Bolangiz so'kinsa...  ( 4637 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Otabek Nuritdinov  11 Mart 2008, 16:49:20

Bolalar katta bo’lar ekan turli hil insonlar, har-xil harakterlar va odatlar bilan tanishib boradi. Balki bola yangilik deb bilganlarini amalda tadbiq etishdan zavq olar?



Masalan, rivojlanishning eng aktiv yoshida, 4-12 yosh orasida bolalar ora-sira “argo” so’zlarni yoki “xunuk, so’kish” so’zlarini ishlatishadi. Olti yoshdan keyin ahloqiy tarbiya ta’sir qilishi davomida bu ishlatadigan jumlalarning ahloqqa to’g’ri kelmasligini, qiyin bo’lsa ham, tushuntirish, bir chora topish mumkin. Ammo olti yoshdan kichik bolalar so’kish so’zlarini qo’llasa, nima qilish kerak, qanday tarbiya metodi ishlatish kerak?



Bir ona bolasini tarbiyalash jarayonida so’kingan bolasining og’ziga qalampir surish bilan jazolab bu yomon odatini tashlatishga harakat qiladi. Jazolangan bola so’kinish odatini tashladi deb o’ylab yurgan payti huddi o’sha yomon odatni uch yoshidagi bolasida ko’rganida juda taajjublandi. Bu yomon tajribani boshidan o’tkazgan ona voqeani shunday tushuntiradi: “Katta o’g’limni og’ziga qalampir surib jazolahsni boshlaganimdan birqancha vaqt o’tib so’kinishni tashladi. Lekin bir kuni hech kutilmaganda mehmonlarning oldida uch yoshdagi o’g’lim so’kinganida nimalar bo’layotganini tushuna olmay qoldim. Bolamni ozgina urib jazolashdan boshqa narsa aqlimga kelmadi o’sha payt. Mehmonlar ketganidan keyin undan nimaga so’kinganini so’radim. “Akam o’rgatdi” deganida ikkinchi juda esankirab qoldim. Chunki akasining bu odatini tashlagan deb o’ylab yurardim. Holbuki katta o’g’lim bizdan qasos olish maqsadida xunuk so’zlarini bir xonada qoladigan ukasiga o’rgatar ekan.”

Davomi...

Qayd etilgan


Muxsiya  24 Mart 2014, 13:22:38

Bola oyna kabidir. Har ishda oila kattalaridan o'rnak oladi. Bola xunuk so'zlarni aytmasligini istasak o'zimiz ham nafaqat bolalar yonida balki har doim bu so'zlardan tiyilishimiz kerak

Qayd etilgan