Muallif Mavzu: Zohidjon Islomov. Musulmonning odob kitobi  ( 32711 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #15 : 11 Mart 2008, 17:29:12 »
SAlOMLAShISh ODOBI
   
Salom Allohning ismlaridan biridir...O’rtalaringda salomni yoyingiz.
Anasdan (r.a.)

Bir kishi uydan chiqqanida "Bismillah, tavakkaltu alallohi la havla vala quvvatailla billah" (Allohning nomi bilan, Allohga tavakkal qildim, Allohdan boshqa biror kuchquvvat yo’q), desa, unga "Sen kafolatlanding va himoyaga olinding", deyiladi. Natijada shayton undan uzoqlashadi.
Abu Hurayradan (r.a.)
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:10:18 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #16 : 11 Mart 2008, 17:30:09 »
 YURISh ODOBI

Тez yurish mo’minning ko’rkini ketkazadi.
Abu Hurayradan (r.a.)

Salomdan avval so’z boshlamang. Kim salomdan avval so’z boshlasa, unga javob bermang. Ibn Umardan (r.a.)

Ey insonlar, salom bering, ovqatlantiring, qarindoshlarni yo’qlang va tunda hamma uyquda ekan, namoz o’qingki, jannatga salomat kirasiz. Abd ibn Humayddan (r.a.)

Musulmonlardan yigirma odamga salom bergan mo’min jannatga kirishga haqli bo’ladi.
Ibn Umardan (r.a.)                  
   
Kim yurib charchasa, kattakatta qadam tashlasin. Zero, bu charchoqni ketkazadi.
Ibn Umardan (r.a.)

Ikki musulmon uchrashganda ulardan qaysi biri avval salom bersa, o’sha Allohga sevimliroq
bo’ladi.  Qo’l berib ko’rishganlarida esa Allohularning ustiga rahmat yog’diradi. Avval ko’rishganga to’qson, ikkinchisiga esa o’n rahmat beriladi.
   
Qo’l berib ko’rishish mukammal salomlashish sanaladi.
Abu Umomadan (r.a.)
   
Ikki musulmon uchrashganlarida qo’l berib so’rashsinlar, ular ajrashmaslaridan avval mag’firat qilinadilar. Barrodan (r.a.)
   
Bir musulmonning birodariga yaxshilik, sevgi va mehr bilan qarashi mening shu masjidimda bir yil e’tikof o’tirishidan afzaldir. Umardan (r.a.)
   
Kim yoqimli (chiroyli) bir narsani ko’rganida "Mashaalloh, la havla vala quvvata illa billah" (Allohning xohishi bilan, Allohdan boshqa biror kuchquvvat yo’q), desa, unga zarar tegmaydi. Aiasdan (r.a.)                  
   
Ikki musulmon uchrashganida qo’l berib ko’rishgach, Allohga hamd va istig’for aytsa, Alloh har ikkisini ham mag’firat qiladi. Barrodan (r.a.)
   
Qo’l berib ko’rishing, zero bu ichkaridagi dushmanlikni chiqaradi. O’zaro sovg’a bering, zero hadya oradagi ginakuduratni yo’qotadi. Ibn Umardan (r.a.)
   
Muonaqa (quchoqlashib ko’rishish) o’tgan ummatlarning salomlashish odoblari va xolis do’stliklari alomati edi. Ibrohim alayhissalom birodari bilan ilk quchoqlashib ko’rishgan inson sanaladi. Тamim Addoriydan (r.a.)

Kim dindosh birodarida biror yaxshi narsani ko’rsa, uni tabriklasin va "Barakalloh", desin. Zero, nazar (ko’z tegish) haqsir. Sahldai (r.a.)
 
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:10:57 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #17 : 11 Mart 2008, 17:31:20 »
AKSIRISh VA ESNASh
   
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aksirganlarida "Alhamdu lillah" (Allohga hamd bo’lsin), der edilar. U zotga "Yarhamukalloh" (Alloh sizga rahm qilsin), deyilganda "Yahdikumulloh va yuslihu balakum" (Alloh sizni hidoyatga boshlab, sha’ningizni isloh etsin), der edilar. Ibn Ja’fardan (r.a.)

