Zohidjon Islomov. Musulmonning odob kitobi  ( 57602 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:42:04

AMALLAR HA QIDA

Amalsiz so’z, niyatsiz amal va so’z bo’lmas. Niyat, amal va so’zning qiymati esa faqat sunnatga ergashmoqlikdadir. Alidan (r.a.)
   
Amallaringizni Allohuchun xolis bajaring. Zero, Alloh taolo faqat O’zi uchun ixlos bilan ado etilgan amalni qabul qiladi. Zahhok ibn  Qaysdan (r.a.)

Kimga xafalik, g’amqayg’u, xastalik yopishsa, "Alloh, Robbiy la shariykalah" (Rabbim Alloh, Uning sherigi yo’q), desa, bu musibatlardan xalos bo’ladi. Asmo binti Uvaysdan (r.a.)

   
Diningda xolis bo’l. Oz amal senga kifoya qiladi. Muoz ibn Jabaldan (r.a.)
   
Bir odam kunduzi ro’za tutib, kechasi ibodat qilsa, Alloh uni baribir niyatiga ko’ra hashr etadi. Yo jannat, yo do’zzaxga. Ibn Umardan (r.a.)
   
Alloh yoqtirmaydigan narsalarni tark etishhijratning afzalidir. Jobirdan (r.a.)
   
Amallarning eng afzali mo’min birodarining qalbiga xursandchilik baxsh etish, uning qarzini to’lash yoki taom yedirishdir (faqat non bo’lsa ham). Ibn Umardan (r.a.)
   
Bir odam masjidga borib namoz o’qiydi, biroq Alloh nazdida bu amalning pashshacha qadrqiymati bo’lmaydi. Kimgadir namozining qiymati Uhud tog’i qadar bo’ladi. Buning sababi ikkinchisining birinchisidan aqlliroq bo’lganidir. "Aql jihatidan go’zal (ustun) qanday bo’ladi?" deya so’raldi. Marhamat qildilarki: "Agar kim haromdan ko’proq saqlansa, xayrga (yaxshilikka) kim ko’proq haris (rag’batli) bo’lsa, u yanada aqshshroqdir".
Abu Hamidks Ssshdiydan (r.a.)

Har kim har bir amalini risoladagiday bajarsin. Mabodo, shundan so’ng bir musibatga yo’liqsa, o’sha amali o’ziga tasalli beradi. Sa’d ibn Atodan (r.a.) (Bir ishda barcha choratadbirlarini ko’rib, so’lidan kelganini silgan kimsa o’sha ishida muvaffaqiyatsizlikka uchraganida xafa bo’lishga o’rin solmaydi.)

Kim amal daftarini ko’rib sevinishni xohlasa, ko’proq istig’for aytsin. Zubayrdan (r.a.)

Bir odam qaysi qavmning amalini yaxshi ko’rsa, qiyomat kunida ular qatori hashr etiladi va garchi ularning amallarini qilmagan bo’lsa ham, ular kabi hisobkitob qilinadi. Jobirdan (r.a.)

Amallarning eng durusti uch xildir: insofli bo’lish, din qardoshini o’z molida ayni darajada haq egasi deb ko’rish, har qanday sharoitda Allohni zikr etish. Ibn Umardan (r.a.)

Bir kishida uch narsadan bittasi bo’lmasa, uning amali qiymat kasb etmaydi va hisob qilinishga (mukofotlashga  tarj.) arzimaydi: haromdan qaytaruvchi taqvo, kayfsafoga ergashishdan man qiluvchi hilm hamda husni xulq. Ummu Salamadan (r.a.)

...O’zini xorzalil ko’rib, boshqalardan kamchilik qidirmaydigan, miskinlikka yo’liqmay, Alloh uchun kamtarlik qiladigan va halol yo’l bilan topgan molidan infoqehson qiladigan, bechora va miskin kimsalarni qadrlaydigan faqihlar va hikmat ahli bilan hamsuhbat bo’ladigan^kishi naqadar baxtli kishidir! O’zini xokisor tutadigan, daromadi halol, o’zi solih va birovga zarari tegmasin, deya ehtiyot bo’ladigan kishi naqadar baxtli kishidir! Ilmiga amal qiluvchi, oshiqcha molini infoq qiluvchi, oshiqcha so’z so’zlamaydigan kishi naqadar baxtli kishidir! Anasdan (r.a.)      

