Ayollar haqida. Artur Shopengauer  ( 3859 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  10 Mart 2008, 02:58:43

Ayollar haqida. Artur Shopengauer

Agar ayollar bo‘lmasa biz o‘z hayotimizning dastlabki lahzalarida yordamdan, keyinroq lazzatlardan, eng so‘nggida esa ovunchog‘imizdan mahrum bo‘lar edik, degan edi bir farang olimi. Menimcha, ayollarni haqiqatan ham bundan oshirib maqtashning iloji yo‘q.

Ayolning qaddi-qomatiyoq  uning na ruhiy, va na ketmon chopishdek og‘ir jismoniy mehnat  uchun yaratilmaganini ko‘rsatib turadi. Ayol yashash majburiyatini borligicha emas, balki azob-uqubatlar tarzida o‘taydi: tug‘ish mashaqqatlari, bola boqish, erga qaram bo‘lish.Yana deng, ayol erga chidamli va quvvat bag‘ishlaydigan do‘st bo‘lishi kerak. Ayol katta dardlar, katta quvonchlar, bahodirlik talab qilinadigan ishlar uchun yaratilmagan. Uning turmushi erkaknikiga nisbatan tinchroq, baxtliroq, mayinroq kechishi zarur.

davomi...

Qayd etilgan