Kimki aksirsa, "Alhamdu lillahi Robbil a’lamiyn" (Olamlar Rabbi Allohga hamd bo’lsin) yoki "Alhamdu lillahi ‘ala kulli hal" (Har bir holatda ham Ashyuhga hamd bo’lsin), desin. Eshitgan kimsa "Yarhamukalloh", deb aytsin. Aksirgan kishi unga javoban "Yag’firullohu lana va lakum" (Alloh bizlarni va sizlarni mag’firat qilsin), desin. (Yoki "Yaxdina va yahsikumulloh" (Bizlarni va sizlarni Alloh hidoyat qilsin), deyiladi.) Ibn Mas’uddan (r.a.)

Kimki aksirganda yoki kekirganda "Alhamdu lillahi ‘ala kulli halin minal hal" (Bizni bir holatdan ikkinchi holga o’tkazgan Allohga hamd bo’lsin), desa, undan yetmish xil dard ketadi. Bu dardlarning eng yengili juzzam (pes kasalligi)dir. Ibn Amrdan (r.a.)

Aksirganga uch martagacha "Yarhamukalloh", deb javob beriladi (agar aksiruvchi "Alhamdulillah", desa). Agar ko’p aksirsa, xohpasang, javob ber yoki jim tur. Ubayd ibn Rofisdan (r.a.)

Kim kekirsa yoki aksirsa, ovozini baland chiqarmasin. Chunki bundan shayton xursand bo’ladi. Shaddod ibn Avsardan (r.a.)

Kimki esnasa, qo’lini og’ziga qo’ysin. Chunki shayton esnoq bilan birga kiradi. Abu Said alХudriydan (r.a.)
      
Kimning qulog’i shang’illasa (qizisa  tarj.), meni esga olsin va menga salotu salom yo’llasin. Va yana: "Meni eslagan kishini Alloh xayr (yaxshilik) bilan eslasin", deb aytsin. Abu Rofi’dan (r.a.)
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:11:24 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #18 : 11 Mart 2008, 17:31:58 »
BOZORO’ChAR VA MUOMALA
   
Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam bozorga kirayotganlarida ushbu duoni o’qir edilar: "Bismilloh, Allohim, bu bozorning va bozordagilarning eng xayrlisiii Sendan so’rayman va bu yerdagilarning yomonligidan sening pano hishta yukinaman. Allohim, bu bozordya yolg’on qasam ga duch qilishdan va yo’qotishga duchor qiluvchi hiylaga uchramoqsan asrashingni so’rayman". Buraydadan (r.a.)
   
Kimki bozorga kirsa va: "La ilaha illallohu vahsahu la sharika lah, lahul mulku va lahul haodu, yuhyi va yumitu va huva hayyul la yamutu, biyadihilxoyr. Va huva ‘ala kulli shay’in qodiyr" (Yakka Alloxdan boshqa iloh yo’q, Unilg sherigi ham yo’q. Mulk va hamd ham U uchundir. U tiriltiradi va o’ldiradi. U tirikdir, aslo o’lmaydi. Yaxshilik Uning qo’lvdadir. U har narsaga qodirdir), desa, Aploh unga mingming savob beradi. Uning mingming gunohini o’chiradi va uni mingming marotaba yuksaltiradi hamda uning uchun jannatda bir ko’shk bino qiladi. Solim ibn Abdullohdan (r.a.)


« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:11:33 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #19 : 11 Mart 2008, 17:32:45 »
 ТIJORIY MUOMALALAR
   
Eng yaxshi daromad tijoratchinikidirki, gapirsa, yolg’on gapirmaydi, ishonchni yo’qotmaydi, so’zidan qaytmaydi, qarzini kechiktirmaydi, bergan qarzini qistamaydi, sotayotgan molini ortiqcha maqtamaydi va olayotgan molini yomonlamaydi. Muozdan (r.a.)
   
Halolning eng go’zali kasbingizdan (peshona teri bilan topib) yeganingizdir. Farzandlaringiz kasbingizdandir. Oishadan (r.a.)
   
Alloh u bandasiga rahmat qilsinki, halolidan topdi, isrof qilmadi. Ortiqchasini esa faqirlik va muhtojlik kuni bo’lmish qiyomat
kuniga avvaldan sarfladi. Oishadan (r.a.)
   
To’g’ri, amin bir tijoratchi (qiyomat kunida) nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo’ladi. Abu Saiddan (r.a.)
   
Alloh taolo aytdi: "Birbiriga xiyonat qilmagan ikki sherirshng uchinchisi Menman. Хiyonat qilishsa, oralaridan chiqaman". Abu Hurayradan (r.a.)
   
