Xohi inon xohi inomna
Sensan sevarim, xohi inon, xohi inonma,
Qondur jigarim, xohi inon, xohi inonma.
G'am shomi firoqingda kabob etti falakni
Ohi saharim, xohi inon, xohi inonma.
Nogah sari zulfung sori bo'ldum sanga moyil,
Ey toji sarim, xohi inon, xohi inonma.
La'ling gʻamidin ko'nglum erur g'uncha kibi qon,
Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma.
Zahri gʻami hajring meni o'ldurg'ali yetti,
Ey labshakarim, xohi inon, xohi inonma.
Mashrab, bo'lubon ko'yinga chun barqi tajalli,
Qolmay asarim, xohi inon, xohi inonma.