Ey insonlar! Dunyo naqd berilgan bir matodir. Yaxshi ham, yomon ham undan nasibasini oladi. Oxirat esa sodiq (o’zgarmas) va’dadir. U yerda Krdir bo’lmish Malik hukm yurgizadi. Haqo’rnini topadi, botil esa yo’q bo’ladi. Ey insonlar! Oxirat farzandi bo’ling, dunyo bolasi bo’lmang. Zero, farzand onaga tobedir (dunyo bolasi dunyo kabi mahv bo’lishga loyiq). Allohdan qo’rquv ila amal qilingiz. Bilingizki, amallaringiz siz bilan yuzlashtiriladi. Va yana sizlar mutlaqo Allohning huzurida hisob berasizlar. "Kim zarra qadar yaxshilik qilsa, o’shani ko’radi va kim zarra miqdorda yomonlik qilsa, o’shani ko’radi". Shaddod ibn Uvaysdan (r.a.)
   
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so’nggi so’zlari: "Namozga, namozga (diqqat qiling), qo’l ostingizdagilar va qullaringiz xususida Allohdan qo’rqing". Alidan (r.a.)


Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:44:00

BA’ZI O’GIТLAR

Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillahi robbil alamiyn. Assolatu vassalamu a’la sayyidina Muhammadin va alihi va sahbihi ajmaiyn. Assalamu alaykum va rohmatulloh.

1. Har ishni boshlayotganda "Bismillah..."ni va Allohga hamdu sano, Paygambarimiz sollallohu alayxi vasallamga salotu salom aytishni aslo unutmang.

2. Jamoatga, juma namoziga, hayitlarga, darslarga borishni kanda qilmang, qamisha ahdingizga vafodor bo’ling.

3. Namozni, zakotni, hajni, ro’zani, amri bilma’ruf va nahiy anilmunkarni o’z vaqtida adoetib, omonatni egasiga topshiring.

4. Hech qachon birbiringizga buzg’uadovat va hasad qilmang, birbiringizdan yuz o’girmang. Doimo og’ainilardek yashang.

5. Doimo ilm tahsilida bo’lib, johillardan saqlaning, insonlar tushunmaydigan va akdlari yetmaydigan gaplarni gapirmang.

 6. Qur’on o’qishni albatta o’rganing, davomli o’qing hamda farzandlaringizga o’rgating. Jaxl o’ta yomon ma’naviy kasallikdir.

7. Avrat joylaringizni ochmang va o’zlaringizni ayollarga o’xshatmang.

8. Ehtiyojdan tashqari baland imoratlar qurishga tirishmang. Yangi imoratlar uchun qurbonlik so’ymang.  Qurbonliklaringizni faqat Alloh uchun so’ying.

9. Foizdan, haromdan, yetim molini yeyishdan, o’g’irlangan va zulm bilan olingan mollarni yeyishdan saqlaning.

10.Olimlarni, kattalarni, otaonangizni ranjitib qo’yishdan nihoyatda ehtiyot bo’ling.

11. Sunnati saniyyaga qat’iyan rioya qilib, biror xususda ajnabiy odatlarga berilib ketish dan ehtiyot bo’ling.

12. Kattakichik hamma gunohlarga yo’l qo’yishdan nihoyatda saklaning va saklanmaganlardan uzoq bo’ling.

13. Ichkilik ichuvchi va kayf beruvchi moddalarni qo’llovchilardan bo’lmang va bundaylardan uzoq yuring.

14. Begona ayollardan, kayfsafo (ko’ngilxushlik) joylaridan qoching.


15. Тaomlardagi bid’atlardan,  Qur’on va hadisga teskari amallardan va barcha isroflardan saqlaning.

16. O’zga yurtlardan kelayotgan ozuqa va ichimliklarni ishlatishda o’ta parhezkor bo’ling.

17. Sahobai kirom va avliyoi izom haqlarida yomon gaplar gapiradigan,  mujtahid olimlar va salafi solihinlarga til tekkizadiganlardan uzoq bo’ling.

18. Jang maydonidan qochmang. Тoun, vabo kasalliklari chiqqan joyga kirmang va o’sha joyda bo’lsangiz, chiqmang. Kattalarga va rahbarlarga itoatsizlik qilishdan saklaning.