Bozorga birinchi bo’lib kiruvchi bo’lma. Eng oxirida chiquvchi ham bo’lma. Zero, shayton u yerda tuxum qo’ydi va bola ochdi. Salmondan (r.a.)
   
Shaytonlar bayroqlari bilan bozorlarga kiradilar. Ilk kirganlar bilan birga kirib, oxirgi chiqqan bilan chiqadilar. Abu Umomadan (r.a.)
   
Bozor gaflat va adashuv joyidir. Kim Allohni u yerda bir marta zikr qilsa, Alloh unga mingming savob yozadi. Kim "La havla vala quvvata illa billah", desa, kechgacha Allohning panohida bo’ladi. Alidan (r.a.)
   
Alloh taolo sotayotganda va olayotganda, qarzini to’layotganda va qarzini so’rash damusomahali (xushmuomalali  tarj.) bandasini
sevadi. Abu Hurayradan (r.a.)

Hech o’lmaydigan odam kabi amal qil va ertaga o’ladigan odam kabi hazar qil. Ibn Amrdan (r.a.)

(Ahmad Ziyouddin hazratlari bu hadisi sharifdagi "o’lmaydigan odam kabi" birikmasini dunyoga hirs bilan yopishmagan, shoshilmay ishini toza qiladigan odam ekanini, "ertagayots o’ladigan odam kabi"birikmasini esa Aploh va bandalari oldidagi burchmas’uliyati, oxirat so’rovini o’ylab iloji boricha tezroq harakat sshadigan odam sifatida sharhlaganlar.)
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:12:05 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #20 : 11 Mart 2008, 17:33:31 »
 MASJIDGA KIRISh ODOBI
   
Masjidga kirayotganlarida bunday duo qilar edilar: "Bismillah, allohumma solli ‘ala Muhammadin va azvaji Muhammad" (Alloh nomi bilan, Muhammad alayhissalom va u zotning ax^yai ayollariga salovot bo’lsin).
Abu Hurayradan (r.a.)
   
Kimki masjidga kirsa, salom bersin va "Allohumma iftah liy abvaba fazlika" , ya’ni "Ey Allohim, menga fazilat eshiklarini och", desin.
Abu Humayda Saiddan (r.a.)
   
Yelkalarni birlashtiring va birodaringizga muloyim bo’ling. Bo’sh joylarni to’ldiring. Zero, shayton orangizga Hijoz qo’yi kabi kirib oladi.
Ibn Umomadan (r.a.)
   
Saflaringizni jips qiling, oralaringizni yaqin tuting va yelkangizdan saf oling. Anasdan (r.a.)

Saflarni tashkil etish imomning orqasidan boshlanadi. Virinchi kelganlar safning orsasida turadi, solgan jamoat safning o’ng va chap tomonini to’ldiradi va yelkalarga qarab saflar to’g’rilanadi. Kimki besh vaqg namozning birinchi takbiriga ulgurib, qirq kun jamoat bilan ibodat qilsa, jannat unga vojib bo’ladi. Abul Aliyadan (r.a.)
   
Kimki masjidga kirsa, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsin va "Allohumma iftah liy abvaba rohmataka" (Allohim, menga rahmat eshiklarini och), desin. Masjiddan chiqqach esa, Payg’ambar alayhissalomga salovot aytsin va "Allohumma a’simni minashshayton", ya’ni "Allohim, meni shaytonning yomonligidan asragin", desin. Abu Hurayradan (r.a.)
   
Bir odamning imom bilan olgan takbiri ming tuyani Harami Sharifga qurbonlikka yuborishidan xayrlidir. Ibn Umardan (r.a.)

Kim har farz namozidan keyin o’n marta Ixlos surasini o’qisa, Alloh taolo unga roziligi va marhamatini lozim qiladi. Ibn Abbosdan (r.a.)

Kimki bomdod namozidan keyin o’n bir marta Ixlos surasini o’qisa, unga jannatda ko’shk ehson qilinadi.
Abu Abdurahmondan (r.a.)

Zero, birinchi salom ikkinchi salomdan a’lo emas (ikkinchi salomga ham ehtiyoj bor).
   
Odamlar bilan birga o’tirish ibodat sanaladi.
Ibn Abbosdan (r.a.)

Har farz namozidan so’ng "Oyatal Kursiy"ni o’qiydigan kishini jannatga kirishdan faqat o’limgina to’sib turadi. Abu Umomadan (r.a.)

Olimlar bilan hamsuhbat bo’ling va tizzamatazza siqilishib o’tiring. Zero, samo yomg’iri o’lik yerlarni tiriltirganidek, Alloh o’lik qalblarni hikmat nuri bilan tiriltiradi.Abu Umomadan (r.a.)
   
Namozga iqomat takbiri aytilganida (yoki namoz tugaganida) samo eshiklari ochiladi va duolar qabul bo’ladi. Namozni tugatgan kishi hech gapirmasdan "Allohumma ajyarni minannar va adxilnil jannata va zavvijni minal huruliyn" (Allohim, do’zaxdan panoh bergin, jannatga kiritib, hurlarga uylantirgin), demasa, farishtalar: "Eh, do’zaxdan panoh so’rashdan ojiz qoldi", jannat esa: "Eh, jannatni so’rashdan ojiz qoldi", hurlar esa: "Eh, Allohdan o’zini huriayn bilan taqdirlashini so’rashdan ojiz qoldi", deyishadi.
Abu Umomadan (rm.)

(Masjidlarga o’ng oyoq bshan kiriladi, chap oyoq bilan chitsshadi.)
   
Olimlar bilan hamsuhbat bo’l, samoda tanilasan. Musulmonlarning kattalariga (peshvolariga) hurmat ko’rsat, jannatda menga qo’shni bo’lasan. Anasdan (r.a.)

Ikki odamning orasiga ruxsatsiz o’tirmoq nojoizdir.
Amr ibn Umardan (r.a.)
   
Ikki kishi o’zaro gapirishayotganda oralariga kirmang. Ibn Umardan (r.a.)
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:12:59 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #21 : 11 Mart 2008, 17:34:13 »
MAJLIS ODOBI
   
Kim biror majlisga borsa, salom bersin. O’tiradigan joy bo’lsa (o’tirishga imkon bo’lsa), o’tirsin. Ketmoqchi bo’lganida yana salom bersin.
   
Bir kishi gapirsa va atrofiga alanglasa, demak, uning gapi omonatdir (uni oshkor qilmaslik kerak).
Anasdan (r.a.)
   
Allohni ko’p zikr etash bilan majlis haqqini ado qiling. Тo’g’ri yo’l ko’rsating va ko’zlaringizni pastga qarating (haromdan saqlaning). Sahl ibn Hunayfdan (r.a.)

Majlisning kafforati mana bunday deyishdir: "Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu anla ilaha illa anta astag’firuka va atubu ilayka" (Allohim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod etaman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Senga istig’for aytib tavba qilaman.) Abu Hurayradan (r.a.)

« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:14:17 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #22 : 11 Mart 2008, 17:34:55 »
QARINDOSh ZIYORAТI
   
Qarindoshurug’ning holidan xabar olish mamlakatlarni obod, umrlarni uzoq qiladi, mollarni ko’paytiradi, shoyad (garchi bu amalni qiluvchilar  tarj.) fojir bo’lsalar ham. Abdusamat ibn Abdullohdan (r.a.)
   
Rahim Rahmondan mushtoqdir. Alloh taolo aytadiki: "Sening holingdan xabar olganning holidan Men ham xabar olaman, aloqasini uzgandan Men ham aloqani uzaman". Ibn Umardan (r.a.)
   
Bir qavmning boshlig’i sizga kelganida unga hurmatehtirom ko’rsating. Ibn Umardan (r.a.)
   
Sizga bir ziyoratchi kelsa, unga hurmatehtirom ko’rsating. Anasdan (r.a.)
   
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam misvok ishlatganlarida uni o’zlaridan keyin eng katga odamga berar edilar. Vaholanki, bir narsa ichsalar, uni o’ng tomondagi kishiga uzatardilar. Abdulloh ibn Kabdan (r.a.)

Bir oila a’zolari birbirlarini yo’qlaganlarida Alloh ularning rizqlarini keng va oson qiladi. Shu bilan birga ular Alloh himoyasi ostida bo’ladilar. Ibn Abbosdan (r.a.)

(Harindoshni yo’qlash molni ko’paytiradi, oilada muhabbatni orttiradi va umrni uzaytiradi.)

 
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:14:44 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #23 : 11 Mart 2008, 17:35:40 »
BEMORNI KO’RISh

Sizdan birovingiz kasal ko’rishga borsa, u bilan qo’l berib ko’rishsin va qo’lini bemorning peshonasiga qo’yib ahvolini so’rasin, unga shifo va uzoq umr tilasin. Va undan o’zining haqqiga ham duo qilishini so’rasin. Zero, kasal kishining duosi farishtalarning duosi kabidir. Johiriydan (r.a.)
   
Kasalni ziyorat qilishning eng afzali uning yonidan tezroq turib ketishdir.Jobirdan (r.a.)

Bir kishi kasal ko’rishga borsa, kasalning yonida o’tirguniga qadar rahmat daryosiga g’arqholda boradi va u yerda rahmatga ko’miladi.Jobirdan (r.a.)

Bir odam bemor birodarini faqat Alloh roziligi uchun ko’rishga borsa, Alloh u haqsa shunday deydi: "Juda yaxshi qilding. Borishing ham chiroyly bo’ldi. Jannatda o’zingga bir manzil tayyorlading".Abu Hurayradan (r.a.)
 
 
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:15:01 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #24 : 11 Mart 2008, 17:36:22 »
 QABR ZIYORAТI ODOBI

Kim o’lganimdan so’ng meni qabrimni  tarj.) ziyorat etishga kelsa, tirikligimda meni ziyorat qilganday bo’ladi. Kim Haramayndan (Makka yoki Madinadan) birida o’lsa, mahsharda aminlar jumlasidan bo’ladi.
Хotibiy ibn Хorisdan (r.a.)
   
Har uyning eshigi bor.  Qabr eshigi oyoq tomonidadir dedilar: "Assalamu alayqum, ahladdiyor. Minalmu’minina val mu’minat vassolihiyna vassolihat va inna insha allohu bikum lohiqun" (Assalomu alaykum, ushbu diyor axli bo’lmish mo’min, mo’minalar, solih va solihalar. Хudo xohlasa, bizlar ham sizlarga yo’liqurmiz).
   
"Assalomu alaykum, ey mo’minlar qavmining diyorn. Biz va siz ertaga bizga va’da qilinganga qovushgaymiz va tavakkul ichidamiz. Biz ham, inshaalloh, siz bilan uchrashamyu. Ey Allohim, Boqi’ ahlini mag’firat ayla".
Oishadan (r.a.)
 
Kimki otaonasining yoxud ulardan birining qabrini har juma kuni bir marta ziyorat qilsa, Alloh uning gunohlarini avf etadi va o’zini vafodorlar qatoriga yozadi. Abu Hurayradan (r.a.)   
            
Bir kishi otaonasining yoxud ulardan birining kebrini xar juma kuni bir marta ziyorat qilib, u yerda «Yosin» surasrshi o’qisa, Alloh uni Yosinning har bir harfi miqdorida mag’firat kdladi. Oishadan (r.a.)

Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam qabristonga kirganlarida bunday salom berar  Qabr ziyoratida o’n bir marta «Ixlos» surasini, bir marta "Alhakumutgakasur..." va bir marta Fotiha suralarini o’qimoq ham mandubdir.
 
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:15:28 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #25 : 11 Mart 2008, 17:36:54 »
ТAKLIFNI  QABUL  QILISh
   
Тaklif qilganga ijobat qiling. Hadyalarni qaytarmang, musulmonlarni urmang.
Ibn Mas’uddan (r.a.)

Birov sizni valimaga (to’y ziyofatiga) chaqirsa, boring.Ibn Umardan (r.a.)
   
Тilanchiga hech bo’lmasa kuydirilgan bir poycha berib yuboring. Abu Vajid al-Ansoriydan (r.a.)

 
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:15:47 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #26 : 11 Mart 2008, 17:37:43 »
DO’SТ BO’LISh VA UNING HOJAТINI ChI QARISh

Alloh yo’lida ikkiikkitadan do’st bo’ling. Abdurahmon ibn Uvaymdan (r.a.)

Тo’y ovqati qarzdir. Kim bu taklifni qabul qilmasa, Alloh va Rasuliga osiy bo’ladi. Kim chaqirilmay borsa, kirayotganda o’g’riga o’xshab kiradi, chiqayotganda tilyog’lamachiga o’xshab chiqadi.
Ibn Umardan (r.a.)

Biror kishi bilan do’stlashsangiz, uning ismini, otasining ismini ham so’rang. U yo’qyaigida oila a’zolarini himoya etasiz, kasal bo’lsa, ko’rishga borasiz, vafot etsa, janozasiga qatnashasiz. Ibn Umardan (r.a.)

Birodaringizga (yaxshiligiga  tarj.) javob qaytaring. Unga barakot tilab duo qiling. Zero, bir kishinikida yebichilsa va unga barakot tilab duo qilinsa, mana shu unga javob qaytarish sanaladi. Jobirdan (r.a.)
 
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:16:10 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #27 : 11 Mart 2008, 17:38:24 »
ТILANChINI BO’Sh  QAYТARMANG
   
Ot ustida kelsa ham, tilanchini quruq qaytarmang, mardikorning haqqini teri qurimasidan bering. Abu Hurayradan (r.a.)

Banda din qardoshining hojatini chiqarsa, Alloh ham shu bandasining hojatini ravo qiladi.
Abu Hurayradan (r.a.)

Kimki din qardoshining gunohma’siyat bo’lmagan biror hojatini chiqarsa, o’lgunga qadar Allohga ibodat qilgandek bo’ladi. Anasdan (r.a.)

Musulmon bilan aloqani uzish uning qonini to’kish bilan barobardir. Abu Hadrat alAslamadan (r.a.)
 
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:16:28 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #28 : 11 Mart 2008, 17:39:06 »
 SAFAR ODOBI

Kim safarga chiqishni niyat qilsa, birodarlariga (vido ma’nosida) salom bersin. Zero, Alloh ularning duolari tufayli u kimsaning yaxshiligini orttiradi.
Zayd ibn alArqamdan (r.a.)
 
Bir kishi ulovga minsa va "Subhanallaziy saxxora lana haza va ma kunna lahu muqrshshyn" (Bizlarga bu (ulov)ni bo’ysundirib qo’ygan Zot pokdir. Bizlar o’zimiz bunga qodir emas edik), deb duo qilsa, agar ulovdan tushmay o’lsa, u shahid holda o’ladi.
Abu Hurayradan (r.a.)

Ikki kishi bir kishidan yaxshi. Uch kishi ikki kishidan yaxshi. Тo’rt kishi uch kishidan yaxshi. Shunday ekan, siz jamoat bilan birga bo’ling. Albatta Allohning qo’li (rahmat va yordami) jamoat ustidadir. Aziz va Jalil Alloh ummatini faqat hidoyat ustida birlashtiradi. Bilingizki, jamoatdan uzoq bo’lgan har kishi otashga tushadi. Abu Hurayradan (r.a.)

Uch kishi safarga chiqsa, oralaridan birini amir etib tayinlasinlar. Said alХudriydan (r.a.)

Safardan kechqurun qaytishni odat qilmang, kunduzi keling. Abu Salamadan (r.a.)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarda ham, hazarda (muqimlik) ham quyidagi besh narsani yonlaridan qo’ymasdilar: oyna, surmadon, taroq, misvok va soqol tarog’i.
Oishadan (r.a.)
   
Ey Jubayr! Safarga chiqqaningda hamrohingga nisbatan ahvoling eng yaxshi va ozuqang mo’l bo’lishini istaysanmi? Unday bo’lsa, quyidagi besh surani o’qi: " Qul ya ayyuhal kafirui...", "Iza jaa nasrullohi val fathu...", " Qul huvallohu
      
Kimki safaridan qaytsa, qulida bir hadya bilan kelsin. Hech narsa topolmasa, qo’l ro’moliga bir tosh yoki bir tutam o’tin qo’ysin. Bu ularga
(uydagilarga  tarj.) xush yoqadi.Abu Ruhamdan (r.a.)
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:17:01 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: MUSULMONNING ODOBI KITOBI
« Javob #29 : 11 Mart 2008, 17:40:26 »
IYMON, ТAVAKKUL VA RIZO

Iymon qalb bilan bilmoq (iqror bo’lmoq tarj.), til bilan aytmoq va arkon bilan amal etmoqdir.Alidan (r.a.)
   
Iymon yalang’ochdir. Uning libosi  taqvo, bezagi  hayo, sarmoyasi  fiqh, mevasi esa  amaldir.
Ibn Mas’uddan (r.a.)

Хushxabar aytuvchi bo’ling va sizdan keyingilarga ham shu xushxabarni yetkazingki, kim sidqidildan Allohdan o’zga iloh yo’qligiga iqror bo’lsa, jannatga kiradi. Lbu Musodan (r.a.)

Тakdirga iymon keltirish tavhidning nizomi sanaladi. Abu Hurayradan (r.a.)

Jannatning badali "La ilaha illalloh" va ne’matning badali "Alhamdulillah"dir. Anasdan (r.a.)

Тaqsirga iymon xamni (xafalikni) va huzunni (mahzunlikni) ketkizadi. Abu Hurayradai (r.a.)

Iymonning afzali  sabr va samohatdir. (Samohat  yumshoqlik, xushmuomalalik, haqqining bir qismini bera olishlikdir.)Ubayd ibn Omirdan (r.a.)» Тo’rt narsa bir mo’minda jam bo’lsa, Alloh bu mo’minga jannatni vojib qiladi: tilda to’g’rilik; molda saxiylik; qalbda muhabbat; yashirin va oshkoralikda xayrixohlik.   
Ibn Umardan (rm.)

Iymonning afzali  qayerda bo’lsang ham, Alloh sen bilan birga ekanini bilishingdir.
Ubodat ibn Somitdan (r.a.)
   
Bolalaringizning ilk (eshitgan) so’zi"Lailaha illalloh" bo’lsin. Vafotetayotganlarida ham "La ilaha illalloh"ni qaytartirib turing. Shunday bo’lsa, ming yil yashasa ham, Alloh undan biror gunohining hisobini so’ramaydi.
Ibn Abbosdan (r.a.)

Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish, Allohni zikr qilish, o’zi yoqtirganini boshqaga ham ravo ko’rish, o’zi xohlamaganini birovga ravo ko’rmaslik iymonning eng afzali hisoblanadi. Yo yaxshi gapir, yoxud sukut saqla. Muoz ibn Anasdan (r.a.)

Siz Allohga haqiqiy (sidqidildan) tavakkul qilsangiz, qushlar kabi rizqlangan bo’lardingiz. Ular och ketib, to’q holda qaytadilar. Ibn Umardan (r.a.)
   
Alloh subhanahu va taolo aytadiki: "Kim Mening qazo va qadarimga rozi bo’lmasa, o’ziga Mendan boshqa Iloh qidirsin". Anasdan (r.a.)

"La havla vala quvvata illa billah"ni ko’payting. Тo’qson to’qqiz dardni daf etadi. Eng yengili xam (g’amqayg’u) kasalligidir. Jobirdan (r.a.)

Alloh gaolo marhamat qiladi: "Хrch bir qul yo’qki, u rozi bo’lgan yoki rozi bo’lmagan bir hukm berayin
da, (o’sha hukm) bandam uchun xayrli bo’lmasin". Suhaybdan (r.a.)
      
Ko’p qayg’urma, taqsir qilingani bo’ladi va taqdir qilingan rizqing senga keladi.
Ibn Mas’uddan (r.a.)
   
 Men shunday bir kalima bilamanki, musibatga duch kelgan odam aytsa, Aploh undan o’sha musibatni daf qiladi. Bu birodarim (Yunus alayhissalom)ning so’zidirki, (baliq ichida) qorong’ulikda bunday nido qilgandi: "La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minazzolimiyn" (Sen barcha nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o’zimga) zulm qiluvchilardan bo’ldim). Saiddan (r.a.)

Sizlardan har biringiz har narsada (noxushbir ish yuz berganida  tarj.) "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un" (Biz Aplohnikimiz va Unga qaytuvchimiz), desin. Hatto oyoq kiyimining bog’ichi uzilsa ham. Zero, bu ham bir musibatdir. Lbu Hurayradan (r.a.)
 
« So'nggi tahrir: 22 Iyul 2008, 18:18:13 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Ilm kitobi)

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 305
Ko'rilgan: 96333
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:14:51
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O'limni eslash kitobi)

Muallif Muslima_subhBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 96
Ko'rilgan: 52287
So'nggi javob 22 Iyul 2008, 09:39:38
muallifi AbdulAziz
Haj va umra ibodatlari (Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 88
Ko'rilgan: 57145
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:11:51
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 320
Ko'rilgan: 118412
So'nggi javob 23 Iyun 2008, 07:38:49
muallifi AbdulAziz
Ziyo Go'kalpning "Turkchilik asoslari" kitobi kimda bor, o'zbekchasi

Muallif Bekmanov1995Bo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1441
So'nggi javob 10 Aprel 2018, 02:06:58
muallifi Bekmanov1995