Zohidjon Islomov. Musulmonning odob kitobi  ( 57593 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B



Muhammad Amin  10 Mart 2008, 17:21:26

 ODOB  INSON KO’RKI

Har qanday farzand ma’lum bir muhitda, a’lum bir oilada dunyoga keladi. Uning kelajakda kim bo’lib yetishishi albatta bevosita farzandga beriladigan e’tiqodiy, axloqiy tarbiyaga bog’liqdir. Farzandlarga odob berish eng avvalo oiladan boshlanadi. Ma’nan yuksak, go’zal xulqqa ega otaonalarning farzandlari ham odobli bo’ladi. Bu go’zal xulq, boshqalarning havasini keltiradigan odobaxloq inson ko’rki sanaladi.   Go’zal xulq to’g’ri tarbiyaga daxldordir. Otaona farzandlarga yaxshi bilan yomonning, halol bilan haromning, ma’rifat bilan jaholatning, saxovat bilan baxillikning farqini aniq tushuntira bilishi va har vaqt ularni ezgulik yo’liga chorlashlari lozim bo’ladi. Darvoqe, otaonalar farzandlari uchun bu ezgu amallar uchun mezono’lchovni qayerdan oladi? Bu albatta muhim bir savol. Javobi esa musulmonlar uchun juda ham oson. Faqat unga amal qilish qoladi. Bu birinchi navbatda Alloh taoloning kitobi   Qur’oni karimda bayon etilgan hukmlar. Odobni to’g’ri shakllangirish uchun eng muhim mezon shu. Ikkinchidan Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hadislari insonning ma’nan yuksalishi, ezgulikka intilishi, halolni haromdan farqlay bilishi, inson o’z hayotining mazmunmohiyatini anglab olishi uchun nihoyatda muhimdyr. Zeroki, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tiriltirish va unga amal qilishning mukofoti jannat albatta.  Qilinayotgan amallarda insonning ma’naviy qiyofasi, odobaxloqi namoyon bo’ladi. Bid’atlarga sho’ng’igan kimsa odamlarni to’g’ri yo’ldan adashtiradi. Bunday kimsa beadablar sirasiga kiradi. Sunnatga muvofiq yashash esa musulmon kishiga xotarjamlik, viqor, salobat bag’ishlaydi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan bir hadisda: "Sunnatga muvofiq qilingan oz amal bid’at aralashgan ko’p amaldan yaxshidir", deyiladi.      
Musulmon kishining hayot tarzi, insonlararo muomalamunosabati, yurishturishiga, kiyinishi, yebichishi va tish tozalash, hatto hojagxonaga kirishi ham  barchabarcha amallari sunnatga muvofiq bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda ibodatlar, itoatlar tufayli Allohning rizoligi topiladi. Hazrat Ibn Umar roziyallohu anhu tomonlaridan rivoyat qilingan bir hadisda: "Salomdan avval so’z boshlamang. Kim salomdan avval so’z boshlasa, unga javob bermang...", deyiladi. Demak, ikki musulmon uchrashganda eng avval salomlashishi lozim. Salomlashmasdan so’z boshlash sunnatga muvofiq bo’lmaydi.  Qo’l berib ko’rishish salomlashuvning mukammali ekani ham hadislarda ta’kidlab o’tilgan. Bu salomlashuv odobiga taalluqli bo’lgan gap.    

Ushbu "Musulmonning odob kitobi"da qamrab olingan ana shunday mavzular insonning ma’naviy kamoloti uchun xizmat qilishi shubhasizdir. Bu kigob  odoblar majmui. Unda Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning o’gitlari, ko’rsatmalari, nasihatlari, bir so’z bilan aytganda, hadislari jamlangan. Bu hadislar odamlarning ma’naviy va moddiy turmush tarzini go’g’ri yo’lga solishi, turli bid’atlardan uzoq bo’lishi, eng muhimi pokiza e’tiqodli buyuk ajdodlarga munosib avlod hamda chin musulmon sifatida hayot kechirishi uchun beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.