19. Vaqf molidan, fosid oldisotdidan, tarozidan urishdan, mevalarni pishmay turib sotishdan saqdaning.

20. Kufr va harom so’zlardan, xususan, yolg’on, fahsh so’zlardan, amirlik, imomlik, qozilik xizmatlaridan saqlaning.

21. Тikka turib bavl qilish, yo’llarni yopib qo’yish va axlat tashlashdan saqlaning.

22. Ziynat va moldunyo sevgisidan saqlaning. Masjidlarda odobga nixryatda rioya qilib, ovoz chiqarmang.

23. Тelba, tilanchi va chaqaloqlarni masjidga kirgizmang.

24. Uyda it saqlamang va qo’zichoqni so’ymang.

25. Hech qachon birovga zulm qilmang va doimo mazlumga yordam berishni burch va vazifangiz deb biling.

26. O’limni esingizdan chiqarmang, Haqning suyukli bandasi bo’lishga intiling. Diningizning barcha arkon va usullarini o’rganib, farzandlaringizga ham o’rgating.

27.Alloh taoloning borligiga, yagonaligiga, kuchqudratiga, har narsani ko’rish, eshitish va bilishga, hammaning Unga muhtojligiga va Uning hech kimga muhtoj emasligiga, tug’magan va tug’ilmaganligiga va hech narsa U Zotga teng kelmasligiga, farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga, oxirat kuniga, hisobga, mezonga, jannat va jahannamga, taqdirga  yaxshilik va yomonlik Aplohdan ekaniga, o’lgandan so’ng qayta tirilishga ishondim va iymon keltirdim.

Ashhadu anla ilaha illalloh va oshhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:45:25

 
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu   "Musulmonning odob kitobi" ga тaqriz.

Barcha dinlar kishilarni ezgulikka da’vat qila   di. Islom ilohiy dinlarning so’nggisi va mukam   mali sanaladi. Bu dinning kitobi  Qur’onda va payg’ambarimiz Muxammad sollallohu alayxi vas   sallam hadislarida inson hayotining barcha jihat   lariga doir mukammal yo’l  yo’riqlar belgilab berilgan.

Ushbu kitobda hayotda har bir inson amal qilishi zarur amallar bayon etilgan. Sunnatga ergashish ahamiyati sodda va ta’sirchan tushuntirilgan maz   kur kitobda uyga kirish, ovqatlanish, uxlash, kiy   inish, misvok ishlatish, salomlashish, uydan chiqish, majlisda, safarda, masjidga kirish, qarindosh   larni ziyorat qilish kabi kundalik xatti  hara   katlar odobi chiroyli izohlab berilgan. Тahorat olish, hojatxonaga kirib   chiqish, bozor  o’char qilishda ham ma’lum tartiblarga amal qilish ki   shining axloqini mukammal qilishi ta’kidlangan. Do’st bo’lish, ular bilan muomala qilish, qabr ziyo   rati g’oyat nozik ish ekani, uning mas’uliyati og’ir   ligi sharhlab berilgan. Aksirish va esnash, tungi ibodat, tahajjudda, taqdirga rozi bo’lish, ixlos qilishda hikmat ko’pligi uqtirilgan.

Kitobdagi barcha tavsiya, yo’riqlar ishonchli man   balar asosida berilgan. Masalan: "Siz Allohga xa   qiqiy tavakkul qilsangiz, qushlar kabi rizqlan   gan bo’lardingiz. Ular och ketib, to’q holda qayta   dilar" (Hazrat Ibn Umar roziyallohu anhudan). Kitobda har bir kishinint ko’ngliga taskin   tasalli bo’   ladigan bu kabi o’gitlarning ketma   ket keltirili   shi uning salmog’ini yanada oshirgan. Kitobda " Qo’l berib ko’rishish mukammal salomlashish sanaladi" (Hazrat Abu Umoma roziyallohu anhudan) degan o’rin   lar ham talayginaki, ular umuminsoniy qadriyat sa   nalishi barobarida, islomning insoniyatga berilgan mukammal din ekanligini ham namoyon etadi. Ushbu kitob har bir kishi uchun ^ayotda dasturu   lamal bo’la oladi. Kitobni nashrga tavsiya etish mumkin.

Zohidjon Islomov,
filologiya fanlari doktori,
professor


Qayd etilgan



AbdulAziz  24 Iyul 2008, 09:37:42


Musulmonning odob kitobi



Muallif: Zohidjon Islomov
Hajmi: 118 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan