman, bizani restoranga oborin,-deydi.
Keyin restoranga borishadi, 70-80 mingga ovqatlanishadi. Vaholanki shu pulga  ro'zG'ORini ancha muncha kamini harid qilish mumkin ediku!
Xotinni ovqat qigisi kemasa, nima olganmiz xotinni? ;)
Qisqa qilib aytganda, er-xotin - qo'sh ho'kiz. Iqtisod qilib yashash kerak ozgina. Shunda birimiz-ikki bo'ladi.
Vallohu A'lam.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  25 Avgust 2010, 11:50:39

Bismillohir rohmanir rohiym!

Bugungi kun muommosi shuki, hammamiz ham nima muommo ekanligini to'laligicha anglab yetaolmayapmiz. Ana shuni anglab yetsakgina, hammasi o'z iziga tushib ketadi.

Tashvishingiz yaxshilikka bo'lsin,Ilohim!

Qayd etilgan