Shu ma’noda "Musulmonning odob kitobi"ni o’qish va undan ibratlanish baxti siz azizlarga muborak bo’lsin!Anvar qori Тursun Тoshkent shahar bosh imamxatibi

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Mart 2008, 17:22:58

  SUNNAТGA ERGAShIShNING AHAMIYAТI

"Bismillahir rohmanir rohiym" har kitobning kalitidir".
Lbu Ja’fardan (r.a.)

Alloh zikri va menga salotusalom aytilmay boshlangan har qanday so’z barakotdan mahrum va xayri nuqsondir.
Abu Hurayradan (r.a.)

Bandadagi iymonning eng afzali qayerda bo’lsa ham, Alloh u bilan birga ekanini bilishidir. Odam farzandi Allohning zikrisiz o’tkazgan har soati uchun qiyomat kunida afsusnadomat qiladi.
Oishadan (r.a.)

Ummatimdan qiyomatga qadar duch kelganlaringizga mendan salom ayting.
Ibn Mas’uddan (r.a.)

Kimni erta (qiyomatda) Alloh taologa Alloh undan rozi holda uchrashish sevintirsa, Menga ko’p salovot aytsin.
Oishadan (r.a.)

Sunnatga muvofiq qilingan oz amal bid’at aralashgan ko’p amaldan yaxshidir.
Abu Hurayradan (r.a.)

Kim o’limidan keyin orqada qirq hadis qoldirsa, u kishi jannatda mening rafiqim bo’ladi.
Ibn Abbosdan (r.a.)

Ustingizga shunday bir zamon keladiki, o’shanda quyidagi uch narsadan yaxshiroq narsa bo’lmaydi: halol pul, ulfat   bir din birodari, amal etilgan sunnat.
Huzayfadan (r.a.)

Alloh mening xalifalarimni O’z rahmatiga olsin. So’rashdi: "Sizning xalifalaringiz kimlar, yo Rasulalloh?" Marhamat qildilar: "Sunnatimni tiriltirgan va uni insonlarga o’rgatganlar".
Hasandan (r.a.)

Ummatim fasodga uchragan payt sunnatimga amal qilgan kishiga bir shahid savobi beriladi.
Muhammad ibn Ajlondan (r.a)
   
Sizga Alloxdan qo’rqishni va hatgo qora habash qul boshliq bo’lsa, unga quloqsolib, itoat etishni tavsiya qilaman. Albatta mendan keyin yashaydiganlar ko’p ixtilofni ko’radilar. Shunda sizlar mening sunnatimga, Maxdiy va xulafoi roshidinning sunnatiga ergashing. Ularga mahkam
yopishing. Jon holati va oziqtishlaringiz bilan tishlagan kabi (yopishing)..."

Muxdas (dinga zarar keltiruvchi yangi chiqqan) ishlardan saqpaning. Zero, har muxdas bid’atdir. Har bid’at esa zalolatdir. (Har zalolat jahannamdadir).
Irbozdan (r.a.)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:13:29

UYGA KIRISh ODOBI

Uyga kirayotganda "Allohim, men sendan xayrli kirish va xayrli chiqish so’rayman. Allohning nomi bilan kirdik va chiqsik. Va yolg’iz Rabbimiz
Allohga tavakkul qildik", debaytiladi. Keyin salom beriladi.Abu Molik ayaAsh’ariydan (r.a.)
   
Kim ummatimga sunnatga amal qilish yoki bid’atga barham berish maqsadida bir hadis yetkazsa, uning maqomi jannatdir.
Ibn Abbosdan (r.a.)

Bir kishi uyiga kirayotgan mahali, ovqatlanishdan oldin Allohning ismini zikr etsa, shayton (yordamchilariga): "Siz uchun bu yerda tunash ham, ovqat qam yo’q", deydi. Biroq uyga kirayotganda Allohning nomini aytmasa, shayton: "Yotish uchun joyga ham, ovqatga ham erishdingiz", deydi.
Jobirdan (r.a.)

Eshikni "Bismillah..." deb yopsang, shaytondan omon qolasan.  Qandilingni ham "Bismillah..." bilan o’ra. Idishingni ham "Bismillah..." deb yop, bir cho’p bilan bo’lsa ham.
Jobirdan (r.a.)

Uylarga eshik ro’parasidan kelmang. Yon tomondan keling va ruxsat so’rang. Sizga ruxsat berilsa, ichkariga kiring, yo’qsa, orqangizga qayting.
Abdulpoh ibn Busrdan (r.a.)

"Istinos" deb bir kimsaning birovning uyiga borganini bildirish uchun "Subhanalloh", "Allohu akbar" yoki "Alhamdulillah" deyishi yoxud yo’talishiga aytiladi.
Abu Ayyubdan (r.a.)

(Uyga "Bismiplah..." aytib, o’ng oyoq bilan kiriladi, salom beriladi va avval nap oyoq kiyimi yeniladi. Eshik "Bismillah..." deb yopiladi.)
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:16:27

YEBIChISh ODOBI
   
Ovqatlanishni kattalardan boshlang. Zero, barakot kattalar bilan birgadir.
Ibn Abbosdan (r.a.)

Kim ovqatlanmoqchi bo’lsa, Allohning nomini esga olsin. («Bismillahirrohmanirrohiym», desin) Agar Alloh nomini zikr etishni unutgan bo’lsa, "Bismillahi ‘ala avvalihi va axirihi" (Ovqatning avvalida va oxirida Allohning nomi bilan), deb aytsin.
Oishadan (r.a.)

“Ovqatni jamoa bo’lib yenglar. Ovqatlanish boshlanganda Allohning ismini zikr eting. Shunda siz uchun barakot bo’ladi.
Vahishydan (r.a.)

Ovqatni sovutinglar. Sovugan taomda barakot yanada ko’p bo’ladi.
Asmo binti Abu Bakrdan (r.a.)

Ovqatlanayotgan mahalda idishning o’rtasidan yemanglar. Idish chetidan yenglar. Zero, baraka ustdan tushadi.
Ibn Abbosdan (r.a.)

Dasturxon yozilganda har kim o’z oldidan yesin. Birovning oldidan va idishning o’rtasidan yemasin. Zero, idishlar o’rtasida barakot bo’ladi. Dasturxon yig’ishtirilmasdan o’rnidan turmasin. Atrofdagilar taomdan qo’lini tortmagunicha to’ysa ham, qo’lini ovqatdan tortmasin va sheriklarini kuzatsin. Chunki ovqatga ehtiyojmand (qorni to’ymagan  tarj.) kimsa uyalib qo’lini ovqatdan tortishi mumkin.
Ibn Umardan (r.a.)

Ovqatlanayotgan mahalda ushoq tushsa, ustidagini tozalab keyin uni yeng. Ushoqni shaytonga qoldirmang.
Jobirdan (r.a.)

Kimki dasturxonga tushgan ushoklarni yesa, kambag’allikdan omon qoladi.
Abu Hurayradan (r.a.)

Kimki biror narsa yemoqchi bo’lsa, o’ng qo’l bilan yesin, o’ng qo’l bilan ichsin, o’ng qo’lida olsin, o’ng qo’lida bersin. Zero, shayton chap qo’li bilan yeydi, chap qo’li bilan ichadi, chap qo’li bilan beradi, chap qo’li bilan oladi.
Abu Hurayradan (r.a.)

Sizning Alloh taologa eng sevimli bo’lganingiz ovqatni oz yegan va jussasi kichiklaringizdir.
Ibn Abbosdan (r.a.)

Yegan ovqatingizni Allohning zikri va namoz bilan hazm qiling. Ovqat ustida uxlamang. Aks holda qalblaringiz qotadi.
Oishadan (r.a.)

Har kasallikning boshi qorinni ortiqcha to’ldirishdir.
Anasdan (r.a.)

 Biror narsa ichayotganda shimib iching, bir yutumda nafas olmay ichmang. Aks holda bu jigar kasalligiga sabab bo’ladi.Ibn Abu Husayndon (r.a.)

Alloh taolo aytadi: " Qullar Mening nazarimda yeyish ozligidan ko’ra shomil (mukammal)roq bir parda bilan   yopinmadilar".
Ibn Abbosdan (r.a.)

Yeb shukr qilgan kishiga ro’za tutib sabr qilgan darajada ajr beriladi.
Abu Hurayradan (r.a.)
   
Bir kishilik ovqat ikki kishiga, ikki kishilik ovqat uch kishiga, uch kishiniki to’rt kishiga va to’rt kishiniki besh va olti kishiga yetadi.
Umardan (r.a.)

Men boryo’g’i bir qulman. Bir qul yebichganidek yebichaman.
Anasdan (r.a.)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovqatlangandan so’ng ushbu duoni o’qir edilar: "Alhamdu lillahillaziy atamana va saqona va jaalana minal muslimiyn" (Bizni yediribichirib va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo’lsin).
Abu Saiddan (r.a.)

Kim ovqat yesa, qo’llarini go’shtning yog’i va hidi tufayli yuvsin.
Ibn Umardan (r.a.)

Тirnoqlaringizni oling va ularni ko’ming. Barmoqlaringiz orasini tozalang. Og’zingizni ovqat qoldiqlaridan tozalang va misvok tuting. Mening yonimga tishi sarg’aygan va og’zi hidli holda kelmang’. Abdulloh ibn Bashirdan (r.a.)

Sizlardan biringiz ovqat yeganda shunday desin: "Allohumma bariklana fihi va at’imna xoyron minhu" (ya’ni, "Allohim, bu ovqatni bizga barakotli qil va bizga bundan xayrlisini yedirgin"). Agar sut ichsa, shunday desin: "Allohumma barik lana fihi va zidna minhu" (Allohim, bizga uni barakotli qilib, undanda ziyodasini ber). Zero, yegulik va ichgulik ichida sutdanda yetarli biror narsa yo’q.
Ibn Abbosdan (r.a.)

Ovqatlangandan so’ng barmoqlar orasini ishqalab yuving, og’zingizni chayqang. Bu o’tkir tishlar va oziq tishlar uchun foydalidir.
Imron ibn Husayndan (r.a.)

(Ko’llarni yuvib, "Bismillah..."debovsatlanishni boshlash, o’ng qo’lda o’z oldidai yeyish, ovsatning juda iseits bo’lmasligi, hamma dasturxondan turmaguncha turib ketmaslik, o’zi to’s bo’lsa ham, yeyayotgandek ko’rinish, ushoq tushsa, tozalab yeyish yebichish odobi sanaladi. Inimliklarni bir nafasda emas, uch yutumda ichish, tik turib yebichmaslik, yebichilgach, Allohga hamd aytib duo qilish, so’l va og’izni yuvish, misvok bilan tozalash ham yebichish odoblariga kiradi.)


Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:19:03

 HOJAТХONAGA KIRIBChI QISh ХUSUSIDA
   
Sizlardan biri daf’i hojat asnosida qiblaga qarab qolmasin va qiblaga orqasini ham o’girmasin. G'arb yo Sharqqa tomon o’girilsin.
Abu Ayyubdan (r.a.)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xologa kirmoqchi bo’lsalar, oyoq kiyimlarini kiyar, boshlarini yopib olardilar.
Hubayb ibn Solihdan (r.a.)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xaloga kirayotganlarida ushbu duoni o’qir edilar: "Bismillah, Allohumma inniy a’uzu bika minalxubsi va xobaisi" (Alloh nomi bilan, Allohim, erkak va urg’ochi shaytonning yomonligidan panoh tilayman).
Anasdan (r.a.)

Shu uch narsa jafodandir: tikka turib bavl etmoq, namozni tugatmasdan peshonadagi tuproqni artmoq, sajdada puflamoq.
Abdulloh ibi Buraydadan (r.a.)

Тahorat ushatib chiqqanlarida "G'ufronaka" (Gunoxlarimni kechirgin), der edilar.
Oishadan (r.a.)

Kim xalodan chiqsa, bunday desin: "Menga aziyat beradiganni ketkizgan va menga foydalisini qoldirgan Allohga hamdlar bo’lsin".
Тovusdan (r.a.)

Kimki xaloga ehtiyoj sezsa, namozga iqomat aytilgan bo’lsada, avval xaloga borsin.
Abdulloh ibn Arqamdan (r.a.)

(Hojatxonaga bosh kiyim bilan kirish, qiblaga sarab o’tirmaslik, tikka turib bo’shanmaslik, chap oyoq bilan kirib, o’ng oyoq bilan chiqish odobdandir.)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:19:55

ТAHORAТ VA AZON DUOLARI

Kim tahoratini mukammal olgach: "Subhanakaallohumma va bihamdika, ashhadu alla ilaha illaanta, astag’firuka va atubu ilayka" (Ey Rabbim, Senga hamd aytish bilan Seni poklab yod etaman. Guvoxlik beramanki, Sendan o’zga iloh yo’q, Senga istig’for aytaman va Senga tavba qilaman), desa, u tahorati bir muxr ila muhrlanadi, arshning ostiga qo’yiladi va qiyomat kuniga qadar ochilmaydi.
Abu Saiddan (r.a.)

Kim tahorat olgandan keyin "Inna anzalnahu fi laylatil qodr..." surasini bir marta o’qisa, siddiqlardan bo’ladi. Ikki marta o’qigan shahidlar devonidadir. Uch marta o’qisa, Alloh u kimsani payg’ambarlarni hashr qilgandek hashr etadi.
Anasdan (r.a.)

"Allohumma Robba hazihidda’vatittommati vassolatilqoima, ati Muhammadanilvasilata valfazilata vaddaraj tal’oliyatarrofi’ata, vab’ashu maqomam  Mahmudanillaziy va’adtahu innaka la tuxlifulmiy’ad" (Ushbu komil da’vatning, hozir qoim bo’lgan namozning Parvardigori. Muhammadga (s.a.v.) vasila, fazilat va baland oliy daraja ato etgin. Uni O’zing va’da qilgan maqtovli maqomda tiriltirgin. Albatta, Sen va’dangga xilof qilmassan).

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:20:38

 MISVOK IShLAТISh

Kim kechasi namoz o’qish uchun tursa, misvok ishlatsin. Zero, bir kishi namozida  Qur’on o’qirkan, bir farishta og’zini uning og’ziga qo’yadi va uning og’zidan chiqqan hamma narsa malakning og’ziga kiradi.
Jobirdan (r.a.)

Og’izlaringiz  Qur’on uchun yo’llardir. Ularni misvok bilan tozalang.
Anasdan (r.a.)
   
Kelding, mendan namoz haqida so’rayapsan. Sen hali tahorat uchun yuzingni yuvayotganingda gunohlaring kipriklaringdan to’kiladi. Ikki qo’ling bilaklarini yuvayotganingda gunoxlaring tirnoqlaringdan to’kiladi. oshingni mash qilayotganingda gunohlaring boshingdan to’kiladi. Oyoqlaringni yuvayotganingda gunohlaring ikki oyog’ing tirnoqlaridan to’kiladi. (Namozing senga zahiraga qoladi.)
Anasdan (r.a.)

Banda eng avval tahorati yuzasidan savoljavob qilinadi. Agar tahorati chiroyli bo’lsa, tahorati kabi namoz so’roviga o’tiladi. Agar namozi ham chiroyli bo’lsa, xuddi namozidek boshqa amallariga navbat keladi.
Abu Apiyadan (r.a.)
   
Misvok va juma kungi g’usl har musulmonga vojibdir.
Ibn Amrdan (r.a.)

Misvok og’izni tozalaydi, Alloh taoloning roziligiga sabab bo’ladi va ko’zlarga jilo beradi.
Ibn Abbosdan (r.a.)

Misvokda o’n fazilat bor: og’izni xushbo’y qiladi, milklarni sog’lom qiladi, ko’zlarga jilo beradi, balg’amni ketkizadi, tish chirishining oldini oladi, sunnatga muvofiq bo’ladi va farishtalarni sevintiradi, Rabbini rozi qiladi, hasanotni orttiradi, me’daga salomatlik beradi.
Ibn Abbosdan (r.a.)


Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:21:20

UY IChIDAGI BA’ZI ODOBLAR
   
Alloh taolo biror oilani sevsa, o’sha uyda muloyimlik qaror topadi.
Jobirdan (r.a.)
   
Agar uyda axlat bo’lsa, o’sha joydan barakot ketadi.
Anasdan (r.a.)
      
Хotinlar zaif qilib yaratilgan va avratdirlar. Ularning avratlarini uylar bilan to’sing. Kamchiliklarini sukut bilan bartaraf eting.
Anasdan (r.a.)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:22:25

 UХLASh ODOBI
      
"Qiyomullayl" (kechasi turib o’qiladigan namoz) lozimdir. Хuftondan so’ng, tuya yoki qo’yni sog’gulik qadar bo’lsa ham yotmasdan avval o’qilgan namoz "qiyomullayl"dandir.
Ilyos ibn Muoviyadan (r.a.)
   
Тahoratli holda uxlagan kishi kunduzi soim (ro’zador), kechasi qoim (namoz o’qib chiqqan) kabidir.
Amr ibn Хorisdan (r.a.)

Bir kishi tahoratli holda yotsa va o’sha kechasi o’lsa, shahid maqomida o’lgan bo’ladi.
Anasdan (r.a.)

Ey Fotima! Allohga taqvo qil! Rabbing farz qilgan (amallar)ni ado et. Axlingning ishini qil. Yotog’ingga kirgach, o’tgiz uch marta tasbeh ("Subhanalloh"), o’ttiz uch marta tahmid ("Alhamdulillah"), o’ttiz to’rt marta takbir ("Allohu akbar") ayt, shunda yuz bo’ladi. Bu sen uchun bir xizmatchidan yaxshiroqsir.
Alidan (r.a.)

(Hazrat Fotima roziyallohu anho otalari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir xizmatchi berishlarini so’rab borganlarida ushbu hadisi sharifni aytganlar).
   
Yotganda «Fotiha» va «Ixlos» suralarini o’qisang, o’limdan boshqa har narsadan omonda bo’lasan.
Aiasdan (r.a.)
   
Yotishdan oldin " Qul ya ayyuhal kafirun..." surasini o’qi, shundan so’ng uxla. Zero, bu shirkdan uzoq bo’lmoqdir. Farvadan (r.a.)
   
Qur’onning uchdan bir qismini o’qimaguncha uxlamagin. Dedilar: "Bunga qanday kuchimiz yetadi?" Marhamat qildilarki: "Qul huvallohuahad...", "Qul a’uzu birabbilfalaq...", "Qul a’uzubirabbshnas..."ni o’qishga kuchingiz  etmaydimi?"
Abu Hurayradan (r.a.)
   
Kim bir kechada ming oyat o’qisa, yuzi kulgan holda Allohga ro’baro’ bo’ladi. "Yo Rasulashgoh! Ming oyat o’qishga kimning ham kuchi yetardi?" Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Bismillahir rohmanir rohim"dan boshlab "Alhakumuttakasur..."ni oxirigacha o’qidilar va shunday marhamat qildilar: "Nafsim qudratli qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, bu sura ming oyat o’rniga o’tuvchidir". Umardan (r.a.)
   
Inson chalqancha yotib, oyog’ini oyog’i ustiga tashlamasin. Oishadan (r.a.)
   
Тur, zero bu jahannamiylarning yotishidir. (Chalstcha yotgan bir kishiga xitob etilmotsda. (Abu Usomadan (r.a.)
   
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uxlamoqchi bo’lganlarida o’ng qo’llarini yonoqlari ostiga qo’yib, keyin uch marta "Allohumma qiniazabaka yavma tabaasu ibodaka" ya’ni, "Yo Robbiy, qullaringni ba’as (hisobkitob) qilganingda
meni azobingdan asragin", der edilar. Hafsadan (r.a.)

Qayd etilgan