BA’ZI O’GIТLAR
Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillahi robbil alamiyn. Assolatu vassalamu a’la sayyidina Muhammadin va alihi va sahbihi ajmaiyn. Assalamu alaykum va rohmatulloh.
1. Har ishni boshlayotganda "Bismillah..."ni va Allohga hamdu sano, Paygambarimiz sollallohu alayxi vasallamga salotu salom aytishni aslo unutmang.
2. Jamoatga, juma namoziga, hayitlarga, darslarga borishni kanda qilmang, qamisha ahdingizga vafodor bo’ling.
3. Namozni, zakotni, hajni, ro’zani, amri bilma’ruf va nahiy anilmunkarni o’z vaqtida adoetib, omonatni egasiga topshiring.
4. Hech qachon birbiringizga buzg’uadovat va hasad qilmang, birbiringizdan yuz o’girmang. Doimo og’ainilardek yashang.
5. Doimo ilm tahsilida bo’lib, johillardan saqlaning, insonlar tushunmaydigan va akdlari yetmaydigan gaplarni gapirmang.
6. Qur’on o’qishni albatta o’rganing, davomli o’qing hamda farzandlaringizga o’rgating. Jaxl o’ta yomon ma’naviy kasallikdir.
7. Avrat joylaringizni ochmang va o’zlaringizni ayollarga o’xshatmang.
8. Ehtiyojdan tashqari baland imoratlar qurishga tirishmang. Yangi imoratlar uchun qurbonlik so’ymang. Qurbonliklaringizni faqat Alloh uchun so’ying.
9. Foizdan, haromdan, yetim molini yeyishdan, o’g’irlangan va zulm bilan olingan mollarni yeyishdan saqlaning.
10.Olimlarni, kattalarni, otaonangizni ranjitib qo’yishdan nihoyatda ehtiyot bo’ling.
11. Sunnati saniyyaga qat’iyan rioya qilib, biror xususda ajnabiy odatlarga berilib ketish dan ehtiyot bo’ling.
12. Kattakichik hamma gunohlarga yo’l qo’yishdan nihoyatda saklaning va saklanmaganlardan uzoq bo’ling.
13. Ichkilik ichuvchi va kayf beruvchi moddalarni qo’llovchilardan bo’lmang va bundaylardan uzoq yuring.
14. Begona ayollardan, kayfsafo (ko’ngilxushlik) joylaridan qoching.
15. Тaomlardagi bid’atlardan, Qur’on va hadisga teskari amallardan va barcha isroflardan saqlaning.
16. O’zga yurtlardan kelayotgan ozuqa va ichimliklarni ishlatishda o’ta parhezkor bo’ling.
17. Sahobai kirom va avliyoi izom haqlarida yomon gaplar gapiradigan, mujtahid olimlar va salafi solihinlarga til tekkizadiganlardan uzoq bo’ling.
18. Jang maydonidan qochmang. Тoun, vabo kasalliklari chiqqan joyga kirmang va o’sha joyda bo’lsangiz, chiqmang. Kattalarga va rahbarlarga itoatsizlik qilishdan saklaning.
19. Vaqf molidan, fosid oldisotdidan, tarozidan urishdan, mevalarni pishmay turib sotishdan saqdaning.
20. Kufr va harom so’zlardan, xususan, yolg’on, fahsh so’zlardan, amirlik, imomlik, qozilik xizmatlaridan saqlaning.
21. Тikka turib bavl qilish, yo’llarni yopib qo’yish va axlat tashlashdan saqlaning.
22. Ziynat va moldunyo sevgisidan saqlaning. Masjidlarda odobga nixryatda rioya qilib, ovoz chiqarmang.
23. Тelba, tilanchi va chaqaloqlarni masjidga kirgizmang.
24. Uyda it saqlamang va qo’zichoqni so’ymang.
25. Hech qachon birovga zulm qilmang va doimo mazlumga yordam berishni burch va vazifangiz deb biling.
26. O’limni esingizdan chiqarmang, Haqning suyukli bandasi bo’lishga intiling. Diningizning barcha arkon va usullarini o’rganib, farzandlaringizga ham o’rgating.
27.Alloh taoloning borligiga, yagonaligiga, kuchqudratiga, har narsani ko’rish, eshitish va bilishga, hammaning Unga muhtojligiga va Uning hech kimga muhtoj emasligiga, tug’magan va tug’ilmaganligiga va hech narsa U Zotga teng kelmasligiga, farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga, oxirat kuniga, hisobga, mezonga, jannat va jahannamga, taqdirga yaxshilik va yomonlik Aplohdan ekaniga, o’lgandan so’ng qayta tirilishga ishondim va iymon keltirdim.
Ashhadu anla ilaha illalloh va oshhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh.